Gliklamidning aptekalardagi narxlari
GLIKLAMID tabletkalari 3,5mg N30
|
|
5 ta dorixonada bor
|
16 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
GLIKLAMID tabletkalari 1,75mg N50
|
|
52 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
13 400 so'mdan
Bron qilish
|
GLIKLAMID tabletkalari 3,5mg N50
|
|
21 ta dorixonada bor
|
14 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
18 000 so'mdan
Bron qilish
|
GLIKLAMID tabletkalari 5mg N50
|
|
22 ta dorixonada bor
|
13 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
22 000 so'mdan
Bron qilish
|
GLIKLAMID tabletkalari 1,75mg N30
|
|
4 ta dorixonada bor
|
11 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
13 000 so'mdan
Bron qilish
|
Gliklamid ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GLIKLAMID®
Preparatning savdo nomi: Gliklamid®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Glibenklamid
Dori shakli: Tabletkalar
Tarkibi:
Faol modda: 1,75 mg, 3,5 mg yoki 5 mg glibenklamid (mikronizlangan).
Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, suvsiz kolloidli kremniy, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.
Ta‘rifi: Oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomoni chiziqli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Diabetga qarshi peroral vosita.
ATX kodi: A10VV01
Farmakologik hususiyatlari
Peroral gipoglikemik vosita, II avlod sulfanilmochevina hosilalari. Me‘da osti bezi beta hujayralari tomonidan insulin sekresiyasini rag‘batlantiradi, insulinni ajralib chiqishini kuchaytiradi. Asosan insulin sekresiyasining ikkinchi fazasida ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik to‘qimaning insulinga sezuvchanligini va uni nishon hujayralar bilan bog‘lanish darajasini oshiradi. Gipolipidemik ta‘sir ko‘rsatib, qonning trombogen xususiyatini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng, preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 95% dan ortiqni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlar hosil qiladi. Organizmdan asosan metabolitlar ko‘rinishda siydik (95%) va safro bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 10 soat atrofida.
Qo‘llanilishi
Kattalarda insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetda (II-tipi) parxez bilan davolash samarali bo‘lmaganda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin buyuriladi. Dozani kasallikning og‘irlik darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Boshlang‘ich doza – 1/2 tabl., o‘rtacha doza – sutkada 2 tabletka, maksimal – sutkada3-4 tabletkani tashkil etadi.
Uch xil dori dozasi 20 mumkin bo‘lgan dozalash sxemasini qo‘llash imkonini beradi.
Xar bir bemorga adekvat dozani tanlash zarur.
Dozani tanlashni etapli ravishda qadamli interval bilan ½ tabletka oldin ertalab, keyin kechqurun. Xar bir dozani maksimal ta‘siri kuniga 3 tabletka qabul qilinganda rivojlanadi. Dozani ikki marta qabul qilish uchun 4 tabletkagacha oshirish mumkin.
Tabletkalar ovqatdan 5-10 minut oldin qabul qilinadi.
Ilk bor aniqlangan 2-chi tip qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, glikemiyaning yuqori bo‘lmagan ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, gipoglikemiyaga moyilligi bor keksa yoshdagi bemorlarga preparatni 1,75 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Endokrin tizimi tomonidan: komagacha olib keluvchi gipoglikemiya xolati rivojlanishi mumkin (dozalash tartibini buzilishi va noadekvat parhez uning rivojlanish ehtimolini oshirishi mumkin);
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, fotosensibilizasiya bo‘lishi mumkin;
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, epigastral soxasida og‘irlik hissi, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, xolestaz;
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – nimfalaj, sezishni buzilishi, bosh og‘rig‘i, charchoq, quvvatsizlik, bosh aylanishi;
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – qon yaratilishini pansitopeniya rivojlanguniga qadar buzilishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Insulinga qaram (1-tip) qandli diabet, ketoasidoz, diabet oldi komasi va koma, mikrosirkulyasiyani og‘ir buzilishlari, infeksion kasalliklar, jigar yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarida, sulfonilmochevina hosilalariga va sulfanilamid preparatlariga yuqori sezuvchanlikda, jiddiy jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Gipoglikemik ta‘siri beta-adrenoblokatorlar, anabolik vositalar, allopurinol simetidin, klofibrat, siklofosfamid, izobarin, MAO ingibitorlari, uzoq ta‘sirga ega bo‘lgan sulfanilamidlar, salisilatlar, xloramfenikol, tetrasiklin, etanol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda kuchayishi mumkin.
Gipoglikemik ta‘siri barbituratlar, xlorpromazin, fenotiazin, fenitoin, diazoksid, asetazolamid, glyukokortikoidlar, simpatomimetik vositalar, glyukagon, indometasin, nikotinlarni yuqori dozalari, ichga qabul qilinadigan kontraseptivlar va estrogenlar, saluretiklar, qalqonsimon bezi gormonlari, litiy tuzlari, surgi vositalarining yuqori dozalari bilan bir vaqtda qo‘llaganda giperglikemiya rivojlangunga qadar pasayishi mumkin.
Gistamin N2-reseptorlari blokatorlari, klonidin va rezerpin bilan birga qo‘llaganda preparatning qandni kamaytiruvchi ta‘siri kuchayishi va pasayishi mumkin.
Preparat bir vaqtda qo‘llanganda bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi va pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda (shu jumladan anamnezida), hamda buyrak usti bezi, qalqonsimon bezi faoliyati buzilishlarida, isitma bo‘lgan holatlarda, surunkali alkogolizmda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Davolash davrida glyukozani qondagi miqdori va glyukozani siydik orqali sutkalik chiqarilishini doimo nazorat qilish kerak.
Gipoglikemiya rivojlanganida, agar pasient es-xushi joyida bo‘lsa, glyukozani (yoki qand eritmasini) ichish tavsiya etiladi. Hushidan ketgan bo‘lsa glyukozani vena ichiga yoki glyukagonni teri ostiga, mushak orasiga, yoki vena ichiga yuboriladi. Hushiga kelganda qayta gipoglikemiya rivojlanmasligi uchun, bemorga uglevodlarga boy ovqatni berish lozim.
Gliklamidni qabul qiladigan bemorlar alkogol qabul qilishdan saqlanishlari kerak. Alkogol qabul qilish hollari bo‘lganda disulfiram reaksiyalari, hamda kuchli gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
«Gliklamid® 1,75», tabletkalar 1,75 mg dan, №25, №50 va №100.
«Gliklamid® 3,5», tabletkalar 3,5 mg dan, №25, №50 va №100.
«Gliklamid® 5», tabletkalar 5 mg dan, №50 va №100.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari