×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMLONON tabletkalari 10mg N20

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Амлодипин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармак, ПАО
ATX kodi:
- C08CA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
AMLIPIN tabletkalari 5mg+10mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
KARDIVA tabletkalari 25mg N28 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
65 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMLONON tabletkalari 10mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMLONON

AMLONONE

Preparatning savdo nomi: Amlonon

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): amlodipin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 13,90 mg yoki 6,95 mg amlodipin besilati (amlodipinga qayta hisoblaganda 10 mg yoki 5 mg);

Yordamchi moddalar:

Amlonon 10 mg li tabletkalari – laktoza monogidrati; kartoshka kraxmali; krospovidon, kopovidon; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; magniy stearati;

Amlonon 5 mg li tabletkalari – laktoza monogidrati; makkajo‘xori kraxmali; natriy kroskarmelloza; povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi; magniy stearati;

Ta‘rifi:

Amlonon 10 mg – oq yoki deyarli oq rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar;

Amlonon 5 mg – oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq yuzali tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Asosan tomirlarga ta‘sir qiluvchi kalsiyning selektiv antagonistlari. Digidropiridin hosilalari.

ATX kodi: S08SA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Amlodipin – miokardga va silliq mushak xujayralariga kalsiy ionlarini kirishini bloklovchi kalsiy antagonistidir (digidropiridin hosilasi).

Amlodipinni antigipertenziv ta‘sir mexanizmi tomirlarning silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq.

Amlodipinni antianginal samarasini aniq mexanizmi yetarlicha o‘rganilmagan, ammo quyida keltirilgan samaralar muxim rol o‘ynaydi.

Amlodipin periferik arteriolalarni kengaytiradi va shu tarzda periferik qarshilikni pasaytiradi (postyuklama). Yurak ritmi turg‘un bo‘lib qolishi tufayli, yurakka yuklama kamaytirilganda energiya iste‘mol qilinishini va miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishiga olib keladi.

Shuningdek, asosiy koronar arteriyalar va koronar arteriolalarni (normal va ishemiyaga uchragan) kengayishi ehtimol amlodipinning ta‘sir mexanizmida rol o‘ynaydi. Bunday kengayishi koronar arteriyalar spazmi (Prinsmetall stenokardiyasi yoki variant stenokardiya) bo‘lgan pasientlarda miokardni kislorod bilan to‘yinishini oshiradi

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda preparatni sutkada 1 marta qo‘llanishi arterial bosimni 24 soat davomida yotgan holda ham, tik turgan holda ham klinik ahamiyatli pasayishini ta‘minlaydi. Amlodipin ta‘siri sekin boshlanishi sababli o‘tkir arterial gipotenziya odatda kuzatilmaydi.

Stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda preparatning sutkalik bir dozasi qo‘llanganida jismoniy yuklamaning umumiy vaqti, stenokardiya boshlangunigacha bo‘lgan vaqt va ST segmentining depressiyasi vaqti 1 mm gacha oshadi. Preparat stenokardiya xurujlarini tez-tezligini kamaytiradi va nitrogliserinni qo‘llash ehtiyojini kamaytiradi.

Amlodipin biron-bir nojo‘ya metabolik ta‘sirlar yoki qon plazmasida lipidlar darajasini o‘zgarishi bilan assosiasiyalanmaydi va astma, qandli diabet va podagrasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi mumkin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi/taqsimlanishi. Terapevtik dozalarda peroral qo‘llanganidan keyin amlodipin asta-sekin qon plazmasiga so‘riladi. O‘zgarmagan molekulaning mutloq biokiraolishligi taxminan 64-80% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga qo‘llanganidan keyin 6-12 soat davomida erishiladi. Taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ni tashkil qiladi; amlodipin kislotasining dissosiasiya konstantasi (rKa) 8,6 ni tashkil qiladi. Amlodipinni qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 97,5% ni tashkil qiladi.

Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish amlodipinni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi.

Metabolizmi/chiqarilishi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 35-50 soat. Qon plazmasida muvozanat konsentrasiyasiga preparat 7-8 kun uzluksiz qo‘llangandan keyin erishiladi. Amlodipin asosan nofaol metabolitlar hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Yuborilgan dozaning taxminan 60% siydik bilan, taxminan 10% o‘zgarmagan amlodipinni tashkil qiluvchi holda chiqariladi.

Keksa yoshdagi pasientlar. Plazmada amlodipinning muvozanat konsentrasiyaga erishish vaqti keksa yoshdagi pasientlarda va katta pasientlardagi kabi bir xil. Amlodipin klirensi odatda biroz pasaygan, keksa yoshli pasientlarda “konsentrasiya/vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonini (AUC) va preparatning yarim chiqarilish davrini oshishiga olib keladi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar. Amlodipin nofaol metabolitlargacha ekstensiv biotransformasiyaga uchraydi. 10% amlodipin o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Amlodipinni qon plazmasida konsentrasiyasini o‘zgarishi buyrak faoliyatining buzilish darajasi bilan mos kelmaydi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda amlodipinni odatdagi dozasini qo‘llash mumkin. Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar. Amlodipinni jigar faoliyati buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar chegaralangan. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda amlodipinning klirensi pasaygan, bu yarim parchalanish davri davomiyligi oshishiga va AUC taxminan 40-60% oshishiga olib keladi.

Bolalar. Odatda preparat qo‘llanganda 6 yoshdan 12 yoshgacha va 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga klirensi 22,5 va 27,4 l/soat muvofiq o‘g‘il bolalar uchun va 16,4 va 21,3 l/soat muvofiq qiz bolalar uchun tashkil qilgan. Turli pasientlarda ahamiyatli darajadagi ekspozisiyaning o‘zgaruvchanligi kuzatiladi. 6 yoshdan kichik pasientlarga nisbatan ma‘lumot chegaralangan.

Qo‘llanilishi

  • Arterial gipertenziya.
  • Surunkali stabil stenokardiya.
  • Vazospastik stenokardiya (Prinsmetall stenokardiyasi) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar. Arterial gipertenziya va stenokardiyani davolash uchun Amlonon preparatining odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 5 mg amlodipinni tashkil qiladi. Pasientning davolashga bo‘lgan reaksiyasiga qarab dozasini sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil etuvchi maksimal dozagacha oshirish mumkin.

Stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni monoterapiya sifatida ham nitratlarga va/yoki beta-blokatorlarning adekvat dozalariga rezistentlikda boshqa antianginal dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda preparatni tiazid diuretiklar, alfa–blokatorlar, beta–blokatorlar yoki angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan majmuada qo‘llash tajribasi mavjud.

Tiazid diuretiklar, beta-blokatorlar va angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda preparatning dozasini to‘g‘rilash zarurati yo‘q.

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan 6 yoshdan katta bolalar. Amlonon preparatining tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi bunday toifadagi pasientlar uchun sutkada 1 marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Agar 4 hafta davomida arterial bosimning zarur bo‘lgan darajasiga erishilmasa, dozani sutkada 5 mg gacha oshirish mumkin.

Ushbu toifa pasientlarida preparatning 5 mg dan yuqori dozalarini qo‘llash tekshiruvlari o‘tkazilmagan.

Keksa yoshdagi pasientlar. Ushbu toifadagi pasientlarda uchun dozani tanlash zarurati yo‘q. Dozani oshirishni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar. Preparatning odatdagi dozalarini qo‘llash tavsiya etiladi, chunki qon plazmasida amlodipinning konsentrasiyasini o‘zgarishi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasi bilan bog‘liq emas. Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar. Yengildan o‘rtacha og‘irlikdagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun preparatning dozasi aniqlanmagan, shuning uchun dozani tanlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish va qo‘llashni eng kam dozadan boshlash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Farmakologik xususiyatlari. Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon va limfatik tizimi tomonidan. Trombositopeniya, leykositopeniya.

Immun tizimi tomonidan. Allergik reaksiyalar.

Metabolizmni buzilishlari va alimentar buzilishlar. Giperglikemiya.

Ruxiyat tomonidan. Uyqusizlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi (jumladan xavotirlik), depressiya, ongni chalkashishi.

Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i (asosan davolashning boshida), charchoqlik, asteniya, tirishishlar, ko‘p terlash, tremor, disgevziya, sinkope, gipesteziya, parasteziya, gipertonus, periferik neyropatiya.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan. Ko‘rishni buzilishi (jumladan diplopiya), ko‘z yoshi oqishi.

Eshitish a‘zolari va labirint tomonidan. Quloqlarda shang‘illash.

Yurak tomonidan: yurak urishini tezlashishi, hansirash, ko‘krakda og‘riq. Boshqa kalsiy antagonistlarini qabul qilish vaqtidagi kabi, asosiy kasallikni: miokard infarkti, aritmiya (shu jumladan bradikardiya, qorincha taxikardiyasi va bo‘lmachalar xilpillashi), shuningdek to‘sh ortidagi og‘riqni oqibatidan ajratib bo‘lmaydigan tabiiy kechishi kam uchraydigan noxush ko‘rinishlar ta‘riflangan.

Qon tomir tizimi tomonidan. Yuzni qizarishi, qizish hissi, arterial gipotenziya, vaskulit, periferik shishlar.

Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar. Dispnoe, rinit, yo‘tal.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan. Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, dispepsiya, epigastral sohada diskomfort, og‘izni qurishi, ichak peristaltikasini buzilishi (shu jumladan qabziyat, diareya va meteorizm) pankreatit, gastrit, milklar giperplaziyasi.

Gepatobiliar tizimi tomonidan. Gepatitlar, sariqlik, jigar fermentlari darajasini oshishi (bu ko‘proq xolestaz bilan assosiasiyalangan).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan. Angionevrotik shish (Kvinke shishi), toshma, qichishish, ko‘p shaklli eritema, eshakemi, alopesiya, purpura, teri rangini o‘zgarishi, issiqlik hissi, ko‘p terlash, fotosezuvchanlik, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi.

Skelet-mushak apparati va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan. Boldirni shishi, artralgiya, mialgiya, mushaklarni tirishishi, belda og‘riq.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan. Sutkalik diurezni biroz oshishi, nikturiya, siydik ajralishini buzilishi, siyishni tezlashishi.

Reproduktiv tizimi va ko‘krak bezlari tomonidan. Ginekomastiya, jinsiy disfunksiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holat. Shish, charchoqlik, og‘riq, lohaslik, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.

Preparat bekor qilinganidan keyin nojo‘ya samaralari odatda butunlay yo‘qoladi.

Ekstrapiramid sindrom rivojlanishining ayrim holatlari haqida xabar bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Digidropiridinga, amlodipinga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga ma‘lum yuqori sezuvchanlik.
  • Og‘ir darajali arterial gipotenziya.
  • Shok (shu jumladan kardiogen shok).
  • Chap qorinchadan chiqish yo‘li obstruksiyasi (masalan, og‘ir darajali aorta stenozi).
  • O‘tkir miokard infarktidan keyingi gemodinamik nostabil yurak yetishmovchiligi.
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalarini amlodipinga ta‘siri.

CYP3A4 ingibitorlari. Amlodipinni va eritromisin kabi CYP3A4 ingibitorlari bir vaqtda kichik pasientlarda yoki diltiazem katta pasientlarda birga qo‘llanganida amlodipinni qon plazmasida konsentrasiyasi muvofiq 22% va 50% ga oshgan. Bu ma‘lumotlarning klinik ahamiyati noma‘lum. Kuchli CYP3A4 ingibitorlari (ketokonazol, intrakonazol, ritonavir) qon plazmasida amlodipin konsentrasiyasini diltiazemga nisbatan oshirishini istisno qilib bo‘lmaydi. Amlodipinni CYP3A4 ingibitorlari bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ammo bunday majmua qo‘llanganda o‘zaro ta‘sir bilan bog‘liq nojo‘ya samaralarini rivojlanishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

SUR3A4 induktorlari. SUR3A4 ni induktorlarini amlodipinga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q. Amlodipin va SUR3A4 induktorlari (masalan, rifampisin, dalachoy), hisoblangan moddalari bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida amlodipinning konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday majmualarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatning o‘zaro ta‘sirini klinik tekshiruvlari shuni ko‘rsatdiki, bisimetidin alyuminiy yoki magniy saqlovchi antasidlar va sildenafil qo‘llash amlodipin farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Dantrolen (infuziya). Hayvonlarda verapamil va dantrolen vena ichiga yuborilganidan keyin giperkaliemiya bilan assosiasiyalangan, o‘lim va yurak–qon tomir kollapsi bilan, qorinchalar fibrillyasiyasi kuzatilgan. Giperkaliemiyani rivojlanishi xavfi sababli kalsiy kanallarini blokatori, amlodipin kabi xavfli gipertermiyaga moyil pasientlarga va xavfli gipertermiyani davolashda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Amlodipinni boshqa dori vositalarga ta‘siri. Amlodipinning gipotenziv samarasi boshqa antigipertenziv vositalarning gipotenziv samarasini potensiyalaydi.

Preparatning o‘zaro ta‘sirini klinik tekshiruvlari shuni ko‘rsatdiki, amlodipin atorvastatin, digoksin, etanol (alkogol), varfarin va siklosporinlarning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llashni eng past dozadan boshlash kerak. Preparatni qo‘llashni boshida ham, dozani oshirish vaqtida ham ehtiyotkor bo‘lish kerak. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga dozani sekin tanlash va pasientni holatini sinchkov kuzatish zarur.

Davolashning butun davri davomida tana vazni va natriyni iste‘mol qilishni, muvofiq parhez buyurilishini nazorat qilish, shuningdek arterial bosimni har kuni nazorat qilish kerak.

Amlodipinni gipertonik xurujda qo‘llanishining xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.

Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi. Bunday toifa pasientlarda Amlononni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi. Amlononning yarim chiqarilish davri, boshqa kalsiy antagonistlariniki kabi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda oshadi. Shuning uchun bunday bemorlarda preparatni alohida ehtiyotkorlik va faqat shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda qo‘llanilishi Keksa yoshdagi pasientlarga preparatning dozalarini ehtiyotkorlik bilan oshirish yekrak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi. Bunday toifa bemorlarda Amlonon odatdagi dozalarda qo‘llanadi. Qon plazmasidagi amlodipinning konsentrasiyasini o‘zgarishi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasi bilan mos kelmaydi. Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi. Amlodipin laborator tekshiruvlar natijalariga ta‘sir qilmaydi.

Preparatni greypfrut mevasi yoki greypfrut sharbatlari bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ayrim pasientlarda biokiraolishligi oshishi mumkin, bu preparatning gipotenziv samarasini kuchayishiga olib keladi.

Preparatni qo‘llash davrida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Amlodipinni homiladorlik davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan.

Amlodipinni homiladorlik davrida faqat xavfsizroq muqobil davolash usuli yo‘qligida xavfsiz, kasallikni o‘zi bilan bog‘liq xavfi esa, homila va ona uchun davolashdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin.

Amlodipin ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum. Emizishni davom ettirish yoki amlodipinni qo‘llashni hal qilishda, bola uchun emizish foydasi va preparatni qo‘llashdan ona uchun foydasini baholash kerak.

Fertillik. Kalsiy kanallarining blokatori qo‘llanganida ayrim pasientlarda spermatozoid boshchasini bioximik qaytuvchan o‘zgarishlari haqida xabarlar berilgan.

Bolalar. Preparat 6 yoshdan katta bolalarda qo‘llanadi.

Amlodipinni 6 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagi arterial bosimga ta‘siri noma‘lum.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Amlonon avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz va o‘rtacha darajada ta‘sir qiladi. Ayniqsa davolashni boshida ehtiyotkor bo‘lish kerak.

Reaksiya tezligi bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi yoki ko‘ngil aynishi kabi simptomlar mavjudligida pasayishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni dozasini oshirib qasddan yuborilishi tajribasi chegaralangan.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: mavjud bo‘lgan ma‘lumot shuni ko‘rsatadiki, Amlonon preparatining dozasi ahamiyatli oshirib yuborilganda haddan ziyod periferik vazodilatasiyaga, va ehtimol, reflektor taxikardiyaga olib kelishi mumkin. Ahamiyatli va davomiy tizimli gipotenziya, shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi shok rivojlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan.

Davolash: amlodipinni dozasini oshirib yuborilishi bilan chaqirilgan klinik ahamiyatli gipotenziya, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini, shu jumladan yurak va o‘pka faoliyatining ko‘rsatkichlarini monitoringi, oyoq va qo‘llarni ko‘tarishni, aylanib yurgan suyuqlik hajmi va siydik ajralishini tutib turishni talab qiladi.

Tomir tonusini va arterial bosimni tiklash uchun qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlari yo‘qligi haqida iqror bo‘lgan holda tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin. Kalsiy glyukonatini vena ichiga qo‘llanishi kalsiy kanallari blokadasini samarasini nivelirlanishi uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Ayrim hollarda me‘dani yuvish foydali bo‘lishi mumkin. Sog‘lom ko‘ngillilarda 10 mg amlodipin yuborilgandan keyin 2 soat davomida faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llaganda uning so‘rilish darajasini ahamiyatli kamaytirgan.

Amlodipinni ahamiyatli darajada qon plazmasining oqsillari bilan bog‘lanishi sababli gemodializni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1, 2 yoki 3 blister qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMLONON tabletkalari 10mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMLONON tabletkalari 10mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMLONON tabletkalari 10mg N20 dori vositasi Фармак, ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMLONON tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMLONON tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASOMEKS 5 tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
AMLOSIM tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
ADIPIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ADIPIN tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
STAMLO tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
STAMLO tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
KORONIM tabletkalari 10mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 5mg N30
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
AMLODIPIN tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
TENZAL tabletkalari 5mg N30
TENZAL tabletkalari 10mg N30
NORMODIPIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
AMLORUS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AMLORUS tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
AMLONON tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
AMLONON tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
S AMLOVEL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
S AMLOVEL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
ASOMEKS 2,5 tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
AMLOSIM tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
AMADEY 5 tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 32 200 so'mdan Batafsil
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лек д.д
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лек д.д
NORVASK 0,01 tabletkalari 0,01g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Р-Фарм Германия ГмбХ
NORVASK 0,005 tabletkalari 0,005g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Р-Фарм Германия ГмбХ
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DIALIPON TURBO infuziya uchun eritma 50ml 1,2% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 43 800 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 40mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 2 400 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75%
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75%
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,2g N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,1g N30
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 200mg/ml N1
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 300mg/ml N1
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,1%
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,05%
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 24mg N30
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 16mg N30
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
LIRA eritma 30ml 100mg/ml
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 700 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 5ml 2%
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2%
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9