118 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash150 100 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish99 400 s`om dan
Bron qilishIlova – varaqa: Pasient uchun ma‘lumot
Roksera® 5 mg plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Roksera® 10 mg plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Roksera® 20 mg plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Roksera® 40 mg plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Rozuvastatin
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, ushbu ilova-varaqaning xammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu ilova varaqada qanday ma‘lumot saqlanadi
Roksera® preparati – statinlar deb nomlanadigan dori preparatlari guruxiga kiradi.
Sizga Roksera preparati buyurilgan, chunki:
Sizga statinlarni qo‘llash buyurilgan, chunki sizdagi xolesterinning darajasini pasaytirish uchun parxezni o‘zgartirish yoki jismoniy xarakatlarni oshirish yetarli bo‘lmagan. Roksera® preparatini qo‘llash vaqtida xolesterinning darajasini pasaytirish uchun siz parxezga va jismoniy xarakatlarga rioya qilishni davom ettirishingiz kerak.
Yoki
Yurak xuruji, insult va boshqa muammolar ateroskleroz deb nomlanadigan kasallik tomonidan chaqirilgan bo‘lishi mumkin. Ateroskleroz arteriyalarda yog‘larni to‘planishi oqibatida rivojlanadi.
Nima uchun Roksera® preparatini qo‘llashni davom ettirish muxim
Roksera® lipidlar sifatida ma‘lum bo‘lgan, yog‘ moddalarning ularning eng keng tarqalgan vakili xolesterinni, qondagi darajasini to‘g‘irlash uchun qo‘llanadi.
Qonda xolesterinning xar xil turlari mavjud – “zararli” xolesterin (PZLP xolesterini) va “foydali” xolesterin (YUZLP xolesterini).
Ko‘pchilik odamlarda xolesterinning yuqori darajasi o‘zining salomatligiga salbiy ta‘sir qilishini sezmaydi, chunki simptomlar ko‘rinishida nomoyon bo‘lmaydi. Lekin davolash bo‘lmaganida, yog‘lar sizning qon tomirlaringizning devorlarida to‘planib tomirlarni torayishiga olib keladi. Ba‘zida bunday toraygan qon tomirlar tiqilib qolishi mumkin, bu yurak va bosh miyani qon bilan ta‘minlanishiga to‘sqinlik qiladi, bu yurak xuruji yoki insult rivojlanishiga olib keladi. Xolesterinning darajasini pasaytirish yo‘li bilan siz yurak xuruji, insult va yurak tomonidan boshqa yondosh buzilishlar xavfini pasaytirishingiz mumkin.
Xatto agar sizning xolesterin darajasi normaga kelgan bo‘lsa ham, Siz Roksera preparatini qabul qilishni davom ettirishingiz kerak, chunki u uni takroriy oshishiga va yog‘ to‘plamlarini xosil bo‘shlishiga to‘sqinlik qiladi. Lekin shifokorning tavsiyasi yoki homiladorlik yuz bergan xolda preparatni qabul qilishni to‘htatish kerak.
Roksera® preparatini qabul qilmang
Agar yuqorida sanab o‘tilgan xar qanday vaziyat sizda bo‘lsa (yoki siz gumon qilsangiz) shifokor bilan maslahatlashing.
Bundan tashqari 30 mg yoki 40 mg (maksimal doza) Roksera® preparatini qabul qilish mumkin emas:
Agar yuqorida sanab o‘tilgan xar qanday vaziyat sizda bo‘lsa (yoki siz gumon qilsangiz) shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Roksera® preparatini qo‘llashdan oldin o‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar sizga yuqorida sanab o‘tilgan xar qanday vaziyatlar to‘g‘ri kelsa (yoki agar sizda ishonch bo‘lmasa):
Kam pasientlarda statinlar (jigar shikastlanishini chaqiradi) jigar transaminazalarining faolligini oshirishi mumkin; juda kam xollarda sariqlik, gepatitga olib keladi. Buni qonda jigar fermentlari darajasini oshishini aniqlovchi oddiy tahlil yordamida aniqlash mumkin. Shu sababli sizning shifokoringiz, odatda, Roksera® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida qon taxlilini (jigar faoliyatini aniqlash uchun) o‘tkazadi.
Bu preparat bilan davolanish vaqtida sizning shifokoringiz, agar sizda qandli diabet tashxisi qo‘yilgan yoki uning rivojlanishi xavfi bo‘lsa, sizning xolatingizni sinchiklab nazorat qiladi. GMG-KoA reduktazani boshqa ingibitorlari bo‘lgan holatlarda rozuvastatinni qon plazmasida HbA1c glyukoza darajasini oshishi kuzatilgan. Ayrim holatlarda, bu ko‘rsatkichlar qandli diabet tashhisi uchun haddan tashqari sezilarli darajada oshirilishi mumkin, barchasidan oldin, diabet rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi.
Roksera® preparatini boshqa preparatlar bilan qo‘llash
Agar siz boshqa preparatlarni, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokor yoki farmasevtga xabar bering.
Agar siz quyidagi dori preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorga xabar bering:
Roksera® preparatini qo‘llash fonida bu preparatlarning ta‘siri o‘zgarishi mumkin yoki bu preparatlar Roksera® preparatining samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatishlari mumkin.
Roksera® preparatini ovqat va ichimliklar bilan qo‘llash
Roksera® preparatini ovqatlanishdan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va emizish
Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz, Roksera® preparatini qabul qilmang. Roksera® preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik yuz bersa, davolashni darxol to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing. Roksera® preparatini qo‘llash vaqtida, kontrasepsiyaning muvofiq usullaridan foydalanib, homiladorlik yuz berishidan saqlanish kerak.
Xar qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Roksera® preparatini qo‘llash vaqtida ko‘pchilik pasientlar transport vositalarini boshqarishlari mumkin – u bu qobiliyatga ta‘sir qilmaydi. Lekin, ayrim pasientlarda Roksera® preparati bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi aniqlangan. Agar sizda bosh aylanishi kuzatilsa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Roksera® laktoza saqlaydi (qandning turi)
Agar Sizningg shifokoringiz sizga, sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bor degan bo‘lsa, bu dori preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatni sizga shifokor yoki farmasevt qanday aytgan bo‘lsa, doim shunday qo‘llash kerak. Agar sizda shubha paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Kattalar uchun standart dozalar
Agar siz xolesterinning yuqori darajasini to‘g‘irlash uchun Roksera® preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
Boshlang‘ich doza
Xatto agar siz ilgari boshqa statinni yuqoriroq dozada qabul qilgan bo‘lsangiz xam, Sizni Roksera® preparati bilan davolash 5 mg yoki 10 mg dan boshlanishi kerak. Boshlang‘ich doza quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
Roksera® preparatining xamma dozalari ham dorixonalarda bo‘lmasligi mumkin. Roksera® preparatining qanday boshlang‘ich dozasi sizga to‘g‘ri kelishini shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Sizning shifokoringiz sizga minimal dozani (5 mg) buyurishi mumkin, agar:
Dozani oshirish va maksimal sutkalik doza
Xolesterinning darajasini kutilgan darajasiga erishish uchun shifokoringiz dozani sutkada bir marta 40 mg maksimal dozagacha asta-sekin oshirishi mumkin. Dozalarga tuzatish kiritish orasida 4 xaftalik interval bo‘lishi kerak.
Roksera® preparatining maksimal sutkalik dozasi 40 mg ni tashkil qiladi. U faqat xolesterinning darajasi yuqori bo‘lgan, uni pastroq dozalar yordamida pasaytirish mumkin bo‘lmagan, yurak xuruji yoki insult rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarga to‘g‘ri keladi.
Agar siz Roksera® preparatini yurak xuruji, insult va yurak tomonidan yondosh buzilishlar xavfini pasaytirish uchun qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
Tavsiya etiladigan doza sutkada 20 mg ni tashkil qiladi. Lekin, agar sizda yuqorida sanab o‘tilgan omillar bo‘lsa, shifokoringiz sizga pastroq dozani buyurishga qaror qilishi mumkin.
6-17 yoshli bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Standart boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Siz uchun Roksera® preparatining optimal dozasini tanlash uchun, shifokor dozani oshirishi mumkin. Roksera® preparatining maksimal sutkalik dozasi 6-9 yoshli bolalar uchun 10 mg ni va 10-17 yoshli bolalar uchun 20 mg ni tashkil qiladi. Preparatning dozasini sutkada bir marta qabul qiling. Roksera® preparatining 30 mg va 40 mg dozalari bolalarga to‘g‘ri kelmaydi.
Tabletkalarni qabul qilish
Har bir tabletka butunligicha suv bilan birga yutiladi.
Roksera® preparatini sutkada bir marta qabul qiling. Preparatni sutkaning istalgan vaqtida qabul qilish mumkin.
Yodda tutish uchun tabletkani xar kuni bir vaqtda qabul qilishga xarakat qiling.
Xolesterinning darajasini muntazam tekshirish
Sizda xolesterinning darajasi normal darajaga erishgani va normada saqlanayotganiga ishonch hosil qilish uchun, xolesterinning darajasini muntazam ravishda o‘lchash uchun shifokorga borish muxim. Siz Roksera® preparatini siz uchun kerakli miqdorda olishingiz uchun, shifokor dozani oshirish xaqida qaror qabul qilishi mumkin.
Agar Siz Roksera® preparatini keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz
Shifokor yoki yaqindagi kasalxona xodimi bilan maslahatlashing.
Agar siz kasalxonaga borsangiz yoki boshqa kasallik bo‘yicha davolash olayotgan bo‘lsangiz, tibbiy xodimga Roksera® preparatini qabul qilayotganingiz xaqida xabarini bering.
Agar siz Roksera® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Bezovta bo‘lmang, navbatdagi rejalashtirilgan dozani o‘z vaqtida qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta yuqori dozani qabul qilish kerak emas.
Agar siz Roksera® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Roksera® preparatini qo‘llashni to‘xtatish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashing. Roksera® preparatini qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng sizdagi xolesterinning darajasi yana oshishi mumkin.
Agar sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Barcha dori vositalariga o‘xshab, ushbu preparat, garchi ular xammada ham paydo bo‘masada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Siz bu nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkinligi xaqida bilishingiz muxim.
Odatda, ular yengil xarakterga ega bo‘ladi va tez yo‘qolib ketadi.
Agar siz o‘zingizda quyidagi nojo‘ya samaralarini sezsangiz, Roksera® preparatini qo‘llashni to‘xtating va kechiktirmasdan shifokor bilan maslahatlashing:
Bundan tashqari, agar siz mushaklarda odatdagi kuzatilmaydigan og‘riq yoki og‘riqli tuyg‘ularni sezsangiz, Roksera® preparatini qo‘llashni to‘xtatish va kechiktirmasdan shifokor bilan maslahatlashish kerak, ular siz kutganga nisbatan ko‘proq saqlanishi mumkin. Mushak simptomlari kattalarga nisbatan, bolalar va o‘smirlarda ko‘proq uchraydi. Boshqa statinlarga o‘xshab, odamlarning katta bo‘lmagan sonida mushaklar tomonidan noxush samaralar kuzatilgan, ular kam xollarda rabdomioliz deb nomlangan mushaklarni xayotga xavf soluvchi shikastlanishiga olib kelgan.
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (10 tadan 1 nafar pasientdan 100 tadan 1 nafar pasientgacha tezlikda rivojlanishi mumkin):
Ko‘p bo‘lmagan tezlikda uchraydigan nojo‘ya samaralari (100 tadan 1 nafar pasientdan 1000 tadan 1 nafar pasientgacha tezlikda rivojlanishi mumkin):
Kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (1000 tadan 1 nafar pasientdan 10000 tadan 1 nafar pasientgacha tezlikda rivojlanishi mumkin):
Juda kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (10000 tadan 1 nafar pasientdan kam tezlikda rivojlanishi mumkin):
Noma‘lum tezlikda uchraydigan nojo‘ya samaralari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Agar biron-bir nojo‘ya samaralari jiddiylashsa, yoki agar Siz ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, iltimos, O‘z shifokoringizga murojaat qiling.
Ushbu preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.
Ushbu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llamang.
Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘lik va namlikdan ximoyalangan joyda saqlansin.
Dori preparatlarni kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa ishlatmaydigan dori preparatlarini qanday yo‘qotish kerakligini farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof muxitni ximoya qilishga yordam beradi.
Roksera® preparati nima saqlaydi
Plenka qobiq bilan qoplangan xar bir tabletka 5 mg, 10 mg, 20 mg va 40 mg rozuvastatin (rozuvastatin kalsiy) saqlaydi.
Roksera® preparati va o‘ramini ichidagisi qanday ko‘rinishga ega.
Roksera plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg -oq, dumaloq, ikki tomonlama biroz qavariq, chetlari qiya va bir tomonida “5” gravirovkasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan, tabletkalar.
Roksera plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg -oq, dumaloq, ikki tomonlama biroz qavariq, chetlari qiya va bir tomonida “10” gravirovkasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan, tabletkalar.
Roksera plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg -oq, ikki tomonlama biroz qavariq, chetlari qiya plyonka qobiq bilan qoplangan, tabletkalar.
Roksera plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 40 mg -oq, ikki tomonlama biroz qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
5 mg, 10 mg va 20 mg tabletkalar:
10 yoki 14 tabletkadan majmuaviy materialdan OPA/Al/PVX folga va alyumin folgali blisterda.
1, 2, 3, 6, 9 blister (blister 10 tabletkadan) yoki 1, 2, 4, 6 blister (blister 14 tabletkadan ) ilova-varaqa bilan birga karton qutida joylashgan
40 mg tabletkalar:
7 yoki 10 tabletkadan majmuaviy materialdan OPA/Al/PVX folga va alyumin folgali blisterda.
1, 2, 3, 6, 9 blister (blister 10 tabletkadan) yoki 2, 4, 8, 12 blister(blister 7 tabletkadan) ilova-varaqa bilan birga karton qutida joylashgan
Berish tartibi
Shifokor resepti bilan beriladi.