×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRINAZOL krem 15g

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Кетоконазол, Клобетазол, неомицин
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex PVT.LTD
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- J02AB02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 106 ta dorixonasida topildi

ico 38 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 54 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 48 900 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
15 g dan sirtga qo'llash uchun krem plastmassali tubalarda, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton kutida.

Trinazol kremi zamburug'larga qarshi, yallig'lanishga karshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Kremning samaradorligi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarga bog'liq.

Ketokonazol keng ta'sir doirasiga ega zamburug'larga qarshi vosita bo'lib xisoblanadi. Uning o'tkazuvchanligini o'zgartirish orqali zamburug'xujayra membranasiga ta'sir ko'rsatadi.

Farmakologik tadqiqotlar ketokonazol dermatofitlar (Trichophyton sp., Microsporum sp.. Epidermophyton sp. kabi). saxaromisitlar va Candida albicans ga nisbatan kuchli antimikoz ta'sirga ekanligini namoyish etgan. Zamburug'shtammlari Ketokonazolning ta'siriga tabiiy chidamlilikka ega emas.

Klobetazol propionati minimal nojo'ya samaralarga ega yuqori samarali yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi vosita sifatida ta'sir ko'rsatadi.

Neomisin sulfati grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali vosita bo'lib hisoblanadi.

Trinazol kremi tarkibidagi uchta vositaning majmuasi uni zamburug'li va bakterial infektsiyalarda, yallig'lanish jarayonlari va qichishishda yuqori samarali preparat ekanligini namoyon qiladi.

1 g krem kuyidagilarni saklaydi:

faol moddalar: ketokonazol 10 mg, klobetazol propionati 0,25 mg, neomisin sulfati

5000 XB;

yordamchi moddalar: oq yumshok parafin, och suyuk parafin, tsetostearil spirti,

xlorokrezol. propilenglikol, suvsiz dinatriy gidrogen fosfat, suvsiz natriy

digidrogen fosfat.

Ketokonazolning ta'sir mexanizmi zamburug'membranasida ergosterol biosintezini ingibitsiya qilish va lipid tarkibini o'zgarishidan iborat. Dermatofitlar: Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton floccosum: achitqi va achitkisimon zamburug'lari Candida va Pityrosporum ga nisbatan faol.

Preparat qazg'ok, seboreyali ekzema va kepaklanuvchi temiratki bilan bog'lik terini kepaklanishi va qichishishini tez kamaytiradi,

Klobetazol propionati - sirtga vo'llash uchun kortikosteroid. Teri kasalliklarida kortikosteroidlarning terapevtik ta'sir mexanizmi aniq emas. Kortikosteroidlar membranalarning fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajratib chikaruvchi fosfolipaza A2 ni ingibitsiya qiluvchi lipokortin sintezini induktsiya kiladi. 

Shunday qilib, lipokortinlar araxidon kislotasining metabolitlari bo'lgan prostaglandinlar va leykotrienlar kabi yallig'lanish va allergiyaning kuchli mediatorlari biosintezini boshqaradi.

Neomisin sulfati – aminoglikozid antibiotigi, uning ta'sir mexanizmi bakteriyalar proteinlarini sintezini susaytirish bilan bog'liq.

Ketokonazol sirtga qo'llanilganda ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi. 

Hatto ketokonazolni uzoq vaqt qo'llaganda ham qonda aniqlanmaydi.

Klobetazol propionati gidrokortizonga nisbatan plazmadagi oqsillar bilan bog'lanish qobiliyati pastrok. lekin T1/2 uzunrok. Asosan jigarda, qolgan qismi – buyrakda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

Neomisin sulfati shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so'rilmaydi.

Kremni ko'zlarga tushishiga yo'l qo'yilmasin! Yuz terisi yoki tananing katta sohalariga uzoq vaqt davomida preparatni qo'llash zarurati bo'lganida, shifokorning doimiy kuzatuvi talab qilinadi.

Homiladorlik va emizikli ayollar, shuningdek emizikli bolalarga preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Dori vositasini avtotransport va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi 

Aniqlanmagan.

 

Trinazol kremi qo'l mikozlarida, tovon epidermofitiyasida (mikozida), teri trixofitiyasida, rang-barang temiratkilarda, ekzemada va terini qichishishi kabi terining zamburug'li infektsiyalarini davolashda qo'llaniladi.

Preparatga va/yoki uning ingredientlaridan biriga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Bolalar olaolmaydigan joyda 25C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Saqlash muddati
3 yil. 
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
OK rangli yot zarrachalar saklamaydigan yumshok krem
Sirtga qo'llash uchun. Kuniga 2 marta terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib surtiladi. Silliq terining oddiy trixofitiyasi va oraliq trixofitiyasini davolashda, davolash kursi 2 haftani tashkil qiladi, tovonlar va kaftlar epidermofitiyasini davolashda esa 4 haftani tashkil qiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRINAZOL krem 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRINAZOL krem 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRINAZOL krem 15g dori vositasi Avantika Medex PVT.LTD tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRINAZOL krem 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRINAZOL krem 15g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NEODERM krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Faol modda: Кетоконазол, Клобетазол, неомицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jiangsu Chenpai Bond Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
NEODERM krem 10g
Narh: 39 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Jaraflu kukuni 22g N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Jaraflu kukuni 22g N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
AVIZOL 150 kapsulalar 150 mg N1
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6
AVIZOL 100 kapsulalar 100 mg N1
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9