×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6%

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Гидроксиэтилкрахмал
Ishlab chiqaruvchi:
- Aculife Healthcare Pvt. Ltd
ATX kodi:
- B05AA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DISOL inyeksiya uchun eritma 200ml Tash Farm A.I., ООО O'zbekiston
5 000 s`om dan
IZAMIN infuziya uchun eritma 200ml Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd. O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIRXES

NIRXES

Preparatning savdo nomi: NIRXES

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksietil kraxmal

Dori shakli: infuziya uchun eritma

(6% gidroksietilkraxmalning eritmasi (200/0,5 = pentakraxmal) natriy xloridining izotonik eritmasida)

Tarkibi:

Har 100 ml quyidagilarni saqlaydi NIRXES 200 (6%)
Gidroksietilkraxmal (200/0,5) 6,0 g
Natriy xloridi Br.F. 0,9 g
In‘eksiya uchun suv Br.F. q.s.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: plazma o‘rnini bosuvchi vosita

ATX kodi: V05AA07

Farmakologik xususiyatlari

Gidroksietilkraxmal – plazma o‘rnini bosuvchi vosita, vena ichiga yuborilganida plazma hajmini oshiradi. Bu samara deyarli 24 soatgacha saqlanadi va shu bilan 12-18 soat davomida gemodinamikani yaxshilaydi. Bir marta 500 ml gidroksietilkraxmal yuborilganida 70% preparat siydik bilan 24 soat davomida va taxminan dozaning 80% bir hafta davomida chiqariladi. Yuborilgan preparatning qolgan miqdori taxmin qilinishicha, ancha sekin chiqariladi.

 
Qo‘llanilishi

Gipovolemiya; jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar, infeksion kasalliklar, kuyishlar, jarohatlar, intoksikasiyalar va AQH (aylanuvchi qon hajmi) to‘ldirishni talab qiluvchi boshqa holatlardagi gipovolemik shokni oldini olish va davolash; gemodilyusiya, qon almashinuvida qon preparatlarining hajmini kamaytirish uchun qo‘llanadi.

 
Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga infuziyalar uchun preparat. Yuboriladigan preparatning umumiy miqdori yo‘qotilgan qon yoki plazmaning miqdoriga bog‘liq. Kattalar uchun yuboriladigan miqdori odatda 500-2 000 ml ni tashkil qiladi.

Umumiy yuboriladigan miqdori kuniga 2000 ml dan oshmasligi kerak yoki pasientning vazni o‘rtacha 70 kg bo‘lganida taxminan tana vazniga 28 ml/kg dan.

O‘tkir gemorragik shokda preparatning yuboriladigan miqdori taxminan soatiga 20 ml/kg ni tashkil qiladi.

Preparatni qo‘llashga 72 soatdan ko‘proq bo‘lgan reaksiya o‘rganilmagan.

Vena ichiga yuborish uchun eritma steril texnika yordamida yuboriladi. Quyish uchun texnikani 24 soat davomida kamida 1 marta almashtirish tavsiya qilinadi.

Ehtiyotkorlik: preparatni yuborishdan oldin pasientlarni quyidagi holatlar bilan diqqat bilan tanishtiring:

 

Vizual tekshirish:

  1. Preparatli konteynerni bevosita ishlatish vaqtigacha uni sellofandan chiqarib olmang.
  2. Konteynerni sellofan o‘ramidan chiqarib olishdan oldin preparatdagi yozuvlar – preparatning nomi, partiya raqami va yaroqlilik muddati bilan diqqat bilan tanishing.
  3. Eritmaning tiniqligiga ishonch hosil qiling.
  4. O‘ramning shikastlanmaganligini yaxshilab tekshiring. Shikastlanish hollarida preparatni ishlatish mumkin emas.

Sellofanni olib tashlash: sellofanni ochish uchun, ikkala oxirida joylashgan maxsus ko‘rsatilgan joylardan kesing. Sellofan olib tashlanganidan keyin konteynerni preparat oqib chiqadigan yoki konteynerni qisilgan joylari borligiga tekshiring. Aniqlangan holda preparatni ishlatmang.

Quyishga tayyorgarlik (Steril texnikani ishlatish):

  1. Yuborishni yopiq tartibini o‘rnatish.
  2. Aylanuvchi harakatlar bilan to‘plamdagi tishchani yuborish uchun konteynerga to‘liq germetikkacha kiriting.
  3. Konteynerni shtativga o‘rnating.
  4. Preparatni yuborish muolajasiga tayyorgarlikda tavsiyanomalarga rioya qiling.
  5. Preparat yuborilganida pasentda nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida darhol bu haqida shifokorga xabar qiling.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik, diareya, ko‘ngil aynishi, umumiy holsizlik, vaqtinchalik vaznni oshishi, uyqusizlik, charchoqlik, isitma, paresteziyalar, xusnbuzarlarni toshishi, ko‘krakda og‘riqlar, etni uvishishi, aritmiyalar bo‘lishi mumkin.

Bu noxush reaksiyalar preparatni qabul qilish, tibbiy muolajalar, parallel o‘tkaziladigan qo‘shimcha davolash yoki bu omillarni majmuasi bilan bog‘liqligi noma‘lum.

Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik (eshakemi va gipotoniya) aniqlangan. Preparat yuborilganida anafilaktik reaksiyalarni bo‘lishi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor (“Ogohlantirish”ga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Kraxmalga o‘ta yuqori sezuvchanlik, gipergidratasiya, gipervolemiya, og‘ir yurak yetishmovchiligi, oliguriya yoki anuriya bilan birga kechuvchi buyrak yetishmovchiligi, qon ivishining og‘ir buzilishlari.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir yetishmovchiligiga shubha bo‘lgan pasientlarda, qon ivishini buzilishlarida, yurak, o‘pka va buyrak yetishmovchiligida, jigarning surunkali kasalliklarida preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Suv-elektrolit muvozanatini, ayniqsa gipernatriemiyada, suvsizlanishda va buyrak yetishmovchiligida (zardobdagi kreatinin nazorati) nazorat qilish kerak.  Qon ivishining buzilishlarida va jigarning surunkali kasalliklarida koagulyasiyani va zardob albuminining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Allergik reaksiyalar (anafilaktik/anafilaktoid) paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli pasientlarni muvofiq nazorati kerak.

6% li gidroksietilkraxmal ko‘p marta yuborilganida 20 ta sinalayotganlardan 2 tasida bog‘lanmagan bilurubin darajasini 8,3 mg/l ga oshishi aniqlangan (normada 0 dan 7 mg/l gacha).

Umumiy bilirubin normada chegarasida bo‘lgan; bog‘lanmagan bilirubin oxirgi quyishdan so‘ng 96 soatdan keyin norma darajasiga qaytgan.

Bu ko‘rsatkichlarning oshishini sababi, agar shunday bo‘lsa, noma‘lum, ammo kasallik tarixida jigar kasalliklarini bo‘lishiga e‘tibor qilish kerak.

Ma‘lum vaqt amilazaning darajasini oshishi, yuqori qon ketishi belgilarini (yuqori dozalarda yuborilganida) kuzatilishi mumkin.

Anafilaktoid reaksiyalar (tez-tezligi – infuzion eritmaning yuborilgan birlik miqdoriga hisoblanganda – taxminan 0,085%), qusish, haroratni biroz oshishi, etni uvishishi, qichishish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Yuqori jag‘ osti va quloq oldi so‘lak bezlarini kattalashishi, gripp belgilari (bosh og‘rig‘i, mushaklarni qaqshab og‘rishi), oyoqlarning periferik shishlari kuzatilgan. Juda kam hollarda (tez-tezligi – infuzion eritma yuborilgan birlik miqdoriga hisoblanganda – taxminan 0,006%) shok va hayotga xavf tug‘diruvchi belgilar (ba‘zida xatto qon aylanishi va nafasni to‘xtashishigacha) bilan kechuvchi o‘zlashtiraolmaslik reaksiyalari. Bunday hollarda quyishni darhol to‘xtatish, shoshilinch yordamning barcha zaruriy choralarini qo‘llash kerak.

Ogohlantirish:

Umumiy: Preparatni katta miqdorda yuborish gemoglobinning konsentrasiyasini kamaytiradi va haddan ziyod plazma oqsillarini eritadi. Preparatni quyish sutkada 2000 ml dan oshmasligi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang). Boshqa plazma o‘rnini bosuvchilar kabi gidroksietilkraxmal katta miqdorda qonning reologik xususiyatlarini o‘zgartiradi, qonning ivish vaqtini oshiradi, koagulogrammaning ko‘rsatkichlarini: trombin, faollashgan qisman tromboplastin vaqtini vaqtincha uzaytiradi. Shifokor qon ketishi paydo bo‘lishi mumkinligiga tayyor bo‘lishi kerak.  Anafilaktik reaksiyalarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar qilingan. Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida darhol preparatni quyishni to‘xtatish kerak.

Homiladorlik: preparatni homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha tekshirishlar yo‘q.

Emizish: preparatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma‘lum.

Bolalar: Preparatni bolalarda qo‘llash yetarli darajada o‘rganilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

250 va 500 ml dan plastik flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6% dori vositasi Aculife Healthcare Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 250ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 100ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 500ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 500ml 6%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 250ml 6%
STABIZOL eritma 500ml 6% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 500ml 10% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N infuziya uchun eritma 500ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
SIOLIT eritma 100ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
STABIZOL eritma 500ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 250ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
GEKSAZEF infuziya uchun eritma 100ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 100ml 6%
ZITIL infuziya uchun eritma 200ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
GEKODEZ infuziya uchun eritma 200ml 60mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 73 200 so'mdan Batafsil
AKUMIN GEPA infuziya uchun eritma 250ml 8% N1
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
NIRLIV inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NIRPID emulsiya 250ml 20%
NIRPID emulsiya 250ml 10%
NIRMIN 5 S infuziya uchun eritma 500ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 97 900 so'mdan Batafsil
NIRMIN 5 S infuziya uchun eritma 100ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 52 600 so'mdan Batafsil
NIRMIN 10 PLYUS infuziya uchun eritma 500ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRMIN 10 PLYUS infuziya uchun eritma 200ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 108 900 so'mdan Batafsil
NIRMIKS infuziya uchun eritma 750ml 5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRMIKS infuziya uchun eritma 250ml 20% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRZOLID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,2%
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 500ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1
AKUMIN GEPA infuziya uchun eritma 500ml 8% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
KLAVONIR poroshok 1000mg+200mg N1
KLAVONIR poroshok 500mg+100mg N1
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 250ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
GEPANIR eritma 5 ml 5000 YeD/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRPID emulsiya 50ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRPID emulsiya 20ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRPID emulsiya 10ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
NIRIKSON ES poroshok 1000mg 1000 mg+500 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9