6 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash6 700 s`om dan
Bron qilishSaqlash shartlari | В сухом месте, при температуре 15–25 °C. Хранить в недоступном для детей месте. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 3 года. Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке. |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASPARKAM
ASPARCAM
Preparatning savdo nomi: Asparkam
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): kaliy asparaginati va magniy asparaginati.
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 0,175 g (175 mg) kaliy asparaginati va 0,175 g (175 mg) magniy asparaginati;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kalsiy stearati, talk.
Ta‘rifi: oq rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Ovqat hazm qilish tizimiga va metabolizmga ta‘sir qiluvchi vositalar. Mineral qo‘shimchalar.
ATX kodi: A12SS55.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Preparat kaliy va magniy ionlarining manbai hisoblanadi. Organizmda asparagin kislotasiga qadar gidrolizlanadi. Metabolik jarayonlarni boshqaradi.
Asosiy ta‘sir mexanizmi kaliy va magniy ionlarini hujayra ichki bo‘shlig‘iga tashuvchisi sifatida asparaginat bilan bog‘liq.
Vosita hujayralarda elektrolitlarni muvozanatini normallashtiradi, kardiomiositlarni qo‘zg‘aluvchanligini va miokardni o‘tkazuvchanligini pasaytiradi (o‘rtacha antiaritmik samara). Miokard infarkti va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda qon aylanishini har qanday yetishmovchiligida yurak qorinchalari ekstrasistoliyasini va paroksizmal lipillovchi aritmiyani bartaraf etadi, ammo ko‘pincha kamaytiradi. Koronar qon aylanishini yomonlashishi bilan bog‘liq miokard metabolizmining gipoksik buzilishlarini kamaytiradi.
Qon aylanishini zarbdor hajmini oshishi kaliyni eritrositlardagi miqdorini normallashuvi va yurak faoliyatini buzilgan ritmini yo‘qolishi yoki sezilarli darajada kamayishi fonida kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Preparat tez so‘riladi. Asparaginat kaliy va magniy ionlarini hujayraga kirishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Gipokaliemiya bilan kechuvchi holatlar. Angishvonagul preparatlarining toksik ta‘siri, yaqinda paydo bo‘lgan yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, bo‘lmalarni lippilashini paroksizmi bilan bog‘liq yurak ritmini buzilishi, yurak glikozidlari preparatlarini va diuretiklarni (halqali, tiazid, tiazidsimon) qo‘llanishi bilan bo‘lgan yurak ishemik kasalligini kompleks davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Asparkamni ovqatdan keyin suv bilan ichgan holda qo‘llanadi. -kattalarga 2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta. Yanada og‘irroq holatlarda (koronar qon aylanishini buzilishlarida, angishvonagul preparatlarini o‘zlashtiraolmaslikda) – kattalarga 3 tabletkadan sutkada 3 marta, 2-3 haftadan keyin dozani 1 tabletkagacha sutkada 2-3 martaga kamaytiriladi.
Profilaktika yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun kattalar 1 tabletkadan sutkada 3 marta qabul qiladilar.
Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uzoq qo‘llanganda ko‘ngil aynishi, epigastriya sohasida noxushlik (holesistitda va antasid gastritda), giperkaliemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya va gipermagniemiya. II va III darajali atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Asparkam yurak glikozidlarga nisbatan sezuvchanlikni kamaytiradi va oxirgining toksikligini kamaytiradi. Kaliyni tejovchi diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkaliemiyani rivojlanish xavfi (kaliyni plazmadagi darajasini nazorat qilish kerak) oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ritm buzilishini atrioventrikulyar blokadasi bilan birga kechishida preparat buyurilmaydi. Preparatni giperkaliemiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Uzoq qo‘llanganda qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish kerak. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat haydovchilarga va texnika bilan ishlaydigan odamlarga salbiy ta‘sir qilishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Giperkaliemiya va gipermaniemiya simptomlari: yuzni qizarishi, chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, diareya, nafasni susayishi, aritmiya, tirishishlar, mushak zaifligi bo‘lishi mumkin.
Ko‘rsatilgan holatlar doza kamaytirilganda yoki preparat to‘liq bekor qilinganda yo‘qoladi, simptomatik davolashni buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 yoki 50 tabletkadan blisterda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.