×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Аминокислоты
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Vakil:
- Inom Health Care MChJ
ATX kodi:
- B05BA01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

ETARIV T inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 East African (India) Overseas Hindiston
BISOL infuziya uchun eritma 100ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
16 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
L-izoleytsin – 5,1 g, L-leytsin – 10,3 g, L-lizin monoatsetati – 7,10 g L-lizinga ekvivalent, L-metionin – 2,8 g, L-fenilalanin – 3,8 g, L-treonin – 4,8 g, L-triptofan – 1,9 g, L-valin – 6,2 g, L-arginin – 4,9 g, L-gistidin – 4,3 g, Glitsin – 3,2 g, L-alanin – 6,3 g, L-prolin – 4,3 g, L-serin – 4,5 g, atsetil sistein– 0,37 g L-tsisteinga ekvivalent, L-olma kislotasi – 1,5 g, kontsentratsiyalangan sirka kislotasi – 1,38 g;
Yordamchi moddalar: natriya gidroksidi – ye.m., in'ektsiya uchun eritma – 1000 ml gacha.
Akumin Nefro – parenteral oziqlantirish uchun mo'ljallangan L- aminokislotalarning infuzion eritmasidir. Akumin Nefro oqsil sintezi uchun kerak bo'ladigan aminokislotalar va kaloriya bilan ta'minlaydi, bu hujayra metabolizmini yaxshilanishiga olib keladi. Ushbu komponentlarni yuborilishi buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda qonda mochevina azotini o'sish tezligini pasayishiga olib keladi.
Akumin Nefro 7% li bilan davolash o'tkir buyrak yetishmovchiligi (O'BE) bo'lgan patsiyentlarning qon zardobida kreatininning darajasini pasayishiga olib keladi va shu orqali buyrak funktsiyasini yanada ertaroq tiklanishiga olib keladi.
Akumin Nefroning 1 litr eritmasida 70 g aminokislota, 10, 80 g umumiy azot saqlanadi. Akumin Nefro barcha sakkizta almashinmaydigan aminokislota, shuningdek shartli almashinmaydigan L-Arginin, L-Gistidin, L-Serin va L-TSistein aminokislotalarini saqlaydi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezida) ishtirok etadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intratsellyulyar suyuqliklarining gomeostazini boshqaradigan bufer tizimining bir qismi hisoblanadi.
Buyrak yetishmovchiligi (BE) da oqsillar va aminokislotalar almashinuviga buyrakning o'zining metabolik funktsiyasini buzilishi ta'sir qiladi. Turli aminokislotalar buyraklar tomonidan sintezlanadi va hosil bo'ladi va qong oqimiga: sistein, metionin, tirozin, arginin va serinlar ajralib chiqadi. Bunda buyrak funktsiyasini buzilishi BE da aminokislotalar pulini o'zgarishiga olib kelishi mumkin: Arginin, Tirozin, Sistein va Serin kabi aminokislotalar almashinadigan aminokislotalardan shartli almashinmaydigan aminokislotalarga aylanadi. Ayrim peptidlar tubulyar apparatda filьtrlanadi va katabolizmga uchraydi, bunda hosil bo'lgan aminokislotalar qayta so'riladi va qon oqimiga qaytadan tushadi. Buyrak yetishmovchiligida shuningdek gormonlarning katabolizmi sekinlashadi. Almashinmaydigan va shartli almashinmaydigan aminokislotalarning manbai sifatida parenteral oziqlantirilganda buyraklarning ushbu metabolik funktsiyasi yaxshilanadi.
Taqsimlanishi
Preparat vena ichiga yuborilganida organizmga tushadigan aminokislotalar anabolik ravishda utilizatsiya bo'ladilar va mavjud energetik substratlarda organizmdagi oqsillarning tarkibiga kirishadilar. Vena ichiga yuborilganida biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi.
Vena ichiga yuborilganida aminokislotalarni taqsimlanishi aminokislotalar organizmga MIY dan tushganida ovqatdagi oqsillar gidrolizga uchraganidagi taqsimlanishi bilan bir xil bo'ladi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Preparat tavsiya etilgan tezlikda yuborilganida organizmga tushgan aminokislotalarning faqat ahamiyatsiz qismigina siydik bilan chiqariladi.
Yuborish texnikasi, tavsiya etilgan dozalar va qo'llash mumkin bo'lmagan holatlarga rioya qilinganida nojo'ya samaralar kuzatilmagan.
Kam holatlarda har qanday aminokislota eritmalari yuborilganida: eozonofillarning darajasini oshishi, mushaklarda og'riqlar, sklerodermiya, qo'l-oyoqlarni shishi, nafas faoliyatini qiyinlashishi bo'lishi mumkin.
Zardobdagi elektrolitlar, suyuqliklar muvozanati va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Gipokaliyemiya va/yoki giponatriyemiya holatlarida bir vaqtda kaliy va/yoki natriyni yetarli miqdorda berish kerak.
Aminokislota eritmalari folat kislotasini o'tkir tanqisligiga olib kelishi mumkin, shuning uchun folat kislotasini har kuni qabul qilishni buyurish kerak.
Aminokislotalarni uglevodlarsiz yuborish qonda keton tanachalarini to'planishiga olib kelishi mumkin. Ushbu ketonemiyani korrektsiyasiga uglevodlarni yuborish orqali erishish mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarni parenteral oziqlantirishda aminokislotalarni yuborish hayotiy jihatdan muhim bo'lishi kerak. Zarurat bo'lganida aminokislota eritmalarini homiladorlikda va emizish davrida buyurish mumkin, bunda kutiladigan foyda va kuzatilishi mumkin bo'lgan havfni baholash kerak. Akumin Nefro homilador ayolga faqat juda zarur bo'lgan holatdagina buyurish kerak. Akumin Nefro preparatini yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qo'llash mumkin emas.
buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarni to'liq yoki qisman parenteral oziqlantirishda, shuningdek o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligida, shu jumladan gemo- yoki peritoneal dializdagi patsiyentlarni parenteral oziqlantirishda aminokislotalarni yuborish;
gemo- yoki peritoneal dializda yo'qolgan aminokislotalarni to'ldirish;
katta sohali chuqur kuyishlarda (ayniqsa kuyish oqibatida ozib ketganda);
jarohatlar, sinishlarda, yiringli jarayonlar, sepsisda;
surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda oqsilning miqdori past bo'lgan parhezni to'ldirish uchun qo'llanadi.
аминокислоталар алмашинувини туғма бузилишлари;
шокнинг ўткир босқичида;
инфузион даволаш учун умумий қарши кўрсатмалар: ўткир ўпка шиши, гипергидратация, декомпенсацияланган юрак етишмовчилиги, декомпенсацияланган гипотоник дегидратация;
препаратнинг компонентларига юқори сезувчанликда қўллаш мумкин эмас.
Гипонатриемияси бўлган, қоннинг осмолярлиги ошган пациентларга препаратни эҳтиёткорлик билан қўллаш керак.
Hozirgi kunda hech qanday o'zaro ta'sirlari ma'lum emas.
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25° C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Faqat tiniq, flakonlari shikastlanmagan, eritmalar ishlatilsin. Flakon ochilganidan keyin preparatni darhol yuborish kerak. ishlatilgan flakondagi preparat ikkinchi marta qo'llanilmasin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Preparat vena ichiga yuboriladi. Preparatning dozasini patsiyentning individual ehtiyojiga qarab tanlash kerak.
Akumin Nefro uchun tavsiya etiladigan doza.
O'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan, gemo- yoki peritoneal dializda bo'lmagan patsiyentlarga: sutkada tana vazniga 0,5 g aminokislota buyuriladi.
O'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan, gemo- yoki peritoneal dializda bo'lgan patsiyentlarga: sutkada tana vazniga 1 g gacha bo'lgan dozada aminokislota buyuriladi.
Maksimal dozasi: sutkada tana vazniga 1,5 g gacha bo'lgan dozada aminokislotani tashkil etadi.
Vena ichiga yuborish tezligi minutiga 20 tomchidan oshmasligi kerak.
Davolashning davomiyligi
O'tkir buyrak yetishmovchiligida davolashning davomiyligi bir necha kundan 2 haftagacha bo'lgan muddatni tashkil etadi.
Akumin Nefro preparatini patsiyentga parenteral oziqlantirish talab etilgan yoki yo'qolgan aminokislotalarni o'rnini to'ldirish zarur bo'lgan muddatgacha qo'llash mumkin.
Akumin Nefro preparatini dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 dori vositasi Aculife Healthcare Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
IZAMIN infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Аминокислоты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
  • Vakil: Izida Pharma
GEPAVIL infuziya uchun eritma 200ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Аминокислоты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 73 200 so'mdan Batafsil
AKUMIN GEPA infuziya uchun eritma 250ml 8% N1
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
NIRLIV inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NIRPID emulsiya 250ml 20%
NIRPID emulsiya 250ml 10%
NIRMIN 5 S infuziya uchun eritma 500ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 97 900 so'mdan Batafsil
NIRMIN 5 S infuziya uchun eritma 100ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 52 600 so'mdan Batafsil
NIRMIN 10 PLYUS infuziya uchun eritma 500ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRMIN 10 PLYUS infuziya uchun eritma 200ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 108 900 so'mdan Batafsil
NIRMIKS infuziya uchun eritma 750ml 5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRMIKS infuziya uchun eritma 250ml 20% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRZOLID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,2%
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 500ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
AKUMIN GEPA infuziya uchun eritma 500ml 8% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6%
KLAVONIR poroshok 1000mg+200mg N1
KLAVONIR poroshok 500mg+100mg N1
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 250ml 6%
GEPANIR eritma 5 ml 5000 YeD/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRPID emulsiya 50ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRPID emulsiya 20ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRPID emulsiya 10ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRIKSON ES poroshok 1000mg 1000 mg+500 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9