×
×
  • ARTIXOL tabletkalari 200mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARTIXOL tabletkalari 200mg N30

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Киевский витаминный завод, ПАО
ATX kodi:
- A05AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
GEPASTRONGER infuziya uchun eritma 100ml Temur Med Farm, OOO O'zbekiston
59 000 s`om dan
PROMETEY infuziya uchun eritma 100ml Shijiazhuang No.4 Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
76 000 s`om dan
UKRLIV tabletkalari 250mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
165 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARTIXOL tabletkalari 200mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ARTIXOL

ARTIHOL

 

Preparatning savdo nomi: Artixol

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg yoki 400 mg artishok quruq ekstrakti (Cynara scolymus);

yordamchi moddalar: magniy oksidi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, makkajo‘xori kraxmali, talk, magniy stearati; qobig‘i: plyonka qobig‘i uchun Opadry 200 Brown aralashmasi (polivinil spirti, talk, titan dioksidi (Ye 171), polietilenglikol, temir (II) oksidi (Ye 172), temir (III) oksidi (Ye 172), temir (II,III) oksidi (Ye 172), metakril sopolimeri (S tip), natriy gidrokarbonati).

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, och-jigarrang plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: jigar va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar.

ATX kodi: A05AX.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakologik xususiyatlari dala artishokini (Cynara scolymus) barglarining tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar kompleksining ta‘siri bilan bog‘liq. Safro haydovchi, gepatoprotektor va siydik haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek qonda mochevina darajasini kamaytiradi. Artishokning tarkibidagi insulin va boshqa moddalar organizmda almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi.

Qo‘llanilishi

Surunkali gepatit, jigar sirrozi, surunkali toshsiz xolesistit, gipokinetik tipdagi o‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi, surunkali nefrit, surunkali buyrak yetishmovchiligida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 200-400 mg dan sutkada 3 marta ovqatdan oldin ichga buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 200 mg dan sutkada 3 marta.

Davolash kursi – 2-3 hafta. Zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida diareya, qorinning yuqori sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashi, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Artishok va murakkabguldoshlar oilasiga mansub bosh o‘simliklarga ma‘lum yuqori sezuvchanlik, o‘t chiqarish va siydik chiqarish yo‘llarini o‘tkazmasligi, o‘t-tosh kasalligi, og‘ir jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kumarin qatori antikoagulyantlarning (masalan, fenprokumon, varfarin) terapevtik samarasi susayishi mumkin, bu bunday preparatlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni o‘t chiqarish yo‘llarini o‘tkazmasligiga olib keluvchi kasalliklarda va jigarning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Agar kasallik simptomlari yo‘qolmasa yoki doimo qaytalansa yoki diareya, qorinda og‘riq paydo bo‘lgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni buyrakning o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Bolalar. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat qo‘llanilmaydi.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin.

Davolash: Preparatni bekor qilish. Simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

200 mg: 10 tabletkadan blisterda; 3 blisterdan qutida.

400 mg: 10 tabletkadan blisterda; 4 blisterdan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARTIXOL tabletkalari 200mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARTIXOL tabletkalari 200mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARTIXOL tabletkalari 200mg N30 dori vositasi Киевский витаминный завод, ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARTIXOL tabletkalari 200mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARTIXOL tabletkalari 200mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIBUTIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 94 000 so'mdan Batafsil
NOVIRIN tabletkalari 500mg N40
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
MAGNIKUM tabletkalari N50
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
TIZALUD tabletkalari 4mg N30
Narh: 70 600 so'mdan Batafsil
TIZALUD tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Tizanidin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
PIKLON tabletkalari 7,5mg N10
NORMOVEN tabletkalari 500mg N60
Narh: 174 500 so'mdan Batafsil
REM MAKS — KV tabletkalari so vkusom myati N18
ALDAZOL tabletkalari 400mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Albendazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
RELAKSIL kapsulalar N20
NORMOVEN tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
NOVIRIN tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
MAGNIKOR tabletkalari 75mg/15,2mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
MAGNIKOR tabletkalari 75mg/15,2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
YOD NORMIL tabletkalari 200mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
YOD NORMIL tabletkalari 100mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
ARTIXOL tabletkalari 400mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9