×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Арипипразол
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharmaceuticals PLC
ATX kodi:
- N05AX12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50 Rusan Pharma Ltd Hindiston
VALERIANI nastoyka 40ml Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
5 500 s`om dan
BIOPASSIT sirop 100ml BioMedicare Pvt. Ltd., Индия произведено: Multani Pharmaceuticals Ltd Hindiston
50 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

ARIPEGIS®

tabletka 10 mg, tabletka 15 mg

(aripiprazol)

 

Ushbu preparatni qabul qilishdan oldin bu tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing.

  • Bu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. Ehtimol, uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu dori vositasi aynan Sizga buyurilgan, uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. U ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin, hatto agar ularda Sizdagiga o‘xshash simptomlar kuzatilsa ham.
  • Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara kuzatilsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqda shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering (4-bo‘limga qarang).

Bu yo‘riqnomaning mazmuni:

  1. Aripegis® preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Aripegis® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimani bilish kerak
  3. Aripegis® tabletkasini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
  5. Aripegis® tabletkasini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ramning ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Aripegis® preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Aripegis® antipsixotik vositalar deb nomlanuvchi preparatlar guruhining vakili hisoblanadi.

U gumonsirash, mavjud bo‘lmagan narsalarni eshitish, ko‘rish yoki sezish qobiliyatiga ega, xato ishonch, bema‘no nutq va hatti-harakat, shuningdek emosional sferani qashshoqlashishi bilan xarakterlanadigan kasallikka chalingan kattalar va 15 yosh va undan katta o‘smirlarni davolash uchun qo‘llanadi. Ushbu holatdagi odamlar tushkunlik, ayb, xavotirlik yoki tanglikni his qilishlari mumkin.

Aripegis® shuningdek haddan tashqari ko‘tarinkilik, serg‘ayratlik, odatdagiga qaraganda uyquga bo‘lgan ehtiyojni kamayishi, jadal fikrlar bilan tez nutq, ba‘zida yaqqol ta‘sirchanlik bilan xarakterlanadigan holatlari bo‘lgan kattalar va 13 yosh va undan katta o‘smirlarni davolash uchun ham qo‘llanadi. Preparat shuningdek ba‘zida Aripegis® preparati bilan davolashda sezuvchan pasientlarda ushbu holatlarni qaytalanishini oldini oladi.

  1. Aripegis® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimani bilish kerak

Aripegis® preparatini qabul qilmang

  • agar Sizda aripiprazol (preparatning faol moddasi) yoki 8-bo‘limda keltirilgan har qanday yordamchi moddalarga allergiya bo‘lsa.

Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Aripegis® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing yoki agar Sizda quyidagilar kuzatilsa:

  • Qonda qand miqdori yuqori bo‘lsa (yuqori chanqoqlik, ko‘p miqdorda siyish, ishtahani oshishi va xolsizlik hissi kabi simptomlar bilan xarakterlanadigan) yoki oilaviy anamnezda diabet bo‘lsa
  • Tirishishlar
  • Mushaklarni, ayniqsa yuz mushaklarini beixtiyor muntazam qisqarishi
  • Yurak-qon tomir kasalliklari, oilaviy anamnezda yurak-qon tomir kasalliklari, insult, mikroinsult, arterial bosimni o‘zgarishini mavjudligi
  • Tromblar yoki oilaviy anamnezda tromblarni mavjudligi, chunki antipsixotik vositalarni qabul qilish tromblarni hosil qilish bilan bog‘liq
  • Ilgari qimor o‘yinlariga haddan tashqari moyillik.

Agar Sizda tana vazni oshishini sezsangiz yoki Sizda normal kundalik harakatga xalaqit beruvchi g‘ayri oddiy harakatlar, uyquchanlik paydo bo‘lsa, yutishda har qanday qiyinchilik yoki allergik reaksiyalarni his qilsangiz bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Agar Siz demensiya (xotirani yoki boshqa aqliy qobiliyatlarni yo‘qolishi) bilan xastalangan keksa yoshli pasient bo‘lsangiz va insult yoki mikroinsult o‘tkazgan bo‘lsangiz Siz yoki Sizning vasiy/qarindoshingiz bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.

Agar Sizda o‘zingizni shikastlash fikri paydo bo‘lsa, bu haqda darhol shikoforingizga xabar bering.

Aripiprazol bilan davolash vaqtida o‘z joniga suiqasd qilishga qaratilgan fikr yoki harakatlarni paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan.

Agar Siz yuqori harorat, ter ajralishi, ruhiy xolatni o‘zgarishi yohud tez yoki muntazam bo‘lmagan yurak urishi bilan kechuvchi mushak karaxtligi yoki rigidligini sezsangiz darhol shifokorga xabar bering.

Bolalar va o‘smirlar

Aripegis® bolalar va 13 yoshdan kichik o‘smirlar uchun mo‘ljallanmagan. Aripegis® preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Boshqa dori vositalari va Aripegis® preparati

Agar Siz hozirda har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering, chunki dori vositalari bir-birlarining samaralarini o‘zagartirishi mumkin.

Qon bosimini tushiruvchi preparatlar: Aripegis® qon bosimini pasaytirish uchun qo‘llanadigan preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Agar Siz qon bosimini pasaytirish uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Aripegis® preparatini boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish Aripegis® preparatining dozasini o‘zgartirishni talab etishi mumkin. Quyidagi dori vositalarini qabul qilish haqida shifokoringizga xabar berish muhim:

  • Yurak ritmini to‘g‘rilash uchun preparatlar
  • Antidepressantlar yoki depressiya va xavotirlikni davolash uchun qo‘llanadigan o‘simliklardan olingan dori vositalari
  • Zamburug‘larga qarshi preparatlar
  • OITV infeksiyasini davolash uchun ma‘lum preparatlar
  • Tutqanoqni davolash uchun tirishishga qarshi preparatlar

Serotonin miqdorini oshiruvchi tibbiy vositalar: triptanlar, tramadol, triptofan, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (masalan, paroksetin, fluoksetin), trisiklik antidepressantlar (klomipramin, amitriptillin kabi), petidin, dalachoy va venlafaksin. Bu preparatlar nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi. Agar Sizda bu preparatlarni Aripegis® preparati bilan bir vaqtda qabul qilishda biron-bir g‘ayri oddiy simptom paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.

Aripegis® preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish

Aripegis® ni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Aripegis® preparatini qabul qilishda alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Fertillik, homiladorlik va emizish

Homiladorlik

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homilador deb o‘ylasangiz yoki bola tug‘ishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin darhol shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Agar shifokor bilan maslahatlashmagan bo‘lsangiz, Aripegis® ni homiladorlik vaqtida qabul qilmasligingiz kerak.

Homiladorlikning so‘nggi uch oyligida onalari Aripegis® preparatini qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda quyidagi simptomlar rivojlanishi mumkin: titroq, mushak karaxtligi va/yoki xolsizlik, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, nafas olish va ovqatlanishda qiyinchilik. Agar Sizning bolangizda bu simptomlardan har qandayi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

Emizish

Agar Siz emizsangiz, albatta bu haqida darhol shifokoringizga xabar bering.

Aripegis® preparatini qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Aripegis® Sizning organizmingizga qanday ta‘sir qilayotganligini bilmasdan avtotransportni boshqarmang va uskuna va mexanizmlardan foydalanmang. Buni shifokor bilan hal qiling.

  1. Aripegis® tabletkasini qanday qabul qilish kerak

Aripegis® preparatini qabul qilishda shifokoringizning buyurtmasiga qat‘iy rioya qiling. Agar Siz preparatni qanday qabul qilish kerakligiga ishonch hosil qilmasangiz, shifokor yoki farmasevt bilan albatta maslahatlashing.

Dozalash tartibi

Kattalar:

  • Kattalar uchun tavsiya etiladigan odatdagi doza sutkada bir marta 15 mg ni tashkil etadi. Shunga qaramasdan shifokor Sizga pastroq yoki yuqoriroq dozani buyurishi mumkin, bunda maksimal doza sutkada bir marta 30 mg ni tashkil etadi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar:

  • 13 yosh va undan katta o‘smirlarga Aripegis® preparatini qabul qilishni past dozalardan boshlash mumkin. Aripegis® preparatining aniq boshlang‘ich dozasi ko‘rsatilmagan. Dozani sutkada bir marta 10 mg ni tashkil etuvchi odatda o‘smirlar uchun tavsiya etiladigan dozagacha asta-sekin oshirish mumkin. Shunga qaramasdan shifokor Sizga pastroq yoki yuqoriroq dozani buyurishi mumkin, bunda maksimal doza sutkada bir marta 30 mg ni tashkil etadi. Aripegis® tabletka preparatini 10 mg dan past dozalash imkoniyati yo‘qligi sababli, shifokor ichga qabul qilish uchun aripiprazol saqlovchi eritmani buyurishi mumkin.

Agar Siz preparatning ta‘siri haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz ekanligi sezsangiz, bu haqida shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

Qo‘llash usuli

Aripegis® preparatini har kuni bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling.

Siz preparatni ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin qabul qilishingizning ahamiyati yo‘q. Tabletkani har doim butunligicha, suv bilan yuting.

Agar Siz Aripegis® tabletkasini vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bu haqida eslagan zahotingiz darhol o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qiling, lekin o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki barobar dozani bir kunda qabul qilmang.

Agar Siz Aripegis® tabletkasini buyurilganidan ko‘proq qabul qilsangiz

Agar Siz shifokor buyurganidan ko‘proq Aripegis® tabletkasini qabul qilgan bo‘lsangiz (yoki biron-bir shaxs Sizning Aripegis® tabletkangizni qabul qilgan bo‘lsa), bu haqida darhol shifokorga xabar bering. Agar Siz shifokoringiz bilan bog‘lana olmasangiz yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling va preparatning o‘ramini o‘zingiz bilan birga olib boring.

Agar Siz Aripegis® tabletkasini qabul qilishni to‘xtatgan  bo‘lsangiz

Hatto agar Siz o‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham, Aripegis® preparatini qabul qilishni to‘xtatmang va dastlab shifokor bilan maslahatlashmasdan sutkalik dozani o‘zgartirmang.

Agar ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

  1. Tibbiyotda qo‘llashda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat shuningdek nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, garchi u barcha pasientlarda namoyon bo‘lmasa ham.

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligini quyida qo‘llanilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan:

  • juda tez-tez: 10 pasientdan 1 tadan ko‘prog‘ida kuzatilishi mumkin
  • tez-tez: 100 pasientdan 1-10 tasida kuzatilishi mumkin
  • tez-tez emas: 1000 pasientdan 1-10 tasida kuzatilishi mumkin
  • kam: 10000 pasientdan 1-10 tasida kuzatilishi mumkin
  • juda kam: 10000 pasientdan 1 tadan kamrog‘ida kuzatilishi mumkin
  • tez-tezligi noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi

Nojo‘ya samaralar ularning rivojlanishi tez-tezligini kamayishi bo‘yicha keltirilgan:

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (100 pasientdan 1 tadan ko‘proq va 10 tadan kamrog‘ida): nazoratlanmaydigan mushak qisqarishlari yoki tortishishlari, bosh og‘rig‘i, charchoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada nohush hislar, qabziyat, ko‘p so‘lak ajralishi, bosh aylanishi, uyqu bo‘yicha muammolar, bezovtalik, xavotirlik hissi, uyquchanlik, ko‘rishni noaniqligi va “sakrovchi” ko‘rish.

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralar (1000 pasientdan 1 tadan ko‘proq va 10 tadan kamrog‘ida): ba‘zi odamlar bosh aylanishini his qilishlari mumkin, ayniqsa yotgan yoki o‘tirgan holatdan vertikal holatga o‘tishda; shuningdek yurakni tez urishi kuzatilishi mumkin.

Ba‘zi odamlarda tushkunlik kayfiyati kuzatiladi.

Aripegis® preparatini savdoga chiqarilganidan boshlab quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilgan, ularning tez-tezligi aniqlanmagan:

Ba‘zi qon xujayralarining konsentrasiyasini o‘zgarishi; odatdagi bo‘lmagan yurak urishi, tushunarsiz to‘satdan o‘lim, infarkt; allergik reaksiyalar (masalan, og‘iz shilliq qavati, til, yuz va tomoqni shishi, qichishish, toshma); qonda qand miqdorini oshishi, diabetni yomonlashishi yoki paydo bo‘lishi, ketoasidoz (qon va siydikda ketonni mavjudligi) yoki koma, qonda natriy miqdorini kamayishi; tana vaznini oshishi yoki kamayishi, anoreksiya; asabiylik, ajitasiya, xavotirlik hissi; qimor o‘yinlariga normal bo‘lmagan moyillik, suisidal fikrlar, suisidal harakatlar yoki suisid; nutqni buzilishi, tirishish xurujlari, serotonin sindromi (behad baxtiyorlik, uyquchanlik, beso‘naqaylik, bezovtalik, alkogol mastlikni his qilish, isitma, terlash va mushak karaxtligini chaqirishi mumkin bo‘lgan reaksiya); issiqlik kombinasiyasi, mushaklar rigidligi, nafas olishni tezlashishi, terlash, ongni chalkashishi va arterial bosim va yurak qisqarishlar tez-tezligini to‘satdan o‘zgarishlari; hushdan ketish, yuqori arterial bosimi, venalarda tromblarni hosil bo‘lishi, ayniqsa oyoqlarda (simptom shish, og‘riq va oyoqlarni qizarishini o‘z ichiga oladi), ular qon tomirlar orqali o‘pkaga siljib, ko‘krakda og‘riq va nafas olishda qiyinchilikni chaqirishi mumkin (agar Siz bu simptomlardan har qandayini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling); halqum mushaklari spazmi, pnevmoniya rivojlanishi xavfi bilan traxeyaga ovqatni behosdan tushishi, yutishda qiynalish; me‘da osti bezini yallig‘lanishi; jigar yetishmovchiligi, jigarni yallig‘lanishi, teri va ko‘z oqsilini sarg‘ayishi, jigar sinamalarini patologik ko‘rsatkichlari haqida xabarlar, qorinda diskomfort, diareya; teri toshmasi va yorug‘likni sezuvchanlik, sochlarni odatdagi bo‘lmagan to‘kilishi yoki ularni siyraklashishi, ko‘p terlash; karaxtlik yoki tirishishlar, mushak kuchsizligi, xolsizlik; ixtiyorsiz siyish, siyishda qiynalish; uzoq muddatli va/yoki og‘riqli ereksiya; termoregulyasiya muammolari yoki isib ketish, ko‘krakda og‘riq, qo‘l kaftlari, to‘piq bo‘g‘imlari yoki panjani shishi.

Aripiprazolni qabul qilishda o‘lim hollari ko‘proq demensiyasi bo‘lgan keksa yoshli pasientlarda kuzatilgan. Bundan tashqari, insult yoki mikroinsult rivojlanishi xollari haqida xabar berilgan.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘shimcha nojo‘ya samaralar

13 yosh va undan katta o‘smirlarda kattalardagi kabi tez-tezligi va turi bo‘yicha bir xil nojo‘ya samaralar kuzatilgan, ammo uyqusizlik va nazoratlanmagan mushak qisqarishlari yoki tortishishlari juda tez-tez (10 pasientdan 1 tadan ko‘proq), shuningdek og‘izni qurishi, ishtahani oshishi va bosh aylanishini his qilish, ayniqsa yotgan yoki o‘tirgan holatdan vertikal holatga o‘tishda tez-tez kuzatilgan.

Nojo‘ya samaralar haqida xabarlar

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganda, iltimos, shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning bezararligi haqida qo‘shimcha ma‘lumot olishingiz mumkin.

  1. Aripegis® tabletkasini qanday saqlash kerak

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Blister va karton o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach Aripegis® ni qo‘llamang.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni yo‘qotish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparatni qo‘llamang.

Yaroqlik muddatining sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuni hisoblanadi.

Ko‘rinarli buzilishlar (masalan, rangini o‘zgarishi) aniqlangan holda preparatni qo‘llamang.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ramning ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Aripegis® tabletkasining tarkibiga nimalar kiradi

Ta‘sir etuvchi modda: aripiprazol hisoblanadi.

Aripegis® 10 mg: har bir tabletka 10 mg aripiprazol (angidrid shaklida) saqlaydi.

Aripegis® 15 mg: har bir tabletka 15 mg aripiprazol (angidrid shaklida) saqlaydi.

Yordamchi moddalar: o‘ta jelatinlangan kraxmal; mikrokristallik sellyuloza; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; magniy stearati.

Aripegis® tabletkasining tashqi ko‘rinishi va o‘ramning ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi:

Aripegis® tabletka 10 mg: oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, hidsiz yoki deyarli hidsiz, bir tomonida “Ye”  markirovkali va “562” kodli tabletka.

Aripegis® tabletka 15 mg: oq yoki deyarli oq, dumaloq, yassi, hidsiz yoki deyarli hidsiz, bir tomonida “Ye”  markirovkali va “563” kodli tabletka.

O‘rami:

1x14, 2x14 yoki 4x14 tabletka “cold” majmuaviy plyonka (poliamid/alyumin folga/PVX//alyumin folga) blisterda, karton qutida.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14 dori vositasi Egis Pharmaceuticals PLC tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ARIPEGIS tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Арипипразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ARIPEGIS tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Арипипразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
GRANDAKSIN tabletkalari 50mg N20
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
POLLEZIN tabletkalari 5mg N10
POLLEZIN tabletkalari 5mg N14
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N20
GRANDAKSIN tabletkalari 50mg N60
Narh: 156 000 so'mdan Batafsil
POLLEZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N10
POLLEZIN tabletkalari 5mg N7
KRUROVIT tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
KRUROVIT tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9