×
×
  • Aminoplazmal B. Braun Ye 5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Aminoplazmal B. Braun Ye 5

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Faol modda:
Аминокислоты для парентерального питания, Прочие препараты [Минералы]
ATX kodi:
- B05BA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KSILAT infuziya uchun eritma 200ml Юрия-Фарм, ООО Ukraina
62 000 s`om dan
AMINOL infuziya uchun eritma 200ml N1 Юрия-Фарм, ООО Ukraina
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Aminoplazmal B. Braun Ye 5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMINOPLAZMAL B.BRAUN Ye5

AMINOPLASMAL B.BRAUN E5

 

Preparatning savdo nomi: Aminoplazmal B.Braun Ye5

Ta‘sir etuvchi moddalar: izoleysin, leysin, lizin gidroxloridi, metionin, fenilalanin, treonin, triptofan, valin, arginin, gistidin, alanin, glisin, asparagin kislotasi, glutamin kislotasi, prolin, serin, tirozin, natriy asetati trigidrati, natriy gidroksidi, kaliy asetati, natriy xloridi, magniy xloridi geksagidrati, natriy gidrofosfati dodekagidrati.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Izoleysin                                                   2,500 g

Leysin                                                         4,450 g

Lizin gidroxloridi                                   4,285 g

(lizingga muvofiq)                                    6,850 g

Metionin                                                     2,200 g

Fenilalanin                                                           2,350 g

Treonin                                                        2,100 g

Triptofan                                                   0,800 g

Valin                                                            3,100 g

Arginin                                                       5,750 g

Gistidin                                                      1,500 g

Alanin                                                         5,250 g

Glisin                                                         6,000 g

Asparagin kislotasi                                 2,800 g

Glutamin kislotasi                                               3,600 g

Prolin                                                         2,750 g

Serin                                                            1,150 g

Tirozin                                                        0,400 g

Natriy asetat trigidrati                         1,361 g

Natriy gidroksidi                                     0,140 g

Kaliy asetati                                             2,453 g

Natriy xloridi                                          0,964 g

Magniy geksagidrat xloridi                    0,508 g

Natriy dodekagidrat gidrofosfati        3,581 g

Yordamchi moddalar:

Asetilsistein                                           0,200 g

Limon kislotasi monogidrati                 0,210–0,420 g

In‘eksiya uchun suv                                     1000 ml gacha

Elektrolitlarning konsentrasiyasi: (mmol/l)

Natriy                                                          50

Kaliy                                                            25

Magniy                                                         2,5

Xloridlar                                                    45

Asetat                                                          35

Fosfatlar                                                    10

Sitratlar                                                     2,0

Fizik-kimyoviy xarakteristikasi:

Nazariy osmolyarligi, mOsm/l                  588 mOsm/l

pH                                                                  5,7 dan 6,3 gacha

Hamma aminokislotalar, g/l                     50 g/l

Umumiy azot, g/l                                          7,9 g/l

Kaloriyasi                                                     835 kDj/l (200 kkal/l)

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq eritma

Farmakoterapevtik guruhi: parenteral oziqlantirish uchun vosita (aminokislotalar)

ATX kodi: B05BA10

Farmakologik xususiyatlari

Aminoplazmal B.Braun Ye5 ning asosiy terapevtik ta‘siri parenteral ozuqlantirishda organizmni oqsillarning sintezini substrati bilan ta‘minlashdan iborat.

Aminoplazmal B.Braun Ye5 tarkibidagi oqsillarning sintezi uchun zarur bo‘lgan (shu jumladan shartli almashtiriluvchi va almashtiriluvchi aminokislotalar) barcha aminokislotalarni yuborilishi, oqsilning sintezlar yuqori ozuqali samaradorlikni ta‘minlaydi va organizmga yuklamani kamaytiradi.

Energiya manbai sifatida yuborilayotgan aminokislotalarning metabolizmini istisno qilish, maqsadida Aminoplazmal B.Braun Ye5 bilan bir vaqtda yog‘ emulsiyalari va karbon suvlarning eritmalari kabi energiya donatorlarini yuborish zarur.

Aminokislotalardan tashqari Aminoplazmal B.Braun Ye5 suv-elektrolit va kislota ishqor muvozanatini tutib turish uchun zarur bo‘lgan mineral moddalarni saqlaydi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuboriladigan aminokislotalar endogen erkin aminokislotalarning tomir ichki va xujayra ichki depolariga kiradi va ular kabi organizmning oqsillarni sintezi uchun substrat sifatida faoliyat yuritadi. Aminoplazmal B.Braun Ye5 vena ichiga yuborilganida uning tarkibidagi komponentlarining biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.

Aminoplazmal B.Braun Ye5 da aminokislotalarning individual konsentrasiyasi ushbu eritma vena ichiga yuborilganida plazmadagi har bir aminokislotaning konsentrasiyasini nisbiy oshirishi normaning chegaralaridan chiqmaydigan qilib tanlangan, bu plazmada aminokislotalarning gomeostazini tutib turishini ta‘minlaydi.

Oqsillarning sinteziga jalb qilinmagan aminokislotalar, quyidagi tarzda metabolizmga uchraydi: transaminlanish natijasida aminogruppalar karbon skeletidan ajraladi, so‘ngra karbon zanjirlari SO2 gacha oksidlanadi, yoki jigardagi glyukoneogenez reaksiyasida substrat sifatida ishlatiladi. Aminoguruxlar jigarda mochevinagacha metabolizmga uchraydi.

Qo‘llanilishi

Oqsillarning yo‘qotilishini yuqori darajasi va/yoki ularga bo‘lgan yuqori ehtiyoj natijasidagi oqsil yetishmovchiligi holatini oldini olish va davolash maqsadida parenteral ozuqlantirish:

  • O‘rtacha va og‘ir darajali jarohatlar, ko‘p sonli jarohatlar, kuyishlar, peritonit, sepsis, metabolik ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p a‘zoli yetishmovchilik;
  • Katta jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatlar;
  • Ichakning yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan Kron kasalligi, yarali kolit), ichak oqmalari;
  • Turli genezni ozuqlanishining buzilishlari (kaxeksiya).

Qo‘llash usuli va dozalari

Aminoplazmal B.Braun Ye5 dori vositasi periferik va markaziy vena tomirlariga yuboriladi.

Aminoplazmal B.Braun Ye5 ni yuborish uchun faqat vena ichki infuziyasi uchun mo‘ljallangan, steril sistemalardan foydalanish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida  uni yuborish joyida (punksiya yoki kateter o‘rnatish  joyi) yallig‘lanish yoki infeksiya jarayoni mavjud yoki mavjud emasligini nazorat qilish lozim.

Dori vositasi bir marta qo‘llash uchun ishlatiladigan butilkalarda beriladi. Dori vositasining ishlatilmay qolgan qismi saqlanmaydi va tashlab yuboriladi.

Agarda eritma tiniq bo‘lmasa yoki butilka shikastlangan germetikligi buzilgan bo‘lsa, preparatni ishlatish mumkin emas.

Aminoplazmal B.Braun Ye5 dozasi bemorning nutritiv holati va aminokislotalar elektrolitlar va suyuqlikka bo‘lgan shaxsiy ehtiyojiga bog‘liq.

Kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga

O‘rtacha sutkalik doza

20-40 mg/kg tana vazniga, bu 1-2 g aminokislota 1 kg tana vazniga bu to‘g‘ri keladi, tana vazni 70 kg bo‘lgan pasient uchun 1400-2800 ml preparat.

Yuqori sutkalik doza

40 ml/kg tana vazniga, bu 2 g aminokislota 1 kg tana vazniga to‘g‘ri keladi, tana vazniga 70 kg bo‘lgan pasient uchun 140 g aminokislota yoki 2800 ml preparat.

Yuborishning maksimal tezligi

2 ml/kg tana vazniga soatda 0,1 g aminokislota 1 kg tana vazniga 1 soatga to‘g‘ri keladi, tana vazni 70 kg bo‘lgan pasient uchun minutiga 45 tomchi yoki minutiga 2,34 ml.

Bolalarga

Quyida ko‘rsatilgan dozalar o‘rtachadir. Doza bolaning yoshi, kasallikning bosqichi va og‘irligiga qarab tanlanishi kerak.

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun

30 ml/kg tana vazniga, bu 1,5 g aminokislota 1 kg tana vazniga.

5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun

20 ml/kg tana vazniga, bu 1,0 g aminokislota 1 kg tana vazniga to‘g‘ri keladi.

Yuborishning maksimal tezligi

2 ml/kg tana vazniga 1 soat, bu aminokislota 1 kg tana vazniga 1 soatga to‘g‘ri keladi.

Agarda aminokislotalarga bo‘lgan ehtiyoji sutkada 1 g 1 kg tana vazniga dan yuqori bo‘lsa, suvli yuklamani pasaytirish maqsadida aminokislotalarning kattaroq konsentrasiyadagi eritmalarini ishlatish mumkin.

Qo‘llashning davomiyligi

Preparatni qo‘llashning davomiyligi bo‘yicha cheklashlar aniqlanmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘rsatilgan ehtiyotkorlik choralariga, dozasi va yuborish tezligiga nisbatan tavsiyalarga rioya qilinganda nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmaydi, ammo allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Kam paydo bo‘ladigan nojo‘ya samaralari (≥1:1000, <1:100): ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, etni uvishishi va isitma parenteral oziqlantirishni o‘tkazishni boshlash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va Aminoplazmal B.Braun Ye5 uchun spesifik hisoblanmaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • Aminokislota metabolizmini tug‘ma buzilishlari;
  • Qon aylanishini og‘ir buzilishlari (shok);
  • Yaqqol ko‘zga tashlanuvchi gipoksiya;
  • Yaqqol metabolik asidoz;
  • Rivojlanib boruvchi jigar yetishmovchiligi;
  • O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, agarda gemofiltrasiya yoki gemodializni o‘tkazish mumkin bo‘lmasa;
  • Qon plazmasida preparatning tarkibiga kiruvchi elektrolitlarning konsentrasiyasini yo‘l qo‘yilgan chegaradan oshishi;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • infuzion terapiya o‘tkazilishi uchun umumiy qarshi ko‘rsatmalar (dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, o‘tkir o‘pka shishi, gipergidratasiya).

Ehtiyotkorlik bilan

Aminoplazmal B.Braun Ye5 quyidagi hollarda faqat/foyda xavf nisbati sinchiklab chuqur baholanganidan so‘ng qo‘llanishi mumkin:

  • Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi,
  • Plazmani yuqori osmolyarligi,
  • Gipotonik degidratasiya,

shuningdek preparatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga bog‘liq bo‘lmagan aminokislotalar metabolizmini buzilish hollari.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning o‘zaro ta‘siri noma‘lum.

Aminoplazmal B.Braun Ye5 parenteral oziqlantirishning boshqa preparatlari (karbon suv, yog‘ emulsiyalari, vitaminlar va mikroelementlar) bilan aralashtirishni aseptik sharoitlarda o‘tkazish kerak. Qo‘llashdan oldin ularning to‘g‘ri kelishini tekshirish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Aminokislotalarning to‘liq o‘zlashtirilishini ta‘minlash uchun, Aminoplazmal B.Braun Ye5 organizmning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ta‘minlovchi preparatlar (karbon suveritmalari va yog‘ emulsiyalari) shuningdek vitaminlar va mikroelementlar bilan bir vaqtda yuborish kerak.

Yuqorida sanab o‘tilgan komponentlarni periferik venalarga yuborish bu eritmalarning umumiy osmolyarligiga bog‘liq ekanligini hisobga olish kerak.

Davolash davrida suv-elektrolit va kislota-ishqor balansini, zardob oqsillarining darajasini, qon zardobining osmolyarligini, glyukozaning qondagi miqdorini va jigar faoliyatini nazorat qilish kerak.

Jigar, yurak va o‘pka yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun shaxsiy dozalash tartibini tanlash.

Uzoq vaqt qo‘llanganida (bir necha hafta davomida) qon ivishi omillarini va qonning hujayralari tarkibini nazorat qilish lozim.

Gipotonik degidratasiya mavjudligi holida avval adekvat suv va elektrolitlar balansini tiklash, so‘ngra parenteral ozuqlantirish kerak.

15ºS dan past haroratda saqlash kristallar hosil bo‘lishini chaqirishi mumkin, eritma 25ºS gacha isitilganda va yengil chayqatilganda ular eriydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash

Hozirgi vaqtda Aminoplazmal B.Braun Ye5 ni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi bo‘yicha yetarli klinik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun uni homilador va emizuvchi ayollarda faqat preparat bilan davolashdan kutilayotgan foyda, mumkin bo‘lgan asoratlarning rivojlanish xavfidan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish yoki preparatni juda tez yuborish etni uvishishi, ko‘ngil aynishi, qusish va aminokislotalarni buyraklar orqali chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborish to‘xtatilishi va keyinroq yuborish tezligini kamaytirib, infuziyani davom ettirish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

250 ml, 500 ml va 1000 ml dan Yevropa Farmakopeyasining infuzion eritmalar, qizil-g‘isht rangli qopqoqlar va kulrang plastmass tiqinlarga bo‘lgan talablariga javob beruvchi g‘isht rangidagi rezina tiqin bilan berkitilgan II sinfi gidrolitik shisha butilkalarda. 250 ml yoki 500 ml dan 10 butilka, 1000 ml dan bo‘lgan 6 butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida (stasionarlar uchun).

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda va yorug‘likdan himoya qilingan joyda. Muzlatilmasin!

Saqlash muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Aminoplazmal B. Braun Ye 5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Aminoplazmal B. Braun Ye 5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Aminoplazmal B. Braun Ye 5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
AMINOPLAZMAL B..BRAUN infuziya uchun eritma 500ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: B.Braun Melsungen AG
Aminoplazmal Ye5
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания, Прочие препараты [Минералы] ko'proq ko'rsatish
Aminoplazmal Ye10
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания, Прочие препараты [Минералы] ko'proq ko'rsatish
Aminoplazmal B. Braun Ye 5
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания, Прочие препараты [Минералы] ko'proq ko'rsatish
Aminoplazmal B. Braun Ye 10
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания, Прочие препараты [Минералы] ko'proq ko'rsatish
Aminoplazmal Ye15
  • Faol modda: Аминокислоты для парентерального питания, Прочие препараты [Минералы] ko'proq ko'rsatish
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9