×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N100

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Амитриптилина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Rusan Pharma LTD
Vakil:
- New Pharmacare OOO
ATX kodi:
- N06АA09
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 33 ta dorixonasida topildi

ico 17 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 15 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tabletka 10 mg moviy rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletka 25 mg: to'q sariq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Amitriptilin tritsiklik antidepressantlar guruhiga mansub sedativ ta'sir etuvchi psixotrop moddadir. Preparat monoaminooksidaza (MAO) fermentining faolligiga ta'sir qilmaydi va markaziy nerv tizimi (MNT) ni bevosita rag'batlantirmaydi. U MNT ning adrenergik va serotoninergik sinapslarda noradrenalin va serotoninni qayta bog'lanishini kechiktiradi.
Preparat yaqqol ifodalangan xolinolitik xususiyatlarga ega.
Amitriptilin asosan endogen depressiyani davolash uchun qo'llanadi. Preparat ayniqsa qo'zg'algan depressiv holatda samaralidir. U depressiv bemorlarda kayfiyatni yaxshilaydi va bezovtalikni bartaraf etadi, depressiyani yaqqol namoyon bo'lishini kamaytiradi, qo'rquvlar, gallyutsinatsiyalar va rag'batlantiruvchi ta'siri bo'lgan antidepressantlarga xos bo'lgan boshqa simptomlarni kuchaytirmaydi.
Depressiyalarda preparatning ta'sir mexanizmi to'liq aniqlanmagan.
Amitriptilin me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi, peroral qo'llanganidan so'ng qonda maksimal kontsentratsiyasiga 6 soat davomida erishiladi. Qondagi terapevtik kontsentratsiyasi 100-250 ng/ml ni tashkil etadi. Amitriptilinning biokiraolishligi turli yuborish yo'llarida 30-60% ni tashkil etadi. Amitriptilin me'da-ichak -yo'llarining harakatchanligini kamaytirib, ayniqsa dozasi oshirib yuborilganida o'zini so'rilishini sekinlashtiradi.
Gematoentsefalik to'siq, yo'ldosh to'sig'i orqali oson o'tadi va ko'krak sutiga tushadi.
Preparatga tizim oldi metabolizmi xos bo'lib, u jigarda metil guruhini yo'qotib faol metabolit – nortriptilinni hosil qiladi. Amitriptilinning boshqa biotransformatsiya turlari – gidroksilyatsiya va N-oksidatsiyadan iborat. Nortriptilin bilan ham xuddi shunday o'zgarishlar kuzatiladi. Amitriptilin va nortriptilin organizmda yaxshi taqsimlanadi va plazma oqsillari va to'qimalar bilan yuqori darajada (90% gacha) bog'lanadi. Amitriptilin ham erkin holatda, ham kon'yugatsiya shaklida asosan metabolitlar ko'rinishida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 9-25 soatni tashkil etadi va dozasi oshirib sezilarli darajada uzayadi.
Plazmada amitriptilin va nortriptilinning kontsentratsiyalari ayrim individlarda o'zgaruvchandir, dozasi va terapevtik ta'sir o'rtasida korrelyatsiya yo'q.
Оғизнинг қуриши, қорачиқнинг кенгайиши, аккомодациянинг бузилиши, сийдик чиқарилишини тутилиши, уйқучанлик, бош айланиши, қўлларнинг титраши, парестезиялар, аллергик реакциялар, аритмиялар. Бундай ҳолларда препаратнинг дозаси камайтирилади.
Endogen depressiyalar, ayniqsa xavotirli – depressiv holatlarda qo'llaniladi.
Amitriptilinga va/yoki ushbu preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
miokard infarkti o'tkir davri;
aritmiyalar (ayniqsa yurak blokadasi);
16 yoshgacha bo'lgan bolalarda;
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
Amitriptilin va MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash og'ir nojo'ya samaralarni (giperpiretik kriz, tirishishlar) chaqirishi va hatto o'limga olib kelishi mumkin.
Amitriptilin xolinoblokatorlar yoki neyroleptik vositalar bilan majmuada qo'llanganida giperpireksiya hollari ta'riflangan. Tritsiklik antidepressantlar (TTSA) xolinoblokatorlar bilan majmuada shuningdek paralitik ileusni chaqirishi mumkin.
Amitriptilinni simpatomimetik preparatlar (masalan, adrenalin, efedrin, izoprenalin, noradrenalin, fenilefrin va fenilpropranololamin va boshqalar), shuningdek anestetiklar bilan birga qo'llanishi yurak aritmiyasi va gipotenziyani chaqiradi.
Metilfenidat tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtirishi mumkin.
Amitriptilinni amiodaron, pimozid yoki terfenadin bilan bir vaqtda qo'llanishi ventrikulyar yurak aritmiyasini rivojlanish havfini oshiradi (bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak).
Amitriptilin guafenezinning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Amitriptilin klonidinning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi, klonidin bekor qilinganidan so'ng gipotenziyani rivojlanish havfi oshadi.
Preparat alkogol, barbituratlar va boshqa MNT depressantlarining ta'sirini kuchaytiradi. Tutqanoqqa qarshi preparatlarni bir vaqtda qo'llash patsiyentda tirishish bo'sag'asini pasaytiradi.
Tramadol tritsiklik antidepressantlar bilan birga MNT ni intoksikatsiya havfini oshiradi.
Amitriptilin disulьfiram bilan bir vaqtda qo'llanganida deliriyni rivojlanish havfi bor.
Simetidin jigarda tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtiradi va ularning nojo'ya samaralarini kuchaytiradi.
Rifampitsinni qo'llash, ehtimol, plazmada amitriptilinning kontsentratsiyasini kamaytiradi va antidepressiv samarasini kuchaytiradi.
Ritonavir, ehtimol, plazmada antidepressantning kontsentratsiyasini oshiradi.
Amitriptilinni katta dozalarda etxlorvinol bilan birga qo'llash deliriyni chaqirishi mumkin.
Amitriptilinni elektroshok bilan birga buyurish xavfli.
Agar siz biron-bir boshqa boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan bo'lsangiz, preparatni qo'llashni boshlashdan oldin bu xaqida shifokorga xabar bering.
Ichga qabul qilinadi. Dozasi kasallik simptomlari va patsiyentning yoshiga qarab tanlanadi, asta-sekin sutkalik dozaga yetkaziladi.
Ambulator davolanganda sutkalik dozasi odatda 75 mg ni tashkil etadi, bir necha bir martalik dozalarga (yoki kechqurun bir marta qo'llanadi) bo'linadi. Zarurat bo'lganida maksimal dozagacha, ya'ni sutkada 150 mg gacha oshirish mumkin. Preparatning sutkalik dozasining katta qismini kunning ikkinchi yarmida yoki kechqurun qo'llash tavsiya etiladi. Optimal terapevtik samaraga 30 kun davomida erishiladi.
Muqobil davolash usuli – bir martalik doza tungi uyqudan oldin 50-100 mg. Bu dozani maksimal sutkalik doza – 150 mg dan oshirmay, asta-sekin 25 yoki 50 mg ga oshirib borish mumkin.
Statsionarda davolashni kuniga 100 mg doza bilan boshlash mumkin, sutkalik doza asta-sekin 200 mg gacha oshiriladi. Kam hollarda dozani kuniga 300 mg gacha oshirish zarurati bo'lishi mumkin.
Bolalarda qo'llanishi. Amitriptilinning ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqot o'tkazilmagan, shuning uchun depressiyani davolash uchun preparatni faqat 16 yoshdan oshganda patsiyentlarda qo'llash mumkin.
Keksa odamlar va o'smirlar. Amitriptilinning sutkalik dozasi odatda kuniga 3 marta 10 mg va tungi uyqudan oldin 20 mg ni tashkil etadi.
Samarani bir maromda tutib turuvchi davolashda amitriptilinning sutkalik dozasi 50-100 mg ni tashkil etadi. Ayrim hollarda u kamroq - 40 mg bo'lishi mumkin. Sutkalik dozani odatda kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi. Optimal terapevtik samaraga erishilganidan so'ng sutkalik dozani kasallikning simptomlarini bartaraf etuvchi minimal dozagacha asta-sekin kamaytiriladi. Tutib turuvchi davolash 3 oy va undan ortiq davom etadi.
Agar navbatdagi dozani qabul qilishni unutgan bo'lsangiz, u holda dori vositasini yodingizga tushgan zahoti qabul qiling. Agar dori vositasini navbatdagi qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. Dori vositasini shifokorning tavsiyasiga muvofiq qabul qilishni davom ettiring va dozani ikki barobar oshirmang.
Tritsiklik antidepressantlar bilan zaxarlanish uchun maxsus antidot yo'q. Patsiyentlar kasalxonaga yotqizilishi va davolash simptomatik bo'lishi kerak .
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi:
Amitriptilin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. MNT, limbik tizimga yoki homiladorlik davrida amitriptilin qabul qilgan onalardan tug'ilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarni rivojlanishini buzilishiga preparatning noxush ta'siri yuzasidan ayrim xabarlar bor. Homiladorlik vaqtida preparatni shoshilinch holatlarda faqat shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash mumkin.
Amitriptilinni qo'llash vaqtida emizishni to'xtatish kerak. Amitriptilin ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Kuzatishlar amitriptilinni kuniga 100 mg qabul qilgan va emizadigan onalarning qon plazmasida preparatning darajasi 83-141 ng/ml, sutda – 135-151 ng/ml ga yetishidan dalolat beradi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning qon plazmasida amitriptilin mavjud emas.
AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMITRIPTILIN

AMITRIPTYLIN

 

Qayd etish raqami: B-250-95 N 45301

Preparatning savdo nomi: Amitriptilin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN):Amitriptilin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: amitriptilin 25 mg (28,3 mg amitriptilin gidroxloridi ko‘rinishida).

Yordamchi moddalar:

Yadrosi: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, jelatin, kalsiy stearati, talk, kolloid kremniy dioksidi.

Qobig‘i: simetikon SE-2, makrogol, Sariq Sepifilm 3048 (Sepifilm 3048 Yellow) (gipromelloza, mikrokristallik sellyuloza, polioksil 40 stearati, titan dioksidi, xinolin sarig‘i (Quinolin Yellow) bo‘yovchisi (104)).

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antidepressant

ATX kodi: N06AA09

 

Farmakologik xususiyatlari

Amitriptilin – monoaminlarni neyronal qamrab olinishini tanlamaydigan ingibitorlari guruhiga mansub bo‘lgan trisiklik antidepressantdir.

Amitriptilin shuningdek biroz og‘riq qoldiruvchi (markaziy genezli), N2-gistamin reseptorlarni bloklovchi va antiserotonin ta‘sir ko‘rsatadi, tungi siydikni tutib turaolmaslikni bartaraf qilishga yordam beradi va ishtahani pasaytiradi.

M-xolinoreseptorlarga juda yaqinligi bilan bog‘liq, kuchli periferik va markaziy antixolinergik ta‘sirga ega; N1-gistamin reseptorlarga yaqinligi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli sedativ samaraga va alfa-adrenoreseptorlarni bloklaydigan ta‘sirga ega. Xinidinga o‘xshab, I a kichik guruhi antiaritmik dori vositalari hususiyatlariga ega bo‘lib, terapevtik dozalarda yurak qorinchalari o‘tkazuvchanligini sekinlashtiradi (dozasi oshirib yuborilganida og‘ir darajadagi qorinchalar ichi blokadasini chaqirishi mumkin).

Amitriptilinni antidepressiv ta‘sir mexanizmi sinapslarda noradrenalinning konsentrasiyasini oshirishi va/yoki markaziy nerv tizimida (MNT) serotoninning konsentrasiyasini oshirishi (ularni qayta so‘rilishini pasayishi) bilan bog‘liq. Bu neyromediatorlarni to‘planishi presinaptik neyronlarning membranalari tomonidan ularni qayta qamrab olinishini ingibirlanishi natijasida amalga oshadi.

Uzoq muddat qo‘llanganida bosh miyaning beta-adrenergik va serotonin reseptorlarining funksional faolligini pasaytiradi, adrenergik va serotoninergik o‘tkazuvchanlikni normallashtiradi, bu tizimlarni depressiv holatlarda buzilgan muvozanatini tiklaydi. Havotirli-depressiv holatlarda havotirlik, ajitasiya va depressiyaning ko‘rinishlarini kamaytiradi.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi ta‘sir mexanizmi me‘daning parietial hujayralaridagi N2-gistamin reseptorlarini bloklashi, shuningdek sedativ va m-xolinobloklovchi ta‘sir ko‘rsatish hususiyati bilan bog‘liq (me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligida og‘riqni kamaytiradi, yarani bitishini tezlashishiga yordam beradi).

Tungi siydikni tutib turaolmaslikdagi samaradorligi, ehtimol, qovuqni cho‘zilish hususiyatini oshishiga olib keladigan antixolinergik faolligi, sfinkterning tonusini oshishi va serotoninni qamrab olinishini markaziy blokadasi bilan kechadigan, bevosita beta-adrenergik qo‘zg‘alishi, alfa-adrenergik agonistlarning faolligi bilan ifodalanadi.

Markaziy og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu MNT da monoaminlar, ayniqsa serotoninning konsentrasiyasini o‘zgarishlari, va endogen opioid tizimiga ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadi.

Nerv bulimiyasida preparatning ta‘sir mexanizmi noma‘lum (depressiyadagi ta‘sir mexanizmiga o‘xshash bo‘lishi mumkin). Depressiyaga ham uchragan, ham uchramagan bemorlarda bulimiyada preparatning samarasi aniq ko‘rsatilgan, bunda bulimiyani kamayishi depressiyaning o‘zini yondosh kamaymasdan kuzatilishi mumkin.

Umumiy anesteziyada AB va tana haroratini pasaytiradi. MAO ni ingibirlamaydi. Antidepressiv ta‘siri davolash boshlanganidan so‘ng 2-3 hafta davomida rivojlanadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori. Ichga qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) 4-8 soat. Amitriptilinning biokiraolishligi 33 dan 62% gacha, uning faol metaboliti nortriptilinniki – 46-70%. Taqsimlanish hajmi 5-10 l/kg. Qondagi amitriptilinning samarali terapevtik konsentrasiyasi 50-250 ng/ml, nortriptilin uchun (uning faol metaboliti) 50-150 ng/ml. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) – 0,04-0,16 mkg/ml. Gistogematologik to‘siqlar orqali, shu jumladan gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi, (shu jumladan nortriptilin). Amitriptilinning to‘qimalardagi konsentrasiyasi plazmadagidan yuqori. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 92-96%. Jigarda metabolizmga (dimetillanish, gidroksillanish yo‘li bilan) uchrab, faol metabolitlari – nortriptilin, 10-gidroksi-amitriptilin va nofaol metabolitlarni hosil qiladi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri amitriptilin uchun 10 soatdan 28 soatgacha va nortriptilin uchun 16 soatdan 80 soatgacha. Buyraklar orqali – 80%, qisman safro bilan chiqariladi. To‘liq chiqarilishi 7-14 kun davom etadi. Amitriptilin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga plazmadagiga barobar konsentrasiyalarda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Depressiyalar (ayniqsa, xavotirli, ajitasiyali va uyquni buzilishlari bilan birga, shu jumladan bolalikdagi, endogen, involyusion, reaktiv, nevrotik, dori vositalari oqibatida, miyani organik shikastlanishlarida, alkogolli abstinensiyada), shizofrenik psixozlar, aralash emosional buzilishlar, hulq-atvor buzilishlari (faollik va diqqatni), tungi enurez (qovuqni gipotoniyasi bo‘lgan bemorlardan tashqari), nerv bulimiyasi, surunkali og‘riq sindromi (onkologik bemorlardagi surunkali og‘riq, migren, revmatik kasalliklar, yuz sohasidagi atipik og‘riqlar, postgerpetik nevralgiya, posttravmatik nevropatiya, diabetik yoki boshqa periferik nevropatiya), bosh og‘rig‘i, migren (oldini olish uchun), me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi (ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin).

Ichga qabul qilishda boshlang‘ich sutkalik dozasi 50-75 mg ni (25 mg 2-3 qabulda) tashkil etadi, so‘ngra asta-sekin istalgan antidepressiv samara erishilgunigacha dozasi 25-50 mg ga oshirib boriladi. Optimal sutkalik terapevtik dozasi 150-200 mg ni tashkil qiladi (dozani maksimal qismi kechqurun qabul qilinadi). Davolashga rezistent bo‘lgan og‘ir depressiyalarda, dozasi 300 mg va undan ortiq, maksimal o‘zlashtiriladigan dozalargacha (ambulator bemorlar uchun maksimal doza – sutkada 150 mg) oshiriladi. Bunday hollarda preparatni mushak ichiga yoki vena ichiga yuborishdan boshlash maqsadga muvofiq, bemorning somatik ahvolini nazorati ostida dozalarni oshirishni tezlashtirib, bunda yuqoriroq boshlang‘ich dozalar qo‘llanadi.

Turg‘un antidepressiv samaraga erishilganidan keyin 2-4 hafta o‘tgach dozasi asta-sekin pasaytiriladi. Doza pasaytirilganida depressiyaning belgilari paydo bo‘lsa, oldingi dozaga qaytish kerak. Agar 3-4 hafta davolash davomida bemorning ahvoli yaxshilanmasa, unda davolashni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.

Keksa yoshdagi bemorlarda, yengil buzilishlarda, ambulatoriya amaliyotida, dozalar maksimal 25-50-100 mg ni tashkil etadi, bo‘lingan dozalarda yoki sutkada 1 marta, kechqurun qabul qilinadi.

Bolalar psixiatriyasida 12 yoshdan oshgan bolalarga amitriptilin 25 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi, so‘ngra dozalash tartibi individual javob reaksiyasiga qarab tanlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Asosan preparatning xolinobloklovchi ta‘siri bilan bog‘liq: akkomodasiyaning falaji, ko‘rishni noaniqligi, ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘izni qurishi, qabziyat, ichak tutilishi, siydikni tutilishi, tana haroratini oshishi. Barcha bu ko‘rinishlar odatda preperatga moslashgandan keyin yoki dozasi pasaytirilganida o‘tib ketadi.

MNT tomonidan: bosh og‘rig‘i, ataksiya, kuchli toliqish, holsizlik, ta‘sirchanlik, bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, diqqatni jamlashni buzilishi, dahshatli tushlar ko‘rish, dizartriya, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, harakat qo‘zg‘aluvchanligi, dezorientasiya, tremor, parasteziyalar, periferik nevropatiya, EEG da o‘zgarishlar. Kam – ekstrapiramid buzilishlar, tirishishlar, xavotirlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, arterial bosimni o‘zgaruvchanligi, EKG da QRS kompleksini kengayishi (qorinchalar ichki o‘tkazuvchanligini buzilishi), yurak yetishmovchiligini simptomlari, xushdan ketish.

Me‘da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, anoreksiya, stomatit, ta‘m bilishni buzilishi, til rangini to‘qlashishi, epigastriyda diskomfort hissi, gastralgiya, «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, kam – xolestatik sariqlik, diareya.

Endokrin tizimi tomonidan: erkaklar va ayollarda ko‘krak bezlarining o‘lchamlarini kattalashishi, galaktoreya, antidiuretik gormon (ADG) sekresiyasini o‘zgarishi, libidoni, potensiyani o‘zgarishi. Kam – gipo- yoki giperglikemiya, glyukozuriya, glyukozaga tolerantlikni buzilishi, moyaklarni shishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, angionevrotik shish, eshakemi.

Boshqalar: agranulositoz, leykopeniya, eozinofiliya, trombositopeniya, purpura va qonning boshqa o‘zgarishlari, sochlarni to‘kilishi, limfa tugunlarini kattalashishi, uzoq muddat qo‘llanganida tana vaznini oshishi, ko‘p terlash, pollakiuriya.

Uzoq muddat davolanganda, ayniqsa yuqori dozalarda, davolash keskin to‘xtatilganida, “bekor qilish” sindromi rivojlanishi mumkin: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, shuningdek ta‘sirchanlik, yorqin, uyquni odatda kuzatilmaydigan tush ko‘rishlar bilan bo‘lgan buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.

Ushbu guruh dori vositasini qabul qilayotgan pasientlarda suyaklar mo‘rtligini yuqori xavfi aniqlangan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • Davolashni boshlashdan 14 kun oldin MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llanishi;
  • Miokard infarkti (o‘tkir va tiklanish davri);
  • Alkogol bilan o‘tkir zaharlanish;
  • Uxlatuvchi, og‘riq qoldiruvchi va psixofaol dori vositalari bilan o‘tkir zaharlanish;
  • Yopiq burchakli glaukoma;
  • Atrioventrikulyar (AV) va qorinchalar ichki o‘tkazuvchanligini og‘ir darajadagi buzilishlari (AV blokadani II darajasi, Gis tutamining oyoqlarini blokadasi);
  • Laktasiya davri;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • Galaktozani o‘zlashtirolmaslik, laktazani tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasida qo‘llash mumkin emas.

Amitriptilin alkogolizm bilan kasallangan shaxslarda, bronxial astmada, maniakal-depressiv psixozda (MDP) va tutqanoqda («Maxsus ko‘rsatmalar» ga qarang), suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishida, gipertireozda, stenokardiya va yurak yetishmovchiligida, ko‘z ichki gipertenziyasida, shizofreniyada (u qabul qilinganida odatda, produktiv simptomatikani zo‘rayishi yuz bermaydi), homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Amitriptilin MNT ga ta‘sir qiluvchi quyidagi preparatlarning susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi: neyroleptiklar, sedativ va uxlatuvchi vositalar, tirishishga qarshi preparatlar, analgetiklar, narkoz uchun vositalar, alkogol; boshqa antidepressantlar bilan o‘zaro ta‘sirida sinergizm namoyon qiladi. Amitriptilin neyroleptiklar va/yoki antixolinergik preparatlar bilan birga qo‘llanganida febril harorat reaksiyasi, paralitik ichak tutilishi paydo bo‘lishi mumkin.

Amitriptilin katexolaminlar va boshqa adrenostimulyatorlarning gipertenziv samarasini kuchaytiradi, bu yurak ritmining buzilishi, taxikardiya, og‘ir darajadagi arterial gipertenziya rivojlanishi xavfini oshiradi, ammo noradrenalinni ajralib chiqishiga ta‘sir qiluvchi preparatlarning samarasini ingibirlaydi.

Amitriptilin guanetidin va shunga o‘xshash ta‘sir mexanizmiga ega bo‘lgan preparatlarning antigipertenziv ta‘sirini pasaytirishi, shuningdek tirishishga qarshi vositalarning samarasini susaytirishi mumkin.

Amitriptilin va kumarin hosilalari – antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, antikoagulyantlarning antikoagulyant faolligini oshirishi mumkin.

Amitriptilin va simetidin bir vaqtda qabul qilinganida, amitriptilinning plazmadagi konsentrasiyasini oshishi va toksik samarasi rivojlanishi mumkin.

Jigarning mikrosomal fermentlarini induktorlari (barbituratlar, karbamazepin) amitriptilinning plazmadagi konsentrasiyasini pasaytiradi.

Amitriptilin parkinsonizmga qarshi vositalarni va ekstrapiramid reaksiyalarni chaqiruvchi boshqa dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi.

Xinidin amitriptilinning metabolizmini sekinlashtiradi. Amitriptilinni disulfiram va asetaldegidrogenazaning boshqa ingibitorlari bilan birga qo‘llash deliriyni qo‘zg‘atishi mumkin.

Esterogen saqlovchi peroral homiladorlikka qarshi preparatlar amitriptilinning biokiraolishligini oshirishi mumkin; pimozid va probukol yurak aritmiyalarini kuchaytirishi mumkin.

Amitriptilin glyukokortikosteroidlar chaqirgan depressiyani kuchaytirishi mumkin; tireotoksikozni davolash uchun dori vositalari bilan birga qo‘llaganida agranulositoz rivojlanishini xavfi oshadi.

Amitriptilinni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish o‘limga olib kelishi mumkin. MAO ingibitorlarini va trisiklik antidepressantlarni qabul qilish orasida, davolashdagi tanaffus 14 kundan kam bo‘lmasligi kerak!

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Amitriptilin sutkada 150 mg dan yuqori dozalarda tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiradi, shuning uchun anamnezida tirishishlari bo‘lgan va yoshi yoki jarohatlar tufayli bunga moyilligi bo‘lgan guruh bemorlarda, tirishish xurujlari paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Keksa yoshli pasientlarni amitriptilin bilan davolash delirioz buzilishlar, gipomaniyalar va boshqa asoratlardan saqlanish uchun, sinchkov nazorat ostida, preparatni minimal dozalarini qo‘llash va uni asta-sekin oshirish bilan o‘tkazilishi kerak,.

MDP ni depressiv bosqichi bo‘lgan pasientlar maniakal bosqichga o‘tishlari mumkin.

Amitriptilinni qabul qilish vaqtida transport vositalarini boshqarish, mexnizmlarga xizmat qilish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi boshqa mehnat turlari, hamda alkogol qabul qilish man etiladi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Uyquchanlik, dezorientasiya, ongni chalkashishi, ongni hatto komagacha susayishi, qorachiqlarni kengayishi, tana haroratini oshishi, hansirash, dizartriya, qo‘zg‘alish, gallyusinasiyalar, tirishish xurujlari, mushaklarni rigidligi, qusish, aritmiya, arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, nafasni susayishi.

Yordam choralari: amitriptilin bilan davolashni to‘xtatish, me‘dani yuvish, vena ichiga suyuqliklarni yuborish, simptomatik davolash, arterial bosim va suv-elektrolitlar muvozanatini tutib turish. 5 kun davomida yurak qon-tomir tizimini monitorlash (EKG) ko‘rsatilgan, chunki 48 soat o‘tgach va keyinroq qaytalanib qolishi mumkin. Gemodializ va jadallashtirilgan diurezning samarasi kam.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg. 10 tabletkadan PVX/Al blisterda.

2, 5 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

25oS gacha bo‘lgan xaroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N100 dori vositasi Rusan Pharma LTD tomonidan Индия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N100
Narh: 28 279 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GALOPERIDOL inyeksiya uchun eritma 1 ml 5mg N5
GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50
Narh: 30 170 000 so'mdan Batafsil
GALOPERIDOL tabletkalari 1,5mg N50
Narh: 31 200 so'mdan Batafsil
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N100
Narh: 28 279 so'mdan Batafsil
EFFEKT YeRNAST kapsulalar
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 30 605 so'mdan Batafsil
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200mg N50
Narh: 18 700 so'mdan Batafsil
BISOKAR tabletkalari 5mg N30
Narh: 30 605 so'mdan Batafsil
RUPARIN inyeksiya uchun eritma 0,6ml N1
BIORAN tabletkalari 50mg N100
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BIORAN eritma 75mg/3ml N5
Narh: 30 650 so'mdan Batafsil
GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
EFFEKT FLU sirop 60ml
Narh: 28 950 so'mdan Batafsil
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
RUPARIN inyeksiya uchun eritma 0,4ml N1
TRIFLUOPERAZIN tabletkalari 5mg N100
BISOKAR tabletkalari 2,5mg N10
BIORAN RAPID tabletkalari 46,5mg N20
Narh: 43 130 so'mdan Batafsil
BIORAN gel 15g
FORTE ENZIM tabletkalari N100
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
ISPAXASK granuli so vkusom apelsina 3,5g N30
BIORAN gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma Ltd
Narh: 52 600 so'mdan Batafsil
NALTREKSON GIDROXLORID tabletkalari 50mg N30
Другие формы препарата
AMITRIPTILIN eritma 2ml 0,01/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Amitriptilin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
AMITRIPTILINA GIDROXLORID OZ inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС,ОЗ,ООО произведено Здоровье народу, Харьковское ФП, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9