×
×
  • ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO
ATX kodi:
- R02АА20
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 155 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 28 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

DORITRISIN tabletkalari N10 Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ Germaniya
60 000 s`om dan
TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
ANGINOVAG sprey 10ml Ferrer Internacional S.A. Ispaniya
73 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANZIBEL®

ANZIBELUM

Preparatning savdo nomi: Anzibel®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): xlorgeksidin gidroxloridi, benzokain, enoksolon

Dori shakli: shimish uchun tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;

yordamchi moddalar:

asal va limon ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, asal va limon aromatizatorlari;

mentol ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, mentol aromatizatori;

qizilmiya ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, qizilmiya aromatizatori;

zanjabil ta‘mli – sorbitol, kaliy asesulfami, magniy stearati, titan dioksidi, talk, zanjabil quruq ekstrakti.

Ta‘rifi:

Oq rangidan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, asal va limon ta‘mli tabletkalar.

Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, mentol ta‘mli va hidli tabletkalar.

Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, qizilmiya ta‘mli va hidli tabletkalar.

Oq rangli va yuzasida sezilarsiz dog‘lari bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, zanjabil ta‘mli va hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: LOR a‘zolarining kasalliklarini davolash uchun vositalar.

ATX kodi: R02AA20

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Preparat xlorgeksidinning antiseptik ta‘siri, enoksolonni lunjlar va halqumning shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi samarasi, shuningdek benzokainning mahalliy anesteziyalovchi samarasiga ega. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatlarining ta‘sirlanishini yoki qurishini chaqirmaydi. Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni ko‘pchilik shtammlariga nisbatan bakterisid va bakteriostatik ta‘sirga ega. Achitqi zamburug‘larga, dermatofitlar, lipofil viruslarga nisbatan ham faol.

 

Farmakokinetikasi

Benzokain shilliq qavat va shikastlangan teri orqali yaxshi so‘riladi, qon plazmasi va kam darajada jigar esterazalari bilan gidrolizlanadi.

Xlorgeksidin teri, shilliq qavat va boshqa to‘qimalar bilan yaxshi bog‘lanadi va shuning uchun kam so‘riladi. Ichga qabul qilingandan keyin qonda aniqlanmaydi.

Enoksalon kortizolni faolsizlantiruvchi fermentni susaytiradi, bu orqali birga qo‘llanganda gidrokortizonning teriga ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va halqumning infeksion-yallig‘lanish jarayonlarning (engil va o‘rtacha) mahalliy belgilarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash  usuli va dozalari

Tabletkalarni chaynamasdan og‘izda sekin shimish lozim.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya qilinadigan doza1 tabletkadan buyuriladi. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq 2-3 soatni tashkil qiladi . Maksimal sutkalik doza 8 tabletkani tashkil qiladi.

6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 1 tabletkadan. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq             4-5 soatni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 6 tabletkani tashkil qiladi .

Tavsiya qilinadigan davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda – allergik reaksiyalar (teri toshmasi) va ovqat hazm qilish buzilishlari (ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq) kuzatiladi. Pasientlarning tishlarida dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.

Kam hollarda – davolashni davom ettirilganida o‘tib ketuvchi ta‘mning buzilishi paydo bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga va boshqa mahalliy anesteziyalovchi preparatlarga yuqori sezuvchanlik.

Fenilketonuriyasi bo‘lgan, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xlorgeksidin boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularni faolsizlanishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sportchilarda qo‘llanganida preparatning  tarkibiga benzokain kirishini hisobga olish kerak, uning bo‘lishi doping-nazoratda ijobiy natija berishi mumkin. Preparatni samaradorligi organik substansiyalar (qon plazmasi) va fosfolipidlar ishtirokida qisman pasayishi mumkin.

Preparatni bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Har bir tabletka shirin ta‘m beruvchi sifatida sorbitol saqlaydi. Sorbitol ayrim xollarda me‘daning ta‘sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin. Shirin ta‘m beruvchi sifatida kaliy asesulfami saqlashi tufayli, kaliyning so‘rilishi buzilgan pasientlarga buyurish havfli.

Peroral qabul qilinganida kaliyning miqdorini oshishi me‘daning ta‘sirlanishini va diareyaning sababchisi bo‘lishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida yoki uzoq muddat qo‘llanganida shishlar va gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin.

 

 

Chiqarilish shakli

«Anzibel®», asal va limon ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.

«Anzibel®», mentol ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.

«Anzibel®», qizilmiya ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.

«Anzibel®», zanjabil ta‘mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30 dori vositasi Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SINEGRA LONG tabletkalari N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO
SINEGRA LONG tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
OSELTAMIVIR NOBEL kapsulalar 75 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
ZEPRIN tabletkalari 200 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO
VOKSABAN 20 tabletkalari N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO
VITAMIN S NOBEL tabletkalari so vkusom limona 250 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП OOO
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9