×
×
  • Antioksikaps s yodom

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Antioksikaps s yodom

Kategoriya:
- Vitaminlar
Faol modda:
Поливитамины
ATX kodi:
- A11BA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
NEVRALON tabletkalari N20 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
55 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Antioksikaps s yodom qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANTIOKSIKAPS S SINKOM

ANTIOXYCAPSUM ZINCA

 

Preparatning savdo nomi: Antioksikaps s sinkom

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: beta-karotinning moydagi 30% suspenziyasi ko‘rinishida – 6 mg, a-tokoferilasetati – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, rux oksidi ko‘rinishida rux –
8 mg.

Yordamchi moddalar: kungaboqar moyi, asalari mumi, tozalangan lesitin.

Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, titan dioksidi,

bo‘yovchi: qizil bo‘yovchi Ye129.

Ta‘rifi: uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – qizil rangli, achimagan hidli moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlanishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar minerallar bilan.

ATX kodi: A11JB.

Farmakologik xususiyatlari

“Antioksikaps s sinkom” ning farmakologik faolligi unda saqlanuvchi quyidagi vitaminlarning majmuaviy ta‘siri belgilaydi: askorbin kislotasi, alfa-tokoferilasetati, beta-karotin va rux.

Askorbin kislotasi organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda qatnashadi, qon ivishini oshiradi, to‘qimalar regenerasiyasini, steroid gormonlar, kollagen va prokollagen sintezini kuchaytiradi, temirning so‘rilishini yaxshilanishiga yordam beradi. U organizmning moslashish imkoniyatlarini oshiradi va uning infeksiyalarga bo‘lgan qarshiligini kuchaytiradi.

a-Tokoferilasetati organizmda yog‘larni oksidlanishini va ulardan zaharli perekislar hosil bo‘lishini ingibirlaydi, to‘yinmagan yog‘ kislotalaridagi bog‘larning mustahkamligini turg‘unlashtiradi. U eritrositlar, endoteliositlar, enterositlar va boshqalar membranalarining tuzilmasi va faoliyatini normallashtiradi. Tokoferol kollagen, gem va oqsillar biosintezida ishtirok etadi, to‘qimalar nafas olishini tartibga solishda va hujayra metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida qatnashadi. U gonadotropinlar hosil bo‘lishini, spermatogenezni, urug‘lantirilgan tuxum, yo‘ldosh rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Beta-karotin antioksidant, immunomodullovchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, uni faol kislorodni bog‘lash qobiliyati hisobiga va, shunday qilib, tashqi muhitni noxush omillarini ta‘siri yoki organizmda patologik jarayonlar rivojlarishida katta miqdorda hosil bo‘ladigan erkin radikallar tomonidan xujayra strukturasini buzilishini himoya qiladi.

Rux V guruhi vitaminlarini yaxshiroq o‘zlashtirilishi va ta‘siriga yordam beradi, pankreatik shiraning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, endokrin boshqarish, ruxiy reaksiyalarni shakllanishida, qator gormonlarni, shu jumladan jinsiy a‘zolarning ham gormonlarini hosil bo‘lishida qatnashadi. U shuningdek organizmning biokimyoviy reaksiyalarida, qon hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadi. Rux xujayralar membranasini himoyalovchi va turg‘unlashtiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi, nuklein kislotalari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlarni metabolizmida, shuningdek immunokompetent xujayralarning o‘zaro ta‘siri jarayonlarida qatnashadi.

Qo‘llanilishi

“Antioksikaps s sinkom” preparati polivitamin antioksidant sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda ko‘rsatilgan:

  • vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va rux ionlarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;
  • organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
  • yuqori jismoniy va ruxiy buzilishlarda;
  • davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shu jumladan infeksion, kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
  • turli etiologiyali astenik holatlarda;
  • alkogolli abstinent sindromini va nikotinga qaramlikni majmuaviy davolashda;
  • muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.

Qo‘llash usuli va dozalari

“Antioksikaps s sinkom” ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi.

Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi.

Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi.

Davolash maqsadida “Antioksikaps s sinkom”ning dozasini shifokor patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasini, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga va ruxga bo‘lgan talabini hisobga olib belgilaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmaydi.

Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaksiyalar, mis tanqisligi, anemiya rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kortikosteroid preparatlari, tetrasiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga qo‘llanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi.

Tokoferol tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalar samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarning perekisli oksidlanishi mahsulotlarining miqdorini oshishi aniqlangan.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sutli mahsulotlarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak, chunki bunda ruxning ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘rilishi tormozlanadi.

Spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish lozim.

Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi.

Sutkalik norma oshirilganida “Antioksikaps s sinkom” qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospesifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

Chiqarilish shakli

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2, 3 yoki 4 kontur uyali o‘ramdan qutida.

Saqlash sharoiti

Namliklan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Antioksikaps s yodom dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Antioksikaps s yodom dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Antioksikaps s yodom dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
METOVITAN kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Поливитамины ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 61 000 so'mdan Batafsil
REVIT draje N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Поливитамины ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
Narh: 7 300 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ANTIOKSIKAPS S YODOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S JELEZOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S SINKOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S SELENOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9