×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TONZIPRET tomchilar 50ml

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Og‘iz-halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.
Faol modda:
гваякум, капсикум, фитолакка
Ishlab chiqaruvchi:
- Bionorica SE
Vakil:
- Bionorica SE
ATX kodi:
- R02AH20
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 52 ta dorixonasida topildi

ico 63 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 105 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 90 900 s`om dan

Bron qilish
Yaroqlilik muddati (oy) 48
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ичга қабул қилиш учун гомеопатик томчилар 50 мл дан флаконларда.
Tarkibi:

10 g (10,9 ml mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi:


Faol moddalar:


Capsicum annuum D4 4 g,


Guaiacum D4 4 g,


Phytolacca americana D1 2 g.


Ushbu dori vositasi 53-57% etanol (x/x) saqlaydi.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar

50 ml dan vertikal dozalovchi tomchilagich moslamali va buraladigan qopqoqli to‘q shisha flakonlarda.

Flakonga o‘z yopishadigan etiketka yopishtiriladi. Bitta flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar

10 g (10,9 ml mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Capsicum annuum D4 4 g, Guaiacum D4 4 g, Phytolacca americana D1 2 g. Ushbu dori vositasi 53-57% etanol (x/x) saqlaydi.
Ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy gomeopatik preparatdir.

Taqdim etilmagan.
Barcha dori vositalari kabi, preparat noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin, ular har bir holatda ham namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Noxush reaksiyalar tez-tezligining miqdoriy mezonlari va a’zolar-tizimi sinfi va ularni yuzaga kelish tez-tezligiga muvofiq noxush reaksiyalar tasnifi (Nojo‘ya ko‘rinishlar tez-tezligini aniqlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam xollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam xollarda (< 1/10000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)
Noma’lum:

- ko‘ngil aynishi, me’da tomonidan buzilishlar kabi me’da-ichak yo‘llari buzilishlari

- mahalliy allergik reaksiyalar.

Izoh: sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.

Gomeopatik preparatlarni qabul qilish mavjud shikoyatlarni yomonlashishini (boshlang‘ich yomonlashishni) chaqirishi mumkin. Bunday holatda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Retseptsiz.
Doimiy, noaniq simptomlar bo‘lganida yoki yangi simptomlar paydo bo‘lganida, shuningdek uch kundan ortiq saqlanadigan yoki 39°C dan yuqoriga oshadigan yuqori tana haroratida shifokorga murojaat etish kerak.

Ushbu tibbiy preparat 53-57 % (x/x) etanol saqlaydi. Alkogolizmi bo‘lgan yoki alkogolizmdan davolashni muvaffaqiyatli yakunlagan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgandan yuqoriroq dozalarda qabul qilgan bolalarda va jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar kabi yuqori xavf guruhidagi patsiyentlarda alkogol saqlashini e’tiborga olish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi

Homilador ayollarda Tonzipret® preparatini qo‘llash haqida ma’lumotlar mavjud emas. Xavfsizlik maqsadida homiladorlik vaqtida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Tonzipret® preparatining faol komponentlari ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum. Emizikli bola uchun xavfni inkor etish mumkin emas. Emizish davrida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Bolalar

1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret® tomchilarini qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh: Tonzipret® tomchilari o‘zlashtiriladigan uglevodlarning (SЕU) ahamiyatli miqdorini saqlamaydi.

Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Og‘iz-halqumning yallig‘lanishli kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasidir. Gomeopatik qo‘llash doirasi sohasi tomoq yoki bodomsimon bezlarini o‘tkir yallig‘lanishi (tonzillit)ni o‘z ichiga oladi.

 Preparatning ta’sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

 Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir holatlari noma’lum.

Umumiy izoh:

Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek chekish, kimyoviy stimulyatorlar, kofe va alkogolni iste’mol qilish gomeopatik dori vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha preparatlarni qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 6 oygacha.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Tiniq, biroz sarg‘ish rangli suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralashishi va cho‘kma tushishi mumkin.
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, tavsiya etilgan dozasi quyidagicha hisoblanadi:


Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar:
Kasallikning o‘tkir davrida 5 tomchidan har 30-60 minutda, ammo sutkada 6 martagacha,
Va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 5 tomchidan kuniga 1-3 marta buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Kasallikning o‘tkir davrida har 30-60 minutda 3-4 tomchidan, ammo sutkada 6 martagacha (maksimum sutkada 20 tomchi),
Va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 3-4 tomchidan (maksimum sutkada 10 tomchi) kuniga 1-3 marta buyuriladi.

1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Kasallikning o‘tkir davrida har 30-60 minutda 2-3 tomchidan (maksimum sutkada 15 tomchi), ammo sutkada 6 martagacha,
Va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 2-3 tomchidan (maksimum sutkada 7 tomchi) kuniga 1-3 marta buyuriladi.

Simptomlar yaxshilanganda qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak.

Tomchilarni og‘izda bir muncha vaqt tutib turib suyultirilmagan ko‘rinishda yoki oz miqdordagi suvda suyultirib qabul qilish kerak.
Bolalarga preparatni suv bilan suyultirilgan holda qabul qilish tavsiya etiladi.
Har qanday dori preparati kabi, gomeopatik vositalarni dastlab shifokor bilan maslahatlashmasdan uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.

1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret® tomchilarini qo‘llash mumkin emas.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh: Tonzipret® tomchilari o‘zlashtiriladigan uglevodlarning (SЕU) ahamiyatli miqdorini saqlamaydi.
Dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.

Davolash simptomatik.
Homilador ayollarda Tonzipret® preparatini qo‘llash haqida ma’lumotlar mavjud emas.
TONZIPRET tomchilar 50ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TONZIPRET®

TONZIPRET

 

Preparatning savdo nomi: Tonzipret®

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar

Tarkibi:

10 g (=10,9 ml) Tonzipret tomchisi quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

achchiq qalampir (Capsicum Dil.D4)            – 4,0 g

gvayak daraxti (Guaiacum Dil.D4)               – 4,0 g

amerika lakonosi  (Phytolacca Dil.D1)      – 2,0 g

Ushbu dori vositasi 55% alkogol (nisbiy hajmda) saqlaydi.

Ta‘rifi: tiniq, biroz sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.

ATX kodi: R02A.

Farmakologik xususiyatlari

Keltirilmagan, chunki gomeopatik preparatlarining farmakologik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma‘lumot gomeopatik davolash konsepsiyasiga muvofiq emas, shuning uchun German Commission D monografiyasining bir qismi hisoblanmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Taqdim qilinmagan.

 

Qo‘llanilishi

Og‘iz halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositadir. Gomeopatik qo‘llash doirasi sohasi o‘z ichiga: tomoq yoki bodomsimon bezlarining o‘tkir yallig‘lanishi (tonzilit) ni o‘z ichiga oladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa odatdagi dozalari quyidagicha:

Yoshi O‘tkir kasalliklar Surunkali kasalliklar
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 5–10 tomchidan har 30 yoki 60 minutda, ammo kuniga 12 martadan ko‘p emas 5–10 tomchidan kuniga

1–3 marta

6-11 yosh bo‘lgan bolalar 5–10 tomchidan kuniga 8 martadan ko‘p emas 5–10 tomchidan kuniga

2 martadan ko‘p emas

1-5 yosh bo‘lgan bolalar 5–10 tomchidan kuniga 6 martadan ko‘p emas 5–10 tomchidan kuniga

1–2  martadan ko‘p emas

Tomchilarni, yoki suyultirilmagan holda bir muncha vaqt og‘izda tutib turib, yoki oz miqdordagi suv bilan suyultirib qabul qilish kerak.

Bolalarga preparatni suvda suyultirilgan holda qabul qilish tavsiya qilinadi.

Dozalashda flakonni vertikal holda ushlang!

Qo‘llashning davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Agar shikoyatlar preparat 1-2 hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi preparat ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi. Nojo‘ya samaralarni baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma‘lumotlar olinadi:

Juda tez–tez: Davolashni o‘tkazgan 10 pasientdan 1 dan ko‘pida

Tez–tez: Davolashni o‘tkazgan 100 pasientdan 1 dan 10 gachasida

Ba‘zida: Davolashni o‘tkazgan 1000 pasientdan 1 dan 10 gachasida

Kam: Davolashni o‘tkazgan 10000 pasientdan 1 dan 10 gachasida

Juda kam: Davolashni o‘tkazgan 10000 pasientdan 1 dan kamida

Noma‘lum: Mavjud ma‘lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas.

Izoh: Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Kam hollarda ko‘ngil aynishi yoki me‘dada buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari juda kam paydo bo‘ladi.

Gomeopatik preparat qabul qilinganida mavjud bo‘lgan buzilishlar zo‘rayishi mumkin (gomeopatik aggravasiya). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning ta‘sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Homiladorlik va laktasiya.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sir hollari noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ushbu dori vositasi 55% (hajm nisbatida) alkogol saqlaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang.

Bolalar

Tonzipret tomchilarini 1 yoshdan kichik bolalar qabul qilishi mumkin emas, chunki bu yosh guruhida qabul qilinishi to‘g‘risida muvofiq tekshirishlar yo‘q.

Agar shikoyatlar yo‘qolmasa, yangilari paydo bo‘lsa, shuningdek 3 kun davomida tana harorati 39°S va undan yuqori bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh: Tonzipret® tomchilari non birligini (NB) saqlamaydi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari noma‘lum.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar 30 ml, 50 ml va 100 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Preparatni yorug‘likdan himoyalash uchun original o‘ramida, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 12 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptciz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TONZIPRET tomchilar 50ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TONZIPRET tomchilar 50ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TONZIPRET tomchilar 50ml dori vositasi Bionorica SE tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TONZIPRET tomchilar 50ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TONZIPRET tomchilar 50ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
TONZIPRET tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: гваякум, капсикум, фитолакка ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 100ml
Narh: 92 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 50ml
Narh: 38 659 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Narh: 93 000 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: гваякум, капсикум, фитолакка ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tomchilar 50ml
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N60
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N90
Другие формы препарата
TONZIPRET tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: гваякум, капсикум, фитолакка ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9