×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

APRID poroshok 70ml 250mg/5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel-Pharmsanoat, ИП
ATX kodi:
- J01CR04
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 163 ta dorixonasida topildi

ico 55 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
26 700 s`om dan
LAKS 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
47 000 s`om dan
19 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
APRID poroshok 70ml 250mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

APRID

APRIDUM

Preparatning savdo nomi: Aprid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sultamisillin

Dori shakli: Qobiq bilan qoplangan tabletkalar va suspenziyani tayyorlash uchun kukun. Tarkibi:

Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Sultamisillin tosilat digidrati 507 mg yoki 1013 mg (375 mg va 750 mg sultamisillinga ekvivalent).

Yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza.

Qobiq tarkibi: Opadry Y 1 700 White (titan dioksidi, gidroksipropilmetilsellyuloza).

Suspenziya tayyorlash uchun kukun tarkibi:

Faol modda: Sultamisillin 2000 mg (40 ml), 3500 mg (70 ml).

Yordamchi moddalar: saxaroza, ksantan kamedi, gidroksipropilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza (kam almashingan natriy karmelloza), suvsiz limon kislotasi, suvsiz dinatriy gidrofosfat, guaran xushbo‘yi.

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomoni chiziqli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar; oq yoki deyarli oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (penisillinlar guruhi).

Kod ATX: J01CR04

Farmakologik xususiyatlari

Keng ta‘sir doirasiga ega antibakterial vosita. Ikki efirli ampisillin (yarim sintetik penisillin) va sulbaktamdan (beta-laktamazalar ingibitori) iborat. Bakteriyalarning hujayra devori sintezini bostirib, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Sultamisillin grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus spp., Streptococcus spp., (shu jumladan Enterococcus); aerob spora hosil qilmaydigan bakteriyalar, Listeria monocytogenes ga nisbatan faol. Preparat shuningdek grammanfiy mikroorganizmlar: aerob – Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Shigella spp., Salmonella spp., Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae ning ayrim shtammlariga, shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaradigan bakteriyalariga nisbatan ham faol.

Farmakokinetikasi

Sultamisillin ichga qabul qilinganda, me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilish jarayonidayoq gidrolizga uchraydi. Bunda tizimli qon oqimida ampisillin va sulbaktamning 1:1 nisbati o‘rnatiladi. Peroral qo‘llangandagi biokirishaolishligi, vena ichiga (v/i) yuborilgandagiga nisbatan, ovqat qabul qilishga bog‘liq bo‘lmagan holda, 80% ni tashkil qiladi. Sulbaktam bilan birga qabul qilingan ampisillinning maksimal miqdori toza ampisillin qabul qilgandagiga nisbatan 2 marta ko‘p. Qon oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanishi ampisillinda 28% ni va sulbaktamda 38% ni tashkil qiladi. Ampisillin va sulbaktamning yarim chiqarilish davri (T1/2) muvofiq 0,75 va 1 soatni tashkil qiladi, bunda har bir preparatning 50-75% (T1/2) siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Keksa bemorlar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan odamlarda ampisillin va sulbaktamning chiqarilish kinetikasi buyrak yetishmovchiligining darajasiga muvofiq kamaygan bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan infeksiyalarni davolash:

  • teri infeksiyalari;
  • ichak infeksiyalari;
  • LOR-a‘zolarining infeksiyalari;
  • ginekologik infeksiyalar;
  • nafas yo‘llarining infeksiyalari;
  • siydik-jinsiy sohasining infeksiyalari;

–           yiringli-jarrohlik infeksiyalari (abssesslar, flegmonalar, osteomielitlar va boshqalar);

  • bakterial septisemiya, suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;
  • gonokokkli infeksiyalar;
  • operasiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklardan tashqari, ampisillinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalar ham tarkibida ampisillin saqlaganligi sababli ushbu preparat bilan davolanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, tabletka yoki suspenziya ko‘rinishida qo‘llanadi. Kattalar va tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 750-1500 mg ni, tana vazni 30 kg dan kam bo‘lgan bolalar uchun 25-50 mg/kg ni (infeksiyaning og‘irligiga qarab) tashkil qiladi. Sutkalik doza 2 mahalda qabul qilinadi. Davolash kursi 5-14 kun. Asoratlanmagan gonoreyani  davolashda preparatni 2,25 g dozada bir marta (probenesid bilan birga) buyurish mumkin.

Suspenziyani tayyorlash uchun kukunli flakonga ozgina qaynatib sovutilgan suv solib yaxshilab chayqatiladi. So‘ngra flakon unining devoridagi qavariq belgisigacha xuddi shu suv bilan to‘ldiriladi. Flakonning qopqog‘ini burab, yaxshilab chayqatiladi. Bir o‘lchov qoshiq (5 ml) bunday suspenziyada 250 mg preparat saqlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Diareya, qichishish, toshma va teri reaksiyalari, kam-ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya sohasida og‘riq, sanchiqlar, uyquchanlik, holsizlik, bosh og‘rig‘i, enterokolit va psevdomembranoz kolit, super infeksiya (shu jumladan zamburug‘li) rivojlanishi mumkin. Og‘ir anafilaktik reaksiya hollari ta‘riflangan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni infeksion mononukleozi bo‘lgan bemorlarda va penisillin qatori preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Probenesid bilan birga qo‘llanganida ampisillin va sulbaktamning organizmdagi konsentrasiyasini davomliroq bo‘lishi, shuningdek ampisillin va sulbaktamning buyraklar orqali chiqarilish darajasini pasayishi paydo bo‘lishi mumkin. Allopurinol bilan birga qo‘llanganda teri toshmalarining toshish ehtimoli sezilarli oshadi. Preparatni aminoglikozid-antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Ampisillinning siydikdagi yuqori konsentrasiyalari siydikdagi glyukozaning miqdori tahlil qilinganida soxta musbat reaksiyalar chaqirishi mumkin. Preparat homilador ayollarda qo‘llanganida shuningdek bog‘langan estriol, estriol-glukuronid, bog‘langan estron va estradiol darajalarini vaqtinchalik o‘tib ketuvchi kamayishi ta‘riflangan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida sefalosporinlarga allergik reaksiyalari bo‘lganida, qarama-qarshi allergiyaning rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlarida qabullar orasidagi oraliqlarni oshirish kerak. Uzoq muddatli davolashda periferik qon manzarasini, jigar va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak.

Preparat homiladorlik davrida faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurilishi mumkin. Ampisillin va sulbaktamni hayvonlarda o‘rganilganda bu moddalarning teratogen ta‘siri aniqlanmagan, ammo homilador ayollarda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Laktasiya davrida sultamisillin faqat ko‘krak suti bilan emizish to‘xtatilgandan keyingina buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ich ketishi, qichima, toshma, talvasa.

Davolash: simptomatik terapiya. Gemodializ yordamida qon zardobida ampisillin va sulbaktam konsentrasiyasi kamayishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

«Aprid 375», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 375 mg dan, №10.

«Aprid 750», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 750 mg dan, №10.

«Aprid» 250 mg/5 ml, 40 ml suspenziyani tayyorlash uchun kukun, komplektda 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.

«Aprid» 250 mg/5 ml, 70 ml suspenziyani tayyorlash uchun kukun, komplektda 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tayyor suspenziyani sovutgichda, 2-8°S bo‘lgan haroratda saqlash va 14 kun davomida qo‘llash kerak.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

APRID poroshok 70ml 250mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
APRID poroshok 70ml 250mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
APRID poroshok 70ml 250mg/5ml dori vositasi Nobel-Pharmsanoat, ИП tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
APRID poroshok 70ml 250mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
APRID poroshok 70ml 250mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
APRID tabletkalari 750mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 64 366 so'mdan Batafsil
APRID tabletkalari 375mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
  • Vakil: Nobel Pharmsanoat
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
Narh: 49 168 so'mdan Batafsil
ETODIN FORTE tabletkalari 400mg N7
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ROKSIBEL tabletkalari 150mg N10
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
APRID poroshok 40ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
APRID tabletkalari 375mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ALBEZOL tabletkalari 200mg N1
ZEPRIN kapsulalar N30
LIPIDEKS SR kapsulalar N30
TEKNAZOL kapsulalar N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 135 500 so'mdan Batafsil
TEKNAZOL kapsulalar N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
GLIKLAMID 5 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ALBEZOL tabletkalari 200mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
ULUFORPLYUS tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ULUFOR SR 1000 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
ULUFOR SR 500 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 150 tabletkalari 150 mg/30,4 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 150 tabletkalari 150 mg/30,4 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 75 tabletkalari 75 mg/15,2 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
PASKARD 75 tabletkalari 75 mg/15,2 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
TEKNAZOL kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
KARLON 20 tabletkalari 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
KARLON 20 tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Другие формы препарата
APRID tabletkalari 750mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
APRID tabletkalari 375mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
  • Vakil: Nobel Pharmsanoat
APRID tabletkalari 375mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9