×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
железа (III) гидроксид сахарозный комплекс
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Montage Laboratories PVT. LTD., Индия (производитель) для Avantika Medex PVT. LTD., Индия
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- J05AF10
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 26 ta dorixonasida topildi

ico 420 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparat 5 ml dan, ampula buynida kertigi va rangli nukta shaklidagi belgisi bulgan rangsiz, tinik shisha ampulalarda. 5 ampuladan PVX kontur uyali o'ramda. 1 kontur uyali o'ramdan qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Antianemik vosita. Sferoidal temir-uglevodli nanozarrachalardan tashkil topgan kolloid eritma hisoblanadi. Har bir zarrachaning yadrosida (markazida) temir (III) gidroksidi mavjud. Yadro temir (III) gidroksidini turg'unlashtiruvchi, biofaol temirni asta-sekin ajratuvchi va hosil bo'lgan zarrachalarni kolloid eritmada saqlovchi saxarozadan tashkil topgan qobiq bilan o'ralgan. Natijada molekulyar massasi taxminan 43 kd ni tashkil qiluvchi kompleks hosil bo'ladi, o'zgarmagan holda uni buyraklar orqali chiqarilish imkoni yo'q. Temir (III) bu kompleksda tabiiy ferritinga o'xshash tuzilmalar bilan bog'langan.

Preparatning faol moddasi – temir (III) gidroksidining saxarozali kompleksi organizmga tushganida retikuloendotelial tizimida temir va saxarozaga dissosiasiyalanadi. Transferrin bilan solishtirganda temir saxaratining turg'unligi past bo'lganligi tufayli, transferrin foydasiga temirni raqobatli almashinuvi kuzatiladi. Natijada 24 soat davomida taxminan 31 mg temir tashiladi. Temirning polisiklik gidroksidi proteinli ligand – jigar mitoxondriysining apoferritini bilan kompleks hosil qilgandan keyin ferritin ko'rinishida qisman saqlanadi. Temir (II) saqlovchi dori vositalari bilan davolashga nisbatan gemoglobin tezroq va yuqori ishonchliroq oshadi. 100 mg temir (III) ni yuborish gemoglobinni 2-3% ga; homiladorlik vaqtida – 2% ga oshishiga olib keladi. Preparatning toksikligi juda past. Terapevtik indeksi 30 ga (200/7) teng.

1 ml preparat saqlaydi:

Faol modda: temir (III) gidroksidining saxarozali kompleksi (temir (III) ga hisoblanganda 20 mg); 

Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi; in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.

100 mg temir saqlovchi Avifer preparati vena ichiga bir marta yuborilganidan keyin qon plazmasida temirning maksimal kontsentrasiyasiga (o'rtacha 538 Smol) in'ektsiyadan keyin 10 minut o'tgach erishiladi. Yarim chiqarilish davri – 6 soat. Turg'un holatda taqsimlanish hajmi taxminan 8 l ni tashkil qiladi, bu organizmning suyuq muhitlarida temirni past taqsimlanishini ko'rsatadi. Yuborilganidan keyingi dastlabki 4 soatda kuzatiladigan temirning buyraklar orqali chiqarilishini, umumiy klirensning 5% dan kamrog'ini tashkil qiladi. 24 soatdan keyin qon zardobidagi temirning kontsentrasiyasi dastlabki (yuborishdan oldingi) ko'rsatkichga qaytadi va saxarozaning taxminan 75% qon oqimidan chiqariladi.

Hozirgi vaqtda Avifer preparatini yuborish sabab bo'lishi mumkin vaqtinchalik bo'lgan quyidagi noxush ko'rinishlari ma'lum. Hamma simptomlar juda kam kuzatilgan (paydo bo'lish tez-tezligi 0,01% dan kam va 0,001% ga teng yoki katta).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, hushdan ketish, paresteziyalar.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, kollaptoid holat, issiqlik hissi, yuzga qonni "oqib kelishi", periferik shishlar.

Nafas a'zolari tomonidan: bronxospazm, hansirash.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ta'm sezishni buzilishi, og'izda "metall" ta'mi, qorin sohasida tarqalgan og'riqlar, epigastral sohada og'riq, diareya, ko'ngil aynishi, qusish.

Teri qoplamalari tomonidan: eritema, terini qichishishi, toshma, pigmentasiyani buzilishi, ko'p terlash.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, bo'g'imlarni shishi, mialgiya, qo'l-oyoqlarda og'riq.

Immun tizimi tomonidan: allergik, anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan yuzning angionevrotik shishi, halqumni shishi.

Boshqalar: asteniya, ko'krakda og'riq, ko'krakda og'irlik hissi, xolsizlik, teri qoplamalarini oqarishi, loxaslik hissi, tana haroratini oshishi, qaltirash.

Mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida og'riq va shish (ayniqsa preparatni ekstravazal tushishida). Flebit, achishish hissi, gematoma.

Agarda yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya samaralari og'irlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Avifer faqat kamqonlik tashhisi muvofiq laboratoriya ma'lumotlari (masalan, qon zardobida ferretin yoki gemoglobin va gematokrit, eritrositlar va ularning ko'rsatkichlari – eritrositning o'rtacha hajmi yoki eritrositdagi gemoglobinning o'rtacha miqdori) bilan tasdiqlangan bemorlarga buyurilishi kerak. Avifer preparatini yuborish tezligiga qat'iy rioya qilish kerak (preparatni tez yuborishda arterial bosim pasayishi mumkin). 

Avifer preparatini yuborish vaqtida gemodinamika ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

Temir preparatlari vena ichiga qo'llanganida xayot uchun potentsial xavfli bo'lgan allergik va anafilaktoid reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Bronxial astma, ekzema, atopik kasalliklar, polivalent allergiya, temirning boshqa preparatlariga allergik reaktsiya, shuningdek qon zardobining temirni bog'lash qobiliyati past bo'lgan/ yoki folat kislotasi etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda allergik yoki anafilaktoid reaktsiyalarning yuqori xavfi mavjud ("ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang).

Preparatni vena atrofi bo'shlig'iga tushishidan saqlanish kerak, chunki tomirdan tashqariga tushishi to'qimalar nekrozi va teri qoplamalarini jigarrang rangga bo'yalishiga olib keladi. Bunday asorat rivojlangan hollarda natriy xloridining 0,9% eritmasini (agarda igna hali tomirda bo'lsa) ko'p bo'lmagan miqdorda yuborish kerak. Temirni chiqarilishini tezlashtirish va uni atrof to'qimalarga kirishini davom etishini oldini olish uchun, in'ektsiya joyiga geparin saqlovchi preparatlarni (gel va surtmani engil harakatlar bilan ishqalamasdan surtiladi) surtish tavsiya qilinadi.

Cho'kma mavjudligida preparatni yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

Avifer preparati saxaroza saqlaydi. Qandli diabeti bo'lgan pasientlarda buni hisobga olish kerak. Ko'rsatmalarga qarab preparatni tomchilab yuborishda maksimal o'zlashtira olinadigan temirning bir martalik dozasi 500 mg gacha etishi mumkin, bu 8,5 g (0,7 NB) saxarozaga to'g'ri keladi. 

Temir ko'pchilik mikroorganizmlarning o'sishini rag'batlantirishi tufayli, o'tkir bakterial infektsiyalar rivojlanganida temir preparatlarini bekor qilish kerak. 

Transport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga preparatning ta'sirini o'ziga xosligi

Transport vositasi yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta'siri o'rganilmagan.

-temir tanqisligi (shu jumladan, temir tanqisli va o'tkir postgemorragik kamqonlik) bo'lgan pasientlarda temir o'rnini tez to'ldirishning zarurati bo'lganida;

-ichga qabul qilish uchun temir preparatlarini o'zlashtiraolmaydigan pasientlarda;

-temir preparatlarini ichga qabul qilish imkoniyati bo'lmagan me'da-ichak yo'llarining kasalliklarida qo'llanadi.

Preparatni quyidagi holatlarda qo'llash mumkin emas: 

-temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan kamqonlik;

-temir miqdorini oshishining belgilari (gemosideroz, gemoxromatoz) yoki uning utilizasiyasi jarayonlarini buzilishi;

-Avifer preparati yoki uning faol bo'lmagan komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo'lganida;

-Fruktozani o'zlashtiraolmaslik va glyukoza/galaktozani so'rilishini buzilishi sindromi yoki saxaroza/izomaltaza tanqisligi;

-homiladorlikning I uch oyligi ("homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi" bo'limiga qarang).

Aviferni ichga qabul qilish uchun temirning boshqa dori shakllari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki me'da-ichak yo'llaridan temirning so'rilishini kamayishiga olib keladi. Ichga qabul qilish temir preparatlari bilan davolashni oxirgi in'ektsiyadan kamida 5 kundan keyin boshlash mumkin.

Aviferni bitta shprisda faqat natriy xloridining 0,9% eritmasi bilan aralashtirish mumkin. Vena ichiga yuborish uchun boshqa hech qanday eritmalar va dori preparatlarini qo'shishga ruxsat etilmaydi, chunki presipitasiya va/yoki boshqa farmasevtik o'zaro ta'sirining xavfi mavjud.

Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. 


Yaroqlilik muddati-2 yil. 


Konteynerni birinchi marta ochishdan keyin saqlash muddati: mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak.


Fiziologik eritma bilan suyultirilganidan keyin saqlash muddati: suyultirilganidan keyin kimyoviy va fizik turg'unligi xona haroratida 12 soatni tashkil qiladi. Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak.

qizg'ishdan qizg'ish-jigarrang rangligacha bo'lgan tiniq eritma, cho'kmasiz, shirinroq ta'mli eritma.

Faqat vena ichiga yuborish uchun!

Yuborish:

Avifer faqat vena ichiga (sekin oqim bilan yoki tomchilab), shuningdek dializ tizimining venoz qismiga yuboriladi va mushak ichiga yuborish uchun mo'ljallanmagan. Preparatning to'liq (kumulyativ) terapevtik dozasini bir vaqtda yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

Birinchi terapevtik dozani yuborishdan oldin, test-dozani yuborish kerak. Agarda kuzatish davri davomida o'zlashtiraolmaslik ko'rinishlari paydo bo'lsa, preparatni yuborishni darhol to'xtatish kerak. Ampulani ochishdan oldin cho'kma va shikastlanishlar bo'lishi mumkinligiga tekshirish kerak. Faqat jigarrang rangli, cho'kmasiz eritmani qo'llashga yo'l qo'yiladi.


Tomchilab yuborish:

Aviferni arterial bosimni yaqqol pasayish xavfi va eritmani vena atrofidagi bo'shliqqa tushishi xavfini kamaytirish uchun, tomchili infuziya ko'rinishida yuborish afzal. Bevosita infuziya oldidan Avifer preparatini 1:20 nisbatda natriy xloridining 0,9% eritmasida suyultirish kerak, 1 ml (20 mg temir) in'ektsiya uchun eritma 20 ml 0,9 % natriy xlorid eritmasida suyultiriladi:

Hosil bo'lgan eritma quyidagi tezlikda yuboriladi: 

100 mg temir kamida 15 minut davomida;

200 mg temir 30 minut davomida;

300 mg temir 1,5 soat davomida;

400 mg temir 2,5 soat davomida;

500 mg temir 3,5 soat davomida .


Preparatning terapevtik dozasini birinchi marta tomchilab yuborishdan oldin test-dozani yuborish kerak: kattalar va tana vazni 14 kg dan yuqori bo'lgan bolalarga 1 ml temir preparati (20 mg) va tana vazni 14 kg dan kam bo'lgan bolalarga kundalik dozaning yarmi (1,5 mg temir/kg) 15 minut davomida. Noxush ko'rinishlar kuzatilmasa eritmaning qolgan qismini tavsiya qilingan tezlikda yuborish kerak.


Oqim bilan yuborish:

Avifer preparatini shuningdek suyultirilmagan eritma ko'rinishida vena ichiga sekin, (norma) minutiga 1 ml Avifer preparatini (20 mg temir) yuborish mumkin (masalan, 5 ml Avifer preparatini (100 mg temir) 5 minut davomida yuboriladi). Bitta in'ektsiya uchun preparatning maksimal hajmi Avifer preparatini 10 ml (200 mg temir) dan oshmasligi kerak. In'ektsiyadan keyin pasient qo'lini uzatgan holatda biroz vaqt ushlab turishi kerak.

Avifer preparatining terapevtik dozasini birinchi marta oqim bilan yuborishdan oldin, test-dozani yuborish kerak: kattalar va tana vazni 14 kg dan yuqori bo'lgan bolalarga 1 ml temir preparati (20 mg) va tana vazni 14 kg dan kam bo'lgan bolalarga kundalik dozaning yarmi (1,5 mg temir/kg) 1-2 minut davomida. Kuzatishning keyingi 15 minuti davomida noxush ko'rinishlar kuzatilmasa, eritmaning qolgan qismini tavsiya qilingan tezlikda yuborish kerak.

Dializ tizimiga yuborish: 

Aviferni vena ichiga in'ektsiya uchun ta'riflangan qoidalarga qat'iy rioya qilib, bevosita dializ tizimining venoz sohasiga yuborish mumkin.

Dozani hisoblash:

Doza shaxsiy ravishda organizmda temirning umumiy tanqisligiga muvofiq quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

Umumiy temir tanqisligi (mg) = tana vazni (kg) * (normada Hb – pasient Hb) (g/l) * 0,24* + to'plangan temir (mg).

Tana vazni 35 kg dan past bo'lgan pasientlar uchun: normada Hb = 130 g/l, to'plangan temir miqdori = 15 mg/kg tana vazniga.

Tana vazni 35 kg dan yuqori bo'lgan pasientlar uchun: normada Hb = 150 g/l, to'plangan temir miqdori = 500 mg.

0,24 koeffitsenti = 0,0034*0,07*1000 (gemoglobindagi temir miqdori = 0,34%; qon hajmi = tana vaznining 7%; 1000 koeffitsenti = "g" ni "mg" ga o'tkazish).

So'ngra Avifer preparatining organizmdagi temir tanqisligini to'ldirish uchun yuborish kerak bo'ladigan to'planuvchi (kurslik) dozasini quyidagi formula bo'yicha hisoblash kerak:

Preparatning umumiy miqdori (ml da) = temirning umumiy tanqisligi (mg)/ 20 mg/ml

Simptomlari: arterial bosimni yaqqol pasayishi (kollaps belgilari 30 minut davomida namoyon bo'ladi), gemosideroz simptomlari.

Davolash: simptomatik, zarurati bo'lganida – temirni bog'lab oluvchi dori vositalari (xelatlar), masalan deferoksamin.

Aviferni homiladorlikni I uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikni II va III uch oyligida preparat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda buyuriladi. 

Emizish davrida preparatni qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan. Emizishni to'xtatish (preparatni qo'llash zarurati bo'lganida) yoki preparatni bekor qilish tavsiya etiladi. 

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5 dori vositasi Montage Laboratories PVT. LTD., Индия (производитель) для Avantika Medex PVT. LTD., Индия tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AVIFER inyeksiya uchun eritma 5 ml 20 mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
STER-FE eritma 5 ml 100 mg/5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Steril-Gene Life Sciences (P) Ltd
  • Vakil: Asia Pharm Consulting
Narh: 290 000 so'mdan Batafsil
AKSIFER inyeksiya uchun eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NovaMed Pharmaceuticals Pvt Ltd
  • Vakil: IS GROUP PHARMA
Narh: 407 000 so'mdan Batafsil
INNOFER eritma 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Индия
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
FERROSON 5ml N5
FEROGLOBIN inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Syren Healthcare, Индия произведено: Sakar Healthcare Ltd
  • Vakil: Positive healthcare MChJ
LINDAFER inyektsiya uchun eritma 10ml 500mg / 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Nitin Lifesciences Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 302 400 so'mdan Batafsil
VIFOR inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Allmed (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Allmed PL
RENIFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Celon Laboratories Ltd
YeVROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shvetsiya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rechon Life Science AB
FERROSTAB eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ellington General L.P., Великобритания произведено: Health Biotech Ltd
ENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
FEREKS inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
SEROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Global Pharmatech Pvt. Ltd
Narh: 339 400 so'mdan Batafsil
MEGAFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
GEMOLIF inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Ltd.13 New Industrial Township, Faridabad - 121001, Haryana-India
  • Vakil: LIFE PHARMA SYSTEMS
FERROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Hencer Pharmaceutical Co., Ltd
  • Vakil: Asia Pharm Consulting
Narh: 290 000 so'mdan Batafsil
FER SUKROZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
SUFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Narh: 315 000 so'mdan Batafsil
JIFON inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
VENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor International Inc.
Narh: 264 900 so'mdan Batafsil
AKUROUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид сахарозный комплекс ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 355 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9