×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALOE JIDKIY ekstrakt 1ml N10

Kategoriya:
- Tetiklashtiradigan
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Алоэ древовидного листья
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Вифитех, ЗАО
ATX kodi:
- A13A
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

ALOE ekstrakt 1ml N10 БиоФарма OOO Ukraina
VOBI KIDS sirop 150ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N50 Гриндекс, АО Latviya
27 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALOE JIDKIY ekstrakt 1ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALOE EKSTRAKT JIDKIY

EXTRACTUM ALOES FLUIDUM

Preparatning savdo nomi:  Aloe ekstrakt jidkiy

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ampula faol ingredient sifatida daraxtsimon aloening 0,336 g yangi yoki quritilgan barglarini past haroratda tindirilgan 1 ml suvli ekstraktini saqlaydi; yordamchi ingredientlar sifatida 0,0085 g natriy xloridi va 1 ml gacha in‘eksiya uchun suv saqlaydi.

Ta‘rifi: och-sariqdan jigarrang-sariq rangli, kuchsiz meva hidli, rN 4,8-6,8 bo‘lgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: biogen stimulyator.

ATX kodi: A16AX10**

 

Farmakologik xususiyatlari

Suyuq aloe ekstrakti o‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar saqlovchi preparat hisoblanadi. Preparat moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmi, to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasini yaxshilaydi, shuningdek organizmning nospesifik rezistentligini oshirish maqsadida buyuriladi.

Aloening immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘siri uning tarkibida polisaxaridlar (aloemannan, asemannan) va glikoproteidlarning mavjudligi bilan bog‘liq. Aloening neytral polisaxaridlari ba‘zi mikroorganizmlarga nisbatan mikroblarga qarshi faollikka ega. Aloening glikoproteidlari bradikinin metabolizmida ishtirok etadi, xujayra proliferasiyasiga yordam beradi. Aloe tarkibidagi polisaxaridlar rux, selen, mis kabi mikroelementlar bilan birga immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatiga ega.

Farmakokinetikasi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llanilishi

Ayollar jinsiy a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklari, yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, shuningdek qator ko‘z kasalliklarini kompleks davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Cho‘kma mavjud bo‘lganida ampulani ochishdan oldin bir xil suyuqlik hosil bo‘lguncha silkitish kerak!

Suyuq aloe ekstrakti kattalarga har kuni 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 ml ni tashkil qiladi. Davolash kursi – 30-50 in‘eksiya.

In‘eksiyalar og‘riqli bo‘lganida dastlab 0,5 ml 2% prokain eritmasi yuboriladi. Takroriy davolash kurslarini 2-3 oylik tanaffusdan keyin amalga oshiriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘ta yuqori sezuvchanlik, gipertenziya, gipertermiya, diareya, in‘eksiya joyida og‘riq.

Aloeni uzoq muddat qo‘llashda organizmda kaliyning miqdori oshishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; og‘ir darajali yurak-qon tomir kasalliklari, gipertenziya, me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, jigar faoliyatini buzilishi, diffuz glomerulonefrit, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aloe va tiazid diuretiklar, halqali diuretiklar, qizilmiya preparatlari, kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llaganda kaliy tanqisligi rivojlanishi xavfi ortadi.

Aloe surgi vositalari, shuningdek qon yaratilishini rag‘batlantiruvchi preparatlarning ta‘sirini potensiyalaydi.

Ehtiyotkorlik choralari

Preparatni uzoq muddat qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan organizmda kaliy miqdorini kamayishi yurak glikozidlari va antiaritmik preparatlarning ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Eritmada quyqa mavjud bo‘lishi mumkin, u saqlanganda cho‘kmaga tushishi mumkin. Ampula silkitilganida cho‘kma bir tekis quyqaga aylanadi.

Homiladorlik va emizishQo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang.

Preparatni ona sutiga chiqarilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi: 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda in‘eksiya uchun suyuq aloe ekstraktini qo‘llash zarurati bo‘lganida shifokor maslahati talab etiladi. Preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Agar ampulani silkitishdan keyin unda cho‘kma saqlansa, preparatni qo‘llash mumkin emas!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun suyuqlik 1 ml dan ampulalarda; karton o‘ramda 10 ampuladan.

1 ml eritma neytral shisha ampulalarda.

10 ampuladan karton o‘ramda.

Har bir qutida ampula skarifikatori va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi mavjud.

 

Saqlash sharoiti

Qorong‘i joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALOE JIDKIY ekstrakt 1ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALOE JIDKIY ekstrakt 1ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALOE JIDKIY ekstrakt 1ml N10 dori vositasi Вифитех, ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALOE JIDKIY ekstrakt 1ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALOE JIDKIY ekstrakt 1ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
RAUNATIN tabletkalari 2mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Вифитех, ЗАО
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
PLATIFILLIN inyeksiya uchun eritma 1ml 2mg/ml N10
Narh: 12 200 so'mdan Batafsil
LESPEFRIL eritma dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Вифитех, ЗАО
Narh: 83 000 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
MUKALTIN tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Вифитех, ЗАО
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
ALTEYa sirop 125g
Narh: 5 400 so'mdan Batafsil
LESPEFRIL eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Вифитех, ЗАО
Narh: 83 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
KARIPAZIM 350PE liofilizat 10ml N1
GLISIRAM 0,05 tabletkalari N50
RAUNATIN tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Вифитех, ЗАО
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Вифитех, ЗАО
Narh: 1 600 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9