×
×
  • ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group СП OOO
ATX kodi:
- A16AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 72 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

XILAK FORTE tomchilar dlya priema vnutr 100ml Меркле ГмбХ Germaniya
229 000 s`om dan
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Jizzax Dori-Darmon, ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALOTREM

ALOTREM

Preparatning savdo nomi: Alotrem

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Levokarnitin

Dori shakli: Ichga qabul qilish uchun eritma.

Tarkibi:

10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Levokarnitin – 1 g.

Yordamchi moddalar: 70% sorbitol eritmasi, metilparaben Ye218, saxarin natriy, suvsiz natriy sitrati, apelsin hushbo‘yi, xlorid kislotasi (kerakli rN darajasini hosil qilish uchun), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, apelsin hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

ATX kodi: A16AA01

Farmakologik xususiyatlari

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun preparat. L-karnitin – V guruhi vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy modda. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, sitoplazmadan hujayra membranalari orqali mitoxondriyaga uzun zanjirli yog‘ kislotalarni (shu jumladan, palmitin) tashuvchisi sifatida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar oksidlanadi (beta-oksidlanish) va katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qiladi. Qonninng ishqoriy zahirasini to‘ldiradi, gemodinamikaning serebral autoregulyasiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan ta‘minlanishini oshishiga yordam beradi, shikastlangan o‘choqda reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatadi, apoptozning rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi. Oqsil va yog‘ almashinuvini me‘yorlashtiradi, tananing ortiqcha vazni, hamda mushaklardagi yog‘larning miqdorini kamaytiradi, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni va harakat faolligini oshiradi. Me‘da va ichak shirasining sekresiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda oshgan asosiy almashinuvni me‘yorlaydi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalarga kiradi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Buyraklar orqali (24 soatda 80% dan ko‘prog‘i) asosan asil efirlari ko‘rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.

Qo‘llanilishi

Preparat karnitin tanqisligida kattalar, bolalar va chaqaloqlarda qo‘llanadi:

  • karnitinni ikkilamchi tanqisligida (gemodializ o‘tkazgan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan, uning sarflanishi keskin oshishi bilan bo‘lgan gipoksiyada, difteriyada, skelet mushaklarining kuchsizligi va miopatiyali pasientlarda);
  • to‘liq parenteral ovqatlanishda bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalarda;
  • anoreksiyada, bolalarda, tana vazni yetarli darajada oshmaganida va o‘sishni kechikishida;
  • o‘tkir miokard infarkti fonidagi miokardning metabolizmini buzilishi;
  • kardiogen shoki oqibatidagi gipoperfuziya holatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan oldin 100 ml sovutilgan qaynatilgan suvda suyultiriladi.

Adekvat dozani aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va asil levokarnitinni konsentrasiyasini aniqlab, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Karnitinning plazmadagi konsentrasiyasi 35-60 mkmol/l ni tashkil etadi. Plazmada asil va erkin levokarnitinning nisbati normada 0,35 ni tashkil etadi.

Sutkalik doza pasientning yoshi va tana vazniga bog‘liq.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat sutkada 2-3 g dozada buyuriladi.

6-12 yoshdagi bolalarga – sutkada 75 mg/kg.

2-6 yoshdagi bolalarga – sutkada 100 mg/kg.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 150 mg/kg dozada buyuriladi.

Birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida doza moddalar alshmashinuvining tug‘ma buzilishi darajasi va davolash davrida yaqqollik darajasiga bog‘liq. Ko‘pgina hollarda ichga qabul qilish uchun tavsiya etilgan dozasi 2-4 qabulda sutkada 100-200 mg/kg ni tashkil etadi. Agar klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar yaxshilanmasa, doza qisqa muddatga oshirilishi mumkin.

O‘tkir metabolik dekompensasiyada preparat yuqori dozalarda – sutkada 400 mg/kg dozada buyuriladi.

Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlarda karnitinni ikkilamchi tanqisligida preparatini sutkada 1 g dozada samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og‘riq hissi, dispeptik simptomlar.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak kuchsizligi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni qandli diabetda, homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida juda zarur bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni qabul qilayotganini aniqlash kerak. Preparatni turli anabolik vositalari, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikka ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Xolinning juda yuqori dozalari levokarnitin sintezini va faolligini tormozlaydi. Glyukokortikoidlar levokarnitinni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga olib keladi. Anabolik vositalar karnitinini samarasini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni adekvat dozasini aniqlash uchun qon plazmasida va siydikda erkin va asil levokarnitining konsentrasiyasini tekshirib, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Levokarnitin o‘rganib qolishni chaqirmaydi, chunki odam organizmining endogen moddasi hisoblanadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga preparatni yuborish, gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, bu toifa pasientlarni preparat bilan davolash vaqtida, gipoglikemik preparatlarning dozalash tartibini darhol muvofiqlashtirish uchun qonda glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilish lozim.

Preparat avtotransportni boshqarish qobiliyatiga va boshqa potensial xavfli faoliyat turlariga ta‘sir qilmaydi.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya.

Davolash: simptomatik davolash, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma 1000 mg/10 ml va 50 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalar berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi Remedy Group СП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALOTREM eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FERRAT S sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
FERRAT S inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 37 300 so'mdan Batafsil
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
IZIFER sirop 100ml
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
LEFTRIN NEO infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SINAFULL NEO tabletkalari 5mg N10
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
IXTIOLOVAYA maz 25g 10%
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 143 500 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma 2ml 500mg/2ml N5
SEBROGEN eritma 5ml N5
Narh: 248 600 so'mdan Batafsil
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9