×
×
  • ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Novopharma plus, СП ООО
ATX kodi:
- N02BB02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 500 s`om dan
24 000 s`om dan
SEFEKON D suppozitorii 50mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
7 000 s`om dan
FLYUKOLD – N tabletkalari N200 Nabros Pharma Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANALGIN

ANALGINUM

Preparatning savdo nomi: Analgin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metamizol natriy

Dori shakli: tabletka

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: analgin – 0,5 g;

yordamchi moddalar:kartoshka kraxmali, kalsiy stearat 1-suvli  yoki stearin kislotasi yoki magniy stearati 1-suvli.

Ta‘rifi: oq yoki biroz sarg‘ish rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik.

ATX kodi: N02BB02

Farmakologik xususiyatlari

Og‘riqni qoldiruvchi, haroratni tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir qiladi. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenazalar (SOG-1 va SOG-2) ni noselektiv ingibisiya qilinishi tufayli prostoglandinlar, hamda og‘riq chaqiruvchi endogen substansiyalar (endopraksidlar, bradikininlar va boshqalar) sintezini susaytirishi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, preparat og‘riq impulslarini o‘tishiga to‘sqinlik qiladi va talamus darajasida og‘riqni sezish pog‘onasini oshiradi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin preparat me‘da-ichak yo‘lida gidrolizlanadi, so‘ngra absorbsiyalanadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Plazmada samarali konsentrasiyasiga 20-40 minutdan keyin erishiladi, maksimal konsentrasiyaga esa qabul qilgandan 2 soatdan keyin erishiladi.

Qo‘llanilishi

Kuchsiz va o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan turli sababli og‘riq sindromlari (nevralgiya, mialgiya, jarohatlardan keyingi og‘riq, bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, menalgiyalar), infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitmada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi.

Kattalarga 0,25-0,5 g dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Maksimal dozalari: bir martalik  – 1 g, sutkalik – 3 g tashkil qiladi.

Bolalar uchun bir martalik doza yoshiga bog‘liq bo‘lib, 6-7 yoshli bolalar uchun – 0,125 g (chorak tabletka); 8-14 yoshli bolalar uchun – 0,25 g (yarim tabletka) tashkil qiladi; sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (teri toshmalari, Kvinke shishi, kam hollarda – anafilaktik shok); uzoq vaqt qo‘llanilganda leykopeniya bo‘lishi mumkin, kam hollarda – agranulositoz, trombositopeniya.

Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: darhol bo‘ladigan yuqori sezuvchanlik reaksiyasini turi bilan bog‘liq bo‘lmagan,  arterial  bosimini keskin tushib ketishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: oliguriya, anuriya, proteinuriya bilan namoyon bo‘ladigan buyrak faoliyatini o‘tuvchan buzilishlari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga, pirazolon hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Periferik qon tarkibining o‘zgarishlari: agranulositoz, leykopeniya.

Qon kasalliklari: har qanday etiologiyali anemiya, sitostatik yoki infeksion neytropeniya.

Homiladorlik, emizish davri.

Jigar va buyrak funksiyasini (porfirin almashinuvining) yaqqol o‘zgarishlari.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma yetishmovchiligi.

Bronxial astma.

O‘tkir jarrohlik patologiyasiga gumon qilinganda.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etanol – etanolning samarasini kuchaytiradi.

Xlorpromazin yoki fenotiazinning boshqa hosilalari – bir vaqtda qo‘llash yaqqol gipotermiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Rentgenokontrast moddalar, kolloid qon o‘rnini bosuvchilar va penisillinni – analgin bilan davolash vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Siklosporin – bir vaqtda buyurilganida siklosporinning qondagi konsentrasiyasi kamayadi.

Peroral gipoglikemik dori vositalari, bilvosita antikoagulyantlar, glyukokortikosteroidlar va indometasin – analgin oqsil bog‘idan siqib chiqarib, ularning faolligini oshiradi.

Fenilbutazon, barbituratlar va boshqa gepatoinduktorlar bir vaqtda buyurilganida analginning samarasini kamaytiradi.

Nonarkotik analgetiklar, trisikllik antidepressantlar, kontraseptiv gormonal dori vositalari va allopurinol – analginni bu preparatlar bilan birga qo‘llash, uning zaharliligini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Sedativ vositalar va trankvilizatorlar (sibazon, trioksazin, valokordin) – Analginning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Tiamazol va sarkolizin – leykopeniyani rivojlanish xavfini oshiradi.

Kodein, H2-gistaminoblakatorlar va propranolol – analginning samarasini kuchaytiradi.

Preparat sulfanilamidli qandni pasaytiruvchi preparatlar (gipoglikemik ta‘siri kuchayadi) va diuretiklar (furosemid) bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bolalarda qo‘llanganida doimiy shifokor nazorati o‘tkazilishi lozim.

Periferik qonning sifat va miqdoriy tarkibini nazorat qilish lozim. Tana haroratini sababsiz oshishi, etni uvishishi, tomoq og‘riqlari, yutishni qiyinlashishi, stomatit aniqlanganda, vaginit yoki proktit rivojlanganida preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.

Qorinda o‘tkir og‘riqni yo‘qotish uchun (sababi aniqlangunicha) preparatni qo‘llash mumkin emas.

Buyrak kasalliklarida (pielonefrit, glomerulonefrit), allergik kasalliklarda va uzoq muddatli alkogolli anamnezda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Analgin qo‘llanganida metabolitini ajralib chiqishi tufayli siydik qizil rangga bo‘yalishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Bolalar. Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, oliguriya, anuriya, gipotermiya, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, hansirash, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, holsizlik, alahsirash, ongni buzilishi, o‘tkir agranulositoz, o‘tkir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, gemorragik sindrom, tirishishlar, nafas mushaklarining falaji rivojlanishi mumkin.

Davolash: qusishni chaqirish, me‘dani zond yordamida yuvish, tuzli surgi vositalari, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish kerak, jadallashtirilgan diurezni, og‘ir hollarda esa – gemodializni o‘tkazish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

0,5 g dan tabletkalar №10.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5 dori vositasi Novopharma plus, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 2,5% N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N5
Narh: 2 195 so'mdan Batafsil
MAGNIYA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 25% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N5
Narh: 2 576 so'mdan Batafsil
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N10
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N5
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DROTAVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N5
Narh: 6 400 so'mdan Batafsil
KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N5
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
GLYUKOZA inyeksiya uchun eritma 5ml 40% N5
VINPOSETIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 0,5% N5
SEFAZOLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g
SULTAMISILLIN NOVO poroshok 0,75g N5
NOVOBAKTAM poroshok 1,0g N5
LIDOKAIN NOVO inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N10
ANALGIN NOVO inyeksiya uchun eritma 1ml 50% N10
FORSIM poroshok 0,5g N1
NOVOZIDIM poroshok 0,5g N1
KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N10
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novopharma plus, СП ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NATRIYA TIOSULFAT inyeksiya uchun eritma 10ml 30% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novopharma plus, СП ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
GEPA NOVO inyeksiya uchun eritma 10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novopharma plus, СП ООО
SEFRAZON-AT poroshok 2,0 g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novopharma plus, СП ООО
Другие формы препарата
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
ANALGIN XININ tabletkalari N20
ANALGIN tabletkalari 0,5g N20
ANALGIN tabletkalari 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
ANALGIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
ANALGIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
ANALGIN REMEDY tabletkalari 500mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9