×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AZPIZAL tabletkalari 81mg N100

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- AQSh
Faol modda:
Ацетилсалициловая кислота
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- KEM Pharma LLS, США произведено: LNK International, Inc.
ATX kodi:
- B01AC06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLENOKS eritma 0,4ml 4000 anti-Xa ME N10 Фармак, ПАО Ukraina
430 000 s`om dan
STAZEKS tabletkalari 75mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
171 000 s`om dan
PLOGREL tabletkalari 75mg N30 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

AZPIZAL™

AZPIZAL™

PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

 

Muhim: Preparatni qo‘llashdan oldin iltimos yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing va preparat haqida to‘liq ma‘lumot olish uchun yo‘riqnomani asrab qo‘ying.

Preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma “qo‘llash bo‘yicha ma‘lumot” ning bir qismi hisoblanadi va atayin iste‘molchilar uchun mo‘ljallangan.

Savdo nomi: AZPIZAL, AZPIZAL

 

Halqaro patentlanmagan noma:

Asetilsalisil kislotasi, Acidumacetyl salicylicum

Dori shakli:

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 325 mg;

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 81 mg.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan 325 mg dozali tabletkalar uchun:

Ta‘sir etuvchi modda:

Asetilsalisil kislotasi 325 mg

Yordamchi moddalar:

Temir (II,III) oksidi, sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, makkajo‘xori kraxmali, gipromeloza, tolidekstroza, natriy alginati, polivinilasetat ftalati, stearin kislotasi, polietilen glikol, propilen glikol, natriy bikarbonati, simetikon, talk, shellak mumi, titan dioksidi, trietil sitrati, triasetin, D&C sariq №10, FD&C sariq №6.

 

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan 81 mg dozali tabletkalar uchun:

Ta‘sir etuvchi modda:

Asetilsalisil kislotasi 81 mg

Yordamchi moddalar:

Makkajo‘xori kraxmali, D&C sariq №10, FD&C sariq №6, gipromeloza, metakril kislotasi, mikrokristall sellyuloza, polidekstroza, polietilen glikol, shellak mumi, kremniy ikki oksidi, simetikon, natriy bikarbonati, natriy lauril sulfati, talk, titan dioksidi, trietil sitrat, triasetin.

Farmakoterapevtik guruhi:

Antiagregant, Analgetik, Antipiretik, NYAQP – nesteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, salisil kislotasining hosilasi.

Preparatning ATX bo‘yicha kodi: B01AC06, N02BA01

Qayd etish guvohnomasi:

Qayd etish raqami

Qo‘llanilishi:

  • YUIK (yurak ishemik kasalligi), YUIK bir qancha havf omillarini bo‘lishi, og‘riqsiz kechuvchi miokard ishemiyasi, nostabil stenokardiya, miokard infarkti (miokard infarktini takroran rivojlanish yoki miokard infarktidan keyin o‘lim havfini pasaytirish uchun), erkaklarda bosh miyani o‘tib ketuvchi takroriy ishemiyasi va ishemik insult, yurak klapanlariga protez qo‘yish (tromboemboliyani oldini olish va davolash), ballonli koronar angioplastika va stent o‘rnatish (takroriy stenoz rivojlanish havfini pasaytirish va koronar arteriyalarni ikkilamchi qatlam hosil bo‘lishini davolash), shuningdek koronar arteriyalarni noaterosklerotik shikastlanishlarida (Kavasaki kasalligi), aortoarteriit (Takayasu kasalligi), yurakni mitral klapan nuqsoni va xilpillovchi aritmiyalar, mitral klapan prolapsi (tromboemboliyani oldini olish), o‘pka arteriyasini qaytalanuvchi tromboemboliyasi, Dressler sindromi, o‘pka infarkti, o‘tkir tromboflebit. Infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma.
  • Yengil va o‘rtacha jadallikdagi turli genezli og‘riq sindromi, shu jumladan ko‘krak umurtqalari ildizcha sindromi, lyumbago, migren, bosh og‘rig‘i, nevralgiya, tish og‘rig‘i, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya.
  • Ko‘rsatmalarga qarab, revmatizm, revmatik xoreya, revmatoid artrit, infeksion-allergik miokardit, perikarditda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, me‘da-ichak yo‘llarini (MIY) o‘tkir va qaytalanuvchi eroziv-yarali kasalliklari, me‘da-ichakdan qon ketishlari, o‘tkir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, dastlabki gipoprotrombinemiya, K vitamini tanqisligi, trombositopeniya, trombositopenik purpura, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, homiladorlik (I va III uch oyliklari), emizish, isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llanganida bolalar va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (virusli kasalliklar fonida isitmasi bo‘lgan bolalarda Reye sindromini rivojlanish havfi bor) ga qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashni cheklanishi:

Giperurikemiya, nefrolitiaz, podagra, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (anamnezida), jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari, bronxial astma, o‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), burun polipozi, nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyada preparatni qo‘llashni cheklash kerak.

Qo‘llashdagi ogohlantirishlar:

Reye sindromi: suvchechak bilan xastalangan yoki sog‘ayib borayotgan, yoki grippga o‘xshash simptomlarga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Ushbu mahsulotni qo‘llash vaqtida ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lganida shifokorni maslahati kerak, chunki ushbu simptomlar kam uchraydigan, ammo jiddiy kasallik bo‘lgan Reye sindromining erta belgilari bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar

Aspizalni qo‘llash quyidagi og‘ir darajadagi allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin:

  • Kvinke shishi;
  • anafilaktik shok;
  • eshakemi;
  • astmatik sindrom.

Zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling.

 

 

Me‘dadan qon ketishlari:

Ushbu preparat tarkibida NYAQP saqlaydi, bu me‘dadan jiddiy qon ketishlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Qon ketish xavfi quyidagi holatlarda oshadi:

  • agar yoshingiz 60 yosh va undan oshgan bo‘lsa;
  • agar anamnezida me‘da yarasi yoki me‘da-ichakdan qon ketishlari kuzatilgan bo‘lsa;
  • agar siz qonni suyultiruvchi preparatlar (antikoagulyantlar) yoki steroidlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar tarkibida boshqa NYAQP saqlovchi preparatlar (aspirin, ibuprofen, naproksen yoki boshqalar) parallel ravishda qabul qilinayotgan bo‘lsa;
  • agar siz ushbu preparatni qabul qilish vaqtida, alkogolli ichimliklarni har kuni kuniga 3 marta va undan ko‘p iste‘mol qilayotgan bo‘lsangiz,
  • agar siz ushbu preparatni buyurilgan dozadan yuqori dozalarda yoki uzoq vaqt davomida qabul qilayotgan bo‘lsangiz, qon ketish xavfi oshadi.

Ushbu preparatni qabul qilmang

  • agar sizda Azpizalga yoki boshqa og‘riq qoldiruvchi/isitma tushiruvchi vositalarga allergiya bo‘lsa.

Agar:

  • sizda me‘da-ichak yo‘llarining faoliyatida, jig‘ildon qaynashi kabi muammolar bo‘lsa yoki ogohlantirishlar sizdagi holatga tegishli bo‘lsa;
  • sizda yuqori qon bosimi, kardiopatologiya, jigar sirrozi yoki buyrak kasalliklari bo‘lsa yoki siz bronxial astma bilan xastalangan bo‘lsangiz;
  • siz diuretiklar yoki podagra, diabet artritni davolash uchun resept bilan beriladigan preparatlarni qabul qilsangiz,

preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar:

  • sizda me‘dadan qon ketishining quyidagi simptomlar: behuzurlik hissi, qon quyqalari bo‘lgan axlat yoki qora rangli axlat, qonli qusish, me‘da sohasida kamayib bormaydigan og‘riqdan birortasi bo‘lsa;
  • allergik reaksiyalarni paydo bo‘lishi;
  • har qanday boshqa simptomlarni paydo bo‘lishi;
  • quloqlarni shang‘illashi yoki eshitishni yomonlashishi;
  • og‘riqni yanada kuchayishi yoki 10 kundan ortiq davom etishi;
  • isitma kuchaysa yoki 3 kundan ortiq davom etsa;
  • qizarish yoki shish bo‘lsa,

preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Yuqoridagilar og‘ir kasallikning belgilari bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlikni oxirgi uch oyligi davomida shifokorning ko‘rsatmasisiz preparatni qabul qilmaslik ayniqsa muhim, chunki bu davrda preparatni qo‘llash homilada patologiyani rivojlanishiga sabab bo‘lishi va tug‘ruq faoliyatini tormozlanishini chaqirishi mumkin.

Prostaglandinlar sintezini ingibisiya bo‘lishi homiladorlikka va embrion yoki homilani rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlikning I uch oyligida salisilatlarning katta dozalarini qo‘llash homilada rivojlanish nuqsonlarini uchrash tezligini oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Homiladorlikning II uch oyiligida salisilatlarni xavf va foyda nisbatini baholagan holdagina buyurish mumkin. Homiladorlikning III uch oyligida salisilatlarni buyurish mumkin emas.

Salisilatlar va ularning metabolitlari oz miqdorlarda ko‘krak sutiga o‘tadi. Laktasiya vaqtida salisilatlarni vaqtinchalik qabul qilish bolada nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi bilan kechmaydi va emizishni to‘xtatish talab etilmaydi. Biroq uzoq muddat qo‘llanganida yoki yuqori dozalarda buyurilganida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Dozasi oshirib yuborilganida zudlik bilan shifokorga yoki ixtisoslashtirilgan toksikologiya markaziga murojaat qiling.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati

Azpizal preparati avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Azpizalning faol moddasi – asetilsalisil kislotasi (ASK) ning nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, qusish, qorin sohasida og‘riq eng ko‘p kuzatiladi; kam hollarda – me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning shilliq qavatini yaralari; juda kam hollarda – me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning shilliq qavatini perforativ yaralari, me‘da-ichakdan qon ketishlari, jigar faoliyatini o‘tkinchi buzilishlari.

Qon yaratish tizimi tomonidan: ASKni buyurilishi trombositlar agregasiyasiga ASKning ingibisiya qiluvchi ta‘siri tufayli qon ketishi xavfini oshishi bilan kechadi. Operasiya vaqtida qon ketishlar, gematomalardan, burundan qon ketishi, milklarni qonashi, siydik tanosil yo‘llaridan qon ketishini rivojlanish tezligini oshishi qayd etilgan. Jiddiy qon ketishlari xaqida xabarlar mavjud, ularga me‘da-ichakdan qon ketishi va bosh miyaga qon quyilishi kiradi, ayrim holatlarda ular hayot uchun havf tug‘dirishi mumkin

Qon ketishi muvofiq kliniko-laborator belgilar va simptomlar bilan kechuvchi o‘tkir yoki surunkali postgemorragik/temir tanqisligi anemiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: astmatik sindrom (bronxospazm) kabi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, teri toshmasi, terini qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, rinit, burunning shilliq qavati shishi, kardio-respirator distress sindrom kabi teri qoplamlari, nafas yo‘llari, MIY va yurak qon tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan yengil va o‘rtacha darajadagi reaksiyalar, shuningdek og‘ir darajadagi reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.

MNT tomonidan: bosh aylanishi, eshitishni pasayishi, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashini paydo bo‘lish hollari haqida xabarlar mavjud, bu preparatning dozasini oshirib yuborilish belgisi hisoblanadi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rnivojlanish hollari yuzasidan xabarlar bor.

Agar nojo‘ya samaralardan birortasi jiddiy tus olsa, yoki agar siz ushbu hujjatda sanab o‘tilmagan birorta nojo‘ya samarani sezsangiz, shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

Boshqa dori vositalari (DV) bilan o‘zaro ta‘siri

Metotreksatning buyrak klirensini pasaytirib, uning toksikligini oshiradi, narkotik analgetiklar (kodein), peroral diabetga qarshi preparatlar, geparin, bevosita antikoagulyantlar, trombolitiklar va trombositlar agregasiyasini ingibitorlarining samaralarini kuchaytiradi, urikozurik DV (benzbromaron, sulfinpirazon), gipotenziv vositalar, diuretiklar (spironolakton, furosemid) ning samarasini pasaytiradi.

Parasetamol, kofein nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Glyukokortikoidlar, etanol va tarkibida etanol saqlovchi DV me‘da-ichak yo‘llari (MIY) ning shilliq qavatiga salbiy ta‘sirini kuchaytiradi va klirensini oshiradi. Digoksin, barbituratlar, litiy tuzlarining plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.

Tarkibida magniy va/yoki alyuminiy saqlovchi antasidlar asetilsalisil kislotasini so‘rilishini sekinlashtiradi va yomonlashtiradi. Mielotoksik DV asetilsalisil kislotasining gematotoksikligini kuchaytiradilar.

Dozalash va qo‘llash usuli

Azpizal preparatining har bir tabletkasini ovqatdan keyin, butun holda, chaynamasdan, ko‘p miqdordagi suv yoki bir stakan suv ichib qabul qilgan afzal.

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan 325 mg va 81 mg dozali tabletkalar uchun

Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin.

Dozalash tartibi ko‘rsatmalarga bog‘liq. Azpizal trombositlar agregasiyasini tormozlovchi preparat sifatida uzoq muddat qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi. Boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmaganida, quyidagi dozalash tartibiga rioya qilish tavsiya etiladi:

  • Nostabil stenokardiyada;
  • Qon tomirlarda o‘tkazilgan operasiyadan keyin;
  • bosh miyada qon aylanishini o‘tkinchi buzilishi yoki insultning klinik alomatlari bosqichida oldini olish uchun

tavsiya etilgan dozasi sutkada 81-325 mg asetilsalisil kislotasi (81 mg dozali Azpizal 1 tabletkadan 4 tabletkagacha yoki 325 mg dozali Azpizaldan 1 tabletka) ni tashkil etadi.

  • O‘tkir miokard infarktida

tavsiya etilgan dozasi sutkada 81 mg asetilsalisil kislotasi (81 mg dozali Azpizaldan 1 tabletka) ni tashkil etadi.

  • Miokard infarktini takrorlanishini oldini olish uchun

tavsiya etilgan dozasi sutkada 325 mg asetilsalisil kislotasi (81 mg dozali Azpizaldan 4 tabletka yoki 325 mg dozali Azpizaldan 1 tabletka) ni tashkil etadi.

  • Xavf omillari ko‘p bo‘lgan pasientlarda koronar arteriyalar trombozini oldini olish uchun;
  • migrenni uzoq muddat oldini olish uchun

tavsiya etilgan dozasi sutkada 81-162 mg asetilsalisil kislotasi (81 mg dozali Azpizaldan 1-2 tabletka) yoki kunora 325 mg asetilsalisil kislotasi (81 mg dozali Azpizaldan 4 tabletka yoki 325 mg dozali Azpizaldan 1 tabletka) ni tashkil etadi.

Aortokoronar shuntlash o‘tkazilganidan so‘ng Azpizal bilan davolashni boshlashni optimal muddati – operasiya o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 24 soat.

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan 325 mg dozali tabletkalar uchun

Isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanganida kattalar uchun odatdagi dozasi:

  • kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga: 1-2 tabletkadan har 4 soatda kasallikning simptomlari bartaraf bo‘lgunicha qo‘llanadi;
  • shifokorning ko‘rsatmasisiz 325 mg dozali Azpizal preparatini 24 soat davomida 12 tabletkadan ortiq qabul qilinmasin;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: shifokorning ko‘rsatmasisiz qabul qilish mumkin emas.

Azpizal preparatini qabul qilish davomiyligi:

Davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.

Davolashning birinchi kunlaridanoq Sizning ahvolingiz yaxshilangan holatda ham ushbu muddatga rioya qilishni so‘rimiz. Agar Sizga Azpizalning samarasi kamaygandek tuyulsa yoki dozasini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, dozasini o‘zgartirish uchun zudlik bilan davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi:

Preparatning katta dozasi bir marta qabul qilingandan so‘ng yoki uzoq muddat qo‘llanganida rivojlanishi mumkin. Agar bir martalik dozasi 150 mg/kg bo‘lsa, o‘tkir zaharlanish yengil hisoblanadi, 150-300 mg/kg bo‘lsa – o‘rtacha, yanada yuqoriroq dozalari qabul qilinganida – og‘ir zaharlanish hisoblanadi.

Simptomlari: salisilizm sindromi (ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni buzilishi, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, umumiy lohaslik) kuzatiladi. Og‘ir zaharlanishda – stupor, tirishishlar va koma, nokardiogen o‘pka shishi, kuchli degidratasiya, kislota-ishqor muvozanati (KIM) ni buzilishi, buyrak yetishmovchiligi va shok bo‘lishi mumkin.

Dozasi oshirib yuborilganida zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Yaroqlilik muddati:

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab ikki yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng Azpizal preparatini qo‘llash mumkin emas.

Saqlash sharoiti:

Original o‘ramda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda 15-30oS haroratda saqlansin.

Azpizal preparatini bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak!

Agar qopqog‘i ostidagi plastik bosma plyonka bo‘lmasa yoki butunligi buzilgan bo‘lsa, preparat qo‘llanilmasin.

AZPIZAL ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar 325 mg:

To‘q sariq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida 44-227 kodi bosilgan ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

100 ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletka oq, dumaloq polipropilen flakonlarda, har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kerakli ma‘lumot bosilgan karton qutiga joylangan.

AZPIZAL ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar 81 mg:

Sariq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “L” kodi bosilgan ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

120 ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletka oq, dumaloq polipropilen flakonlarda, har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kerakli ma‘lumot bosilgan karton qutiga joylangan.

Dorixonalardan berish tartibi:

Shifokor reseptisiz.

Preparat reseptsiz beriladigan dori vositasi sifatida qo‘llashga ruxsat etilgan.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AZPIZAL tabletkalari 81mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100 dori vositasi KEM Pharma LLS, США произведено: LNK International, Inc. tomonidan AQSh mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASK tabletkalari 75mg N50
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDIO ASS tabletkalari 50mg N30
ASEKARD tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
  • Vakil: Nika Pharm
Narh: 4 300 so'mdan Batafsil
AZPIZAL tabletkalari 325mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KEM Pharma LLS, США произведено: LNK International, Inc.
ASEKARD tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
ASEKARD tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
  • Vakil: Nika Pharm
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
TROMBOMAK 75 tabletkalari 75mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
TROMBOPOL tabletkalari 75mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
TROMBO ASS tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант,ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 10 500 so'mdan Batafsil
TROMBO ASS tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант,ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
TROMBO ASS tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ВАЛЕАНТ, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 12 300 so'mdan Batafsil
ASEKARDOL tabletkalari 300mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
KARDISEYV tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
ASPIKARD tabletkalari 75mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
ASPIRIN KARDIO tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer
  • Vakil: Bayer
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медисорб, АО
ALKA-ZELTSER tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Consumer Care AG
  • Vakil: Bayer
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
UPSARIN UPSA tabletkalari 0,5g N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УПСА САС
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
Narh: 4 700 so'mdan Batafsil
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZPIZAL tabletkalari 325mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KEM Pharma LLS, США произведено: LNK International, Inc.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9