×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Этамзилат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- ГНЦЛС ОЗ, ООО
ATX kodi:
- B02BX01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 7 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

YANTASOL infuziya uchun eritma 200ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
19 200 s`om dan
MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
8 000 s`om dan
AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 Такеда Фармасьютикалс, ООО Rossiya
285 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ETAMZILAT

ETAMSYLATE

Preparatning savdo nomi: Etamzilat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etamzilat

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etamzilat – 125 mg;

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye 223), suvsiz natriy sulfiti (Ye 221), dinatriy edetati (Trilon B), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz och sariq tusli  suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun gemostatik vositalar. Angioprotektorlar.

ATX kodi: B02BX01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Etamzilat qon ketishini oldini olish va to‘xtatish uchun vositadir. U gemostaz mexanizmining birinchi bosqichiga (endoteliy va trombositlar o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir) ta‘sir qiladi. Etamzilat trombositlarning adgezivligini oshiradi, kapillyarlar devori mustahkamligini normallashtiradi, va shu yo‘l bilan ularning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, trombositlar dezagregasiyasini, vazodilatasiyani va kapillyarlarning oshgan o‘tkazuvchanligini chaqiruvchi prostaglandinlar biosintezini ingibisiya qiladi. Buning natijasida qon ketish vaqti ancha sezilarli kamayadi, qon yo‘qotilishi kamayadi.

Farmakokinetikasi

Preparat vena ichiga yuborilganidan keyin gemostatik ta‘siri 5-15 minutdan so‘ng aniqlanadi, maksimal ta‘siri esa – 1-2 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Preparat 4-6 soat davomida samarali bo‘lib, shundan so‘nggina samarasi asta-sekin yo‘qoladi. Etamzilat
500 mg dozada vena ichiga yuborilgandan so‘ng qon plazmasidagi uning eng yuqori darajasiga 10 minutdan keyin erishiladi va u 50 mkg/ml ni tashkil etadi.

Yuborilgan dozaning taxminan 72% birinchi 24 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri –  taxminan 2 soatni tashkil etadi. Etamzilat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ajralib chiqadi.

Qo‘llanilishi

Yuza joylashgan va ichki kapillyarlardan turli etiologiyali qon quyilishlarini, ayniqsa qon ketishi endoteliyni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi holatlarda oldini olish va nazorat qilishda qo‘llaniladi:

  • otorinolaringologiyada, ginekologiyada, akusherlikda, urologiyada, stomatologiyada, oftalmologiyada va plastik jarrohlikda jarrohlik operasiyalari vaqtida va undan keyin qon ketishlarini oldini olish va davolash;
  • turli etiologiyali va lokalizasiyaga ega kapillyardan qon ketishlarini:
  • gematuriya, metrorragiya, birlamchi gipermenoreya, bachadon ichki homilaga qarshi vositalari bo‘lgan ayollarda gipermenoreya, burundan qon ketishi, milklarda qon ketishini oldini olish va davolash;
  • neonatologiya: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda periventrikulyar qon ketishini oldini olish uchun.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (sekin) yoki mushak ichiga yuboriladi. Kattalar uchun optimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 10-20 mg etamzilatni tashkil etadi, uni 3-4 marta qabul qilishda yuboriladi. Bolalar uchun sutkalik doza kattalarning sutkalik dozasini yarmini tashkil etadi.

Operativ aralashuvdan oldin 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Operasiya vaqtida 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yuboriladi; bu dozani takroran yuborish mumkin. Operasiyadan keyin 1-2 ampulaning ichidagi moddani har 6 soatda qon ketish xavfi yo‘qolgunicha yuboriladi.

Neonatologiyada Etamzilat tana vazniga 12,5 mg/kg (0,1 ml = 12,5 mg) dozada vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Davolashni bola tug‘ilganidan keyin ilk 2 soatlar davomida boshlash lozim. Preparatni yuborishni 4 sutka davomida xar 6 soatda yig‘indi doza 200 mg/kg gacha yetgunicha o‘tkazish kerak.

Etamzilatni mahalliy ravishda (teri trasplantati, tish oldirish) preparat shimdirilgan steril doka salfetkani qo‘yish yordamida qo‘llash mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuzni qizib ketishi, oyoqlarni paresteziyasi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – tromboemboliya, arterial gipotenziya.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, diareya.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – allergik reaksiyalar, tana haroratini oshishi, terida toshmalar, anafilaktik shok, angionevrotik shishning bir holati ta‘riflangan.

Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm.

Endokrin tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir porfiriya.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – belda og‘riq.

Teri tomonidan: qichishish, eshakemi.

Boshqalar: to‘qimalar perfuziyasini pasayishi, bu biroz vaqtdan keyin o‘z-o‘zidan tiklanadi.

Barcha nojo‘ya samaralar kuchsiz va o‘tkinchidir.

O‘tkir limfatik va mieloid leykemiyada qon ketishini oldini olish uchun etamzilat bilan davolangan bolalarda ko‘pincha og‘ir leykopeniya aniqlangan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Etamzilatga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik; natriy sulfitiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Bronxial astma, o‘tkir porfiriya, qon ivishini oshishi, antikoagulyant vositalar chaqirgan gemorragiyalar, bolalardagi gemoblastoz (limfatik va mieloid leykemiya, osteosarkoma) da qo‘llash mumkin emas.

Davolashni bachadonning fibroz tuzilmalari borligi istisno qilinganidan keyin boshlash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Etamzilat fiziologik eritma bilan aralashtirilsa, uni darhol qo‘llash lozim.

Reopoliglyukinni yuborishdan oldin qabul qilish, oxirgining antiagregasion ta‘sirini bartaraf etadi, reopoliglyukinni yuborgandan so‘ng qabul qilish gemostatik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Aminokapron kislotasi, vikasol bilan birga qo‘llash mumkin.

Nomutanosiblik.

Ampulaning ichidagi moddani bir shprisda boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas.

Etamzilat eritmasi natriy gidrokarbonati eritmasi va natriy laktati kukuni bilan nomutanosibdir.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ilgari trombozlar yoki tromboemboliyalar qayd etilgan pasientlarga, shuningdek antikoagulyant vositalar tomonidan chaqirilgan gemorragiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq gemorragik asoratlarda, spesifik antidotlarni qo‘llash kerak.

Preparat trombositlar soni kamayganda samarasizdir.

Davolashni boshlashdan oldin qon ketishining boshqa sabablarini istisno qilish kerak.

Qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini buzilish bo‘lgan pasientlarni Etamzilat bilan davolashni, qon ivish tizimi omillarining nuqsoni yoki aniqlangan tanqislikni barataraf etuvchi dori vositalarini yuborish bilan to‘ldirish kerak.

In‘eksion eritmaning rangi o‘zgargan hollarda preparatni qo‘llash man etiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrilarida qo‘llanishi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi.

Etamzilat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar.

Gemoblastozi (limfatik va mieloid leykemiya, ostesarkomasi) bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati.

Etamzilat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki bosh aylanishi yuz berishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Etamzilatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

2 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan bllisterda, 2 blisterdan qutida; 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 25oS gacha haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10 dori vositasi ГНЦЛС ОЗ, ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5% N10
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
DIDSIKON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Этамзилат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
KETOTIFEN tabletkalari 1mg N30
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
MUKALTIN tabletkalari 50mg N30
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
XLOROFILLIPT eritma 100ml 10mg/ml
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AURIDEKSAN quloq uchun tomchilar 5ml 0,5mg/ml
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
TIOTRIAZOLIN ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml
OFTALMODEK ko'z tomchilari 5ml 0,2mg/ml
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
XLOROFILLIPT sprey 15ml N1
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
KORGLIKON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,6mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ, ООО
Narh: 219 000 so'mdan Batafsil
ATROPINA SULFAT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml
Narh: 9 750 so'mdan Batafsil
VINPOSETIN konsentrat 2ml 5mg/ml N5
DIAZOLIN DLYA DETEY granuli 9g
KOFEIN BENZOAT NATRIYA 200mg/ml N10
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ, ООО
SINNARIZIN OZ tabletkalari 25mg N50
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9