×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Аминокапроновая кислота
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Юрия-Фарм, ООО
Vakil:
- Yuriya-Farm
ATX kodi:
- B02AA01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

AKTOVEGIN eritma 2ml 40mg/ml N25 Takeda-Nycomed AS Avstriya
187 500 s`om dan
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml Reka-Med Farm, СП ООО O'zbekiston
16 500 s`om dan
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10 Novopharma plus, СП ООО O'zbekiston
2 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Aminokapron kislotasining eritmasi fibrinolizni kuchayishi bilan bog'liq qon ketishlarda antifibrinolitik, gemostatik ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'siri plazminogen aktivatorlarini blokada qilish va plazminning ta'sirini qisman susaytirishi bilan bog'liq. Preparat shuningdek biogen polipeptidlar - kininlarni ham ingibitsiya qiladi. Fibrinni barqarorlashishiga va uni qon tomir havzasida to'planishiga yordam beradi, trombotsitlar va eritrotsitlar agregatsiyasini induktsiyalaydi.
Aminokapron kislotasi antiallergik, viruslarga qarshi ta'sir ko'rsatadi, jigarning detoksikatsion faoliyatini kuchaytiradi. U gripp viruslari bilan assotsiatsiyalangan proteolitik faollikni ingibitsiya qiladi. Aminokapron kislotasi virusni sezgir hujayralar bilan o'zaro ta'sirini erta bosqichlarida tormozlovchi ta'sirni amalga oshiradi, shuningdek gemaglyutininning proteolitik faolligini susaytiradi. Buning natijasida gripp virusining infektsion faolligini ta'minlovchi funktsional faol oqsili hosil bo'lmaydi va infektsion virusning bo'linishlari soni kamayadi. Aminokapron kislotasi nafaqat viruslarga qarshi faollikni namoyon etib qolmay, balki respirator virusli infektsiyalarda organizmning spetsifik va nospetsifik himoyasining ayrim hujayraviy va gumoral ko'rsatkichlarini xam yaxshilaydi.
Vena ichiga yuborilganida ta'siri 15-20 minutdan keyin namoyon bo'ladi. Yuborilgan preparatning 40-60% qismi buyrak orqali tez chiqariladi, preparatning qoldiq qismi
4 soatdan keyin siydik bilan chiqariladi. Buyrakning chiqarish funktsiyasi buzilganida aminokapron kislotasining qondagi kontsentratsiyasi sezilarli oshadi.
Yurak–qon tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya, subendokardial qon quyilishlar, bradikardiya, aritmiyalar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, ich ketishi, qusish.
Qon ivish tizimi tomonidan: qon ivishini buzilishi, yuqori dozalarda (kattalar uchun sutkasiga- 24 g dan ko'p), uzoq vaqt (6 kundan ortiq) qo'llanilganda – gemorragiyalar kuzatiladi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, quloqlar shang'illashi, tirishishlar.
Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan allergik reaktsiyalar, burun bitishi, yuqori nafas yo'llarining kataral yallig'lanishi.
Umumiy o'zgarishlar: yuborilgan joyda mahalliy o'zgarishlar.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: mioglobinuriya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi.
Boshqalar: rabdomioliz, Yuborish tezligi oshirilganda bradikardiya, ekstrasistoliya yuzaga kelishi mumkin.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga o'ta yuqori sezuvchanlik. Tromboz va tromboembolik kasalliklarga moyillik; tromboemboliya; qon tomirlari ichida qonni diffuz ivishi oqibatidagi koagulopatiyalar; buyrak funktsiyasini buzilishi bilan kechuvchi buyrak kasalliklari; gematuriya; homiladorlik, tug'ruq, emizish davri; yurak ishemik kasalligining og'ir shaklida qo'llash mumkin emas. Miyada qon aylanishini buzilishlarida aminokapron kislotasini qo'llash mumkin emas.
Preparatni vena ichiga yuborilganda, ayniqsa yurak ishemik kasalligida, miokard infarktidan keyin, jigarda patologik jarayonlar bo'lganida koagulogrammani nazorat qilish lozim. Gematuriyada o'tkir buyrak yetishmovchiligini yuz berish xavfi tufayli, preparatni buyurish maqsadga muvofiq emas. Preparat bilan davolanayotganda yog'li ovqatlarni istisno qilish tavsiya etiladi.
Yurak kasalliklari bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi. Yurak kasalliklari bo'lgan patsiyentlar tomonidan preparatni qo'llash zarurat bo'lganida, qon plazmasida kreatininfosfokinaza darajasini monitoring qilib turish tavsiya etiladi. Preparatni qoldig'i ishlatilmasin.
Bu dori vositasi 15,4 mmolь (yoki 354,05 mg)/doza 100 natriy tutadi. Natriy nazoratli parhez tutuvchi bemorlarda ehtiyot bo'lish tavsiya etiladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanishi
Preparatni homiladorlik davrida qo'llash mumkin emas. Ayollarda tug'ruq vaqtida qon yo'qotilishini oldini olish maqsadida buyurish maqsadga muvofiq emas, chunki tromboembolik asoratlar yuz berish mumkin. Qo'llash zarurati tug'ilganida emizishni to'xtatish kerak.
Bolalar
Bolalarda qo'llash bo'yicha cheklash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir etish xususiyati
Markaziy nerv tizimi tomonidan yuz berishi mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar sababli, davolanish davrida avtotransportni boshqarish yoki boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish lozim.
Jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qon ketishlari va qon va to'qimalarning fibrinolitik faolligini oshishi bilan bog'liq bo'lgan turli patologik holatlar.
Konservatsiyalangan qonni ko'p miqdorda quyish oqibatidagi ikkilamchi gipofibrinogenemiyani rivojlanishini oldini olish uchun.
Bolalar va kattalrda gripp va O'RVI ni profilaktikasi va davolashda qo'llaniladi.
Bevosita va bilvosita antikoagulyantlar va antiagregantlar preparatning samarasini susaytiradi. Esterogen saqlovchi kontratseptivlar, qon ivishining IX omili bilan qo'llanilishi tromboemboliyalarni rivojlanish xavfini oshiradi. Retinoidlar (shu jumladan tretionin) qabul qiluvchi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Aminokapron kislotasining eritmasi ichga yoki vena ichiga buyuriladi.
Preparat kattalarga ichga 5 g (100 ml) dan, so'ngra 8 soat davomida 1 g (20 ml) dan har soatda qon ketishi butunlay to'xtagunicha buyuriladi.
Tezda samaraga erishish zarurati tug'ilganida (o'tkir gipofibrinogenemiyada) 100 ml gacha eritma vena ichiga minutiga 50-60 tomchi tezlikda 15-30 minut davomida yuboriladi. Birinchi soat davomida 4-5 g dozada yuboriladi, qon ketishi davom etgan hollarda esa - har soatda 1 g dan - qon ketishi to'liq to'xtagunicha yuboriladi, ammo 8 soatdan ortiq qo'llash mumkin emas.
Takroriy qon ketishlarida 5% li eritma takror yuboriladi.
Bolalar.
Fibrinolitik faollik o'rtacha oshganida bolalarga aminokapron kislotasini sutkada tana vazniga 0,05 g/kg dozada bir marta buyuriladi.
Yoshiga qarab, doza quyidagicha belgilanadi:
1 yoshgacha bo'lgan bolalarga: bir martalik- 2,5 ml gacha, sutkalik - 15 ml;
2 yoshdan 6 yoshgacha: bir martalik- 2,5-5 ml, sutkalik - 15-30 ml;
7 yoshdan 10 yoshgacha: bir martalik- 5-7 ml, sutkalik - 30-45 ml;
11 yoshdan 18 yoshgacha: bir martalik- 7-14 ml, sutkalik - 45-90 ml;
O'tkir qon ketishidagi dozalar:
1 yoshgacha bo'lgan bolalarga: bir martalik - 5 ml, sutkalik - 30 ml;
2 yoshdan 4 yoshgacha: bir martalik- 5-7,5 ml, sutkalik - 30-45 ml;
5 yoshdan 8 yoshgacha: bir martalik- 7,5-10 ml, sutkalik - 45-60 ml;
9 yoshdan 10 yoshgacha: bir martalik- 15 ml, sutkalik - 90 ml;
11 yoshdan 14 yoshgacha: bir martalik- 20 ml, sutkalik - 120 ml;
15 yoshdan 18 yoshgacha: bir martalik- 28 ml, sutkalik - 160 ml;
Davolash kursi - 3 kundan 14 kungacha davom etadi.
Gripp va O'RVI ni profilaktikasi va davosi uchun preparatni peroral va mahalliy qo'llash tavsiya etiladi (burunga sutkada 3-4 marta 0,5-1,0 ml dan)
Bolalarga preparatni quyidagi dozalarda buyuriladi:
2 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1-2 g (sutkada 20-40 ml 5% li eritma) - 1-2 choy qoshiqdan sutkada 4 marta (0,02-0,04 g/kg - bir martalik doza), ovqatga yoki ichimliklarga qo'shish mumkin;
2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 2-4 g (sutkada 40-80 ml 5% li eritma) - 1-2 osh qoshiqdan sutkada 4 marta;
7 yoshdan boshlab va kattalarga - 4-5 g (sutkada 80-100 ml 5% li eritma) - sutkalik dozani 4 marta bo'lib;
Eritmani yanayam aniqroq dozalash uchun 10 yoki 20 ml li ignasiz tibbiyot shpritsidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, aminokapron kislotasini mahalliy qo'llash asoslangan hisoblanadi. Har 3-4 soatda burun yo'llariga 5% aminokapron kislota eritmasi shimdirilgan paxtali turundalarni tiqib qo'yish, yoki ko'rsatilgan muddatlarda har bir burun yo'liga instillyatsiya qilish (tomizish) tavsiya etiladi.
Zarurat bo'lganida aminokapron kislotasini boshqa virusga qarshi vositalar, interferon va uning induktorlari bilan birga qo'llash mumkin.
Aminokapron kislotasini (sutkada 3-4 marta) butun epidemik davrda intranazal instillyatsiya qilish maqsadga muvofiqdir, yana infektsiya o'choqlarida bemorlar bilan yaqindan muloqotda bo'lganda preparatni enteral (xuddi davolashdagidek) qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Gripp va O'RVI da aminokapron kislotasini peroral qo'llash davomiyligi 3-7 kunni tashkil qiladi.
Davolash davomiyligi kasallikning og'irligiga bog'liq bo'ladi va davolovchi shifokor tomonidan aniqlanadi. Shifokor shuningdek dozaga yana tuzatish kiritishi va takroriy davolash kursini tavsiya qilishi mumkin.
Qonning fibrinolitik faolligining kutilmaganda pasayib ketishi. Nojo'ya ta'sirlarining yaqqol namoyon bo'lishi: bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, diareya, teri toshmasi,ortostatik gipotenziya, tirishishlar, bosh og'rig'i, burun bitishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, rabdomioliz, mioglobinuriya. Nojo'ya ta'sirlarini kuchayishi, tromb hosil bo'lishi, emboliya. Yuqori dozalarda (kattalar uchun sutkada - 24 g dan ko'p), uzoq vaqt qo'llanilganda (6 kundan ko'p) – gemorragiyalar kuzatilishi mumkin.
Davolash. Doza oshirib yuborilgan hollarda dori vositasini yuborishni to'xtatish va tegishli simptomatik davolashni o'tkazish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10 dori vositasi Юрия-Фарм, ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA infuziya uchun eritma 100ml 50mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Аминокапроновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Narh: 170 200 so'mdan Batafsil
KSILAT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
KSAVRON inyeksiya uchun eritma 20ml 1,5mg/ml N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 150mg/ml
NEYROSITIN eritma 100ml
Narh: 31 900 so'mdan Batafsil
DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
SANGERA eritma 5ml 100mg/ml N5
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Narh: 68 300 so'mdan Batafsil
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Narh: 42 112 so'mdan Batafsil
NALBUFIN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
GLYUKSIL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
LEFLOSIN eritma 100ml 500mg/ml
GRANDAZOL infuziya uchun eritma 200ml 5mg/2,5mg N1
SORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 60 600 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 200ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 40 800 so'mdan Batafsil
REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 86 200 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN inyeksiya uchun eritma 200ml 2,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9