QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GLYUKSIL®
GLUXYL®
Preparatning savdo nomi: Glyuksil®
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
faol moddalar: 1 ml eritma 75 ml glyukoza, 50 mg ksilit, 4,98 mg natriy asetati trigidrati, 2,88 mg natriy xloridi, 0,1 mg kalsiy xloridi digidrati (kalsiy xloridga qayta hisoblaganda), 0,45 mg kaliy xloridi, 0,43 mg magniy xloridi geksagidrati;
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv saqlaydi.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.
Preparatning ion tarkibi: Na+ – 85,9 mmol/l, K+ 6,0 mmol/l, Sa++ 0,9 mmol/l, Mg++ 2,1 mmol/l, Cl- 61,3 mmol/l, SN3SOO- 36,6 mmol/l.
Farmakoterapevtik guruhi: Qon o‘rnini bosuvchi va perfuzion eritmalar. Elektrolitlar. Boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi: V05A31.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Glyuksil® energetik, dezintoksikasion, reologik, shokka qarshi va ishqorlovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparatning tarkibidagi asosiy ta‘sir etuvchi moddalar – bu glyukoza, ksilit va natriy asetatidir. Glyukoza organizmda faqatgina energiya manbai bo‘libgina qolmay, balki qator moddalarning sintezi uchun muhim komponent hamdir. Bunda eng muhimi oqsil metabolizmi hisoblanadi. Glyukoza barcha to‘qimalarda metabolizmga uchraydi; u eng avvalo miya, eritrositlar va suyak ko‘migi hujayralari uchun muhim energiya manbai hisoblanadi. Glyukoza hatto anaerob sharoitlarda ham utilizasiya qilinadi. Glyukozaning organizm orqali utilizasiya qilinishining maksimal tezligi soatiga 0,5 g ni tashkil qiladi.
Ksilit bu besh atomli spirt bo‘lib, yuborilganida umumiy metabolizmga tez qo‘shiladi, 80% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen shaklida to‘planadi, ksilitning qoldig‘i boshqa a‘zolarning (buyrak, yurak, me‘da osti bezi, buyrak usti bezilari, bosh miya) to‘qimalari orqali o‘zlashtiriladi va siydik orqali chiqariladi. Uglevod almashinuvining mahsuloti ksilit pentitol hisoblanadi va bevosita metabolizmning pentozofosfat sikliga qo‘shiladi. Ksilit fruktoza va sorbitdan farqli ravishda, jigarda adeninnukleottidlar (ATF, ADF, AMF) darajasini pasayishini chaqirmaydi; u fruktozaga sezuvchanligi yoki fruktoza1,6difosfataza tanqisligi bo‘lgan bemorlarga yuborish uchun havfsiz hisobanadi. Ksilit glyukozaga nisbatan, ancha kuchli antiketogen, azot saqlovchi ta‘sirga ega modda hisoblanadi va operasiyadan oldingi, hamda keyingi davrda bir xilda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ksilit insulinga bog‘liq bo‘lmagan metabolizmiga ega energiya manbai ekanligini, antiketogen va lipotrop ta‘sir ko‘rsatishini hisobga olib u bemorlarga, ayniqsa me‘daichak yo‘llarida operasiya o‘tkazgan bemorlarga, parenteral ozuqa vositasi sifatida qo‘llash uchun tavsiya qilinadi. Ksilitning utilizasiya qilinishining maksimal tezligi soatiga tana vazniga 0,25 g/kg ni tashkil qiladi.
Glyukoza va ksilitni majmuaviy qo‘llash, ularni alohida qo‘llashga qaraganda, metabolitlar konsentrasiyasini oshishini chaqirmasligi isbotlangan.
Natriy asetati sekin harakat qiluvchi ishqorlovchi vositalarga mansub hisoblanadi. U buferlangan preparatning metabolizmga uchrashi hisobiga, asoslarni to‘planishini chaqiradi va metabolik asidozning N+ ortiqcha miqdorini to‘planishi sekin kechuvchi turlarida (masalan, buyrak va tanqis nafas buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan asidozda) buyuriladi. Bunday hollarda dozaga darhol tuzatish kiritishning zarurati yo‘q; buferli asoslarni tiklanishi natriy asetatining metabolizmga uchrashi hisobiga ro‘y berishi mumkin. Natriy asetatini qo‘llashda natriy gidrokarbonati eritmasiga nisbatan, metabolik asidozning korreksiyasi, natriy asetatini moddalar almashinuviga kirishishiga muvofiq, rN ni keskin o‘zgarishini chaqirmagan holda sekin ro‘y beradi. Asetat metabolizmida, laktat metabolizmiga nisbatan, kislorod iste‘mol qilinishi kamroq namoyon bo‘ladi. Natriy asetati 1,52 soat davomida natriy gidrokarbonatga ekvivalent miqdorda butunlay metabolizmga uchraydi, bosh miyaning hujayra ichi interstisial shishini va trombositlar va eritrositlar agregasiyasini chaqirmaydi.
O‘zining tarkibi tufayli, Glyuksil® ko‘p komponentli giperosmolyar eritmalar guruhiga mansubdir. Preparat venaga yuborilganida qonning osmotik bosimi oshadi, suyuqlikni to‘qimalardan qontomir xavzasiga o‘tishi kuchayadi, moddalar almashinuvi jarayonlari kuchayadi, jigarning dezintoksikasion faoliyati yaxshilanadi, yurak faoliyati kuchayadi, diurez oshadi.
Qo‘llanilishi
Parsial va qisman parenteral oziqlantirish doirasida organizmni kaloriyaga bo‘lgan ehtiyojini ta‘minlash uchun, intoksikasiyani kamaytirish, shok holatlarida (qon va siydik osmolyarligini hisobga olgan holda) kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirish uchun, kuyish kasalligida, uzoq davom etuvchi yiringli jarayonlarda, jigar kasalliklarida, turli infeksion kasalliklarda va toksikoinfeksiyalarda, operasiyadan keyingi davrda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga Glyuksil® vena ichiga tomchilab, minutiga 4060 tomchi tezlikda, ya‘ni soatiga 1,72,5 ml/kg yoki 70 kg tana vaznida soatiga 120180 ml yuboriladi.
Maksimal doza: 70 kg tana vazniga sutkada 1400 ml ni yoki sutkada tana vazniga 1 g/kg ksilit + sutkada tana vazniga 1,5 g/kg glyukozani tashkil qiladi.
Infuziyaning maksimal tezligi: 70 kg tana vazniga soatiga 180 ml (minutiga 60 tomchi) ni yoki soatiga tana vazniga 0,125 g/kg ksilit + soatiga tana vazniga 0,187 g/kg glyukozani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, qorin shishi, ich ketishi, qorinda og‘riq bo‘lishi mumkin. Glyuksil® uzoq vaqt yuborilganida boshqa gipertonik va giperosmolyar eritmalar kabi yuborish joyida periferik venalarni ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin. Elektrolitlar muvozanatini buzilishi va organizmning umumiy reaksiyasi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Qandli diabet va giperglikemiya, giperkaliemiya, giperkoagulyasiya, giperosmolyar koma, anuriya bilan kechuvchi holatlarda qo‘llash mumkin emas. Glyuksil® ni suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan hollar (shishlar, bosh miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurakqontomir dekompensasiyasi, arterial gipertenziya III bosqichi) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Glyuksil® boshqa preparatlar uchun tashuvchieritma bo‘lishi mumkin emas. Preparatlarni qo‘shish eritmada fizikokimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qon va siydikning osmolyarligini hisobga olgan holda qo‘llaniladi. Glyuksil® ni yuborish qondagi qand miqdorini nazorat qilish ostida amalga oshiriladi va zarurati bo‘lganida insulin qo‘llaniladi. Preparatning yuqori (400 ml dan ortiq) dozalari yuborilganda glyukoza to‘liq o‘zlashtirilishi uchun preparat bilan bir vaqtda insulin 45 g glyukozaga 1 birlik insulin hisobida yuboriladi.
Jigar kasalliklarida preparat jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorati ostida buyuriladi. Glyuksil® siydik xaydash hususiyatiga ega bo‘lganligi sababli, uni o‘t-tosh kasalligi bo‘lgan bemorlarga yuborish ehtiyotkorlik bilan, shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak. Kortikosteroidlar bilan bir vaqtda yuborish elektrolitlar darajasini nazorat qilishni talab qiladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi
Glyuksil® ni homiladorlarda, emizikli ayollarda qo‘llash mumkinligini o‘rganish yuzasidan tajribalar o‘tkazilmagan.
Bolalar
Glyuksil® ni bolalarda qo‘llash mumkinligini o‘rganish yuzasidan tajribalar o‘tkazilmagan.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati.
Preparat faqat stasionar sharoitlarda qo‘llaniladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning katta hajmlari yuborilganida giperxloremiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, giperkalsiemiya, jigarning funksional holatini buzilishi va me‘da osti bezining insulyar apparatini susayishi kuzatilishi mumkin. Preparatning dozasi ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida giperglikemik sindrom, qo‘ngil aynishi, ichakni dam bo‘lishi, ich ketishi, qorinda og‘riq yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak.
Chiqarilish shakli
200 ml yoki 400 ml dan shisha butilkalarga joylangan. 250 ml yoki 500 ml dan polimer konteynerlarga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.