×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MELOFLAM tabletkalari 15mg N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Мелоксикам
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharmaceuticals PLC
ATX kodi:
- M01AC06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

INDOMETASIN suppozitorii 50mg N10 ФАРМАПРИМ, ООО Moldova
7 700 s`om dan
DOLEKS tabletkalari N100 Shayana Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd Hindiston
8 000 s`om dan
SERTOFEN tabletkalari 25mg N20 Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
40 000 s`om dan
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Meloflam®

tabletkalar 7,5 mg, 15 mg

(meloksikam)

 

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

Ushbu preparatni har doim ushbu yo‘riqnomada keltirilgan ko‘rsatmalar yoki shifokoringiz yoki farmasevt ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qiling.

  • Bu varaqani saqlang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan va Siz uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Og‘ir nojo‘ya samaralar aniqlanganda yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lganda, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Meloflam® tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  1. Meloflam® tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  2. Meloflam® tabletka preparatini qanday qabul qilish kerak
  3. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  4. Meloflam® tabletka preparatini qanday saqlash kekrak
  5. Yaroqlilik muddati
  6. Dorixonalardan berish tartibi
  7. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Meloflam® tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Meloflam® tabletkaning ta‘sir etuvchi moddasi – meloksikam – yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat hisoblanadi.

Qo‘llanilishi

  • Ba‘zida yallig‘lanish bilan kechuvchi bo‘g‘imlarning og‘riqli degenerativ kasalliklarini (osteoartroz) zo‘rayishida og‘riqni qisqa muddatli simptomatik davolash;
  • Surunkali yallig‘lanishli poliartritni (revmatoid artrit) uzoq muddatli simptomatik davolash;
  • Umurtqa pog‘onasining yallig‘lanishli kasalliklarini (ankilovchi spondilit) uzoq muddali simptomatik davolashda qo‘llanadi.

  1. Meloflam® tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Meloflam® ni quyidagi holatlarda qo‘llamang:

  • Agar Sizda meloksikam yoki ushbu preparatning yordamchi moddalaridan (8-bo‘limda keltirilgan) birontasiga allergiya bo‘lsa;
  • Agar Sizda asetilsalisil kislotasi hosilalari va boshqa nosteroid yallig‘lanish preparatlariga kesishgan allergiya bo‘lsa;
  • Agar Sizda astma, angionevrotik shish simptomlari (yuz, lablar, til va/yoki hiqildoq shishi, bu nafas olishni qiyinlashishiga olib kelishi mumkin), eshakemi, havo oqimini blolashi mumkin bo‘lgan burun poliplari (burundagi yallig‘lanish oqibati), asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin;
  • Homiladorlikning uchinchi uch oyligida;
  • Agar Sizda faol yoki qaytalanuvchi (takrorlanuvchi epizod) me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi bo‘lsa, ilgari peptik yara/qon ketishi bo‘lgan bo‘lsa;
  • Agar Sizda ilgari shunga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki perforasiya bo‘lgan bo‘lsa;
  • Agar Sizda bosh miyaga qon quyilishi yoki boshqa qon ketishlar bo‘lgan bo‘lsa;
  • Agar Sizda jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lsa;
  • Agar Sizda gemodializ o‘tkazilmaganida og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa;
  • Agar Sizda og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
  • Bolalar va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda.

Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Meloflam® prepatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Meloksikamga o‘xshash dori vositalarini qo‘llash, ayniqsa preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida buyurilsa, yurak xuruji (miokard infarkti) yoki iinsult rivojlanish xavfini biroz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan doza va davolash davomiyligini oshirmang.

Yurak kasalliklari aniqlanganda va bosh miyaga qon quyilgan hollarda ushbu xavf yuqori bo‘lishi mumkin (masalan, yuqori arterial bosim, qandli diabet, qon xolesterin darajasini oshishi yoki chekish kabi kasalliklar mavjud bo‘lganida) va Siz Meloflam® preparati bilan davolash haqida shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashishingiz lozim.

  • Meloflam® preparati qo‘llanilganida tanada qizil, nishonsimon nuqtalar yoki dumaloq dog‘lar, ko‘pincha markazida pufaklari paydo bo‘lishi kabi erta belgilari bo‘lgan hayot uchun potensial xavfli teri reaksiyalari (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) kuzatilgan.
  • Nazoratni talab etuvchi qo‘shimcha belgilar bular – og‘izda, tomoqda, burunda, genitaliylarda yara, shuningdek kon‘yunktivitdir (ko‘zlarni qizarishi, shishi).
  • Hayot uchun potensial xavfli ushbu teri reaksiyalari ko‘pincha grippsimon simptomlar bilan kechadi. Teri toshmalari tarqalgan po‘rsildoqlar yoki terini ko‘chishigacha avj olishi mumkin.
  • Teri tomonidan jiddiy reaksiyalarni rivojlanishing eng yuqori xavfi davolashning birinchi xaftasi davomida kuzatiladi.
  • Agar Meloflam® preparati qo‘llanilganida Sizda Stivens-Djonson sindromi (SDS) yoki toksik epidermal nekroliz rivojlansa, keyinchalik Meloflam® preparatini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Agar Sizda teri toshmalari yoki yuqorida ta‘riflangan teri simptomlari paydo bo‘lsa, Meloflam® ni qabul qilishni to‘xtating, darhol shifokorga murojaat eting va Siz ushbu preparatni qabul qilayotganingiz haqida xabar bering.

Meloflam® tabletkasini dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim:

  • Jigar, buyrak yoki yurak kasalliklarida (yuqori arterial bosim yoki yurak yetishmovchiligida) va organizmda suyuqlik to‘lanishiga moyillik bo‘lganida;
  • Agar Sizda me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari (me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi) bo‘lib o‘tgan bo‘lsa;
  • Agar Siz masalan, ichga qabul qilish uchun steroidlar, ayrim antidepressantlar (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitori), antikoagulyantlar (asetilsalisil kislotasi yoki varfarin) kabi me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va yara rivojlanish xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni ishlatayotgan bo‘lsangiz;
  • Agar Sizda ichakning yallig‘lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lsa;
  • Agar Sizda qandli diabet bo‘lsa;
  • Agar Siz siydik haydovchi vositalarni bir vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • Agar Sizda qachonlardir qonda kaliy darajasini oshishi aniqlangan bo‘lsa;
  • Agar Siz keksa yoshdagi odam bo‘lsangiz;
  • Qandlarning ma‘lum turlariga ma‘lum yuqori sezuvchanlikda.

Yuqoridagi barcha holatlarda tegishli davolashni buyurish maqsadida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Meloflam® ni o‘tkir og‘riqni bartaraf etishga muhtoj pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Meloksikam boshqa NYAQV lar kabi, asosiy, yashirin infeksion kasallikni niqoblashi mumkin. Infeksiyaning simptomlari paydo bo‘lganida yoki yomonlashganida shifokorga murojaat etish lozim.

Meloflam® homilador bo‘lish qobiliyatiga noxush ta‘sir qilishi mumkin. Shuning uchun homilador bo‘lish qobiliyatini buzilishlari bo‘lganida yoki bepushtlik yuzasidan tekshirishda Meloflam® tabletkasini bekor qilishni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

Noxush reaksiyalar ko‘pincha keksa va xolsizlangan pasientlarda og‘irroq kechadi, shu tufayli ular sinchkov kuzatuvga muhtojdirlar. Meloksikamni ko‘pincha jigar, buyrak va yurak faoliyatini buzilishi bo‘lgan keksa pasientlarga buyurilganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Keksa pasientlarda noxush samaralar, ayniqsa o‘lim bilan yakinlanishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichak yo‘llarilan qon ketishi, yara va perforasiya ko‘proq kuzatiladi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Meloflam® ni bolalar va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga buyurish mumkin emas.

Boshqa dori vositalari va Meloflam® preparati:

Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki keyinchalik qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Ayrim dori vositalari Meloflam® preparati bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin.

Agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokoringizga xabar bering:

  • Boshqa kortikosteroidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (shu jumladan, salisilatlar), chunki bu me‘da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi va qon ketishi xavfini oshirishi mumkin.
  • Ichga qabul qilish uchun antikoagulyantlar (qon quyqalarini hosil bo‘lishini oldini oluvchi preparatlar) yoki asetilsalisil kislotasi, tiklopidin, klopidogrel, in‘eksiya uchun geparin (teri ostiga yoki stasionar sharoitda infuziya ko‘rinishida yuboriladigan), trombolitik vositalar (shoshilinch holatlarda stasionar sharoitda qo‘llanadigan) kabi qon tomirlarda qon quyqalarini hosil bo‘lishini oldini oluvchi boshqa dori vositalari, chunki bunday preparatlarni meloksikam bilan birga qo‘llash qon ketishi xavfini oshiradi. Agar ushbu preparatlarni Meloflam® preparati bilan birga qo‘llash zarurati bo‘lsa, antikoagulyant samarani sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.
  • Litiy: litiy preparatlarini nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar birga qo‘llaganda qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini oshirishi mumkinligi haqida xabarlar mavjud.
  • Metotreksat: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi barcha boshqa preparatlar kabi meloksikam metotreksatning qon yaratish a‘zolariga noxush samarasini kuchaytirishi mumkin.
  • Homiladorlikka qarshi vositalar: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish vaqtida bachadon ichki homiladorlikka qarshi vositalarning samaradorligini kamayishidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar mavjud.
  • Siydik haydovchi vositalar: Meloflam® preparatini siydik haydovchi preparatlar bilan birga qo‘llaganda suyuqlikni yetarli miqdorda iste‘mol qilinishini ta‘minlash va preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin buyrak faoliyatini tekshirish lozim.
  • Antigipertenziv vositalar: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar shuningdek qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlar sintezini susaytiradi. Shuning uchun ular ayrim antigipertenziv vositalar (angiotenznga-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, qon tomirlarni kengaytiruvchi yoki siydik haydovchi vositalar) ning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin.
  • Xolestiramin me‘da-ichak yo‘llarida meloksikam bilan bog‘lanadi va shuning uchun meloksikamni chiqarilishini tezlashtiradi.
  • Siklosporin: Siklosporin (yoki takrolimus) va Meloflam® preparatini birga buyurilganida buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim.
  • Peroral diabetga qarshi vositalar: Meloflam® preparati va peroral diabetga qarshi vositalar orasida dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin.
  • Antidepressantlar: Depressiyani davolash uchun ayrim preparatlar (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari) bilan majmuasi qon ketishi xavfini oshirishi mumkin.

Meloflam® tabletkasini ovqat va ichimliklar bilan qo‘llash

Meloflam® ni ovqatlanish vaqtida 1 stakan suv yoki boshqa suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin bu xaqida shifokorga yoki farmasevtga xabar berishingiz kerak.

Homiladorlik

Meloflam® ni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas, ikkinchi va uchinchi uch oyligida esa Meloflam® ni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish mumkin.

Fertillik

Meloflam® fertillika noxush ta‘sir qiladi. Shunday qilib, agar Siz homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz va homilador bo‘lish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan bo‘lsangiz, Meloflam® ni bekor qilish maqsadga muvofiq.

Emizish davri

Meloflam® ni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz yoki Siz homilador bo‘lishingiz ehtimoli bo‘lsa yoki Siz homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatashing.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Meloksikamni transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining maxsus tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Ammo agar nojo‘ya samaralar sifatida ko‘rishni yomonlashishi, uyquchanlik, bosh aylanishi yoki markaziy nerv tizimi faoliyatining boshqa buzilishlari paydo bo‘lsa, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish lozim.

Meloflam® tabletkalari laktoza saqlaydi

Har bir Meloflam® 7,5 mg tabletkasi 15 mg laktoza monogidrati va har bir Meloflam® 15 mg tabletkasi 30 mg laktoza monogidrati saqlaydi, buni ayrim qandlarni (laktozani) o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarga Meloflam® preparatini buyurishda e‘tiborga olish kerak. Agar shifokoringiz Sizga Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

  1. Meloflam® tabletka preparati qanday qabul qilish kerak

Meloflam® ni har doim shifokor buyurganidek qabul qiling. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Dozalash tartibi

Kattalar va 16 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun odatda tavsiya etiladigan dozasi:

Osteoartrozni zo‘rayishi

Meloflam® 7,5 dan bir tabletka kuniga bir marta. Zarurati bo‘lganida dozani Meloflam® 15 mg kuniga 1 tabletkagacha oshirish mumkin.

Revmatoid artrit

Sutkada 15 mg. Zarurati bo‘lganida sutkalik dozani 7,5 mg gacha kamaytirish mumkin.

Ankilozlovchi spondilit

Sutkada 15 mg. Zarurati bo‘lganida sutkalik dozani 7,5 mg gacha kamaytirish mumkin.

Shifokor Sizga bo‘lishi mumkin bo‘lgan yondosh kasalliklarni hisobi bilan kasallikning og‘irligi va kasallik tarixiga muvofiq preparatning dozasini tanlaydi. Odatda, Sizning kasalligingiz simptomlarini nazorat qilish uchun zarur qoniqarli terapevtik samara beruvchi minimal dozani eng qisqa davr ichida qabul qilish lozim.

PREPARATNI kuniga 15 mg dan (7,5 mg li ikkita tabletka va 15 mg li bitta tabletka) YUQORI DOZADA BUYURISH MUMKIN EMAS.

Sizda “Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lganida, davolovchi shifokoringiz Meloflam® preparatining dozasini kuniga 7,5 mg gacha kamaytirishi mumkin.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Meloflam® ni faqat kattalar va 16 yoshdan oshgan o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli

Meloflam® tabletkalarini ovqatlanish vaqtida suv yoki boshqa suyuqliklar bilan qabul qilish lozim.

Riska yordamida tabletkalarni teng ikkita dozaga bo‘lish mumkin.

Agar Siz Meloflam® tabletkasini haddan tashqari ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz:

Shifokor tomonidan buyurilgan dozani qabul qilish juda muhim. Agar Siz keragidan ko‘proq tabletkalarni qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat eting.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQV) dozasini oshirib yuborilishi uchun xarakterli simptomlar, odatda tormozlanish, uyquchanlik, o‘zini yomon his qilish va me‘da sohasida og‘riq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, ular tegishli tutib turuvchi davolashda odatda o‘tib ketadi. O‘tkir zaharlanish arterial bosimni oshishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar faoliyatining laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, nafas olishni buzilishi, koma, tirishishlar, yurak-qon tomir kollapsi va yurakni to‘xtashi bilan kechishi mumkin. Nafas olishni qiyinlashishi va boshlanishiga olib keluvchi jiddiy allergik (anafilaktoid) reaksiyalar NYAQV larni oddiy terapevtik dozalarda qo‘llanilganida kuzatilgan. Bu reaksiyalar shuningdek dozani oshirib yuborilganda ham rivojlanishi mumkin.

 

 

Agar Siz Meloflam® tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz Meloflam® tabletkasini odatdagi vaqtda qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.

Agar Siz Meloflam® tabletkasi bilan davolashni bekor qilgan bo‘lsangiz

Shifokorning tegishli ko‘rsatmasisiz shaxsiy qaroringiz bo‘yicha tabletkalarni qabul qilishni bekor qilish mumkin emas, chunki Sizning kasalligingiz davolashgacha bo‘lgan holatga qaytishi mumkin. Preparatni bekor qilishdan oldin shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada pasientlarda paydo bo‘lavermaydi.

Meloflam® kabi preparatlar qo‘llanilganida yurak xuruji (miokard infarkti) yoki insult rivojlanish xavfi biroz oshishi mumkin.

Ovqat-hazm qilish tizimi bilan bog‘liq eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya samaralari.

Ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi, ko‘pincha keksalarda peptik yaralar, perforasiya, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi rivojlanishi mumkin. Kasallik tarixida yara yoki me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi bo‘lganida qorin sohasidagi har qanday odatdagi bo‘lmagan simptomlar haqida shifokorga xabar berish lozim. Bu ayniqsa keksa pasientlarda juda muhim.

Sizning kasallik tarixingizdan qat‘iy nazar, Meloflam® preparatini qabul qilgandan keyin qorinda og‘riq paydo bo‘lgan yoki axlatni qatron-qora rangga bo‘yalganida tabletkalarni qabul qilishni darhol to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat etish lozim, chunki qorindagi og‘riq bilan axlatni qora rangga bo‘yalishi me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishining belgilari bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan ayrim ovqat turlari (ismaloq, shovul, qonli kolbasa) ham axlatni to‘q rangga bo‘yalishini chaqirishi mumkin.

Shuningdek davolashni boshida hansirash, tananing barcha yuzasiga tarqaladigan eshakemi, teri toshmalari va pufaklar paydo bo‘lganida ham Meloflam® tabletkasini qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim. Bunday simptomlar juda kam xollarda uchraydi, ammo jiddiy noxush reaksiya (yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) hisoblanadi.

Meloksikam bilan davolashda qayd etilgan noxush ko‘rinishlar tez-tezligi ko‘rsatilgan holda a‘zolar tizimi bo‘yicha quyidagi tasnifga muvofiq keltirilgan:

– juda tez-tez (10 pasientdan kamida 1 tada);

– tez-tez (100 pasientdan 1 tadan 10 tagacha);

– tez-tez emas (1000 pasientdan 1 tadan 10 tagacha);

– kam hollarda (10000 pasientdan 1 tadan 10 tagacha);

– juda kam xollarda (10000 pasientdan 1tadan kamroq);

– tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: anemiya.

Kam hollarda: qonning xujayraviy tarkibi va trombositlar sonini o‘zgarishi

Juda kam xollarda: agranulositoz (ma‘lum oq qon tanachalari turini yo‘qligi).

Immun tizimi tomonidan:

Tez-tez emas: anafilaktik yoki anafilaktoid bo‘lmagan allergik reaksiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari).

Tez-tezligi noma‘lum: og‘ir allergik reaksiyalar, shu jumladan hushdan ketish, hansirash, teri reaksiyalari (anafilaktik, anafilaktoid reaksiyalar).

 

Ruhiyat tomonidan buzilishlar buzilishlar:

Kam hollarda: kayfiyatni o‘zgarishi, dahshatli tush ko‘rishlar (tungi dahshatlar).

Tez-tezligi noma‘lum: ongni chalkashishi, dezorientasiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: bosh og‘rig‘i.

Tez-tez emas: uyquchanlik, bosh aylanishi (aylanishni his qilish).

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: kon‘yunktivit, ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni tumanlashishi.

Eshitish a‘zolari tomonidan va labirint buzilishlari:

Kam hollarda: quloqda shovqin.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: kuchli yurak urishi.

NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq yurak yetishmovchiligi haqida xabar berilgan.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: arterial bosimni oshishi, qizib ketish hissi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: ayrim pasientlarda aspirin yoki boshqa NYAQV larni yuborilganda astma xuruji paydo bo‘lgan.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez: ovqat hazm bo‘lmaslik (dispepsiya), ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, qabziyat, ichakni dam bo‘lishi (meteorizm), diareya

Tez-tez emas: me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, buning natijasida axlat qora rangga bo‘yaladi (qatron kabi); og‘izni yallig‘lanishi yoki og‘riq, gastrit, kekirish

Kam hollarda: kolit, me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi, ezofagit

Juda kam hollarda: me‘da-ichak yo‘llari devorida teshik (perforasiya)

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: jigar faoliyatini buzilishi (jigar funksional sinamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi)

Juda kam hollarda: gepatit

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: angionevrotik shish, teri qichishishi va toshma

Kam hollarda: eshakemi va hayot uchun potensial xavfli teri toshmalari (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) (2 bo‘limga qarang)

Juda kam hollarda: bullyoz dermatit, ko‘p shaklli eritema

Tez-tezligi noma‘lum: yorug‘likni sezuvchanlik reaksiyalari

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: natriy (tuzlari) va suvni tutilishi, qonda kaliyning darajasini oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi

Juda kam hollarda: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

Tez-tez emas: shishlar, shu jumladan oyoqlarni shishi

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish

Sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz bu preparatning xavfsizligi xaqida qo‘shimcha ma‘lumot olishingiz mumkin.

 

  1. Meloflam® tabletka preparati qanday saqlash kerak

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin. Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Preparatning shikastlanishi belgilari (masalan, rangi o‘zgarganida) aniqlanganida preparat ishlatilmasin.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Meloflam® tabletka preparati nimalarni saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda:

Meloflam® tabletka 7,5 mg: har bir tabletka 7,5 meloksikam saqlaydi

Meloflam® tabletka 15 mg: har bir tabletka 15 meloksikam saqlaydi

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati (7,5 mg li tabletkada 15 mg va 15 mg tabletkada 30 mg), krospovidon, natriy sitrati, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Meloflam® tabletka preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi:

Meloflam® tabletkalari 7,5 mg:

Dumaloq, yassi, faskali, och-sariq rangli, bir tomonida Ye va 361 soni gravirovkali va boshqa tonida riskali, hidsiz yoki deyarli hidsiz tabletkalar.

Meloflam® tabletkalari 15 mg:

Dumaloq, yassi, faskali, och-sariq rangli, bir tomonida Ye va 362 soni gravirovkali va boshqa tonida riskali, hidsiz yoki deyarli hidsiz tabletkalar.

O‘rami

10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 2 blister (10 yoki 20 tabletka) pasientlar uchun tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MELOFLAM tabletkalari 15mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10 dori vositasi Egis Pharmaceuticals PLC tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Турция произведено Idol Ilac Dolum San.Ve Tic.A.S
Narh: 34 900 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
LOKSIDOL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 41 400 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
AMELOTEKS gel 50g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс,ФармФирма,ЗАО, произведено Озон,ООО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 72 990 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Farmaprim S.R.L
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 25 941 so'mdan Batafsil
ARTROZAN inyeksiya uchun eritma 2,5ml 6mg/ml N10
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Вьетнам произведено: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELOKS tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MAKSIKAM tabletkalari 15mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Credence Remedies Private Limited
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
MELBEK FORTE tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medicus S.A., Греция произведено: Help S.A.
Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL suppozitorii 15mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
KAMELOT tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AMELOTEKS tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya / Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: РЕПЛЕК ФАРМ ООО Скопье /ФармФирма Сотекс,ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ARIPEGIS tabletkalari 10mg N14
GRANDAKSIN tabletkalari 50mg N20
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
POLLEZIN tabletkalari 5mg N10
POLLEZIN tabletkalari 5mg N14
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
GRANDAKSIN tabletkalari 50mg N60
Narh: 156 000 so'mdan Batafsil
ARIPEGIS tabletkalari 15mg N14
POLLEZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
POLLEZIN tabletkalari 5mg N7
KRUROVIT tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
KRUROVIT tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
Другие формы препарата
OFLAM granuli 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Saudiya Arabistoni
  • Ishlab chiqaruvchi: Jazeera Pharmaceutical Industries
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9