QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AVIZOL
AVIZOL
Preparatning savdo nomi: Avizol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flukonazol
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: flukonazol 50 mg; 100 mg yoki 150 mg;
yordamchi moddalar: kraxmal, mikrokristallik sellyuloza, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, talk, aerosil, natriy krosskarmelloza.
Ta‘rifi: silindrik shaklli, oxirlari yarim sferik, bir xil, silliq, yaltiroq yuzali kapsulalar.
50 mg uchun: korpusi/qopqoqchasini rangi – oq/oq.
100 mg uchun: korpusi/qopqoqchasini rangi – to‘q sariq/qora.
150 mg uchun: korpusi/qopqoqchasini rangi – oq/ko‘k.
Kapsulaning ichidagisi – oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, deyarli hidsiz kukun va/yoki granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi: J02AC01.
Farmakologik xususiyatlari
Flukonazol triazol birikmalari sinfiga mansub zamburug‘larga qarshi vosita, zamburug‘larning xujayralarida sterollarning sintezini selektiv ingibitoridir.
Flukonazol opportunistik mikozlar, shu jumladan Candida spp. chaqirgan (shu jumladan yoyilgan kandidoz); Cryptococcus neoformans (shu jumladan bosh miya infeksiyalari); Microsporum spp. va Tychophyton spp chaqirgan infeksiyalarni davolashda samaralidir.
Flukonazolning faolligi shuningdek endemik mikozlarda, xususan Blastomyces dermatitides, Coccidioides immitis (shu jumladan, bosh miya infeksiyalari) va Histoplasma capsulatum chaqirgan infeksiyalarda ham ko‘rsatilgan.
Flukonazol sitoxrom R450 ga bog‘liq zamburug‘ fermentlariga yuqori spesifik ta‘sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin flukonazol yaxshi so‘riladi, uning biokiraolishligi 90%. Ichga, och qoringa 150 mg qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyasi (Cmax) vena ichiga (v/i) 2,5-3,5 mg/l dozada yuborilganda plazmadagi miqdorining 90% ni tashkil qiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish, qabul qilingan preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Plazmadagi konsentrasiyasi qabul qilinganidan keyin 0,5-1,5 soat o‘tgach cho‘qqisiga erishadi, flyukanazolning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi dozaga to‘g‘ri proporsional bog‘liq. Muvozanat konsentrasiyasining (Sss) 90% darajasiga davolashning (sutkada 1 marta qabul qilinganida) 4-5 kunida erishiladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 11-12% ni tashkil qiladi.
Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kiradi. Preparatning so‘lak va balg‘amdagi konsentrasiyasi uning plazmadagi darajasiga o‘xshash. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda flukonazolning orqa miya suyuqligidagi miqdori uning plazmadagi darajasining 80% ni tashkil qiladi.
Shox pardada, epidermisda, dermada va ter suyuqligida zardobdagidan yuqori konsentrasiyalarga erishiladi.
Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proporsionaldir. Periferik qonda flukonazolning metabolitlari aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Kapsulalar ichga, chaynamasdan, suv yoki boshqa cuyuqliklar bilan qabul qilinadi.
Kattalarga kriptakokkli meningitda va boshqa sohalarda joylashgan kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg buyuriladi, so‘ngra esa davolash sutkada 1 marta 200-400 mg dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarda davolashning davomiyligi mikologik tekshirishlarda tasdiqlangan klinik samaraga bog‘liq; kriptokokkli meningitda davolash odatda kamida 6-8 hafta davom ettiriladi.
OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolashning to‘liq kursi tugaganidan keyin, flukonazol bilan davolashni sutkada 200 mg dozada uzoq vaqt davomida davom ettirish mumkin.
Kandidemiyada, disseminasiyalangan kandidoz va bashqa invaziv kandidozli infeksiyalarda doza odatda birinchi sutkada 400 mg ni, so‘ngra esa sutkada 200 mg ni tashkil etadi. Klinik samaradorligi yetarli bo‘lmaganida, preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolashning davomiyligi klinik samaradorlikka bog‘liq.
Orofaringeal kandidozda preparat odatda sutkada 1 marta 50-100 mg dan buyuriladi; davolashning davomiyligi 7-14 kun. Immunitetni yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda zarurati bo‘lganida davolash yanada uzoqroq davom etishi mumkin.
Tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozida, flukonazol odatda 150 mg dan sutkada 1 marta 14 kun davomida, protezga ishlov berish uchun maxalliy antiseptik vositalari bilan birga buyuriladi.
Kandidozni boshqa sohalarda joylashgani (genital kandidozidan tashqari), masalan ezofagitda, noinvaziv bronx-o‘pka shikstlanishida, kandiduriyada, teri va shillik qavatlarining kandidozida va boshqalarda davolashning davomiyligi 14-30 kun bo‘lganida, samarali doza odatda sutkada 50-100 mg ni tashkil etadi. OITS bo‘lgan bemorlarda birlamchi davolashning to‘liq kursi tugaganidan keyin, orofaringeal kandidozning kaytalanishlarini oldini olish uchun preparat 150 mg dan haftada 1 marta buyurilishi mumkin.
Qin kandidozida flukonazol ichga bir marta 150 mg dozada qabul qilinadi. Qin kandidozining qaytalanishlari sonini kamaytirish uchun preparatni 150 mg dozada bir oyda 1 marta qo‘llash mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u 4 dan 12 oygacha o‘zgarib turadi. Ayrim bemorlarga ko‘proq qo‘llash talab qilinishi mumkin.
Candida chaqirgan balanitda flukonazol ichga 150 mg dozada bir marta buyuriladi. Kandidozni oldini olish uchun flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi zamburug‘li infeksiyaning rivojlanish darajasiga qarab, sutkada 1 marta 50-400 mg ni tashkil etadi. Tarqoq infeksiyaning yuqori havfi bo‘lganida, masalan kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat saqlanayotgan neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda, tavsiya qiladigan doza sutkada 1 marta
400 mg ni tashkil etadi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyani paydo bo‘lishidan bir necha kun oldin buyuriladi. Neytrofillarning soni 1000/mm3 dan oshganidan keyin davolash yana 7 sutka davomida davom ettiriladi.
Teri mikozlarida, oyoq panjasi, chov soxasi mikozlari, teri kandidozlarida tavsiya kilinadigan doza haftada 1 marta 150 mg ni yoki sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil etadi. Davolashning davomiyligi odatdagi hollarda 2-4 haftani tashkil etadi, biroq oyoq panjasining mikozlarida yanada uzoqroq (6 haftagacha) davolash talab qilinishi mumkin.
Kepaklanuvchi temiratkida tavsiya qilinadigan doza haftada 1 marta – 300 mg ni tashkil etadi. Ayrim bemorlarga haftada 300 mg uchinchi doza talab qilinishi mumkin, ayni paytda, qator xollarda 300-400 mg ni bir marta qabul qilish yetarli bo‘ladi.
Davolashning muqobil tartibi 2-4 hafta davomida 50 mg dan kuniga 1 marta qo‘llashdir.
Onixomikozda tavsiya qilinadigan doza haftada 1 marta 150 mg ni tashkil etadi. Davolashni infeksiyalangan tirnoq almashgunicha (infeksiyalanmagan tirnoq o‘sgunicha) davom ettirish lozim. Qo‘l va oyok panjalarining barmoqlarida tirnoqlarni qayta o‘sishi uchun normada muvofiq ravishda 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi.
Chuqur endemik mikozlarda preparatni sutkada 200-400 mg dozada 2 yil davomida qo‘llash talab qilinishi mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va u koksidiomikozda 11-24 oyni; parakoksidiomikozda 2-17 oyni; sporotrixozda 1-16 oyni va gistoplazmozda 3-17 oyni tashkil qilishi mumkin.
Bolalarda kattalardagiga o‘xshash infeksiyalardagi kabi, davolashning davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog‘liq. Bolalarda preparatni kattalardagidan ortiq sutkalik dozada qo‘llash mumkin emas. Kandiflyu xar kuni sutkada 1 marta qo‘llanadi.
Shilliq kavatlariniig kandidozida flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi sutkada
3 mg/kg ni tashkil etadi. Birinchi kuni tezroq doimiy muvozanat konsentrasiyasiga erishish maqsadida 6 mg/kg zarb dozani buyurish mumkin.
Yoyilgan kandidozni yoki kriptokokkli infeksiyalarni davolash uchun tavsiya qilinadigan doza kasallikning og‘irligiga qarab, sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil etadi.
Immuniteti pasaygan bolalarda, infeksiyani rivojlanish xavfi sitotoksik kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida rivojlanuvchi neytropeniya bilan bog‘liq bo‘lgan zamburug‘li infeksiyalarni oldini olish uchun, preparat kuchaygan neytropeniyaning yaqqolligi va davomiyligini saqlanishiga qarab, sutkada 3-12 mg/kg dan buyuriladi.
Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bolalarda preparatning sutkalik dozasi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasiga muvofiq (kattalardagi proporsional bog‘liqlik bilan bir xil) kamaytirilishi kerak.
Keksa yoshli pasientlarda buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lmaganida preparatning odatdagi dozalash tartibiga rioya kilish lozim.
Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda bir marta qabul qilinganida preparatning dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Preparat ko‘p marta qo‘llanganida kreatinin klirensi (KK) minutiga 50 ml dan ortiq bo‘lganida, preparat o‘rtacha dozada qo‘llanadi. KK minutiga 11 dan 50 ml gacha bo‘lganida dastlab 50 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan zarb dozani buyurish kerak, so‘ngra tavsiya qilinadigan dozaning 50% ni tashkil qiluvchi doza qo‘llanadi. Muntazam dializda bo‘lgan bemorlarda preparatning bir dozasi gemodializning har bir seansidan keyin qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ta‘m bilishni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, abdominal og‘riqlar, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (sariqlik, gepatit, gepatonekroz, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi) bo‘lishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kam hollarda – tirishishlar.
Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, agranulositoz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: QT intervali davomiyligini oshishi yurak korinchalarini xilpillashi, lipillashi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, kam hollarda – xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaksiyalar.
Boshqalar: kam hollarda – buyraklar faoliyatini buzilishi, alopesiya, giperxolesterinemiya, gipertrigliseridemiya, gipokaliemiya.
Ko‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, potensial gepatotoksik dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, alkogolizm, ko‘p sonli xavf omillari bo‘lgan pasientlardagi proaritmogen holatlar (yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatini buzilishi, aritmiyalarni chaqiruvchi dori vositalarni bir vaktda qabul qilish).
Preparatni homiladorlarda, agarda taxmin qilinayotgan samara homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lganida, og‘ir yoki hayot uchun xavf tug‘diruvchi zamburug‘li infeksiyalarning shakllaridan tashqari hollarda, qo‘llash maksadga muvofiq emas. Flyukonazol ko‘krak sutida plazmadagi konsentrasiyasi bilan bir xil bo‘ladi, shuning uchun uni laktasiya davrida buyurish tavsiya kilinmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Flukonazol varfarin bilan birga qo‘llanganida protrombin vaqtini 12% ga oshishi aniqlangan. Shuning uchun preparatni kumarin antikoagulyantlari bilan birga olayotgan bemorlarda protrombin nazorat qilish tavsiya etiladi.
Flukonazol peroral gipoglikemik vositalar – sulfonilmochevina hosilalari (xlorpropanid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid) ning yarim chiqarilish davrini (T1/2) oshiradi. Flukonazol va peroral gipoglikemik vositalarni birga buyurishga yo‘l qo‘yiladi, ammo bunda gipoglikemiyani rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo‘llash fenitoinning plazmadagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli darajagacha oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlarni birga qo‘llashni zarurati tug‘ilganida, fenitoinning qon plazmasidagi terapevtik konsentrasiyasini ta‘minlash maqsadida, uning dozasini to‘g‘rilash yo‘li bilan konsentrasiyasini monitoring qilish kerak.
Flukonazol va rifampisinni bir vaqtda qo‘llash “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) ni 25% ga pasayishiga va flukonazolning plazmadan yarim chiqarilish davrini (T1/2) 20% ga qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun bir vaqtda rifampisin olayotgan bemorlarda, flukonazolning dozasini oshirish tavsiya qilinadi.
Flukonazol qabul qilayotgan pasientlarning qonida siklosporinning konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi, chunki flukonazol va siklosporin buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda qo‘llanganida, flukonazolni sutkada 200 mg dozada qabul qilish siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasini sekin oshishiga olib keladi.
Teofillinni yuqori dozalarda qabul qilayotgan yoki teofillin intoksikasiyasini rivojlanish ehtimoli bo‘lgan bemorlar, teofillinning dozasini oshirib yuborilishini erta aniqlash maqsadida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, chunki flukonazolni bir vaqtda qabul qilish plazmada teofillinning klirensini o‘rtacha tezligini kamayishiga olib keladi. Flukonazol va terfenadin yoki sizaprid bir vaqtda qo‘llanganida yurak tomonidan noxush reaksiyalar, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasining paroksizmi (piruet turidagi aritmiyalar) hollari ta‘riflangan.
Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo‘llanganida, oxirgisining zardobdagi darajasini oshishi bilan kechuvchi o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida xabarlar bor. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo‘llanganida uveit hollari ta‘riflangan. Rifabutin va flukonazolni bir vaktda olayotgan bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak.
Flukonazol va zidovudinning kombinasiyasini olayotgan bemorlarda zidovudinning konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi, bu oxirgisini uning metabolitiga aylanishini pasayishi bilan chaqirilgan.
Flukonazol midozolam bilan bir vaqtda qo‘llanganida psixomotor samaralarning xavfi oshadi, takrolimus bilan – nefrotoksiklik xavfi oshadi.
Flukonazol sizaprid, rifabutin yoki R 450 sitoxrom tizimi tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar bilan vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lgunicha davom ettirish kerak, chunki uni barvaqt to‘xtatilishi qaytalanishlarga olib kelishi mumkun.
Maxsus ko‘rsatmalar
Flukonazolni qo‘llash kam hollarda, asosan jiddiy yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda jigarning toksik o‘zgarishlari bilan kechgan, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan. Flukonazol bilan bog‘liq gepatotoksik samaralar bo‘lgan hollarda, ularni umumiy sutkalik dozasiga, davolashning davomiyligiga, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi aniqlanmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta‘siri odatda qaytuvchi bo‘lgan; uning belgilari davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qolgan. Jigarning flyukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lganida, preparatni bekor qilish lozim. OITS bo‘lgan bemorlar ko‘pchilik preparatlar qo‘llanganida og‘ir teri reaksiyalarini rivojlanishiga ko‘prok moyil bo‘ladilar. Yuza joylashgan zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma rivojlangan hollarda va u flyukonazol bilan aniq bog‘liq deb baholanganda, preparatni bekor qilish lozim. Invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganida, sinchiklab kuzatish va bullez o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganida flukonazolni bekor qilish kerak. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda preparat bir marta qo‘llanganida dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Qayta qo‘llanganida kreatinin klirensiga (KK) qarab belgilanadi. Agarda KK minutiga 50 ml dan ortiq bo‘lsa, dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi; KK minutiga 11 dan 20 ml gacha bo‘lganda odatdagi dozaning 33% 72 soat interval bilan qabul qilinadi; KK minutiga 21 dan 40 ml gacha bo‘lganda odatdagi dozaning yarmi 48 soat interval bilan qabul qilinadi. Muntazam dializda bo‘lgan bemorlarda har bir dializ seansidan so‘ng preparatning bir dozasi qabul qilinadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
8,2 g preparat qabul qilinganida gallyusinasiyalar va paranoidal hatti-harakatlar paydo bo‘lgan holi ta‘riflangan. Bemor shifoxonaga yotqizilgan va uning holati 48 soat ichida me‘yorlashgan. Doza oshirib yuborilganida me‘dani yuvish, jadallashtirilgan diurezni ta‘minlash va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. 3 soatlik gemodializ seansidan so‘ng preparatning plazmadagi konsentrasiyasi 50% ga kamayadi
Chiqarilish shakli
50 mg dozasi – 6, 7, 10 kapsuladan alyumin folgani kontur uyali o‘ramda;
100 mg dozasi – 1, 4, 7 kapsuladan alyumin folgani kontur uyali o‘ramda;
150 mg dozasi – 1, 4, 7 kapsuladan alyumin folgani kontur uyali o‘ramda.
1 kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25˚S dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha: 50 mg dozasi – 6, 7, 10 kapsulalar;
100 mg dozasi – 1, 4, 7 kapsulalar;
150 mg dozasi – 4, 7 kapsulalar.
Reseptsiz: 150 mg dozasi – 1 kapsuladan.