×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KSILAT infuziya uchun eritma 200ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Калия хлорид, Ксилитол, Магния хлорида гексагидрат, Натрия ацетата тригидрат, Натрия хлорид, Кальция хлорид дигидрат
Ishlab chiqaruvchi:
- Юрия-Фарм, ООО
Vakil:
- Yuriya-Farm
ATX kodi:
- B05ХА31
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 171 ta dorixonasida topildi

ico 62 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 69 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 55 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KSILAT infuziya uchun eritma 200ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KSILAT®
XYLATUM

Tarkibi

Faol moddalar: 1 ml eritma 50 mg ksilitol, 2,6 mg natriy asetati trigidrati (natriy asetatga qayta hisoblaganda), 6 mg natriy xloridi, 1,0 mg kalsiy xloriddigidrati (Kalsiy xloridga qayta hisoblaganda), 3,0 mg kaliy xloridi, 1,0 mg magniy xlorid geksagidrati (magniy xloridga qayta hisoblaganda);

Yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.

Dori shakli. Infuziya uchun eritma

Asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari tiniq rangsiz suyuqlik. Preparatning ion tarkibi: Na+ – 134,4 mmol/l, K+ – 4mmol/l, Sa++ – 0,9 mmol/l, Mg++ -1,1 mmol/l, Cl – 110,6 mmol/l, CH3COO – 31,7 mmol/l saqlaydi.Energetik qiymati – 200 kkal/l; Nazariy osmolyarligi – 610 mOsmol/l, rN – 6,0-7,6.

Farmakoterapevtik guruhi: Qon o‘rnini bosuvchi va perfuzion eritmalar. Elektrolitlar eritmalari. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada.

ATX Kodi ATX V05X A31.

 

 Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparatning asosiy ta‘sir qiluvchi moddalari ksilitol va natriy asetatidir. Ksilitol besh atomli spirt bo‘lib, vena ichiga yuborilganda umumiy metabolizmga tez kirishadi, 80% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi.

Yaqqol antiketogen ta‘sir ko‘rsatadi, metabolizmi bo‘yicha insulinga qaram bo‘lmagan energiya manbaidir.

Ksilitol – bu odamda karbonsuvlar almashinuvining tabiiy oraliq mahsulotidir, shuning uchun kam toksiklikka ega va yaxshi o‘zlashtiriladi. Fruktozaga nisbatan jigarda nukleotidlarni (ATF, ADF, AMF) pasayishini chaqirmaydi, shuningdek fruktozani o‘zlashtira olmaydigan yoki fruktoza-1,6-difosfat fermentining tanqisligi bo‘lgan bemorlarga yuborish uchun xavfsizdir.

Natriy asetati sekin ta‘sir qiluvchi ishqorlashtiruvchi vositalarga kiradi. U preparatning metabolizmi hisobiga asoslarning to‘planishini chaqiradi va N+ ortiqcha to‘planishi sekin kuzatiladigan metabolik asidozning ko‘rinishlarida ko‘rsatilgan (masalan, buyrak va nafassiz asidoz tanqisligida). Natriy gidrokarbonati eritmasidan farqli ravishda natriy asetati qo‘llanganida, metabolik asidozni to‘g‘rilash sekinroq yuz beradi, shuning uchun rN ning keskin tebranishlarini chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

Natriy asetati 1,5-2 soat davomida natriy gidrokarbonatining ekvivalent miqdoriga to‘liq metabollanadi, bosh miyaning xujayrali interstisial shish ko‘rinishlarini va trombositlar va eritrositlarning agregasiyasini oshishini chaqirmaydi.  Asetatning metabolizmida kislorodga bo‘lgan talab, laktatning metabolizmiga nisbatan ahamiyati kam bo‘lib, bu turli kelib chiqishga ega bo‘lgan og‘ir shokni davolash uchun muhim ahamiyatga ega.

Ksilat® tarkibi bo‘yicha ko‘p komponentli, polifunksional, giperosmolyar eritmalar guruhiga mansub bo‘lib, antiketogen, gemodinamik, dezintoksikasion,  reologik,  energetik, ishqoriylashtiruvchi, osmodiuretik ta‘sirlarga ega.

Klinik  xususiyatlari.

Qo‘llanilishi

Intoksikasiyani kamaytirish, mikrosirkulyasiyani yaxshilash uchun, qandli diabet va boshqa glyukozani yo‘qotilishining buzilishlarida karbonsuvlarga bo‘lgan talabni qisman qoplash uchun, travmatik, operasion, gemolitik va kuyish shoklarida (qon va siydikning osmolyarligini hisobga olib), operasiyadan oldingi tayyorgarlik va operasiyadan keyingi davrda, o‘tkir qon yo‘qotilishida, shuningdek kuyish kasalligida, cho‘zilgan yiringli jarayonlarda, turli infeksion kasalliklar va surunkali toksik gepatitlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Giperosmolyar koma, anuriya. Suyuqlikni quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (shishlar, miyaga qon quyilish, tromboemboliya, yurak-tomir dekompensasiyasi, III darajali arterial gipertenziya) Ksilat® ni yuborish mumkin emas. Preparatni umumiy suvsizlanishlarda va suv-tuz almashinuvi buzilgan hollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Ksilat® boshqa preparatlar uchun erituvchi-tashuvchi bo‘lmasligi kerak.  Preparatlarni qo‘shish fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gemodinamik samaraga erishish uchun Ksilat® kattalarga minutiga 40-60 tomchi tezlikda vena ichiga tomchilab yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparat daqiqasiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin, oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. Oldin 15 tomchi yuboriladi, 3 daqiqadan keyin reaksiyalar kuzatilmasa,  preparatni oqim bilan yuboriladi.

Preparatning antiketogen xususiyatlari yuborish tezligi ksilitolni yo‘qotilish tezligiga teng bo‘lganida namoyon bo‘ladi.

Jigar kasalliklarida preparat jigar faoliyatining ko‘rsatkichlari nazorati ostida qo‘llanadi.  Surunkali buyrak yetishmovchiligi bor bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur; preparatni yuborganda buyraklar faoliyatini tekshirib turish zarur. Garchi Ksilat® o‘t haydovchi samaraga ega bo‘lsa ham, uni o‘t-tosh kasalligida yuborish shifokorning sinchkov nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga Ksilat® preparatini yuborish qondagi qandning miqdorini nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Organizmning umumiy suvsizlanishida  va suv-tuz almashinuvi buzilganda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Homilador va emizikli ayollarga Ksilat® ni qo‘llash mumkinligi haqida tekshiruvlar o‘tkazilmagan.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Preparat faqat shifoxona sharoitida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari.

Kattalarga vena ichiga tomchilab, minutiga 50-70 tomchidan, ya‘ni 2,1-3,0 ml/kg/soat yoki 150-210 ml/soat tezlik bilan yuboriladi.

Maksimal doza: kattalarga – sutkada 2100 ml yoki sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g ksilitol.

Infuziyaning maksimal tezligi – 210 ml/soat (minutiga 70 tomchi) = 1 soatda1 kg tana vazniga 0,15 g ksilitol;

– surunkali va toksik gepatitlarda – kattalarga 400 mg dan (5-6 ml/kg) tomchilab (jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak), sutka davomida bir marta yoki ikki marta yuboriladi (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);

– bemorlarni, shu jumladan qandli diabeti bo‘lganlarni parenteral ovqatlantirish uchun – kattalarga 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), sutka davomida bir marta  yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);

– travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shokda – kattalarga – 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), sutka davomida bir marta yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);

Operasiyadan oldingi davrda va turli jarrohlik muolajalardan keyin kattalarga 400-600 ml dozada (6-10 ml/kg), tomchilab, sutkasiga bir marta yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin), har kuni 3-5 kun davomida yuboriladi.

O‘tkir qon yo‘qotishlarda-kattalarga 1000-1400 ml (20 ml/kg) dan. Bunday holatda Ksilat® preparatining infuziyasini “Tez yordam” maxsus mashinasida, shifoxonagacha bosqichda o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Bolalar.

Bolalarda preparatni qo‘llash mumkinligi haqida tekshiruvlar o‘tkazilmagan.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, ichakning dam bo‘lishi, ich ketishi, qorinda og‘riq, suv-elektrolit muvozanatning buzilishi kuzatilishi mumkin (gipertonik reaksiya ko‘rinishida; bunday holda arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv vositalar yuboriladi).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, qichishish, eshakemi ham, kam – taxikardiya, tana haroratini ko‘tarilishi, yuborilgan joyda periferik venalarning ta‘sirlanishi. Gipertonik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin (bunday holda arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv vositalar yuboriladi); ko‘ngil aynishi, qaltirash.  Elektrolitlar almashinuvining buzilishi, laktoasidoz, gipergidratasiya, shishlar, giperoksaluriya, giperurekemiya, jigar sinamalarining o‘zgarishi, asidoz (jumladan sut kislotali asidoz).

 Saqlash muddati. 2 yil.

Saqlash sharoiti. 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.  Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Nomutanosiblik

Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Preparatlarni qo‘shish fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Agarda qo‘shishning zarurati bo‘lsa, u holda sterillikka rioya qilish, sinchiklab aralashtirish va preparatlarning o‘zaro ta‘sirini nazorat qilish kerak.

O‘rami.

Shisha butilkalarda 200 yoki 400 ml dan.

Dorixonalardan berish tartibi. Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KSILAT infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KSILAT infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KSILAT infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi Юрия-Фарм, ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KSILAT infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KSILAT infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Narh: 170 200 so'mdan Batafsil
KSILAT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
KSAVRON inyeksiya uchun eritma 20ml 1,5mg/ml N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 150mg/ml
NEYROSITIN eritma 100ml
Narh: 31 900 so'mdan Batafsil
DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
SANGERA eritma 5ml 100mg/ml N5
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml
NEBUTAMOL eritma dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10
Narh: 68 300 so'mdan Batafsil
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Narh: 42 112 so'mdan Batafsil
NALBUFIN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
GLYUKSIL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
LEFLOSIN eritma 100ml 500mg/ml
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA eritma 2ml 50mg/ml N10
GRANDAZOL infuziya uchun eritma 200ml 5mg/2,5mg N1
SORBILAKT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 60 600 so'mdan Batafsil
SODA BUFER infuziya uchun eritma 200ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 40 800 so'mdan Batafsil
REOSORBILAKT infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 86 200 so'mdan Batafsil
LONGOKAIN inyeksiya uchun eritma 200ml 2,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9