×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ATORIS tabletkalari 60mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Аторвастатин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- KRKA d.d.
ATX kodi:
- C10AA05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 18 ta dorixonasida topildi

ico 135 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 135 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
KREATON poroshok 1,0g N1 Furen Pharmaceutical Group Co., Ltd.” Xuanwu Economic developing-area, Luyi County, Henan Province, P.R. China. XXR
VALIDOL tabletkalari 60mg N10 Марбиофарм, ОАО Rossiya
2 000 s`om dan
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
28 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ATORIS tabletkalari 60mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ATORIS®

ATORIS®

 

Preparatning savdo nomi: Atoris®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): atorvastatin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 plyonka qobiq bilan qoplangan 30 mg/60 mg/80 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi:

YADRO

Faol modda:

31,08 mg/62,16 mg/82,88 mg atorvastatin kalsiy (30,00 mg/60,00 mg/80,00 mg atorvastatinga ekvivalent).

Yordamchi moddalar:

laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, giproloza, kroskarmelloza natriy, krospovidon, A turi, polisorbat 80, natriy gidroksidi, magniy stearati.

Plyonka qobiq: * oq Opadray II HP85F28751.

*Oq Opadray II HP85F28751 tarkibi: polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol – 3000 va talk.

Ta‘rifi

30 mg li tabletkalar: dumaloq, biroz ikki yoqlama qavariq, chetlari kesilgan, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

60 mg li tabletkalar: oval, ikki yoqlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

80 mg li tabletkalar: kapsulasimon, ikki yoqlama qabariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita – GMK-KoA-reduktaza ingibitori.

ATX kodi: S10AA05.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Atorvastatin – statinlar guruhiga mansub gipolipidemik vosita. Atorvastatinning asosiy ta‘sir mexanizmi, GMK-KoAni mevalon kislotasiga aylanishini katalizlovchi ferment – 3-gidroksi-3-metilglutaril-koenzim A-(GMK-KoA)-reduktazaning faolligini ingibisiya qilishidir. Bu aylanish organizmda xolesterin sintezining zanjirida erta bosqichlardan biri xisoblanadi. Atorvastatin tomonidan xolesterin sintezini susaytirilishi jigarda, shuningdek jigardan tashqari to‘qimalarda past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) reseptorlarining yuqori reaktivligiga olib keladi. Bu reseptorlar PZLP zarrachalarini bog‘laydi va qon plazmasidan yo‘qotadi, bu qon plazmasida PZLP xolesterin (XS) (PZLP-Xs) konsentrasiyasining pasayishiga olib keladi.

Atorvastatinning antisklerotik samarasi uning qon tomirlarning devoriga va qon komponentlariga ta‘sirining oqibati hisoblanadi. Atorvastatin qon tomirlarning ichki qavati xujayralarining o‘sish omillari hisoblangan izoprenoidlar sintezini susaytiradi. Atorvastatinning ta‘siri ostida qon tomirlarning endoteliyga bog‘liq kengayishi yaxshilanadi, PZLP-Xs, apolipoprotein V, trigliseridlar (TG) konsentrasiyasi pasayadi, yuqori zichlikdagi lipoprotein xolesterin (Xs-YUXLP) va A polipoprotein konsentrasiyasini oshishi yuz beradi.

Atorvastatin qon plazmasining qovushqoqligini va qon ivishning ayrim omillarini faolligini va trombositlar agregasiyasini pasaytiradi. Buning oqibatida u gemodinamikani yaxshilaydi va qon ivish tizimining holatini normallashtiradi. GMG-KoA-ingibitorlari shuningdek makrofaglar metabolizmiga ta‘sir ko‘rsatadi, ularning faollanishini bloklaydi va aterosklerotik blyashkaning yorilishini oldini oladi.

Odatda, atorvastatinning terapevtik samarasi davolashdan 2 haftadan keyin aniqlanadi, maksimal samarasi esa 4 hafta o‘tgach rivojlanadi.

Atorvastatin 80 mg dozada ishemik asoratlarni rivojlanish xavfini (shu jumladan miokard infarkti oqibatidagi o‘limni) 16% ga, miokard ishemiyasi belgilari bilan birga kechuvchi stenokardiya yuzasidan takroriy gospitalizasiya xavfini – 26% ga pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Atorvastatinni so‘rilishi yuqori, me‘da-ichak yo‘llaridan taxminan 80% so‘riladi. So‘rilish darajasi va qon plazmasidagi konsentrasiyasi dozaga proporsional oshadi. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TSmax) o‘rtacha, 1-2 soat. Ayollarda TSmax 20% ga yuqori, “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUC) – 10% ga past. Pasientlardagi yosh va jins bo‘yicha farmakokinetik farqlar ahamiyatsiz va dozaga tuzatish kiritish talab qilmaydi.

Jigarning alkogolli sirrozi bo‘lgan pasientlarda TSmax normadan 16 marta yuqori. Ovqat qabul qilish preparatning so‘rilish tezligi va davomiyligini biroz pasaytiradi (muvofiq 25% va 9% ga), lekin PZLP-Xs konsentrasiyasini pasayishi atorvastatin ovqatsiz qo‘llangandagi bilan o‘xshash. Atorvastatinning biokiraolishligi past (12%), GMG-KoA-redkutazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi tizimli biokiraolishligi – 30%. Past tizimli biokiraolishligi me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatida tizimoldi va jigar orqali “birinchi o‘tish” metabolizmi bilan bog‘liq. Atorvastatinning o‘rtacha taqsimlanish hajmi – 381 l. Atorvastatinning 98% dan ko‘prog‘i qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Atorvastatin gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Asosan jigarda farmakologik faol metabolitlarning (orto- va paragidroksillangan metabolitlari, beta-oksidlanish maxsulotlari) xosil bo‘lishi bilan CYP3A4 izofermenti ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi, ular 20-30 soatlar davomida GMG-KoA-redkutazaga nisbatan taxminan 70% ingibisiya qiluvchi faollikni belgilaydi.

Atorvastatinning yarim chiqarilish davri (T1/2) 14 soatni tashkil qiladi. Asosan safro bilan chiqariladi (yaqqol ichak-jigar resirkulyasiyasiga uchramaydi, gemodializ jarayonida chiqarilmaydi). Atorvastatinning taxminan 46% ichak orqali va 2% dan kamrog‘i – buyrak orqali chiqariladi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Bolalar

Bolalarda farmakokinetikani  o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Keksa yoshli pasientlar

Preparatning keksa yoshli (65 yoshdan katta) pasientlar qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) va AUC yoshroq katta pasientlardagidan muvofiq 40% va 30% ga yuqoridir (klinik ahamiyatga ega emas).

Buyraklar faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini buzilishi qon plazmasidagi atorvastatinning konsentrasiyasiga yoki uning lipid almashinuvining ko‘rsatkichlariga ta‘siriga ta‘sir qilmaydi, shuning uchun buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigarning alkogolli sirrozi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V sinfi) bo‘lgan pasientlarda preparatning konsentrasiyasi ahamiyatli oshadi (Smax – taxminan 16 marta, AUC – taxminan II marta oshadi).

Qo‘llanilishi

  • Birlamchi giperxolesterinemiya (geterozigot oilaviy va nooilaviy giperxolesterinemiya (Fredrikson bo‘yicha II tur).
  • Majmuaviy (aralash) giperlipidemiya (Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb turlari).
  • Disbetalipoproteinemiya (Fredrikson bo‘yicha II1 tur) (parxezga qo‘shimcha sifatida),
  • Parxezga rezistent bo‘lgan oilaviy endogen gipertrigliseridemiya (Fredrikson bo‘yicha IV tur).
  • Parxez bilan davolash va davolashning boshqa nofarmakologik usullarining samaradorligi yetarli bo‘lmagandagi gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyada qo‘llaniladi.
  • Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish:
    • yurak ishemik kasalligining (YUIK) klinik belgilari bo‘lmagan, lekin uning rivojlanishining bir necha omillariga: 55 yoshdan oshganlar, nikotinga qaramlik, arterial gipertenziya, qandli diabet, qon plazmasida Xs-YUZLP konsentrasiyaini pastligi, genetik, shu jumladan dislipidemiya fonidagi moyillikka ega bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir asoratlarni birlamchi oldini olish;
    • o‘lim ko‘rsatkichi miokard infarkti, insult, stenokardiya bo‘yicha takroriy gospitalizasiyaning umumiy ko‘rsatkichini va revaskulyarizasiya zaruratini pasaytirish maqsadida YUIK bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir asoratlarning ikkilamchi profilaktikasi uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Atoris® preparatini qo‘llashni boshlashgacha pasient qon plazmasida lipidlar konsentrasiyasining pasayishini ta‘minlovchi parxezga o‘tkazilgan bo‘lishi, unga preparat bilan butun davolash davri davomida rioya qilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin semizlik bilan xastalangan pasientlarda jismoniy mashqlar va tana vaznini pasaytirish, shuningdek asosiy kasallikni davolash yordamida giperxolesterinemiyaning nazoratiga erishishga urinib ko‘rish kerak.

Preparat ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi. Preparatning dozasi qon plazmasida PZLP-Xs ning dastlabki konsentrasiyasi davolashning maqsadi va shaxsiy terapevtik samaraga qarab, sutkada 1 marta 10 mg dan 80 mg gacha o‘zgarib turadi.

Atoris® preparatini bir marta sutkaning har qanday vaqtida qabul qilish mumkin, lekin har kuni bir vaqtda qabul qilish kerak.

Terapevtik samara davolashning 2 haftasidan keyin aniqlanadi, maksimal samara 4 haftadan keyin rivojlanadi. Shuning uchun dozani preparatning oldingi dozasini qo‘llash boshlanganidan keyin 4 hafta o‘tmasdan oldin o‘zgartirish kerak emas.

Davolashni boshlanishida va/yoki dozani oshirish vaqtida har 2-4 haftada qon plazmasida lipidlar konsentrasiyasini nazorat qilish va tegishli tarzda dozaga tuzatish kiritish kerak.

Birlamchi (geterozigot nasliy va poligen) giperxolesterinemiya (II a turi) va aralash giperlipidemiya (II b turi).

Davolash tavsiya etilgan 10 mg dozadan boshlanadi, u pasientning reaksiyasiga qarab 4 haftadan keyin oshiriladi. Maksimal sutkalik doza 80 mg ni tashkil qiladi.

Gomozigot nasliy giperxolesterinemiya

Dozalar diapazoni, giperlipidemiyaning boshqa turlaridagi bilan bir xil.

Boshlang‘ich doza kasallikning yaqqolligiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi. Gomozigotli nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarda optimal samara preparat 80 mg sutkalik dozada (bir marta) qo‘llanganida kuzatiladi. Atoris® preparati davolashning boshqa usullariga (plazmafarez) yordamchi davolash sifatida yoki boshqa usullar yordamida davolash mumkin bo‘lmasa, asosiy davolash sifatida qo‘llanadi.

Keksa yoshli pasientlarda va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Atoris® preparatining dozasini o‘zgartirish mumkin emas. Buyrak faoliyatini buzilishi atorvastatinning konsentrasiyasiga yoki atorvastatin qo‘llangandagi qon plazmasidagi PZLP-Xs konsentrasiyasining pasayish darajasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun preparatning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik kerak (preparatni organizmdan chiqarilishini sekinlashishi tufayli). Bunday vaziyatda klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarini (qon plazmasidagi aspartataminotransferaza [ACT] va alaninaminotransferaza [AST] faolligini muntazam nazorati) sinchiklab nazorat qilish kerak.

“Jigar” transaminazalari faolligini ahamiyatli oshishida Atoris® preparatining dozasi kamaytirilishi yoki davolash to‘xtatilishi kerak.

Boshqa dori vositalari bilan majmuada qo‘llanishi

Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, Atoris® preparatining sutkalik dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak.

A. AQSH xolesterin bo‘yicha Milliy ta‘lim dasturi NCEP tavsiyalari

Xavf kategoriyasi Qon plazmasidagi

PZLP–Xs ning maqsadli konsentra-siyasi (mg/dl)

Xayot tarzini o‘zgarti-rish tavsiya etilgan qon plazmasidagi PZLP-Xs ning maq-sadli konsentrasiyasi (mg/dl) Farmakoterapiya tav-siya etilgan qon plaz-masidagi PZLP-Xs ning maqsadli konsen-trasiyasi (mg/dl)
YUIK yoki YUIK ri-

vojlanishi xavfi

(10 yillik

xavf ≤20%)

 

≤100

 

≥100

 

≥130 (100-129 farma-koterapiya mumkin)*

2 dan ko‘proq xavf

omillari xavfi (10 yillik xavf ≤20%)

 

≤100

 

≥130

10 yillik xavf ≤20%: ≥130
10 yillik xavf ≤10%: ≥160
xavf omili 0-1 ** ≤160 ≥160 ≥190 (160-189: qon plazmasida

PZLP- Xs konsentra-siyasini pasaytiruvchi preparat buyuriladi)

* Ayrim ekspertlar, agar xayot tarzini o‘zgartirish PZLP-Xs konsentrasiyasini
<100 mg/dl gacha kamayishiga olib kelmasa, qon plazmasida uning konsentrasiyasini pasaytiruvchi gipolipidemik vositalarni qo‘llashni tavsiya etadilar. Ayrimlar lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda nikotin kislotasi va fibratlar kabi asosan TG va Xs-YUZLP ga ta‘sir qiluvchi preparatlarni afzal hisoblaydilar.

** Xavf omillari bo‘lmaganida yoki faqat 1 xavf omili bo‘lganida deyarli xamma pasientlarda 10-yillik xavf <10%, shuning uchun uni baxolash talab etilmaydi.

Agar qon plazmasida PZLP- Xs maqsadli konsentrasiyasiga erishilsa, qon plazmasidagi TG konsentrasiyasi esa ≥200 mg/dl bo‘lsa, unda davolashning ikkilamchi maqsadi – qon plazmasida Xs-YUZLP (umumiy xolesterin – Xs-YUZLP) dan tashqari, qon plazmasidagi umumiy xolesterinning (UXs) konsentrasiyasini, har bir xavf kategoriyasida PZLP- Xs maqsadli konsentrasiyasini 30 mg/dl ga yuqori darajagacha pasaytirish.

B. Yevropa ateroskleroz jamiyatining tavsiyalari

YUIK tashxisi tasdiqlangan pasientlarda va ishemik asoratlar xavfi juda yuqori bo‘lgan pasientlarda davolashning maqsadi qon plazmasida PZLP-Xs konsentrasiyasini, <1,8 mmol/l (yoki <70 mg/dl) darajasigacha pasaytirish va/yoki unga erishish mumkin bo‘lmagan holda, PZLP–Xs konsentrasiyasini dastlabki qiymatida ≥50% ga pasaytirish tavsiya etiladi.

V. Rossiya kardiologik jamiyati, Aterosklerozni o‘rganish bo‘yicha Milliy Jamiyati (NOA) va Rossiya kardiosomatik reabilitasiya va ikkilamchi profilaktika jamiyati (RosOKR) tavsiyalari (V qayta ko‘rish 2012 y)

Yuqori xavfi bo‘lgan pasientlar uchun PZLP-Xs va umumiy xolesterin (UXs) konsentrasiyasining optimal qiymatlari: muvofiq ≤2,5 mmol/l (yoki ≤100 mg/dl) va
≤4,5 mmol/l (yoki ≤175 mg/dl), va juda yuqori xavfi bo‘lgan pasientlar uchun: muvofiq ≤1,8 mmol/l (yoki ≤70 mg/dl) va ≤4 mmol/l (yoki ≤150 mg/dl) hisoblanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligining tasnifi:

juda tez-tez                          ≥1/10

tez-tez                                    ≥1/100 dan <1/10 gacha

tez-tez emas                           ≥1/1000 dan <1/100 gacha

kam hollarda                        ≥1/10000 dan <1/1000 gacha

juda kam hollarda               <1/10000 dan

tez-tezligi noma‘lum          bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas.

Nerv tizimi tomonidan:

tez-tez: bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi, shu jumladan uyqusizlik va “dahshatli” tush ko‘rishlar, bosh aylanishi, paresteziya, astenik sindrom;

tez-tez emas: periferik neyropatiya, gipesteziya, xotirani yo‘qolishi yoki pasayishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan:

tez-tez emas: quloqlarni shang‘illashi;

kam hollarda: nazofaringit, burundan qon ketishi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan:

tez-tez emas: trombositopeniya.

Nafas tizimi tomonidan:

tez-tez: ko‘krakda og‘riq.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:

tez-tez: qabziyat, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm (qorinni dam bo‘lishi), qorinda og‘riq;

tez-tez emas: anoreksiya, ta‘m sezishni buzilishi, qusish, pankreatit;

kam: gepatit, xolestatik sariqlik.

Tayanch-harakat apparati tomonidan:

tez-tez: mialgiya, artralgiya, belda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi;

tez-tez emas: miopatiya, mushaklarni tirishishlari;

kam hollarda: miozit, rabdomioliz, tendopatiya (ayrim hollarda paylarni uzilishi bilan);

juda kam hollarda: immunitetga bog‘liq nekrozlovchi miopatiya holatlari.

Siydik jinsiy tizimi tomonidan:

tez-tez emas: seksual disfunksiya; ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi.

Teri qoplamalari tomonidan:

tez-tez: teri toshmasi, terini qichishishi;

tez-tez emas: eshakemi;

juda kam hollarda: angionevrotik shish, alopesiya, bullyoz toshma, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Allergik reaksiyalar:

tez-tez: allergik reaksiyalar;

juda kam hollarda: anafilaksiya.

Laboratoriya ko‘rsatgichlari:

tez-tez emas: aminotransferazalar (AST, ALT) faolligini oshishi, qon plazmasida zardob kreatininfosfokinaza (KFK) faolligini oshishi;

juda kam hollarda: giperglikemiya, glikozillangan gemoglobin konsentrasiyasini oshishi, gipoglikemiya.

 

Boshqalar:

tez-tez: periferik shishlar;

tez-tez emas: lohaslik, kuchli toliqish, isitma, tana vaznini oshishi;

juda kam hollarda: ginekomastiya.

Ayrim noxush samaralarining Atoris® preparatini qo‘llash bilan sabab-oqibat aloqasi, ular “juda kam” sifatida baxolanadi, lekin aniqlanmagan. Og‘ir noxush samaralari paydo bo‘lganda Atoris® preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak.

AMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlarini (statinlar) qo‘llashda quyidagi noxush samaralar qayd etilgan: depressiya, o‘pkaning interstisial kasalliklarining yakka hollari (ayniqsa davomli qo‘llashda) kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
  • Faol bosqichdagi jigar kasalliklari (shu jumladan faol surunkali gepatit, surunkali alkogolli gepatit).
  • Har qanday etiologiyali jigar sirrozi.
  • Noma‘lum etiologiyali “jigar” transaminazalari faolligini normaning yuqori chegarasiga nisbatan 3 martadan ortiqqa oshishi.
  • Skelet mushaklarining kasalliklari.
  • Homiladorlik va emizish davri.
  • 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar (qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
  • Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozaning kam so‘rilish sindromida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Alkogolizm, anamnezda jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Atorvastatinni siklosporin, antibiotiklar (eritromisin, klaritromisin, xinupristin/dalfopristin), OITV-proteaza ingibitorlari (indinavir, ritonavir), zamburug‘larga qarshi vositalar (flukonazol, itrakonazol, ketokonazol) yoki nefazodon bilan bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu rabdomioliz bilan miopatiya va buyrak yetishmovchiligi xavfini oshiradi. Shuningdek Eritromisin bilan bir vaqtda qo‘llash atorvastatinning TSmax ni 40% ga uzaytiradi. Barcha bu preparatlar atorvastatinning jigardagi metabolizmida ishtirok etuvchi CYP3A4 izofekrmentini ingibisiya qiladi.

Atorvastatin fibratlar va nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalari (sutkada 1 g dan ko‘proq) bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham o‘xshash o‘zaro ta‘sir kuzatilishi mumkin.

40 mg dozada atorvastatinni 240 mg doza diltiazem bilan bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.

Atorvastatinni CYP3A4 izofermentining induktorlari bo‘lgan fenitoin, rifampisin bilan bir vaqtda qo‘llash atorvastatinning samaradorligini kamayishiga olib kelishi mumkin. Atorvastatin CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchrashi tufayli, atorvastatinni CYP3A4 izofermentining ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Transport oqsili OATR1V1 ingibitorlari (masalan, siklosporin) atorvastatinning biokiraolishligini oshirishi mumkin.

Antasidlar (magniy gidroksida va alyuminiy gidroksidi suspenziyasi) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasi pasayadi.

Atorvastatin kolestipol bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasi 25% ga pasayadi, lekin majmuaning terapevtik samarasi, bir atorvastatinning o‘ziga qaraganda yuqori.

Atorvastatinni endogen steroid gormonlar konsentrasiyasini pasaytiruvchi dori vositalari (shu jumladan simetidin, ketokonazol, spirinolakton) bilan bir vaqtda qo‘llash, endogen steroid gormonlarning pasayish xavfini oshiradi (ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak).

Bir vaqtda 80 mg atorvastatin va digoksin qabul qilayotgan pasientlarda, qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasi taxminan 20% ga oshadi, shuning uchun bunday pasientlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Atorvastatinni ichga qabul qilish uchun kontraseptivlar (noretisteron va etinilestradiol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, kontraseptivlarni so‘rilishi oshishi va qon plazmasida ularning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Atorvastatin qabul qilayotgan ayollarda kontraseptivlarni tanlishni nazorat qilish kerak.

Atorvastatinni varfarin bilan bir vaqtda qo‘llash, birinchi kunlari varfarinning qon ivishining ko‘rsatkichlariga ta‘sirini oshirishi mumkin (protrombin vaqtini kamayishi). Bu samara ko‘rsatilgan preparatlar 15 kun bir vaqtda qo‘llanganidan keyin yo‘qoladi.

Atorvastatin va terfenadin bir vaqtda qo‘llanganida, terfenadinning farmakokinetikasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan.

Atorvastatin fenazonning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.

Atorvastatin 80 mg dozada va amlodipin 10 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida, muvozanat holatida atorvastatinning farmakokinetikasi o‘zgarmagan.

Atorvastatin va fuzidat kislotasini qabul qilayotgan pasientlarda rabdomioliz rivojlanishi hollari aniqlangan.

Yondosh davolash

Atorvastatin gipotenziv vositalar va estrogenlar bilan o‘rinbosar davolash doirasida qo‘llanganida, klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta‘sirlarning belgilari aniqlanmagan.

Atoris® preparatini qo‘llash davrida greypfrut sharbatini iste‘mol qilish, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Atoris® preparatini qabul qilayotgan pasientlar, kuniga 1,2 l dan ortiq greypfrut sharbatini iate‘mol qilishdan saqlanishlari kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Atoris® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin pasientga standart gipoxolesterinemik parxezni buyurish, u butun davolash davri davomida unga rioya qilishi kerak.

Jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Atoris® preparati bilan davolash davrida, qon plazmasida “jigar” fermentlarining faolligini oshishi kuzatilishi mumkin. Bu oshish, odatda, katta emas va klinik axamiyatsiz. Lekin davolashni boshlashdan oldin, 6 hafta, 12 hafta o‘tgach va Atoris® preparatining dozasi oshirilganda, qon plazmasida “jigar” fermentlarining faolligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Agar AST va/yoki ALT faolligini normaning yuqori chegarasiga nisbatan uch marta oshishi aniqlansa, Atoris® preparati bilan davolash to‘xtatilishi kerak.

Qon plazmasida aminotransferazalar faolligini oshishi preparatning dozasiga bog‘liq va barcha pasientlarda qaytuvchan bo‘ladi.

Atoris® preparatini alkogolni suiste‘mol qiluvchi pasientlarda va anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Atoris® preparatini qo‘llash fonida mialgiya kuzatilishi mumkin.

Miopatiya tashxisini (qon plazmasida KFK faolligini oshishi bilan mushaklarda og‘riq yoki mushak kuchsizligi) diffuz mialgiyasi, mushaklarning og‘riqliligi yoki kuchsizligi va/yoki qon plazmasida KFK faolligini yaqqol oshishi bo‘lgan pasientlarda ehtimoli bor.

Boshqa statinlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, Atoris® preparati qo‘llanganida, kam, lekin mioglobinuriya bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi rabdomioliz rivojlanishi mumkin. Bu asoratning xavfi Atoris® preparati quyidagi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshadi: fibratlar, lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g dan ko‘proq) nikotin kislotasi, siklosporin (Atoris® preparatining sutkalik dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak), nefazadon, ayrim antibiotiklar, “azollar” guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vositalar, OITV-proteazalari ingibitorlari.

Miopatiya simptomlari paydo bo‘lganda yoki buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavf omillari bo‘lganda, zardobda KFK faolligini aniqlash tavsiya etiladi. Agar KFK faolligi normaning yuqori chegarasidan 10 martadan ko‘proq yuqori bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak. To‘sh ortidagi og‘riqlarni differensial tashxisida, Atoris® preparati qo‘llanganda zardobda KFK faolligini oshishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Mushaklarda og‘riqlar yoki kuchsizlikni aniqlash maqsadida, ayniqsa davolashning birinchi uch oyi davomida va yuqorida sanab o‘tilgan vositalardan birontasining dozasini oshirish davrida, pasientlarni muntazam kuzatish kerak.

Pasientni tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar yoki mushak kuchsizligi paydo bo‘lganda, ayniqsa agar ular lohaslik yoki isitma bilan birga kechsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida ogohlantirib qo‘yish kerak.

Atoris® preparati laktoza saqlaydi, shuning uchun laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik va glyukoza-galaktozaning kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlarda uni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Atoris® preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Hayvonlardagi tadqiqotlarning natijalari, homila uchun xavf, ona uchun mumkin bo‘lgan har qanday foydadan ustun bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi.

Kontrasepsiyaning ishonchli usullarini ishlatmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollarda Atoris® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikni rejalashtirishda Atoris® preparatini qo‘llashni, hech bo‘lmaganda rejalashtirilgan homiladorlikdan 1 oy oldin to‘xtatish kerak.

Atorvastatinni ko‘krak suti bilan chiqarilishi xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Lekin ayrim turdagi hayvonlarda laktasiya davrida atorvastatinning qon zardobi va sutdagi konsentrasiyasi o‘xshash bo‘lgan. Atoris® preparatini emizish davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganida, emizikli bolalarda noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfidan saqlanish uchun, emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransport va boshqa murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Bosh aylanishi rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, transport vositalarni va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa texnik moslamalarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Spesifik antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan hollarda kerakli simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Jigar faoliyatini va qon zardobida KFK faolligini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 30 mg, 60 mg va 80 mg.

10 tabletkadan OPA/Al/PVX majmuaviy materialdan blisterda – alyumin folga  (OPA/Al/PVC-aluminium foil).

3, 6 yoki 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ATORIS tabletkalari 60mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ATORIS tabletkalari 60mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ATORIS tabletkalari 60mg N30 dori vositasi KRKA d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ATORIS tabletkalari 60mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ATORIS tabletkalari 60mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KOLTROL tabletkalari 20mg N30
Narh: 14 500 so'mdan Batafsil
LIPRIMAR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Пфайзер Фармасьютикалс ЭлЭлСи», Пуэрто-Рико, США
KOLTROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
TORVATOR tabletkalari 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
TORVATOR tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
TULIP tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
TULIP tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
VAZATOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
AMVASTAN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
  • Vakil: Rotapharm
AMVASTAN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RESTATOR tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
RESTATOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
RESTATOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
ATORVASTATIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
ATORIS 0,02 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
LIPRIMAR 0,08 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
LIPRIMAR 0,02 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
LIPRIMAR 0,04 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
ATORIS 0,01 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,03 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,01 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,02 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PIKOVIT sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 27 200 so'mdan Batafsil
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 58 900 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N21
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
VIROLEKS poroshok 250mg N5
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
ENAP HL tabletkalari 10mg/12,5mg N20
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Narh: 118 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
Narh: 56 056 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 10mg N30
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 5mg N30
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 4mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 8mg N30
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/10mg N30
Narh: 102 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/5mg N30
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
LORISTA N tabletkalari 50mg/12,5mg N28
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 100mg N28
Narh: 76 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 50mg N28
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 25mg N28
Narh: 71 100 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9