×
×
  • ALBEZOL tabletkalari 200mg N6

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALBEZOL tabletkalari 200mg N6

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel-Pharmsanoat, ИП
ATX kodi:
- P02CA03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 90 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 35 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ADAZAL NEO tabletkalari 400mg N1 Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd O'zbekiston
4 500 s`om dan
REMOV LOSON 50ml 4% N1 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
33 000 s`om dan
ZENTAMID tabletkalari 400mg N1 Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd. Hindiston
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
23 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALBEZOL tabletkalari 200mg N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALBEZOL®

ALBEZOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Albezol®

Ta‘sir etuvchi modda: Albendazol

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

Faol modda: albendazol 200 mg va 400 mg.

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, polivinilpirrolidon, makkajo‘xori kraxmali, natriy lauril sulfati, natriy saxarin, temir III oksidi, natriy kraxmal glikolyati, mikrokristall sellyuloza, och sariq vanilli aromatizator, apelsinli aromatizator, magniy stearati.

Ta‘rifi: Och pushtidan pushti rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali va yuzasida dog‘lari bo‘lgan, oval shakldagi, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

ATX kodi: R02SA03

Farmakologik xususiyatlari

Keng tasir doirasiga ega antigelmint preparat, mono- va poliinvaziyalarga nisbatan faol. Beta-tubulinning polimerizasiyasini tanlab susaytiradi, gijjalarning ichak kanallari hujayralarini mikrotubulyar tizimi faolligini buzadi, glyukozaning utilizasiyasini susaytiradi, dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi sekretor granulalar va boshqa organellalarini xarakatlanishini bloklaydi, ularni nobud bo‘lishiga olib keladi. Ayniksa sestodlara – Echinococcus granulosus va Taenia solium. nematod – Strongyloides stercolatis ning lichinkali shakllariga nisbatan samaralidir.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul kilingandan so‘ng albendazol meda-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi, plazmada o‘zgarmagan xolda aniklanmaydi, chunki jigarda tezda antigelmint qarshi faollikka ega bo‘lgan birlamchi metaboliti – albendazol sulfoksidiga aylanadi.

Biokiraolishligi past. Yog‘li ovqatni qabul qilish albendazolning maksimal konsentrasiyasini (Smax) va so‘rilishini 5 barobar oshiradi. Albendazol sulfoksidining Smax ga erishish vaqti 2-5 soatni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan 70% ga bog‘lanadi. Organizm bo‘ylab deyarli to‘liq tarqaladi: siydikda, safroda, jigarda, kista devori va kista suyuqligida, orqa miya suyuqligida aniqlanadi. G’ijjalarning sistalari devori va suyuqligiga o‘tadi. Albendazol sulfoksidi metabolizmga uchraydi va albendazol sulfoni (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan maxsulotlari hosil bo‘ladi. Albendazol sulfoksidining yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8-12 soatni tashkil qiladi. Faol metabolit albendazol sulfoksidi ko‘rinishida safro bilan ichak orqali chiqariladi, uning katta bo‘lmagan kismigina siydik bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda klirensi o‘zgarmaydi. Jigar shikastlanishida biokiraolishligi oshadi, bunda albendazol sulfoksidining Smax ko‘rsatkichi 2 marta oshadi. T1/2 esa uzayadi. Albendazol sitoxrom R450 (IA) tizimi mikrosomal fermentlarining induktori hisoblanadi: ko‘pchilik dori preparatlarining metabolizmini tezlashtiradi.

Qo‘llanilishi

Enterobioz, ankilostomidoz va nekatoroz, gimenolepidoz, tenioz, strongiloidoz, askaridoz, trixosefalez, klonorxoz, opistarxoz, Larva Migrans teri sindromi, bolalardagi lyamblioz, kistozli exinokokkoz, alveolyar exinokokkoz, neyrosistisirkoz, gepatikolez, gnatostomoz, trixinellez, toksokaroz, mikrosporidioz; aralash gelmintozlarni davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, chaynab, ovqat bilan birga qabul qilinadi. Sutkaning aynan bir vaqtida qabul qilgan afzal. Agar 3 haftadan keyin sog‘ayish kuzatilmasa, unda davolashning ikkinchi kursini belgilash kerak.

Ichak infeksiyalari va Larva Migrans teri sindromi.

 

Infeksiya Yoshi Qabul qilishning davomiyligi
Enterobioz, ankilostomidoz, nekatoroz, askaridoz,

trixosefalez

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar 400 mg sutkada 1 marta, bir marta
1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar 200 mg sutkada 1 marta, bir marta
Strongiloidoz, tenioz, gimenolepidoz Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar 400 mg sutkada 1 marta 3 kun davomida. Gimenolepidozda 10 kundan 21 kungacha bo‘lgan takroriy davolash kursi tavsiya qilinadi
Klonorxoz, opistarxoz Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar 400 mg  sutkada 2 marta 3 kun   davomida.
Larva Migrans teri sindromi Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar 400 mg sutkada 1 marta. Qabul qilish davomiyligi 1 kundan 3 kungacha.
Lyamblioz Faqat 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 400 mg sutkada 1 marta 5 kun davomida.

 

Tizimli gelmintli infeksiyalar (yuqoriroq dozalar bilan davomli davolanish).

Dozalash tartibi infeksiyaning og‘irlik darajasi, bemorning vazni va yoshiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni yuqori (800 mg/sut yuqori) dozalarda buyurish tavsiya qilinmaydi.

Vazni 60 kg dan ortiq bo‘lgan bemorlarga preparatning dozasi 400 mg sutkada 2 marta. Vazni 60 kg gacha bo‘lgan bemorlarga preparat sutkada 15 mg/kg hisobidan 2 marta qabul qilishga buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg ni tashkil qiladi.

Infeksiya Qabul qilishning davomiyligi
Kistozli exinokokkoz 28 kun. Operasiya qilib bo‘lmaydigan shaklda preparatni qabul qilishda 14 kunlik tanaffus bilan uchta 28 kunlik davolash sikli tavsiya qilinadi. Operasiyadan oldin preparatni qabul qilishda 14 kunlik tanaffusi bilan bo‘lingan ikkita 28-kunlik sikl tavsiya etiladi. Agar operasiyadan oldingi kurs 14 kundan kam bo‘lsa yoki   xayotga yaroqli kistalar topilgan bo‘lsa, unda operasiyadan keyin preparatni kabul qilishda 14 kunlik tanaffusi bilan bo‘lingan ikkita 28-kunlik sikl o‘tkaziladi.
Alveolyar exinokokkoz 28 kun. Ikkinchi 28 kunlik sikl preparatni qabul qilishda ikki haftalik tanaffusdan keyin takrorlanadi. Davolash bir necha oy yoki yil davom etishi mumkin.

 

Neyrosistisirkoz Qabul qilish davomiyligi 7 kundan 31 kungacha. Ikkinchi kursni ikki haftalik tanaffusdan keyin takrorlash mumkin.
Gepatikolez 400 mg sutkada 1 marta 10 kun davomida.
Gnatostomoz 400 mg sutkada 1 marta 10-20 kun davomida.
Trixinellez, toksokaroz 400 mg sutkada 2 marta 5-10 kun davomida.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qornnda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, meningeal simptomlar.

Kon yaratish tizimi tomonidan: suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi. leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, pansitopeniya.

Siydikchiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

Boshqalar: gipertermiya (tana xaroratini oshishi), arterial bosimni oshishi, qaytuvchan alopesiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat o‘ta yuqori sezuvchanlik, xomiladorlik, laktasiya davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tizimli gelmintli infeksiyalarda sutkada 800 mg dan yuqori dozalarda (xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Extiyotkorlik bilan: Qon yaratilishini susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘zning to‘r pardasini patologiyasi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Deksametazon, prazikvantel va simetidin albendazolning qondagi konsentrasiyasini oshiradi.

Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, safro va exinokokk kistasining ichidagisida albendazolning konsentrasiyasini oshishi aniqlangan, bu exinokokkozni davolash samaradorligini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Albendazol suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishida, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘zning to‘r pardasining patologiyasi bo‘lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bilan davolash davrida qon taxlilini xar bir 28 kunlik siklning boshida va xar 2 haftada o‘tkazish kerak. Leykopeniya rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak.

Albendazol bilan davolashni, fakat agarda leykositlar va neyrotrofil leykositlarning umumiy miqdorini pasayishi o‘rtacha bo‘lsa va oshmagan takdirda davom ettirish mumkin.

Preparatni katta dozalarda qabul qilayotgan pasientlar, jigar faoliyatini doimiy nazoratida, sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Reproduktiv yoshdagi ayollarda davolashni boshlashdan avval homiladorlikni yo‘qligi yuzasidan sinama o‘tkaziladi. Davolanish vaqtida ishonchli kontrasepsiya shart.

Ko‘zlarni zararlanishi bilan kechuvchi neyrosistiserkozda albendazol bilan davolashni boshlashdan avval, ko‘z to‘r pardasini (uning patologiyasini chuqurlashib ketish xavfi tufayli) tekshirish kerak.

Neyrosistiserkozi bo‘lgan pasientlar steroidlar (GKS) va tirishishga qarshi preparatlar bilan muvofiq davolashni olishlari kerak. Og‘iz orqali va vena ichiga yuboriladigan kortikosteroidlar sistaga qarshi davolashning birinchi haftasida gipertenznv xurujlarni bartaraf qilishi uchun qo‘llanadi.

Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomalri: nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi.

Davolash: simptomatik, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish.

Chiqarilish shakli

 «Albezol® 200», chaynash uchun tabletkalar 200 mg dan, №3, № 6.

«Albezol® 400», chaynash uchun tabletkalar 400 mg dan №1, №3, №6.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALBEZOL tabletkalari 200mg N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALBEZOL tabletkalari 200mg N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALBEZOL tabletkalari 200mg N6 dori vositasi Nobel-Pharmsanoat, ИП tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALBEZOL tabletkalari 200mg N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALBEZOL tabletkalari 200mg N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
APRID tabletkalari 750mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 88 500 so'mdan Batafsil
APRID tabletkalari 375mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
  • Vakil: Nobel Pharmsanoat
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 49 168 so'mdan Batafsil
ETODIN FORTE tabletkalari 400mg N7
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
ROKSIBEL tabletkalari 150mg N10
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
APRID poroshok 70ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 55 800 so'mdan Batafsil
APRID poroshok 40ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
APRID tabletkalari 375mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ALBEZOL tabletkalari 200mg N1
ZEPRIN kapsulalar N30
LIPIDEKS SR kapsulalar N30
TEKNAZOL kapsulalar N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 150 000 so'mdan Batafsil
TEKNAZOL kapsulalar N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
GLIKLAMID 5 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ULUFORPLYUS tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ULUFOR SR 1000 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ULUFOR SR 500 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 150 tabletkalari 150 mg/30,4 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 150 tabletkalari 150 mg/30,4 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 75 tabletkalari 75 mg/15,2 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 75 tabletkalari 75 mg/15,2 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
TEKNAZOL kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
KARLON 20 tabletkalari 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
KARLON 20 tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9