13 400 s`om dan
Dorixonalardan izlashILOVA-VARAQA
(Istemolchilar uchun ma‘lumot)
ANTI-KOLD
Preparatning savdo nomi: Anti-Kold.
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol (raracetamol), fenilefrin gidroxloridi (rhenylephrine hydrochloride), xlorfeniramin maleati (shlorpheniramine maleate).
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: asetaminofen (parasetamol) – 325 mg, fenilefrin gidroxloridi – 5 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, povidon, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati.
Ta‘rifi: dumaloq, yassi yuzali, oq rangli, bir tomonida riskali va ikki tomonida faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik. N1-gistamin reseptorlar antagonisti. simpatomimetik.
ATX kodi: R05X
Farmakologik xususiyatlari
Anti-Kold og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, allergiyaga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi (arteriolalarning torayishini chaqiradi) ta‘sirga ega.
Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz ifodalangan yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizm prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qilinishi va gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘siri bilan bog‘liq.
Xlorfeniramin maleati antiallergik ta‘sir ko‘rsatadi (ko‘z yoshini oqishi, burun va ko‘zlardagi qichishishni bartaraf qiladi).
Fenilefrin gidroxloridi ko‘proq yuqori nafas yo‘llarining qon tomirlariga nisbatan tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi (ko‘p shilliq hosil bo‘lishini va burun shilliq qavatining shishini kamaytiradi).
Anti-Kold qachon qabul qilinishi kerak?
Anti-Kold quyidagilar bilan birga kechuvchi gripp va shamollashni simptomatik davolash uchun qo‘llanishi mumkin:
Anti-Kold qanday qabul qilinishi kerak?
Preparat qo‘llanganida qanday noxush samaralari nomoyon bo‘lishi mumkin?
Kam hollarda toshma, qichishish; charchoqlik hissi, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, ko‘rishning buzilishi, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq kuzatilishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.
Qanday hollarda preparatni qabul qilish mumkin emas?
Agar Sizda ilgari preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik aniqlangan bo‘lsa, Anti-Koldni qabul qilish mumkin emas.
Anti-Koldni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Agarda Sizda quyidagilar bo‘lsa shifokorga xabar berish kerak?
Preparat qabul qilishni bekor qilish yoki shifokorga murojaat qilish kerak, agar:
Bu haqida bilish kerak!
Anti-Koldni homiladorlik davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida, emizishni vaqtincha to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Keksalarga, jigar kasalliklari bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, shuningdek preparatni uzoq muddat qabul qilish mumkin emas (isitmani davolash uchun – 3 kundan ko‘p emas, og‘riqni – 5 kundan ko‘p emas), chunki har bir faol modda chaqirgan nojo‘ya samaralarining rivojlanishining xavfi oshadi.
Anti-Kold preparati bilan bir vaqtda asetaminofen (parasetamol) va boshqa shamollashga qarshi preparatlarni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Anti-Kold preparatini MAO ingibitorlarini (izokarboksazid, fenelzin, tranilsipromin) qabul qilish tugaganidan keyin kamida 14 kun o‘tgach qo‘llash mumkin.
Anti-Kold sedativ ta‘sirga ega preparatlar (trankvilizatorlar, trisiklik antidepressantlar, allergiyaga qarshi, tirishishga qarshi preparatlar, mushak relaksantlari, alkogol) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu dori vositalarining nojo‘ya samaralarini, ayniqsa uyquchanlikni rivojlanish xavfi oshadi.
Anti-Kold preparatini beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agarda Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorga xabar bering.
Doza oshirib yuborilganida qanday simptomlar bo‘lishi mumkin?
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohasida og‘riq; og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.
Davolash: simptomatik. Boshida me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish tavsiya etiladi.
Preparatni qanday sharoitlarda saqlash kerak?
Preparatni bolalar ololmaydigan, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S haroratda saqlash kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.
20 tabletka saqlovchi (10 tabletkadan 2 blister) karton qutida.
Saqlash muddati
Yaroqlilik muddati – 4 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz beriladi.