×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALZEPIL tabletkalari 5mg N28

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Донепезил
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
ATX kodi:
- N06DA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 98 ta dorixonasida topildi

ico 194 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 250 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 209 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KAVINTON tabletkalari 5mg N50 Gedeon Richter PLC Vengriya
29 450 s`om dan
MEDIATORN inyeksiya uchun eritma 15mg/ml 1ml N10 Галичфарм, ПАО Ukraina
120 000 s`om dan
DOREPAM tabletkalari 10mg N28 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
60 700 s`om dan
NOOXOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3 К.О.Ромфарм Компани С.Р.Л. Ruminiya
106 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg

Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg

(doperezil gidroxloridi)

 

Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin, ushbu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.

 

  • Bu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqish kerak bo‘ladi.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hatto agar ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa xam, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu xaqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

 

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotni saqlaydi:

  1. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak.
  3. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qo‘llash kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalari
  5. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

 

  1. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi

Alzepil® preparatining faol komponenti donepezil gidroxloridi, antixolinesteraza ingibitorlari deb nomlanuvchi vositalar guruhiga kiradi. U yengil yoki og‘irligi o‘rtacha Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslarda demensiya simptomlarini davolash uchun qo‘llanadi.

 

  1. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak.

Alzepil® preparatini quyidagi hollarda qabul qilmang:

  • agar Sizda donepezil gidroxloridiga, piperidinning xosilalari sifatida ma‘lum bo‘lgan vositalarga o‘xshash vositalarga, yoki 1 bo‘limda keltirilgan har qanday yordamchi vositalarga allergiya bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.

Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan holatlardan biron-bir bo‘lsa, bu preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin Siz bu haqida shifokorga xabar berishingiz kerak.

  • agar Sizda yurak faoliyatini buzilishi (yurak qisqarishlarining muntazam bo‘lmagan ritmi yoki blokadasi) bo‘lsa (donepezil gidroxloridi yurak qisqarishlari ritmini sekinlashtirishi mumkin);
  • agar Sizda avval me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi bo‘lgan bo‘lsa, yoki Siz yondosh yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) qabul qilayotgan bo‘lsangiz ;
  • agar siyish qiyinlashgan bo‘lsa;
  • agar Sizda avval tirishish xurujlari (donepezil xurujlarni qaytadan boshlanishiga olib kelishi mumkin) yoki hushdan ketishlar bo‘lgan bo‘lsa:
  • agar Sizda astma yoki uzoq davom etuvchi o‘pka kasalligi bo‘lsa;
  • agar Sizda jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lsa;
  • agar Sizda biron-bir ekstrapiramid simptomlar (tana yoki yuzning ixtiyorsiz harakatlari) bo‘lgan bo‘lsa.

Agar Sizda yaqin orada umumiy anesteziyani talab qiluvchi jarrohlik operasiya qilinadigan bo‘lsa, Siz shifokorga va anesteziologga Alzepil® qabul qilayotganingizni aytishingiz kerak.

Bolalar va o‘smirlar

Alzepil® preparati faqat kattalar uchun mo‘ljallangan.

 

Boshqa dori vositalari va Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati

Davolovchi shifokorga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida xabar bering.

Agar Siz boshqa dori vositalarni, ayniqsa quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorga xabar bering:

  • og‘riq va yallig‘lanishni bartaraf etish uchun vositalar (NYAQV);
  • artritni davolash uchun vositalar;
  • antibiotiklar, masalan, eritromisin yoki rifampisin;
  • zamburug‘larga qarshi preparatlar (zamburug‘larni yo‘qotuvchi yoki ularning o‘sishini bostiruvchi vositalar), masalan, ketokonazol, itrakonazol;
  • mushaklarni bo‘shashtiruvchi vositalar;
  • antidepressantlar, masalan, fluoksetin;
  • tirishishga qarshi preparatlar, masalan, fenitoin yoki karbamazepin;
  • yurak kasalliklarini davolash uchun preparatlar;
  • qon bosimini pasaytiruvchi ayrim preparatlar (beta-blokarorlar);
  • doperezil kabi ta‘sir mexanizmiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, galantamin yoki rivastigmin), shuningdek diareya, Parkinson kasalligi yoki astmaga qarshi ayrim vositalar.

 

Alzepil® tabletkalari preparatini ovqat, ichimliklar bilan qabul qilish

Tabletkalarni suv bilan birga, kechqurun uyquga ketish oldidan qabul qiling. Alzepil®ni ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin, chunki ovqat uning samarasiga ta‘sir qilmaydi.

Doperezil bilan davolash kursi vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilmang, chunki alkogol uning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

 

Reproduktiv qobiliyat, homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz, homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida  shifokoringizga xabar bering.

Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

 

Homiladorlik

Agar bunga aniq zarurat bo‘lmasa (shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha), Alzepil®ni homiladorlik vaqtida qabul qilish mumkin emas, chunki bu guruh pasientlarda yetarli bo‘lmagan miqdorda ma‘lumotlar olingan.

Emizish

Doperezil qabul qilayotgan ayollar, bola emizmasliklari kerak.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Sizning kasalligingiz, Sizni transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatingizni buzishi mumkin. Dori asosan kursni boshida yoki doza oshirilganida charchoqlik, bosh aylanishi va mushak spazmlarini chaqirishi mumkin. Shuning uchun davolovchi shifokoringiz doimo Sizni transport vositalarini boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatingizni baholashi kerak

Shifokoringiz shuningdek, har bir alohida holda, Alzepil® preparatining har bir dozasida Sizni transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarishingiz mumkinligi haqida qaror qabul qiladi.

 

  1. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak.

Alzepil® ni doimo qatiy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, albatta shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Shifokorga yoki farmasevtga Sizga parvarish qilayotgan shaxsning to‘liq nomini ayting. Sizga parvarish qilayotgan shaxs, Sizga bu preparatni buyurilishiga muvofiq qabul qilishga yordam beradi.

Dozalash tartibi

Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza: 5 mg dan kuniga bir marta. Bir oy o‘tgach shifokor Sizga har kuni kechqurun 10 mg dan qabul qilishni buyurishi mumkin.

Qo‘llash usuli

Alzepil® tabletkalarini ichga, suv bilan birga, kechqurun uyquga ketish oldidan qabul qiling. Alzepil® ni ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin, chunki ovqat uning samarasiga ta‘sir qilmaydi.

Doimo dorini qabul qilish vaqti va usuli bo‘yicha shifokorning buyurganini bajaring. Shifokorning buyurishisiz mustaqil dozani o‘zgartirmang va shifokor Sizga qabul qilishni to‘xtatishni taklif qilmagunicha, tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatmang.

Shifokor Sizga bu tabletkalarni Siz qancha vaqt davomida qabul qilishingiz kerakligini xabarini beradi. Siz vaqti-vaqti bilan davolashni nazorati va kasallikning simptomlarini baxolash uchun shifokorga borishingiz kerak bo‘ladi.

 

Bolalar va o‘smirlar

Bu preparat bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun tavsiya etilmaydi.

 

Agar Siz Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini xaddan ziyod ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz

Hech qachon sutkada bir tabletka 10 mg dan ortiq qabul qilmang. Agar Siz buyurilgandan ortiq dozada preparat qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokoringizga murojaat qiling. Agar Siz shifokor bilan bog‘lanaolmasangiz, darhol mahalliy kasalxonaning shoshilinch yoki tez yordam bo‘limiga murojaat qiling.

Siz nima qabul qilganingizni shifokor bilishi uchun, kasalxonaga o‘zingiz bilan tabletkalarni va qutigi olib boring.

 

Agar Siz Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Unutilgan  tabletkaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang, chunki bu o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini qoplay olmaydi, lekin dozani oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Preparatni qabul qilishni shifokorning buyurishi bo‘yicha davom ettiring.

Agar Siz preparatni qabul qilishni bir xaftadan ortiq unutgan bo‘lsangiz, preparatni qabul qilishni qayta boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan bog‘laning.

 

Agar Siz Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Davolash kursi to‘xtatilganidan keyin asta-sekin Alzepil® preparatining ijobiy samarasini pasayishi kuzatiladi. Preparat keskin bekor qilinganidan keyin, bekor qilish samarasi kuzatilmaydi.

Hatto agar Siz o‘zingizni yaxshi sezsangiz ham, shifokor bilan maslahatlashmasdan, preparatni qabul qilishni to‘xtatmang.

Agarda Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga murojaat eting.

 

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalari

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma pasientlarda ham paydo bo‘lavermaydi.

Agar Sizda quyidagi jiddiy nojo‘ya samaralardan biri paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering.

  • Mushak spazmi bilan xaroratni oshishi, yuqori ko‘p terlash yoki ongni o‘zgargan xolati (“xavfli neyroleptik sindrom, XNS” deb nomlanuvchi buzilish). Sizga ehtimol shoshilinch yordam kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralaridan biron-bir paydo bo‘lsa va agar ular Siz uchun juda nohush bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Juda tez-tez (10 pasientlarda 1-10 da):

Diareya, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i.

Tez-tez (100 pasientlardan 1-10 da):

Shamollash, anoreksiya (ishtahani yo‘qolishi), gallyusinasiyalar, qo‘zg‘alish, tajovvuzkor xulq (gallyusinasiyalar, qo‘zg‘alish va tajovvuzkor xulq doza pasaytirilganidan yoki preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi), hushdan ketishlar, bosh aylanishi, uyqusizlik (uyquga ketishning qiyinligi), qusish, me‘dani buzilishi, teri toshmasi, qichishish, mushak spazmlari, siydikni tutaolmaslik, charchoqlik, og‘riq, baxtsiz xodisa.

Tez-tez emas (100 pasientlarda 1 dan kamroq):

Tirishish xurujlari, bradikardiya (yurak ritmini sekinlashishi), me‘da-ichakdan qon ketishi, me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi, laboratoriya ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari (qon zardobida mushak kreatinkinazasining miqdorini biroz oshishi).

Kam (1000 pasientlardan 1 dan kamroq):

Ekstrapiramid simptomlar (titrash, tanglik yoki yuz, til yoki qo‘l-oyoqlarning ixtiyorsiz harakatlari), sino-atrial blokada, yurak aritmiyasi (yurak blokadasi), jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (jigarni infeksion shikastlanishi).

Agar Siz biron-bir boshqa nohush samaralar, shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering. Nojo‘ya samaralari xaqida xabar berib, Siz bu preparatning xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.

 

  1. Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qanday saqlash kerak.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Sifatining yomonlashishini aniq belgilari paydo bo‘lganida, Alzepil® preparatini qabul qilish mumkin emas.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin Alzepil® qabul qilinmasin.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni yo‘qotish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam berishi mumkin.

 

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda:

Har bir qobiq bilan qoplangan tabletkada muvofiq 5 mg yoki 10 mg dan doperezil gidroxloridi.

Yordamchi moddalar:

Mikrokristallik sellyuloza, almashinish darajasi past bo‘lgan gidroksipropilsellyuloza (L-HPC B1), magniy stearati, gipromelloza, titan dioksida, makrogol 400.

 

Alzepil® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi

Tabletkalar 5 mg: oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq bir tomonida “Ye 381” gravirovkali, hidsiz yoki deyarli hidsiz, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tabletkalar 10 mg: oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq bir tomonida “Ye 382” gravirovkali, hidsiz yoki deyarli hidsiz,  qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

O‘rami

14 qobiq bilan qoplangan tabletkalardan blisterga joylangan. 2 yoki 4 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALZEPIL tabletkalari 5mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28 dori vositasi Egis Pharmaceuticals Private Limited Company tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
YASNAL tabletkalari 10mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Донепезил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
YASNAL tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Донепезил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
SERVONEKS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Донепезил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Донепезил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 349 000 so'mdan Batafsil
YASNAL tabletkalari 5mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Донепезил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
SERVONEKS tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Донепезил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIREGIS tabletkalari 80mg N28
LIDOKAIN aerozol 38g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Lidokain ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
BETADIN suppozitorii 200mg N14
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 800mg N30
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 75mg N28
Narh: 189 300 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 37,5mg N28
Narh: 86 500 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Донепезил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 349 000 so'mdan Batafsil
MILURIT tabletkalari 100mg N30
KARDILOPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
TIZERSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 25mg/ml N10
BETADIN maz 20g 100mg/g
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
NITROMINT aerozol 10 g 0,4 mg 180 doz
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Klomifen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 122 000 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N30
TIREGIS tabletkalari 40mg N28
BETADIN suppozitorii 200mg N7
VELAKSIN kapsulalar 150mg N28
MILURIT tabletkalari 300mg N30
Narh: 4 650 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N10
PERITOL tabletkalari 4mg N20
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50
TIREGIS tabletkalari 20mg N28
GLEMPID tabletkalari 3mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9