×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Флуконазол
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex PVT.LTD
ATX kodi:
- J02AC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2 ОЗОН ФАРМ, ООО Rossiya
13 000 s`om dan
22 600 s`om dan
FLUKONAZ infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Ист-Фарм OOО Rossiya Federatsiyasi
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1 O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова O'zbekiston
4 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AVIZOL

AVIZOL

Preparatning savdo nomi: Avizol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flukonazol

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: flukonazol 50 mg; 100 mg yoki 150 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal, mikrokristallik sellyuloza, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, talk, aerosil, natriy krosskarmelloza.

Ta‘rifi: silindrik shaklli, oxirlari yarim sferik, bir xil, silliq, yaltiroq yuzali kapsulalar.

50 mg uchun: korpusi/qopqoqchasini rangi – oq/oq.

100 mg uchun: korpusi/qopqoqchasini rangi – to‘q sariq/qora.

150 mg uchun: korpusi/qopqoqchasini rangi – oq/ko‘k.

Kapsulaning ichidagisi – oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, deyarli hidsiz kukun va/yoki granulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita.

ATX kodi: J02AC01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Flukonazol triazol birikmalari sinfiga mansub zamburug‘larga qarshi vosita, zamburug‘larning xujayralarida sterollarning sintezini selektiv ingibitoridir.

Flukonazol opportunistik mikozlar, shu jumladan Candida spp. chaqirgan (shu jumladan yoyilgan kandidoz); Cryptococcus neoformans (shu jumladan bosh miya infeksiyalari); Microsporum spp. va Tychophyton spp chaqirgan infeksiyalarni davolashda samaralidir.

Flukonazolning faolligi shuningdek endemik mikozlarda, xususan Blastomyces dermatitides, Coccidioides immitis (shu jumladan, bosh miya infeksiyalari) va Histoplasma capsulatum chaqirgan infeksiyalarda ham ko‘rsatilgan.

Flukonazol sitoxrom R450 ga bog‘liq zamburug‘ fermentlariga yuqori spesifik ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin flukonazol yaxshi so‘riladi, uning biokiraolishligi 90%. Ichga, och qoringa 150 mg qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyasi (Cmax) vena ichiga (v/i) 2,5-3,5 mg/l dozada yuborilganda plazmadagi miqdorining 90% ni tashkil qiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish, qabul qilingan preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Plazmadagi konsentrasiyasi qabul qilinganidan keyin 0,5-1,5 soat o‘tgach cho‘qqisiga erishadi, flyukanazolning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi dozaga to‘g‘ri proporsional bog‘liq. Muvozanat konsentrasiyasining (Sss) 90% darajasiga davolashning (sutkada 1 marta qabul qilinganida) 4-5 kunida erishiladi.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 11-12% ni tashkil qiladi.

Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kiradi. Preparatning so‘lak va balg‘amdagi konsentrasiyasi uning plazmadagi darajasiga o‘xshash. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda flukonazolning orqa miya suyuqligidagi miqdori uning plazmadagi darajasining 80% ni tashkil qiladi.

Shox pardada, epidermisda, dermada va ter suyuqligida zardobdagidan yuqori konsentrasiyalarga erishiladi.

Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proporsionaldir. Periferik qonda flukonazolning metabolitlari aniqlanmagan.

 

Qo‘llanilishi

  • kriptokokkoz. kriptokokkli meningit va bu infeksiyaning boshqa joyda joylashgan turlari (shu jumladan o‘pka, teri), immun javobi me‘yoriy bo‘lgan bemorlarda ham, immunosupressiyaning turli shakllari bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan, OITS bo‘lgan bemorlarda, a‘zolarni ko‘chirib o‘tkazishda) ham qo‘llanadi; preparatni OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli infeksiyani oldini olish uchun ishlatish mumkin;
  • yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminasiyalangan kandidoz va invaziv kandidozli infeksiyaning boshqa shakllari (qorin bo‘shlig‘i, endokard, ko‘z, nafas va siydik yo‘llarining infeksiyalari). Davolashni xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, jadal davolash bo‘limidagi bemorlarda sitostatik yoki immunosupressiv davolash kurslarini o‘tayotgan bemorlarda, shuningdek kandidozning rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan boshqa omillar bo‘lganida ham o‘tkazilishi mumkin;
  • shilliq qavatlarniig kandidozi, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning kandidozi (shu jumladan tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi), qizilo‘ngach kandidozi, noinvaziv bronx-o‘pka kandidozlari, kandiduriya, teri kandidozlari; OITS li bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish;
  • genital kandidoz: qin kandidozi (o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi), qin kandidozining qaytalanishlari sonini kamaytirish maqsadida profilaktika maqsadida qo‘llash (yiliga 3 va undan ko‘p hollar); kandidozli balanit;
  • sitostatiklar bilan kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida bunday infeksiyalarga moyil bo‘lgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infeksiyalarni oldini olish;
  • teri mikozlari, shu jumladan oyoq panjasi, tana, chov soxasi mikozlari, kepaklanuvchi temiratki, onixomikoz, teri kandidozi;
  • chuqur endemik mikozlar, shu jumladan koksidiomikoz, parakoksidiomikoz, sporotrixoz va immuniteti me‘yorida bo‘lgan bemorlardagi gistoplazmoz.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kapsulalar ichga, chaynamasdan, suv yoki boshqa cuyuqliklar bilan qabul qilinadi.

Kattalarga kriptakokkli meningitda va boshqa sohalarda joylashgan kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg buyuriladi, so‘ngra esa davolash sutkada 1 marta 200-400 mg dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarda davolashning davomiyligi mikologik tekshirishlarda tasdiqlangan klinik samaraga bog‘liq; kriptokokkli meningitda davolash odatda kamida 6-8 hafta davom ettiriladi.

OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolashning to‘liq kursi tugaganidan keyin, flukonazol bilan davolashni sutkada 200 mg dozada uzoq vaqt davomida davom ettirish mumkin.

Kandidemiyada, disseminasiyalangan kandidoz va bashqa invaziv kandidozli infeksiyalarda doza odatda birinchi sutkada 400 mg ni, so‘ngra esa sutkada 200 mg ni tashkil etadi. Klinik samaradorligi yetarli bo‘lmaganida, preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolashning davomiyligi klinik samaradorlikka bog‘liq.

Orofaringeal kandidozda preparat odatda sutkada 1 marta 50-100 mg dan buyuriladi; davolashning davomiyligi 7-14 kun. Immunitetni yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda zarurati bo‘lganida davolash yanada uzoqroq davom etishi mumkin.

Tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozida, flukonazol odatda 150 mg dan sutkada 1 marta 14 kun davomida, protezga ishlov berish uchun maxalliy antiseptik vositalari bilan birga buyuriladi.

Kandidozni boshqa sohalarda joylashgani (genital kandidozidan tashqari), masalan ezofagitda, noinvaziv bronx-o‘pka shikstlanishida, kandiduriyada, teri va shillik qavatlarining kandidozida va boshqalarda davolashning davomiyligi 14-30 kun bo‘lganida, samarali doza odatda sutkada 50-100 mg ni tashkil etadi. OITS bo‘lgan bemorlarda birlamchi davolashning to‘liq kursi tugaganidan keyin, orofaringeal kandidozning kaytalanishlarini oldini olish uchun preparat 150 mg dan haftada 1 marta buyurilishi mumkin.

Qin kandidozida flukonazol ichga bir marta 150 mg dozada qabul qilinadi. Qin kandidozining qaytalanishlari sonini kamaytirish uchun preparatni 150 mg dozada bir oyda 1 marta qo‘llash mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u 4 dan 12 oygacha o‘zgarib turadi. Ayrim bemorlarga ko‘proq qo‘llash talab qilinishi mumkin.

Candida chaqirgan balanitda flukonazol ichga 150 mg dozada bir marta buyuriladi. Kandidozni oldini olish uchun flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi zamburug‘li infeksiyaning rivojlanish darajasiga qarab, sutkada 1 marta 50-400 mg ni tashkil etadi. Tarqoq infeksiyaning yuqori havfi bo‘lganida, masalan kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat saqlanayotgan neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda, tavsiya qiladigan doza sutkada 1 marta
400 mg ni tashkil etadi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyani paydo bo‘lishidan bir necha kun oldin buyuriladi. Neytrofillarning soni 1000/mm3 dan oshganidan keyin davolash yana 7 sutka davomida davom ettiriladi.

Teri mikozlarida, oyoq panjasi, chov soxasi mikozlari, teri kandidozlarida tavsiya kilinadigan doza haftada 1 marta 150 mg ni yoki sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil etadi. Davolashning davomiyligi odatdagi hollarda 2-4 haftani tashkil etadi, biroq oyoq panjasining mikozlarida yanada uzoqroq (6 haftagacha) davolash talab qilinishi mumkin.

Kepaklanuvchi temiratkida tavsiya qilinadigan doza haftada 1 marta – 300 mg ni tashkil etadi. Ayrim bemorlarga haftada 300 mg uchinchi doza talab qilinishi mumkin, ayni paytda, qator xollarda 300-400 mg ni bir marta qabul qilish yetarli bo‘ladi.

Davolashning muqobil tartibi 2-4 hafta davomida 50 mg dan kuniga 1 marta qo‘llashdir.

Onixomikozda tavsiya qilinadigan doza haftada 1 marta 150 mg ni tashkil etadi. Davolashni infeksiyalangan tirnoq almashgunicha (infeksiyalanmagan tirnoq o‘sgunicha) davom ettirish lozim. Qo‘l va oyok panjalarining barmoqlarida tirnoqlarni qayta o‘sishi uchun normada muvofiq ravishda 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi.

Chuqur endemik mikozlarda preparatni sutkada 200-400 mg dozada 2 yil davomida qo‘llash talab qilinishi mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va u koksidiomikozda 11-24 oyni; parakoksidiomikozda 2-17 oyni; sporotrixozda 1-16 oyni va gistoplazmozda 3-17 oyni tashkil qilishi mumkin.

Bolalarda kattalardagiga o‘xshash infeksiyalardagi kabi, davolashning davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog‘liq. Bolalarda preparatni kattalardagidan ortiq sutkalik dozada qo‘llash mumkin emas. Kandiflyu xar kuni sutkada 1 marta qo‘llanadi.

Shilliq kavatlariniig kandidozida flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi sutkada
3 mg/kg ni tashkil etadi. Birinchi kuni tezroq doimiy muvozanat konsentrasiyasiga erishish maqsadida 6 mg/kg zarb dozani buyurish mumkin.

Yoyilgan kandidozni yoki kriptokokkli infeksiyalarni davolash uchun tavsiya qilinadigan doza kasallikning og‘irligiga qarab, sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil etadi.

Immuniteti pasaygan bolalarda, infeksiyani rivojlanish xavfi sitotoksik kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida rivojlanuvchi neytropeniya bilan bog‘liq bo‘lgan zamburug‘li infeksiyalarni oldini olish uchun, preparat kuchaygan neytropeniyaning yaqqolligi va davomiyligini saqlanishiga qarab, sutkada 3-12 mg/kg dan buyuriladi.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bolalarda preparatning sutkalik dozasi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasiga muvofiq (kattalardagi proporsional bog‘liqlik bilan bir xil) kamaytirilishi kerak.

Keksa yoshli pasientlarda buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lmaganida preparatning odatdagi dozalash tartibiga rioya kilish lozim.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda bir marta qabul qilinganida preparatning dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Preparat ko‘p marta qo‘llanganida kreatinin klirensi (KK) minutiga 50 ml dan ortiq bo‘lganida, preparat o‘rtacha dozada qo‘llanadi. KK minutiga 11 dan 50 ml gacha bo‘lganida dastlab 50 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan zarb dozani buyurish kerak, so‘ngra tavsiya qilinadigan dozaning 50% ni tashkil qiluvchi doza qo‘llanadi. Muntazam dializda bo‘lgan bemorlarda preparatning bir dozasi gemodializning har bir seansidan keyin qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ta‘m bilishni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, abdominal og‘riqlar, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (sariqlik, gepatit, gepatonekroz, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi) bo‘lishi mumkin.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kam hollarda – tirishishlar.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, agranulositoz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: QT intervali davomiyligini oshishi yurak korinchalarini xilpillashi, lipillashi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, kam hollarda – xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaksiyalar.

Boshqalar: kam hollarda – buyraklar faoliyatini buzilishi, alopesiya, giperxolesterinemiya, gipertrigliseridemiya, gipokaliemiya.

 

Ko‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • terfenadin yoki astemizol (flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozada doimiy qabul qilish fonida) yoki QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish;
  • preparatga yoki tuzilishi bo‘yicha azol birikmalariga yaqin vositalarga yuqori sezuvchanlik;
  • 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas;

Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, potensial gepatotoksik dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, alkogolizm, ko‘p sonli xavf omillari bo‘lgan pasientlardagi proaritmogen holatlar (yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatini buzilishi, aritmiyalarni chaqiruvchi dori vositalarni bir vaktda qabul qilish).

Preparatni homiladorlarda, agarda taxmin qilinayotgan samara homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lganida, og‘ir yoki hayot uchun xavf tug‘diruvchi zamburug‘li infeksiyalarning shakllaridan tashqari hollarda, qo‘llash maksadga muvofiq emas. Flyukonazol ko‘krak sutida plazmadagi konsentrasiyasi bilan bir xil bo‘ladi, shuning uchun uni laktasiya davrida buyurish tavsiya kilinmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Flukonazol varfarin bilan birga qo‘llanganida protrombin vaqtini 12% ga oshishi aniqlangan. Shuning uchun preparatni kumarin antikoagulyantlari bilan birga olayotgan bemorlarda protrombin nazorat qilish tavsiya etiladi.

Flukonazol peroral gipoglikemik vositalar – sulfonilmochevina hosilalari (xlorpropanid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid) ning yarim chiqarilish davrini (T1/2) oshiradi. Flukonazol va peroral gipoglikemik vositalarni birga buyurishga yo‘l qo‘yiladi, ammo bunda gipoglikemiyani rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo‘llash fenitoinning plazmadagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli darajagacha oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlarni birga qo‘llashni zarurati tug‘ilganida, fenitoinning qon plazmasidagi terapevtik konsentrasiyasini ta‘minlash maqsadida, uning dozasini to‘g‘rilash yo‘li bilan konsentrasiyasini monitoring qilish kerak.

Flukonazol va rifampisinni bir vaqtda qo‘llash “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) ni 25% ga pasayishiga va flukonazolning plazmadan yarim chiqarilish davrini (T1/2) 20% ga qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun bir vaqtda rifampisin olayotgan bemorlarda, flukonazolning dozasini oshirish tavsiya qilinadi.

Flukonazol qabul qilayotgan pasientlarning qonida siklosporinning konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi, chunki flukonazol va siklosporin buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda qo‘llanganida, flukonazolni sutkada 200 mg dozada qabul qilish siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasini sekin oshishiga olib keladi.

Teofillinni yuqori dozalarda qabul qilayotgan yoki teofillin intoksikasiyasini rivojlanish ehtimoli bo‘lgan bemorlar, teofillinning dozasini oshirib yuborilishini erta aniqlash maqsadida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, chunki flukonazolni bir vaqtda qabul qilish plazmada teofillinning klirensini o‘rtacha tezligini kamayishiga olib keladi. Flukonazol va terfenadin yoki sizaprid bir vaqtda qo‘llanganida yurak tomonidan noxush reaksiyalar, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasining paroksizmi (piruet turidagi aritmiyalar) hollari ta‘riflangan.

Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo‘llanganida, oxirgisining zardobdagi darajasini oshishi bilan kechuvchi o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida xabarlar bor. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo‘llanganida uveit hollari ta‘riflangan. Rifabutin va flukonazolni bir vaktda olayotgan bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Flukonazol va zidovudinning kombinasiyasini olayotgan bemorlarda zidovudinning konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi, bu oxirgisini uning metabolitiga aylanishini pasayishi bilan chaqirilgan.

Flukonazol midozolam bilan bir vaqtda qo‘llanganida psixomotor samaralarning xavfi oshadi, takrolimus bilan – nefrotoksiklik xavfi oshadi.

Flukonazol sizaprid, rifabutin yoki R 450 sitoxrom tizimi tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar bilan vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lgunicha davom ettirish kerak, chunki uni barvaqt to‘xtatilishi qaytalanishlarga olib kelishi mumkun.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Flukonazolni qo‘llash kam hollarda, asosan jiddiy yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda jigarning toksik o‘zgarishlari bilan kechgan, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan. Flukonazol bilan bog‘liq gepatotoksik samaralar bo‘lgan hollarda, ularni umumiy sutkalik dozasiga, davolashning davomiyligiga, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi aniqlanmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta‘siri odatda qaytuvchi bo‘lgan; uning belgilari davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qolgan. Jigarning flyukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lganida, preparatni bekor qilish lozim. OITS bo‘lgan bemorlar ko‘pchilik preparatlar qo‘llanganida og‘ir teri reaksiyalarini rivojlanishiga ko‘prok moyil bo‘ladilar. Yuza joylashgan zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma rivojlangan hollarda va u flyukonazol bilan aniq bog‘liq deb baholanganda, preparatni bekor qilish lozim. Invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganida, sinchiklab kuzatish va bullez o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganida flukonazolni bekor qilish kerak. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda preparat bir marta qo‘llanganida dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Qayta qo‘llanganida kreatinin klirensiga (KK) qarab belgilanadi. Agarda KK minutiga 50 ml dan ortiq bo‘lsa, dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi; KK minutiga 11 dan 20 ml gacha bo‘lganda odatdagi dozaning 33% 72 soat interval bilan qabul qilinadi; KK minutiga 21 dan 40 ml gacha bo‘lganda odatdagi dozaning yarmi 48 soat interval bilan qabul qilinadi. Muntazam dializda bo‘lgan bemorlarda har bir dializ seansidan so‘ng preparatning bir dozasi qabul qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

8,2 g preparat qabul qilinganida gallyusinasiyalar va paranoidal hatti-harakatlar paydo bo‘lgan holi ta‘riflangan. Bemor shifoxonaga yotqizilgan va uning holati 48 soat ichida me‘yorlashgan. Doza oshirib yuborilganida me‘dani yuvish, jadallashtirilgan diurezni ta‘minlash va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. 3 soatlik gemodializ seansidan so‘ng preparatning plazmadagi konsentrasiyasi 50% ga kamayadi

 

Chiqarilish shakli

50 mg dozasi – 6, 7, 10 kapsuladan alyumin folgani kontur uyali o‘ramda;

100 mg dozasi – 1, 4, 7 kapsuladan alyumin folgani kontur uyali o‘ramda;

150 mg dozasi – 1, 4, 7 kapsuladan alyumin folgani kontur uyali o‘ramda.

1 kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25˚S dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha:         50 mg dozasi – 6, 7, 10 kapsulalar;

100 mg dozasi – 1, 4, 7 kapsulalar;

150 mg dozasi – 4, 7 kapsulalar.

Reseptsiz:                 150 mg dozasi – 1 kapsuladan.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6 dori vositasi Avantika Medex PVT.LTD tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FUZAR tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 16 600 so'mdan Batafsil
NOFLUK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
FLYUDAR kapsulalar 50mg N7
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
FLYUDAR kapsulalar 150mg N1
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
STERINAZOL kapsulalar 150mg N4
Narh: 99 700 so'mdan Batafsil
VIZANAK NEO kapsulalar 150mg N1
Narh: 24 100 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7
FLUZAMED kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLUZAMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
VIZANAK infuziya uchun eritma 200mg/100ml
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «АСТРАФАРМ»
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
MIKOZEVS NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MIKOZEVS NEO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KANDIZEF NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
VIZANAK NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
FLYUKO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
FLYUKO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
SITONAZOL NEO eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Jaraflu kukuni 22g N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Jaraflu kukuni 22g N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
TRINAZOL krem 15g
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
AVIZOL 150 kapsulalar 150 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex PVT.LTD
AVIZOL 100 kapsulalar 100 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex PVT.LTD
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
Avizol
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Нуклеус Формулэйшн Пвт. Лтд.»
  • Distribyutor: Shifokor-82 YaTT
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9