×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TIZERSIN tabletkalari 25mg N50

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
левомепромазин
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
ATX kodi:
- N05AA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EGOLANZA tabletkalari 5mg N28 Фармацевтический завод Эгис, ЗАО Vengriya
85 500 s`om dan
SEDAVIT tabletkalari N20 Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
AVTORIYA tabletkalari 25mg N30 «PSYCHOTROPICS INDIA LTD» Hindiston
47 000 s`om dan
KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml Усолье-Сибирский химико фармацевтический завод,АО Rossiya
3 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Tizersin®

in‘eksiya uchun eritma

(levomepromazin)

Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotlarni saqlaydi.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Bu dori vositasi Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. U, xatto agar ularda kasallikning aynan shunday simptomlari bo‘lsa ham, ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

  1. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi

Tizersin® – psixomotor (jismoniy va ruxiy) qo‘zg‘alish bilan kechuvchi o‘tkir psixotik holatlar, shuningdek surunkali psixozlar (shizofreniya, surunkali galyusinasiyalar) ni davolash uchun qo‘llaniladigan, nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi dori vositasidir.

  1. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini quyidagi holatlarda qabul qilmang:

  • agar Sizda levomepromazinga (Tizersin preparatining ta‘sir etuvchi moddasi) yoki 8 bo‘limda keltirilgan har qanday boshqa yordamchi moddalarga allergiya bo‘lsa;
  • agar Sizda ilgari shunga o‘xshash ta‘sirga ega dori preparatlariga (xlorpromazin, tioridazin, flufenazin, pipotiazin, trifluoperazin) allergiya bo‘lgan bo‘lsa yoki fotosezuvchanlik kuzatilgan bo‘lsa;
  • agar Siz homilador yoki bola emizayotgan bo‘lsangiz;
  • agar Siz antigipertenziv vositalarni bir vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar Siz MAO (monoaminoksidaza) ingibitorlarini – kayfiyatni yaxshilovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar Siz markaziy nerv tizimini tormozlovchi boshqa preparatlarni (alkogol, umumiy anestetiklar, uxlatuvchi vositalarni) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar Sizda yopiq burchakli glaukoma bo‘lsa;
  • agar Sizda siyish qiyinlashgan bo‘lsa;
  • agar Siz Parkinson kasalligi, tarqoq skleroz (markaziy nerv tizimi kasalligi) bilan, miasteniya (patologik mushak kuchsizligi) yoki tananing yarmini falaji bilan xastalangan bo‘lsangiz;
  • agar Siz yurak kasalligi, yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan bo‘lsangiz;
  • agar Sizda buyrak yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lsa;
  • agar Sizda klinik ahamiyatli gipotenziya (past arterial bosim) bo‘lsa;
  • agar Sizda qon yaratuvchi a‘zolarning kasalligi bo‘lsa;
  • agar Siz porfirin almashinuvi buzilishidan aziyat cheksangiz preparatni qo‘llamang;
  • preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tibbiyotda qo‘llanganda ehtiyotkorlik choralari

Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing

Agar Sizda quyidagi holatlar yoki kasalliklar bo‘lsa, albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering, chunki Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini bunday holatlarda qo‘llash sinchkov tibbiy nazoratni talab etadi.

  • Og‘ir asoratlarni rivojlanish ehtimoliga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida – agar Siz yurak-qon tomir kasalliklari (past arterial bosim, yurak ritmini buzilishi, qon aylanishini buzilishi) bilan xastalangan yoki ilgari xastalangan bo‘lsangiz yoki Siz keksa yoshda (65 yoshdan oshgan) bo‘lsangiz.
  • Agar Sizda qandli diabet bo‘lsa, chunki Tizersin® diabetga qarshi preparatlarning samaradorligini pasaytiradi, buning natijasida qonda qand darajasi oshishi mumkin, shunday qilib, davolashning boshida va tugaganidan keyin qonda qand darajasini yanada sinchkov nazorat qilish lozim.
  • Agar Sizda tutqanoq bo‘lsa.
  • Agar Siz markaziy nerv tizimining boshqa kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsangiz, chunki Tizersin® bu kasalliklarning simptomlariga ta‘sir qilishi mumkin, yoki Siz ayrim nojo‘ya ta‘sirlarga sezgir bo‘lib qolishingiz mumkin.
  • Agar Sizda jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa.
  • Agar Sizda yoki Sizning qarindoshlaringizda qon tomirlarida qon quyqalari bor yoki ilgari bo‘lgan bo‘lsa, chunki bunday turdagi preparatlarni qo‘llash qon tomirlarida qon quyqalarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
  • Agar Sizning davolovchi shifokoringiz Sizda insult rivojlanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan bo‘lsa.
  • Agar Siz qandli diabet bilan xastalangan bo‘lsangiz yoki davolovchi shifokoringiz Sizda qandli diabet rivojlanishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, unda Siz qonda qand miqdori yuzasidan muntazam qon taxlilini o‘tkazib turishingiz lozim.

Allergik reaksiyalar (nafas olishni yoki yutishni qiyinlashishini chaqiruvchi lablar, og‘iz yoki tomoqni shishi, kuchli qichishish) rivojlangan hollarda Tizersin® preparati bilan davolashni darhol to‘xtatish kerak.

  • Ortostatik gipotenziya (behosdan turganida bosimni pasayib ketishidan) saqlanish maqsadida pasient birinchi dozani qabul qilganidan keyin yarim soat davomida yotishi kerak. Agar preparatni qabul qilingandan keyin ko‘pincha bosh aylanishi yuz bersa, har bir dozadan keyin yotoq tartibga amal qilish kerak.
  • Keksa (65 yoshdan oshgan) pasientlar Tizersin® preparatining nojo‘ya samaralariga ko‘proq moyildirlar, shuning uchun davolashni past dozalardan boshlash va dozalarni asta-sekin oshirish tavsiya etiladi.
  • Tushuntirib bo‘lmaydigan boshqa sabablar bilan isitma rivojlangan hollarda, ayniqsa agar u boshqa simptomlar (mushaklar rigidligi, mushaklarni tortishishi, vegetativ nerv tizimi faoliyatini buzilishi, pulsni tezlashishi, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni o‘zgarishlari, kuchli terlash) bilan kechsa, hayotiy muhim a‘zolarning faoliyatini tezkor o‘zgarishlarida, es-hushni yaqqol qo‘zg‘alish bilan kechuvchi, komaga olib kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlarida bu preparat bilan davolashni bekor qilish kerak.

Tana harorati oshganida darhol shifokorga murjaat qiling!

Davolashni boshlashdan oldin, shuningdek davolanish vaqtida quyidagi ko‘rsatkichlarni muntazam nazorat qilish kerak:

  • Arterial bosim (ayniqsa, agar u past yoki o‘zgarib tursa);
  • Jigar faoliyati (ayniqsa jigar kasalligi bo‘lganida);
  • Qonning sifat taxlili (formulasi) (isitmada va tomoq og‘rig‘ida; davolashni boshlashdan oldin va davolanish vaqtida);
  • EKG (keksa yoshda (65 yoshdan oshgan) yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lganida);
  • Qonda kaliy darajasi.

 

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas.

Tizersin® in‘eksiya preparatini bolalar va o‘smirlarda qo‘llashning biroz tajribasi bor xolos.

 

Boshqa dori vositalari va Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparati

Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan har qanday dori vositalari to‘g‘risida o‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering. Agar Tizersin® preparati bilan davolanish vaqtida yoki u bekor qilinganidan keyin bir oy davomida boshqa dori vositalarini (ayniqsa, markazimy nerv tizimiga ta‘sir etuvchi preparatlarni) qabul qilishni boshlasangiz, bu haqida o‘z davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Tizersin® ni quyidagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas:

  • Arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar bilan;
  • Ayrim MAO ingibitorlari (antidepressantlar) bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Tizersin® preparatini quyidagi dori vositalari bilan (shifokorning qarori asosida buyuriladi) birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim:

  • Markaziy nerv tizimi (MNT) ga ta‘sir etuvchi vositalar (narkotik og‘riq qoldiruvchi vositalar, umumiy anesteziya vositalari, antidepressantlar, tutqanoqqa qarshi vositalar, amfetaminlar);
  • Levodopa;
  • Ichga qabul qilish uchun diabetga qarshi preparatlar;
  • Yurak ritmini boshqaruvchi vositalar;
  • Makrolid antibiotiklar;
  • Zamburug‘larga qarshi preparatlar;
  • Antigistamin preparatlar (allergiyani davolash uchun vositalar);
  • Dilevalol (yorug‘likka sezuvchanlikni chaqiruvchi preparat);

Yuqorida keltirilgan holatlarda sinchkov tibbiy kuzatuv zarur, ayrim hollarda esa – preparatlarning dozasini o‘zgartirish kerak.

Boshqalar:

  • S vitamini bilan bir vaqtda yuborilishi Tizersin® preparatini qo‘llanishi bilan bog‘liq ushbu vitamin tanqisligini pasaytiradi.
  • Dezferioksiamin (temir saqlovchi preparatlar bilan zaharlanishlarni davolash uchun vositalar).
  • Antipsixotik preparatlarning dozasi oshirib yuborilganda adrenalin (epinefrin) ni qo‘llash mumkin emas.

Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan birga qo‘llanishi

Davolanish vaqtida va preparatning samaralari yo‘qolgunicha (Tizersin® preparatini yuborish to‘xtatilganidan keyin 4-5 kun davomida) alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish qat‘iy man etiladi!

 

Fertillik, homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizayotgan bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Homiladorlik

Preparatni homiladorlik vaqtida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha, ona uchun foyda va homila uchun xavf sinchkovlik bilan qiyoslangandan keyingina qo‘llash mumkin.

Homiladorlikning so‘nggi uch oyligida (oxirgi uch oyida) onalari Tizersin® preparatini qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda quyidagi simptomlar: titroq, mushaklarni rigidligi va/yoki kuchsizligi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, nafasni buzilishi va emizishda qiyinchiliklar kuzatilgan. Sizning farzandingizda bu simptomlardan birontasi rivojlanganda davolovchi shifokorga murojaat qiling!

Emizish

Levomepromazin ko‘krak sutiga ajralib chiqadi. Shu boisdan, shuningdek tegishli ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli, emizish vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Bu preparatni qabul qilishni boshida shaxsiy ravishda aniqlanadigan vaqt davomida pasientlar transport vositalarini haydashdan, mexanizmlarni boshqarish va baxtsiz xodisalar xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarishdan saqlanishlari lozim. Keyinchalik cheklovlar har bir pasient uchun shaxsiy ravishda belgilanadi.

 

  1. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini qanday qo‘llash kerak

Bu preparatni shifokorning ko‘rsatmasiga qat‘iy amal qilgan holda qo‘llash kerak. Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling.

Tizersin® in‘eksiya preparatini faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, shifokor tomonidan ko‘rsatilgan dozada va usul bilan qo‘llash mumkin. Shifokor shuningdek Siz uchun kerakli bo‘lgan davolash davomiyligini belgilaydi.

Davolashni kichik dozalardan boshlash kerak, so‘ngra esa – pasientning shaxsiy o‘zlashtiraolishiga qarab, dozani asta-sekin oshirish mumkin. Ahvol yaxshilangandan keyin dozani shaxsiy ravishda belgilangan samarani bir maromda tutib turuvchi dozagacha pasaytirish kerak.

Psixozda tavsiya qilingan boshlang‘ich sutkalik doza ikki marta qabul qilish uchun 25-50 mg ni tashkil qiladi. Zarurat tug‘ilganida sutkalik dozani 2-3 marta qabul qilish uchun 150-250 mg gacha oshirish mumkin. Istalgan samaraga erishilgach, dozani bir maromda tutib turuvchi dozagacha pasaytirish kerak.

 

Agar Sizga Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini keragidan ortiq yuborilgan bo‘lsa

Sizning shifokoringiz yoki tibbiyot hamshirasi Sizga xaddan tashqari ko‘p preparatni yuborish ehtimoli kam.

Doza oshirib yuborilganda arterial bosim pasayishi, tana harorati oshishi mumkin, yurak mushagida impuls o‘tkazilishini buzilishi, yurak ritmini buzilishi, mushaklarni qotib qolishi, mushaklar spazmi, ongni chalkashishi, markaziy nerv tizimi tomonidan qo‘zg‘alish (tutqanoq xurujlari) va xavfli neyroleptik sindrom (isitma, mushaklarni qotib qolishi, ongni chalkashishi, kuchli terlash va yurak faoliyatini buzilishlari bilan kechuvchi og‘ir reaksiya) rivojlanishi mumkin.

 

Agar Siz Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparati bilan davolashni muddatidan oldin to‘xtatgan bo‘lsangiz

  • Shifokorning ruxsatisiz Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparati bilan davolashni, xatto agar ahvolingiz yaxshilangan bo‘lsa xam, preparatni bunday bekor qilishni to‘g‘ri deb hisoblangan og‘ir nojo‘ya reaksiyalar rivojlangan hollardan tashqari hollarda to‘xtatmang.
  • Preparat bekor qilinganda uning dozasini asta-sekin pasaytirish tavsiya qilinadi, chunki keskin bekor qilinganda psixoz simptomlari, bezovtalik, vahima simptomlarini kuchayishi, uyqusizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, titroq, terlash va pulsni tezlashishi yuz berishi mumkin.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

 

  1. Tibbiyotda qo‘llanganda yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat xam noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin, biroq ular har kimda xam namoyon bo‘lavermaydi. Odatda, ushbu preparat bilan davolashda kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar unchalik yaqqol namoyon bo‘lmaydi va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, keyinchalik davolashda odatda yo‘qoladi va preparatni bekor qilish zaruratiga olib kelmaydi.

Tizersin® preparatini qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya samaralar a‘zolar tizimi bo‘yicha keltirilgan. Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar:

Pansitopeniya (barcha oq qon tanachalari sonini kamayishi), agranulositoz (infeksion kasalliklarni rivojlanishiga moyillik keltiruvchi oq qon tanachalari sonini ahamiyatli darajada kamayishi), eozinofiliya (oq qon xujayralarining ma‘lum bir turini sonini oshishi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Anafilaktoid reaksiyalar (nafas olishni og‘ir buzilishlar yoki bosh aylanishi bilan kechuvchi allergik reaksiyalar), xiqildoq, to‘piqlar, oyoq panjasi, barmoqlar shishi, astma xurujlari.

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar:

Fenotiazinlarni (xuddi shunday ta‘sirga ega preparatlarning faol moddasi) uzoq vaqt davomida qabul qilgan ayrim pasientlarda gipofizning xavfsiz adenomasi ta‘riflangan, biroq uning bu preparatlar bilan sabab bog‘liqligini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlarni o‘tkazish lozim.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar:

Tana vaznini yo‘qolishi, vitaminlar yetishmovchiligi, glyukozani o‘zlashtiraolmaslik, qonda qand darajasini oshishi, qonda natriy darajasini oshishi, antidiuretik gormon sekresiyasini o‘zgarishi.

Ruhiyatni buzilishlari:

Psixotik jarayonni qayta boshlanishi, katatoniya (harakatlarni buzilishi), ongni chalkashishi, vaqt va fazoda orientasiyani buzilishi, gallyusinasiyalar (ko‘zga ko‘rinishlar), noaniq nutq, uyquchanlik.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tutqanoq xurujlari, bosh miya ichki bosimini oshishi, ekstrapiramid simptomlar (mushaklarni qotib qolishi, mushaklarni spazmi, beixtiyoriy harakatlar), bekor qilish sindromi, ongni chalkashishi, deliriy, tirishishlar.

 

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

Ko‘rish nervining o‘zgarishlari, ko‘z gavhari va shox pardasida karashlar.

Yurak tomonidan buzilishlar:

EKG da yurak o‘tkazuvchanligini buzilishining belgilari, yurak ritmini buzilishlari, yurak qisqarishlari sonini oshishi, ayrim hollarda – behosdan o‘lim.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

Eng jiddiy va ko‘p uchraydigan nojo‘ya samara – ortostatik gipotenziya (yondosh holsizlik, bosh aylanishi va hushdan ketish bilan kechuvchi). Venalarda, ayniqsa oyoq venalarida qon quyqalarini hosil bo‘lishi (quyidagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar: oyoqlarda shish, og‘riq va qizarish), ular qon bilan o‘pkaga o‘tib, ko‘krak qafasida og‘riq va nafas olishni qiyinlashishini chaqiradi.

Issiq urishi.

Agar Sizda yuqorida keltirilgan simptomlardan birontasi rivojlansa, yordam uchun darhol shifokorga murojaatqiling!

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

ko‘ngil aynishi, qusish, og‘irlashishi mumkin bo‘lgan, paralitik ichak tutilishini chaqiruvchi qabziyat, qorinda noxush tuyg‘ular, og‘izni qurishi, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan ichakni og‘ir yallig‘lanishi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Jigarni shikastlanishi (sariqlik, safroni dimlanishi).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

Terini og‘ir yallig‘lanishi, eshakemi, eritema, yorug‘likni sezuvchanlik, terining kuchli pigmentasiyasi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Siydik rangini o‘zgarishi, siyshni qiyinlashishi.

Homiladorlikni kechishiga, tug‘ruqdan keyingi va perinatal holatlarga ta‘siri:

Chaqaloqlarda preparatni bekor qilish sindromi.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:

Galaktoreya (sutni beixtiyoriy oqib chiqishi), hayz ko‘rish siklini buzilishi, ayrim hollarda – bachadon qisqarishlari, priapizm (normal bo‘lmagan, uzoq muddatli, og‘riqli ereksiya),

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar:

Xavfli neyroleptik sindrom (yuqori tana harorati, mushaklarni qotib qolishi, ongni chalkashishi, kuchli terlash va yurak faoliyatini buzilishlari bilan kechuvchi og‘ir reaksiya), tana haroratini oshishi (noma‘lum genezli isitma), asteniya.

Antipsixotik vositalar bilan davolangan demensiyasi bo‘lgan keksa bemorlarda, bunday davo olmagan shaxslarga nisbatan o‘lim holatini biroz oshishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Nojo‘ya samaralar to‘g‘risida xabar berish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganda, iltimos shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Nojo‘ya samaralar to‘g‘risida xabar berib, Siz bu preparatning xavfsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotni olishga yordam berasiz.

 

  1. Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatini qanday saqlash kerak

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Tizersin® in‘eksiya uchun eritmai preparatini sifatini yomonlashishining yaqqol belgilari (masalan, eritmaning rangini o‘zgarishi) paydo bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

Yaroqlilik muddatini o‘tish sanasi bo‘lib, ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvlarga tashlab yubormaslik kerak. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindiga tashlab yuborish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitning ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparati nimalar saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda: 1 ml dan bir ampulada 25 mg levomepromazin bor.

Yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, monotiogliserin, natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Tizersin® in‘eksiya uchun eritma preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi:

Rangsiz yoki deyarli rangsiz, o‘ziga xos hidli tiniq eritma.

O‘rami:

In‘eksiya uchun eritma 1 ml sig‘imli rangsiz shisha ampulalarda. 5 ampuladan blisterga joylanadi, 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TIZERSIN tabletkalari 25mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50 dori vositasi Egis Pharmaceuticals Private Limited Company tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TIZERSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: левомепромазин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIREGIS tabletkalari 80mg N28
LIDOKAIN aerozol 38g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Lidokain ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
BETADIN suppozitorii 200mg N14
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 800mg N30
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 75mg N28
Narh: 189 300 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 37,5mg N28
Narh: 86 500 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28
Narh: 349 000 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28
Narh: 194 900 so'mdan Batafsil
MILURIT tabletkalari 100mg N30
KARDILOPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
TIZERSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: левомепромазин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
BETADIN maz 20g 100mg/g
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
NITROMINT aerozol 10 g 0,4 mg 180 doz
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Klomifen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 122 000 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N30
TIREGIS tabletkalari 40mg N28
BETADIN suppozitorii 200mg N7
VELAKSIN kapsulalar 150mg N28
MILURIT tabletkalari 300mg N30
Narh: 4 650 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N10
PERITOL tabletkalari 4mg N20
TIREGIS tabletkalari 20mg N28
GLEMPID tabletkalari 3mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Другие формы препарата
TIZERSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: левомепромазин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9