Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALZANSER®
ALZANCERUM
Preparatning savdo nomi: Alzanser®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): donepezil gidroxloridi
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
faol modda: donepezil gidroxloridi 5 mg, 10 mg.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, laktopress, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik sellyuloza, gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati.
qobiq: Opadry White YS-1-7003 (titan dioksidi, gipromelloza, polietilenglikol, polisorbat).
Ta‘rifi: oq rangli, oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonidan kesma bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletakalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antixolinesteraz vositalar.
ATX kodi: N06DA02
Farmakologik xususiyatlari
Preparat bosh miyadagi xolinesterazaning asosiy turi bo‘lgan asetilxolinesterazaning selektiv va qaytuvchi ingibitori xisoblanadi. Alzanser asosan markaziy nerv tizimidan tashqarida bo‘lgan ferment butirilxolinesterazaga qaraganda, bu ferment in vitro 1000 marta kuchliroq ingibisiya qiladi. Shunday qilib, donepezil sinapslarda asetilxolinning miqdorini oshiradi va xolinergik faollikni kuchaytiradi. Donepezil 5 mg va 10 mg dozalarda bir marta qabul qilinganidan keyin, asetilxolinesterazaning faolligi muvofiq 63,6 va 77,3% ga susaytirilgan (eritrositlarning membranalarida baxolanadi). Shu samarasi tufayli donepezil kognitiv faoliyatlar va Alsgeymer kasalligidagi xolinergik neyrotransmissiya yetishmovchiligi chaqirgan simptomlarga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Xatti-xarakat buzilishlarini muvofiqlashtiradi, apatiyani va tushunmasdan takrorlanuvchi xarakatlarni kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Plazmadagi maksimal darajasi ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 3-4 soat o‘tgach erishiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi va egri chiziq ostidagi maydon dozaga proporsional oshadi. Muvozanat holatiga davolash boshlanganidan keyin taxminan 3 hafta davomida erishiladi. Muvozanat holatiga erishilgandan keyin plazmadagi donepezil gidroxloridining konsentrasiyasi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan farmakodinamik faollik kun davomida sezilarli o‘zgarmaydi.
Ovqat qabul qilish donepezil gidroxloridini so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi.
Donepezil gidroxloridining plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 96% ni tashkil qiladi: asosan albuminlar (75%) va alfa-1 nordon glikoprotein (21%) bilan bog‘lanadi. Faol metaboliti 6-0-dezmetildonepezilni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi noma‘lum. Donepezil gidroxloridini organizmning turli to‘qimalarida taqsimlanishi yetarlicha o‘rganilmagan. Donepezil gidroxloridi va/yoki uning metabolitlari organizmda 10 kundan ko‘proq saqlanishlari mumkin.
Yarim chiqarilishinning yakuniy davri taxminan 70 soatni tashkil qiladi, shuning uchun bir martalik dozalarini muntazam qo‘llash asta-sekin muvozanat xolatiga erishishga olib keladi. Donepezil gidroxloridi siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi, shuningdek sitoxrom R450 yordamida ahamiyatli darajada metobolizmga uchraydi va metabolitlari hosil bo‘ladi. 4 asosiy metabolitlari mavjud, ulardan 2 tasi faol sifatida ma‘lum, qolganlari ahamiyatsiz metabolitlardir. Donepezil sitoxrom R450 izofermentlari: 2D6 va 3A4 tomonidan metabolizmga uchraydi va glyukuronidizasiyaga duchor bo‘ladi. Qabul qilingan hamma dozaning taxminan 57% siydikda (17% o‘zgarmangan donepezil ko‘rinishida) va 15% ahlatda aniqlanadi, biotransformasiyasi va siydik bilan chiqarilishi, eliminasiyasining asosiy yo‘li deb taxmin qilinadi. Donepezil gidroxloridi va/yoki uning metabolitlarini enteropatik sirkulyasiyasi yuzasidan dalillari yo‘q. Jins, irq, va o‘tmishdagi chekish donepezil gidroxloridining plazmadagi konsentrasiyalariga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Donepezil gidroxloridining plazmadagi konsentrasiyalari, taxminan 70 soatni tashkil qiluvchi yarim chiqarilish davri bilan pasayadi.
Qo‘llanilishi
Demensiya, yengil yoki o‘rtacha og‘irlikdagi Alsgeymer kasalligini va kognitiv buzilishlarni simptomatik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va qariyalarga buyuriladi.
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 5 mg. Maksimal doza sutkada 10 mg. Davolash kursi 4-6 hafta. Tabletkalar peroral uyqudan oldin qabul qilinadi. Buyraklarni shikastlanishi yoki yengil hamda o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi mavjudligida, preparatning umumiy qabul qilingan dozalarini qo‘llash mumkin, chunki bunday xolatlarda preparatning klirensi o‘zgarmaydi. Yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligida preparatning yuqori ekspozisiyasi xavfi tufayli, dozani, donepezilga shaxsiy tollerantlikni hisobga olib, individual ravishda oshirish mumkin. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlar ba‘zi hollarda yengil, dozasiga bog‘liq va o‘tib ketuvchi bo‘ladi.
JSST ma‘lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta‘sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma‘lum – mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez – shamollash.
Oziqlanish va modda almashinuvi tomonidan: tez-tez – anoreksiya.
Ruhiyat tomonidan: tez-tez – gallyusinasiyalar, ajitasiya, agressiv xulq.
Asab tizimi tomonidan: tez-tez – hushdan ketish, bosh aylanishi, uyqusizlik; kam – tutqanoq xuruji; kamdan-kam – ekstrapiramidal belgilar; juda kam – havfli neyroleptik sindrom.
Yurak-qon tomirlari tomonidan: kam – bradikardiya; kamdan-kam – Sino-atrial va AV-blokada.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – diareya, kungil aynash; tez-tez – qusish, qorindagi og‘riqga shikoyat; kam – me‘da-ichak tizimida qon ketish, oshqozonda va 12 barmoq ichakda yara.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: kam – jigar faoliyatining buzilishi, shu jumladan gepatit.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – toshma, qichishish.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez – mushaklar tutqanog‘i.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez – peshob tuta olmaslik.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez – toliqish, og‘riq.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: kamdan-kam – zardobda mushaklar kreatinfosfokinaza darajasini biroz oshishi.
Jarohat va zaharlanish: tez-tez – jarohatlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik va emizish davri
FDA tasnifi bo‘yicha homilaga ta‘siri – S toifa.
Preparatni homiladorlikda va emiziklik davrida qo‘llash bo‘yicha yetarlicha tajribalar mavjud emas. Preparat ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Shu sababli homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash taqiqlanadi. Emiziklik davrida, preparatni qabul qilish zarur bo‘lgan holatlarda, ko‘krak bilan emizishni to‘xtatish masalasi hal qilinishi kerak.
Dorilarningg o‘zaro ta‘siri
Donepezil yoki uning metabolitlari odam organizmida teofillin, varfarin, simetidin yoki digoksinni parchalanishini tormozlamagan. CYP 3A4 va CYP 2D6 fermentlarini bloklovchi ketokonazol va xinidin, donepezilning metabolizmiga to‘sqinlik qiladi. Itrakonazol, eritromisin va fluoksetin xam donepezilning metabolizmini ingibisiya qilishi mumkin. Fermentlarning induktorlari (rifampisin, fenitoin, karbamazepin va etanol) donepezilning metabolizmini pasayishini chaqirishlari mumkin, shuning uchun bu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlik talab etiladi. Antixolinergik vositalar (atropin, skopolamin, benzatropin, difengidramin) bilan o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin. Suksinilxolin yoki boshqa nerv-mushak blokatorlari, suksametazon xloridi yoki boshqa nerv-mushak blokatorlari va yurak mushagi tolalarida qo‘zg‘alishni o‘tkazuvchanligiga ta‘sir qiladigan β-adrenoblokatorlar bilan sinergizm kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni demensiyalar va Alsgeymer kasalligi bo‘lgan bemorlarni davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor o‘tkazishi kerak.
Samarani bir maromda tutib turuvchi davolashni, terapevtik samara saqlanayotgan vaqtgacha davom ettirish mumkin. Agar terapevtik samara yo‘qolsa, unda preparatni bekor qilish kerak. Davolash to‘xtatilganidan keyin, Alzanserning ta‘sirini asta-sekin kamayishi kuzatiladi, qabul qilish keskin bekor qilingan hollarda, bekor qilish sindromi xaqida xabarlar yo‘q. Alsgeymer turidagi demensiyaning og‘ir shakli, demensiyaning boshqa turlari yoki xotirani pasayishini boshqa turlari (masalan, kognitiv faoliyatni yoshga bog‘liq yomonlashishi) bo‘lgan pasientlarda preparatning samaradorligi o‘rganilmagan.
Preparatni antixolinesterazaning boshqa ingibitorlari, agonistlari yoki xolinergik tizimining antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Anamnezida o‘pkaning obstruktiv kasalliklari (shu jumladan bronxial astma) bo‘lgan, yurak ritmini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, anasteziya o‘tkazishda, shuningdek yara rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda (masalan, anamnezida yara kasalligi bo‘lgan yoki NYAQV bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda) va umumiy anasteziyani o‘tkazishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat anasteziyani o‘tkazish vaqtida suksinilxolin turidagi miorelaksasiyani kuchaytirishi mumkin.
Xolinesteraza ingibitorlari (shu jumladan Alzanser) yurak qisqarishlari tez-tezligiga vagotonik ta‘sir ko‘rsatishi (xususan, bradikardiya chaqirishi) mumkin. Bunday ta‘sirining potensial ehtimoli sinus tugunining kuchsizligi sindromi yoki sinoaortal yoki aterioventrikulyar blokada kabi, qorincha ustki o‘tkazuvchanligining boshqa buzilishlari bo‘lgan bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Xolinomimetiklar yoyilgan tirishishlar chaqirish hususiyatiga egalar deb taxmin qilinadi. Lekin preparat bilan davolash davrida tirishishlarni paydo bo‘lishi, Alsgeymer kasalligining ko‘rinishi xam bo‘lishi mumkin.
Transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘siri
Preparat ruxiy-jismoniy qobiliyatlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat toliqish, bosh aylanishi, mushak tirishishlari (ayniqsa davolashni boshida yoki doza oshirilganida) chaqirishi mumkin. Pasientning transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini shifokor baholashi kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, so‘lak oqishi, bradikardiya, gipotoniya, nafasni susayishi, kollaps va konvulsiyalar (tirishishlar). Mushak kuchsizligini yomonlashishi, ayniqsa uni nafas mushaklariga tarqalishi, o‘lim chaqirishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Chiqarilish shakli
«Alzanser® 5», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg dan №14, №28, №42 va №56.
«Alzanser® 10», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg dan №14, №28, №42 va №56.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.