×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15%

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Маннитол
Ishlab chiqaruvchi:
- Radiks, ЧНПП
ATX kodi:
- B05BC01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 87 ta dorixonasida topildi

ico 10 100 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 12 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MANNIT

MANNITUM

Preparatning savdo nomi: Mannit

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mannitol

Dori shakli: Infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mannit (mannitol) – 150 g.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Rangsiz, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Diuretik vosita.

ATX kodi: B05BS01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Osmotik diuretik vosita. Plazmaning osmotik bosimini oshirib, to‘qimalardan tomirlarga suyuqlikni o‘tishini va to‘qimalarning degidratasiyasini chaqiradi. Buyrak naychalarida suvning qayta so‘rilishini kamaytiradi. Natijada yaqqol diuretik samara chaqiradi, bunda katta miqdorda suv, hamda natriy va xlorning ajralib chiqishi kuzatiladi. Preparatning konsentrasiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, diuretikni samarasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Preparat kalava filtrasiyaga ta‘sir qilmaydi. Kaliyning chiqarilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Buyrakning faoliyati buzilganida, shuningdek jigar sirrozi va assiti bo‘lgan bemorlardagi azotemiyada ham samarasiz. Aylanib yuruvchi qon hajmining oshishini chaqiradi.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanish hajmi (Vd) ekstrasellyular suyuqlikning hajmiga mos keladi. Mannit metabolizmga uchramaydi va uning chiqarilishi naychalarda ahamiyatli so‘rilishisiz yoki sekresiyasisiz kalava filtrasiyasi orqali boshqariladi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 100 min ni tashkil qiladi. 80% buyraklar orqali 3 soat davomida chiqariladi. T1/2 buyrak yetishmovchiligida uzayishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Miyaning shishi, ko‘z ichki bosimining oshishi, buyrakning filtrasion faoliyati saqlangan holdagi o‘tkir buyrak yoki buyrak-jigar yetishmovchiligidagi oliguriyani (majmuaviy davolash tarkibida) davolash; barbituratlar va salisilatlar bilan zaharlanishda jadal diurez o‘tkazish uchun; prostata bezining transuretral rezeksiyasida chayish va yuvish uchun eritma sifatida; buyrak ishemiyasini va u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini oldini olish maqsadida, ekstrakorporal qon aylanishi operasiyalarda gemolizning oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) (sekin oqim bilan yoki tomchilab), oldindan 380S gacha isitib yuboriladi. Profilaktik doza 0,5 g/kg tana vazniga tashkil qiladi, davolovchi – 1-1,5 g/kg. Sutkalik doza 140-180 g dan oshmasligi kerak. Ekstrakorporal qon aylanishi operasiyalarda preparat 20-40 g dozada perfuziyani boshlash oldidan bevosita apparatga kiritiladi. Oliguriyali pasientlarga oldindan v/i tomchilab sinama dozasini (200 mg/kg) 3-5 minut davomida yuborish lozim. Agarda bundan keyin 2-3 soat davomida diurezning tezligi 30-50 ml/s gacha oshmasa, preparat yuborishni davom ettirishni to‘xtatish lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Suv-elektrolit muvozanatining buzilishi (aylanib yuruvchi qon hajmining oshishi, giponatriyemiya, kam-giperkaliemiya), to‘qimalarning suvsizlanishi va uning ko‘rinishlari: mushaklar kuchsizligi, tirishishlar, og‘izni qurishi, chanqoqlik, dispeptik holatlar, gallyusinasiyalar, arterial bosimni (AB) pasayishi; ongni buzilishi, taxikardiya, to‘sh orqasida og‘riqlar. Kam – yuborilgan joyda tromboflebit, teri toshmasi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Buyrakning og‘ir shikastlanishidagi naychalarning o‘tkir nekrozi fonidagi anuriya, degidratasiyaning og‘ir shakllari, bosh miya ichki qon ketishi, qon aylanishining og‘ir yetishmovchiligi (o‘pka shishi, kichik qon aylanish doirasidagi yaqqol dimlanish ko‘rinishlari), preparatga yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktasiya davrida faqat agar ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yurak glikozidlarining toksik ta‘sirini oshishi (gipokaliemiya bilan bog‘liq) mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Chap qorincha yetishmovchiligida Mannitolni tez ta‘sir qiluvchi «halqali» diuretiklar (o‘pka shishining xavfi bilan bog‘liq) bilan birga qo‘llash kerak.

AB, diurez, qon zardobida elektrolitlarning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Preparat yuborilayotganida bosh og‘rig‘i, qayt qilish, bosh aylanishi, ko‘rishning buzilishi kabi belgilar paydo bo‘lgan xolda, yuborishni to‘xtatish va subdural va subaraxnoidal qon ketishi kabi asoratlarning rivojlanishini istisno qilish kerak. Suvsizlanish belgilari paydo bo‘lganida organizmga suyuqlik yuborish kerak.

Yurak yetishmovchiligida (faqat «halqali» diuretiklar bilan majmuada) va ensefalopatiyali gipertonik krizda qo‘llash mumkin.

Mannitolni qayta yuborish suv-elektrolit muvozanatining nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun 15% eritma 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan butilkalarda (flakonlarda).

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Izoh:

  1. Kristallar cho‘kishi holatida preparat suv hammomida 50°S dan 70°S gacha haroratda kristallar yo‘qolgunicha isitiladi.

36°S gacha haroratda sovutilganda kristallar cho‘kmaga tushmay, eritma tiniq bo‘lsa preparat qo‘llash uchun yaroqli .

  1. Muzlatishga yo‘l qo‘yiladi.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% dori vositasi Radiks, ЧНПП tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MANNITOL infuziya uchun eritma 500ml 20%
MANNITOL infuziya uchun eritma 500ml 10%
MANNITOL infuziya uchun eritma 250ml 20%
MANNITOL infuziya uchun eritma 250ml 15%
MANNITOL infuziya uchun eritma 250ml 10%
MANNITOL infuziya uchun eritma 100ml 20%
MANNITOL infuziya uchun eritma 100ml 10%
MANNITOL infuziya uchun eritma 100ml 15%
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 150mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Маннитол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
MANNIT eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Маннитол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Инфузия ЗАО
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
AMMIAK eritma 20ml 10%
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
SINNARIZIN tabletkalari 25mg N10
KVIKARD inyeksiya uchun eritma 500mg/5ml N10
PAPAVERIN suppozitorii 20mg N10
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN tabletkalari N10
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN tabletkalari N6
BISAKODIL suppozitorii 10mg N10
Narh: 4 400 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 1,24g N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN sirop 40ml
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
PERSA STRUCHKOVOGO nastoyka 40ml
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N40
Narh: 18 600 so'mdan Batafsil
vodorod perikisi eritma 50ml 3%
Narh: 1 200 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2%
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1%
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1%
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9