×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAGNIKUM tabletkalari N50

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Магния лактат дигидрат, пиридоксина гидрохлорид (витамин В6)
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Киевский витаминный завод, ПАО
Vakil:
- Vantage International Canada Inc
ATX kodi:
- A11EC
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 83 ta dorixonasida topildi

ico 65 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 84 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 76 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
NEVRALON tabletkalari N20 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
55 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MAGNIKUM tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAGNIKUM

MAGNICUM

 

Preparatning savdo nomi: Magnikum

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): magniy laktat digidrati, piridoksin gidroxloridi.

Dori shakli: ichakda eruvchi plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: magniy laktat digidrati 470 mg, bu 100% moddaga qayta xisoblaganda    48 mg magniyga ekvivalent; 5 mg piridoksin gidroxloridi 100% qayta xisoblaganda;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, polivinil spirti, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, talk, magniy stearati;

qobig‘i: Acryl-EZE White ichakda eruvchi plyonka qobiq uchun kukunli aralashma (metakril kislotaning kopolimeri, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy bikarbonati, natriy laurilsulfati, talk, titan dioksidi (Ye 171), trietil sitrati).

Ta‘rifi: uzunchoq shaklli ikki yoqlama qavariq yuzali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Minerallar bilan V guruhi vitaminlarining majmuasi. ATX kodi: A11YeC

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning terapevtik samaralari odam va hayvon organizmidagi biokimyoviy reaksiyalarda keng miqyosdagi ishtiroki yaxshi ma‘lum bo‘lgan ikkita faol ingredientlarning birgalikdagi ta‘sirini natijasi hisoblanadi.

Magniy – ATF ga bog‘liq fermentativ biokimyoviy reaksiyalarning almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy qismidir; u karbosuvlar, oqsillar va yog‘lar metabolizmida, shuningdek oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi.

Magniy glikolitik fermentlarni, hujayraning oksidlanish fermentlarini, nuklein kislotalari sintezini faollashtiradi; u shuningdek miokardni qisqarish jarayonlarida ham muhim rol o‘ynaydi.

Magniy – trombositlar va fibrinogenni barqarorlashtiruvchisi hisoblanadi. Arterial gipertenziya, tomirlar spazmi, neoplastik kasalliklar va siydik-tosh kasalligida magniyni tanqisligini patogenetik rolini hamma e‘tirof qilgan hisoblanadi. Magniy nerv-mushak qo‘zg‘alishi jarayonlarida yetakchi rol o‘ynaydi – bu jarayonda u kalsiyni antagonisti hisoblanadi.

Piridoksin piridoksal-fosfat ko‘rinishida dekarboksillanish va qayta aminlanishni katalizlovchi fermentlar tarkibiga kirib, asosan aminokislotalar metabolizmida, shuningdek karbonsuvlar va yog‘lar metabolizmida ishtirok etadi. Aminokislotalarni membrana orqali tashilishiga yordam beradi, fosforilazani faollashishi, neyromediatorlar, gamma-aminomoy kislotasi, glisin, serotoninni hosil bo‘lishi uchun zarurdir. V12 vitamini, folat kislotasini almashinuvida, porfirinlar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari sintezida ishtirok etadi. Miokardda, ayniqsa gipoksiyada metabolik jarayonlarni faollashtiradi, neyrotrop, gemopoetik, kardiotrop va gepatotrop samara ko‘rsatishi mumkin. Magniy va V6 vitaminini o‘zaro ta‘sir qilish mexanizmi hali to‘liq aniqlanmagan. Har ikkala komponentini organizmdagi tanqisligi, shuningdek dozasini oshirib yuborilishi simptomlari bir biriga o‘xshashdir, biroq V6 vitaminini tanqisligi magniyni tanqisligi bilan bir vaqtda yaqqolroq bo‘ladi, chunki magniy piridoksinga bog‘liq fermentlar tizimini faollashtirish uchun zarurdir.

Magniy va piridoksinni bir vaqtda qo‘llanishi ichakda magniyni so‘rilish tezligini oshiradi, V6 vitamini-magniy-aminokislotalar xelat majmuasini hosil bo‘lishi oqibatida uni hujayralarga membrana orqali o‘tishini yaxshilaydi, qon plazmasi va eritrositlarda magniyning konsentrasiyasini oshiradi, shuningdek uni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi

Qo‘llanilishi

Magniy va/yoki V6 vitaminini organizmdagi tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish.

Preparat shuningdek quyidagi holatlarda oldini olish maqsadida qo‘llanadi: surunkali jismoniy va aqliy toliqish, ta‘sirchanlik, stressni havfi oshganida, depressiya, uyquni buzilishlarida, mialgiyada, ateroskleroz va miokard infarktini oldini olish uchun qo‘llanadi. Magnikum shuningdek uzoq vaqt chekish va alkogol iste‘mol qilish, surgi vositalar, kontraseptiv vositalar, doimiy giperglikemiyasi bo‘lgan qandli diabet bemorlarda ba‘zi diuretiklar yoki osmotik diuretiklarni uzoq vaqt qo‘llash oqibatida rivojlangan gipomagniemiyada qo‘llanadi.

Arterial gipertenziya (AG), dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurak aritmiyalari aritmiya kabi yurak qon-tomir kasalliklari, suyaklar singandan so‘ng tuzalayotgan bemorlarni kompleks davolashda va osteoporozni kompleks davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Profilaktika uchun: kattalarga va 12 yoshdan boshlab bolalarga – 2 tabletka sutkada 1 marta yoki 1-2 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.

Davolash uchun: faqat shifokorni tavsiyasi bo‘yicha buyuriladi. Davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi.

Tabletkani butun holda va bir stakan suv bilan ichish kerak.

Nojo‘ya samaralari.

Juda kam hollarda – me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (qorinda og‘riq, qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish), allergik reaksiyalar, shu jumladan, qichishish, eshakemi, terida toshmalar kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), gipermagnemiya, V6 vitaminini gipervitaminozi, AV-blokada, og‘ir miasteniya, Parkinson kasalligi (levodopa dekarboksilazaning periferik ingibitorlarini yondosh qo‘llamasdan, levodopa bilan davolashda), og‘ir darajadagi arterial gipotenziya, diareyada qo‘llash mumkin emas..

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Fosfat va kalsiy tuzlarini saqlagan preparatlarni bir vaqtda qo‘llash, lipidlarni ortib ketishi me‘da-ichak yo‘llarida magniyni so‘rilishini ahamiyatli darajada kamaytirishi mumkin.

Diuretiklar, sisplatin, sikloserin, mineralokortikoidlar magniyni siydik bilan chiqarilishini oshiradilar. Aminoglikozid antibiotiklar, skelet mushaklarini relaksantlari va kolistin preparat bilan yondosh qo‘llanganida mushaklar falajini chaqirishi mumkin.

Magniy teofillin, tetrasiklin, temir preparatlari, ftoridlar va peroral antikoagulyantlar – varfarin hosilalarini so‘rilishini kamaytiradi. Preparat peroral tetrasiklinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ovqat hazm qilish yo‘llarida tetrasiklinlarni so‘rilishiga Magnikumning salbiy ta‘sirini oldini olish uchun bu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi vaqt kamida 3 soat bo‘lishi kerak.

Sikloserin, gidralizin, izoniazid, penisilamin va peroral kontraseptivlarni qo‘llash V6 vitaminiga bo‘lgan talabni oshiradi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar: levodopa bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki u periferik dopa-dekarboksilazaning ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa, levodopani ta‘siri ingibirlanadi. Agar levodopa dopa-dekarboksilaza bilan birga qabul qilinmasa, piridoksinni har qanday konsentrasiyalarda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligida gipermagniemiya (qon zardobida magniy miqdorini doimiy nazorat qilish va preparatni katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llashdan saqlanish) rivojlanishini oldini olish choralarini ko‘rish kerak. Yurak va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar davolash boshlanishidan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Agar bir oy davomida davolashdan keyin ahvolini yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni bekor qilish kerak.

Kalsiyni yondosh tanqisligi bo‘lgan holatlarda, kalsiyni qo‘shimcha ravishda qabul qilishni boshlashdan avval magniyni tanqisligi bartaraf qilinishi kerak.

Piridoksinni yuqori dozalarda (sutkada > 200 mg) uzoq muddat davomida (ya‘ni, bir necha oy yoki yil davomida) qabul qilinganida sensor neyropatiyani rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu samara odatda qaytuvchan xarakterga ega bo‘lib, preparat qabul qilishni to‘xtatgandan so‘ng yo‘qoladi. Og‘ir darajadagi magniy tanqisligi bo‘lgan pasientlarda preparatni vena ichiga yuborish bilan boshlash kerak. Bu shuningdek malabsorbsiya bo‘lgan bemorlarga ham ko‘rsatilgan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bolalar. Preparat 12 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llanadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparat homila uchun biron bir havf solishi noma‘lum, chunki homiladorlik vaqtida tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llash bo‘yicha masalani faqat shifokor ona uchun foyda / homila (bola) uchun havf nisbatini hisobga olib, har bir pasient uchun shaxsiy ravishda hal qiladi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish hususiyati

Preparat avtotransport vositalarini boshqarish va potensial havfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik mu3ddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Buyrak faoliyati buzilgan pasientlarda preparat peroral qo‘llanganida magniyni dozasini oshirib yuborilishi odatda toksik reaksiyalarni rivojlanishiga olib kelmaydi. Biroq buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda magniy bilan zaharlanish kuzatilishi mumkin. Toksik samaralari qondagi magniyning darajasiga bog‘liq.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, arterial gipotenziya, markaziy nerv tizimini susayishi, mushaklar kuchsizligi, nafasni susayishi, EKG da patologik o‘zgarishlar, koma, yurak urishini to‘xtashi va nafas falaji, anuriya, oyoq-qo‘llardagi og‘riq, reflektor faoliyatini buzilishi.

Davolash: regidratasiya, jadallashtirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ va peritoneal dializ zarur. Simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda; 5 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAGNIKUM tabletkalari N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAGNIKUM tabletkalari N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAGNIKUM tabletkalari N50 dori vositasi Киевский витаминный завод, ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAGNIKUM tabletkalari N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAGNIKUM tabletkalari N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Магния лактат дигидрат, пиридоксина гидрохлорид (витамин В6) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
  • Vakil: Sanofi
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIBUTIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 94 000 so'mdan Batafsil
NOVIRIN tabletkalari 500mg N40
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
TIZALUD tabletkalari 4mg N30
Narh: 70 600 so'mdan Batafsil
TIZALUD tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Tizanidin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
PIKLON tabletkalari 7,5mg N10
NORMOVEN tabletkalari 500mg N60
Narh: 174 500 so'mdan Batafsil
REM MAKS — KV tabletkalari so vkusom myati N18
ALDAZOL tabletkalari 400mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Albendazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
RELAKSIL kapsulalar N20
NORMOVEN tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
NOVIRIN tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
MAGNIKOR tabletkalari 75mg/15,2mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
MAGNIKOR tabletkalari 75mg/15,2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
YOD NORMIL tabletkalari 200mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
YOD NORMIL tabletkalari 100mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
ARTIXOL tabletkalari 400mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
ARTIXOL tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевский витаминный завод, ПАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9