Aloe suyuq ekstraktining aptekalardagi narxlari
ALOE EKSTRAKT JIDKIY eritma 1ml N10
|
|
256 ta dorixonada bor
|
5 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
17 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Aloe suyuq ekstrakti ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALOE EKSTRAKT JIDKIY
EXTRACTUM ALOES FLUIDUM
Preparatning savdo nomi: Aloe ekstrakt jidkiy
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ampula faol ingredient sifatida – daraxtsimon aloening 0,336 g yangi yoki quritilgan barglarini past haroratda tindirilgan 1 ml suvli ekstraktini saqlaydi; yordamchi ingredientlar sifatida 0,0085 g natriy xloridi va 1 ml gacha in‘eksiya uchun suv saqlaydi.
Ta‘rifi: och-sariqdan jigarrang-sariq rangli, kuchsiz meva hidli, rN 4,8-6,8 bo‘lgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: biogen stimulyator.
ATX kodi: A16AX10**
Farmakologik xususiyatlari
Suyuq aloe ekstrakti o‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar saqlovchi preparat hisoblanadi. Preparat moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmi, to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasini yaxshilaydi, shuningdek organizmning nospesifik rezistentligini oshirish maqsadida buyuriladi.
Aloening immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘siri uning tarkibida polisaxaridlar (aloemannan, asemannan) va glikoproteidlarning mavjudligi bilan bog‘liq. Aloening neytral polisaxaridlari ba‘zi mikroorganizmlarga nisbatan mikroblarga qarshi faollikka ega. Aloening glikoproteidlari bradikinin metabolizmida ishtirok etadi, xujayra proliferasiyasiga yordam beradi. Aloe tarkibidagi polisaxaridlar rux, selen, mis kabi mikroelementlar bilan birga immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatiga ega.
Farmakokinetikasi
Ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Ayollar jinsiy a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklari, yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, shuningdek qator ko‘z kasalliklarini kompleks davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Cho‘kma mavjud bo‘lganida ampulani ochishdan oldin bir xil suyuqlik hosil bo‘lguncha silkitish kerak!
Suyuq aloe ekstrakti kattalarga har kuni 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 ml ni tashkil qiladi. Davolash kursi – 30-50 in‘eksiya.
In‘eksiyalar og‘riqli bo‘lganida dastlab 0,5 ml 2% prokain eritmasi yuboriladi. Takroriy davolash kurslarini 2-3 oylik tanaffusdan keyin amalga oshiriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik, gipertenziya, gipertermiya, diareya, in‘eksiya joyida og‘riq.
Aloeni uzoq muddat qo‘llashda organizmda kaliyning miqdori oshishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; og‘ir darajali yurak-qon tomir kasalliklari, gipertenziya, me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, jigar faoliyatini buzilishi, diffuz glomerulonefrit, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aloe va tiazid diuretiklar, halqali diuretiklar, qizilmiya preparatlari, kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llaganda kaliy tanqisligi rivojlanishi xavfi ortadi.
Aloe surgi vositalari, shuningdek qon yaratilishini rag‘batlantiruvchi preparatlarning ta‘sirini potensiyalaydi.
Ehtiyotkorlik choralari
Preparatni uzoq muddat qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan organizmda kaliy miqdorini kamayishi yurak glikozidlari va antiaritmik preparatlarning ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Eritmada quyqa mavjud bo‘lishi mumkin, u saqlanganda cho‘kmaga tushishi mumkin. Ampula silkitilganida cho‘kma bir tekis quyqaga aylanadi.
Homiladorlik va emizish “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang.
Preparatni ona sutiga chiqarilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi: 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda in‘eksiya uchun suyuq aloe ekstraktini qo‘llash zarurati bo‘lganida shifokor maslahati talab etiladi. Preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Agar ampulani silkitishdan keyin unda cho‘kma saqlansa, preparatni qo‘llash mumkin emas!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun suyuqlik 1 ml dan ampulalarda; karton o‘ramda 10 ampuladan.
1 ml eritma neytral shisha ampulalarda.
10 ampuladan karton o‘ramda.
Har bir qutida ampula skarifikatori va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi mavjud.
Saqlash sharoiti
Qorong‘i joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari