×
×
  • NORMOVEN tabletkalari N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NORMOVEN tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Киевский витаминный завод, ПАО
ATX kodi:
- C05CA53
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
AMLORUS tabletkalari 2,5mg N30 Синтез, ОАО Rossiya Federatsiyasi
3 400 s`om dan
TIOTRIN S.T inyeksiya uchun eritma 4ml 2,5% N10 Samsun-Tashkent Farm Ltd, СП ООО O'zbekiston
35 000 s`om dan
TORSID tabletkalari 5mg N30 Фармак, ПАО Ukraina
52 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NORMOVEN tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NORMOVEN

NORMOVEN

 

Preparatning savdo nomi: Normoven

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): diosmin, gespiridin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg flavonoidlar fraksiyasi: 450 mg diosmin 100% modda xisobida, 50 mg gesperidin 100% modda xisobida saqlovchi;

yordamchi moddalar: natriy kraxmalglikolyati (A tip), mikrokristall sellyuloza, gidroksipropilmetilsellyuloza, siklodekstrin, magniy stearati;

qobig‘i: Opadry II Yellow plyonka qobig‘i uchun aralashma (gidroksipropilmetilsellyuloza; laktoza monogidrati; polietilenglikol; triasetin; sariq xinolin (Ye 104); titan dioksidi (Ye 171); indigokarmin (Ye 132), sariq shafaq FCF (Ye 110)).

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, sariqdan jigarrang-sariq ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Venoz yetishmovchiligini davolash uchun vosita. Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vosita. Bioflavonoidlar. Diosmin, majmualar.

ATX kodi: S05SA53

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Normoven venotonik va angioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi, venoz tonusni oshiradi, venalarning cho‘ziluvchanligi va venostazni kamaytiradi, mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi, limfatik oqimni yaxshilab, limfatik drenajni yaxshilaydi.

Dori vositasi shuningdek leykositlar va endoteliyning o‘zaro ta‘sirini, postkapillyar venulalarda leykositlar adgeziyasini kamaytiradi. Bu yallig‘lanish mediatorlarini venalar devori va vena klapanlarining qopqoplariga shikastlanuvchi ta‘sirini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Dori vositasining yarim chiqarilish davri 11 soatni tashkil qiladi.

Ta‘sir etuvchi moddani chiqarilishi asosan ichak orqali amalga oshiriladi. Qabul qilingan dozaning o‘rtacha 14% siydik orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Venolimfatik yetishmovchilik (oyoqlarda og‘irlik hissi, og‘riq, shishlar) ni simptomatik davolash.

Gemorroyni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.

Kattalarga buyuriladi.

Venolimfatik yetishmovchilikni davolash (simptomlar: shish, og‘riq, oyoqlarda og‘irlik hissi, tungi tirishishlar, trofik yaralar, limfedema va boshqalar).

Tavsiya etilgan doza sutkada 2 tabletkani tashkil qiladi: 1 tabletka – kunduzi va 1 tabletka kechqurun ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan bir marta ovqatlanish vaqtida qabul qilish mumkin.

Surunkali gemorroyni davolash

Sutkada 2 tabletkadan (ikki marta) ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan bir marta ovqatlanish vaqtida qabul qilish mumkin.

O‘tkir gemorroyni davolash

Sutkada 6 tabletkadan 4 kun davomida, so‘ngra keyingi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan buyuriladi. Ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Tabletkaning sutkalik miqdori 2-3 marta qabul qilishga bo‘linadi.

Davolash kursi

Davolash davomiyligi qo‘llashga ko‘rsatmalar va kasallikni kechishiga bog‘liq. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 2-3 oyni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, lohaslik.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish; kolit.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: toshma, qichishish, eshakemi; yuz, lab, qovoqlarni chegaralangan shishi. Ayrim hollarda – Kvinke shishi.

Dori vositasining tarkibida sariq shafaq FCF mavjudligi tufayli allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi modda yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘sir yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida xozircha xabar berilmagan (dori vositasini qo‘llashning katta postregistasion tajribasini e‘tiborga olib).

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘tkir gemorroyda ushbu dori vositasini qo‘llash spesifik davolashning o‘rnini bosmaydi va boshqa proktologik kasalliklarni davolashga to‘sqinlik qilmaydi. Agar qisqa davolash kursi davomida simptomlar tez bartaraf etilmasa, proktologik tekshiruvni o‘tkazish va davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Venoz qon aylanishini buzilishlarida quyidagi hayot tarzlari kabi tavsiyalarga rioya qilish bilan birga davolashni ta‘minlash samarali bo‘lib hisoblanadi:

  • Quyoshda uzoq vaqt bo‘lish, uzoq vaqt tikka oyoqda turish, ortiqcha tana vazni;
  • Piyoda yurish va ayrim hollarda qon aylanishini yaxshilash uchun maxsus paypoq kiyish kerak.

Bolalar

Normoven dori vositasini bolalarda qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Homilador ayollarga dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Dori vositasining tarkibiga kiruvchi faol moddalarning majmuasi teratogen ta‘sir ko‘rsatmasligi ma‘lum; nojo‘ya samaralar haqida xabar berilmagan.

Dori vositasini ko‘krak sutiga kirishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, emizish davrida dori vositasini qo‘llashdan saqlanish kerak.

Mavjud ma‘lumotlar faol moddalarning kalamushlar fertilligiga ta‘siri yo‘qligini namoyish qiladi.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyati

Dori vositasi transport vositalarini boshqarish va turli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Dori vositasining nojo‘ya ta‘sirlarining belgilari paydo bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 blisterdan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NORMOVEN tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NORMOVEN tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NORMOVEN tabletkalari N30 dori vositasi Киевский витаминный завод, ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NORMOVEN tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NORMOVEN tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIBUTIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 94 000 so'mdan Batafsil
NOVIRIN tabletkalari 500mg N40
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
MAGNIKUM tabletkalari N50
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
TIZALUD tabletkalari 4mg N30
Narh: 70 600 so'mdan Batafsil
TIZALUD tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Tizanidin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
PIKLON tabletkalari 7,5mg N10
NORMOVEN tabletkalari 500mg N60
Narh: 174 500 so'mdan Batafsil
REM MAKS — KV tabletkalari so vkusom myati N18
ALDAZOL tabletkalari 400mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Albendazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
RELAKSIL kapsulalar N20
NOVIRIN tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
MAGNIKOR tabletkalari 75mg/15,2mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
MAGNIKOR tabletkalari 75mg/15,2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
YOD NORMIL tabletkalari 200mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
YOD NORMIL tabletkalari 100mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
ARTIXOL tabletkalari 400mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
ARTIXOL tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9