×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAKSIM poroshok 500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Цефотаксим
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- J01DA10
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
45 900 s`om dan
MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare Hindiston
82 500 s`om dan
TAMBAK 200 tabletkalari 200mg N10 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
FURADONIN tabletkalari 50mg N10 ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО Rossiya
1 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sefotaksim natriy – 0,5 yoki 1,0 g;
erituvchi: in'ektsiya uchun suv.
Parenteral yuborish uchun III avlod sefalosporin antibiotigidir. Mikroorganizmlardagi hujayra devori sintezini buzib, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Keng ta'sir doirasiga ega. Boshqa antibiotiklarga chidamli grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus, shuningdek penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Enterococcus species, Enterobacter spp., Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan Kl.pneumoniae), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Acinetobacter species, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix insidiosa, Eubacterium spp., Propionibacterium spp., Bacillus subtilis, Clostridium spp. (shu jumladan Clostridium perfringens), Escherichia coli, Citrobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus indole, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri), Serratia spp., Pseudomonas aeruginosa, Neisseria meningitidis, Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis ning ayrim shtammlari), Fusobacterium spp. (shu jumladan Fusobacterium nucleatum), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.
Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning ko'pchilik beta-laktamazalariga, stafilokokklar, Clostridium difficile ning penitsillinazasiga nisbatan chidamli.
Vena ichiga (v/i) 1,0 g bir marta yuborilganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 5 minutdan keyin erishiladi va u 100 mkg/ml ni tashkil qiladi. Mushak ichiga (m/i) 1,0 g dozada yuborilganidan keyin Smax ga 0,5 soatdan keyin erishiladi va u 21 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 25-40%.
Organizmning ko'pchilik to'qimalari (miokard, suyaklar, o't pufagi, teri, yumshoq to'qimalar) va suyuqliklarida (sinovial, perikardial, plevral, balg'am, safro, siydik, orqa miya suyuqligi) terapevtik kontsentratsiyalarni hosil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,25-0,39 l/kg. Yarim chiqarilish davri (T1/2) v/i yuborilganida - 1 soatni, m/i yuborilganida 1-1,5 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali 60-70% o'zgarmagan holda, qolgan qismi esa metabolitlari ko'rinishida (15-25%) chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida va keksa yoshdagi bemorlarda T1/2 ikki marta uzayadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda T1/2 - 0,75-1,5 soat, chala tug'ilgan chaqaloqlarda 4,6 soatgacha uzayadi. Takroriy v/i 14 kun davomida 1,0 g dozada har 6 soatda yuborilganida to'planishi kuzatilmaydi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak sutiga kiradi.
Allergik reaktsiyalari: eshakemi, qaltirash yoki isitma, toshma, qichishish, kam xollarda - bronxospazm, eozinofiliya, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi, oliguriya, interstitsial nefrit.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, qorin og'rig'i, disbakterioz, jigar faoliyatini buzilishi, kam xollarda – stomatit, glossit, soxta membranoz enterokolit.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, gipokoagulyatsiya.
Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: markaziy venaga tez bolyusli yuborilganidan keyin hayot uchun potentsial xavfli aritmiyalar.
Mahalliy reaktsiyalar: flebit, vena yo'li bo'ylab og'riqlar, m/i yuborilgan joyida og'riq va infilьtrat.
Laboratoriya ko'rsatkichlari: azotemiya, qondagi mochevinaning kontsentratsiyasini oshishi, «jigar» transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, musbat Kumbs reaktsiyasi.
Boshqalar: superinfektsiya (xususan, kandidozli vaginit).
Davolashning birinchi haftalarida og'ir, davomli diareya bilan namoyon bo'luvchi soxta membranoz kolit paydo bo'lishi mumkin. Bunda preparatni qabul qilish to'xtatiladi va adekvat davolash, shu jumladan vankomitsin yoki metronidazol buyuriladi.
Anamnezida penitsillinlarga allergik reaktsiyalari bo'lgan patsiyentlar, sefalosporin antibiotiklariga ham yuqori sezuvchanlikka ega bo'lishlari mumkin.
Preparat bilan 10 kundan ko'proq davolanishda, periferik qonning shaklli elementlarini nazorat qilish kerak.
Sefotaksim bilan davolash vaqtida soxta musbat Kumbs sinamasi va siydikda glyukozaning soxta musbat natijalari olinishi mumkin.
Sefotaksim va etanol bir vaqtda qo'llanganida disulьfiramga xos bo'lgan reaktsiyalar (yuzning qizarishi, me'da sohasida spazm, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, arterial bosimini pasayishi, taxikardiya, hansirash) rivojlanishi mumkin.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan og'ir kechuvchi infektsiyalar: markaziy nerv tizimining infektsiyalari (meningit), nafas yo'llari va LOR-a'zolarining, siydik-chiqarish yo'llarining, suyaklar, bo'g'imlarning, teri va yumshoq to'qimalarining, kichik chanoq a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan xlamidioz, gonoreya), infektsiyalangan jarohatlar va kuyishlar, peritonit, septitsemiya, bakteriyemiya, abdominal infektsiyalari, endokardit, Laym kasalligi, tif isitmasi, immun tanqisligi fonidagi infektsiyalar, jarroxlik operatsiyalaridan (shu jumladan, urologik, akusher-ginekologik, me'da-ichak yo'llaridagi) keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun qo'llanadi.
Preparatga yuqori sezuvchanlik (shu jumladan penitsillinlarga, boshqa sefalosporinlarga, karbapenemlarga, lidokainga), homiladorlik, 2,5 yoshgacha bo'lgan bolalar (m/i yuborish), anamnezdagi qon ketishlar, enterokolitda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan - yangi tug'ilgan chaqaloqlar, surunkali buyrak yetishmovchiligi, nospetsifik yarali koliti bo'lgan bemorlar (shu jumladan anamnezda).
Antiagregantlar, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanganida qon ketishining xavfi oshadi.
Aminoglikozidlar, polimiksin V va «halqali» diurektiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida buyraklarning shikastlanish ehtimoli oshadi.
Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari, sefotaksimning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi va uning chiqarilishini sekinlashtiradi.
Bir shprits yoki tomchilagichda boshqa antibiotiklarning eritmalari bilan farmatsevtik nomutanosibdir.
Preparat m/i va v/i (oqim bilan yoki tomchilab) buyuriladi.
Kattalar va tana vazni 50 kg va undan katta bolalarga: asoratlanmagan infektsiyalarda, shuningdek siydik-chiqarish yo'llarining infektsiyalarida - m/i yoki v/i 1,0 g dan har 8-12 soatda; asoratlanmagan o'tkir gonoreyada - m/i, 1,0 g bir marta, o'rtacha og'irlikdagi infektsiyalarda m/i yoki v/i, 1,0 g- 2,0 g dan har 12 soatda, infektsiyaning og'ir kechishida, masalan, meningitda – v/i, 2,0 g dan har 4-8 soatda. Maksimal sutkalik doza – 12 g. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Infektsiyalarning rivojlanishini oldini olish maqsadida jarrohlik operatsiyasi oldidan umumiy anesteziyaga kiritish vaqtida bir marta 1,0 g yuboriladi. Zarurati bo'lganida 6 – 12 soatdan keyin takroran yuboriladi.
Keserev kesishida – qisqichlarni kindik venasiga qo'yish vaqtida – v/i 1,0 g, so'ngra birinchi dozadan keyin 6 va 12 soat o'tgach – qo'shimcha 1,0 g dan.
Kreatinin klirensi (K/K) minutiga 20 ml 1,73 m² va undan kamroq bo'lganida doza 2 martaga kamaytiriladi.
Chala tug'ilgan va 1 haftalikkacha bo'lgan chaqaloqlarga – v/i 50 mg/kg dan har 12 soatda, 1-4 haftalik davrida – v/i 50 mg/kg dan har 8 soatda, tana vazni 50 kg gacha bo'lgan bolalarga – v/i yoki m/i (2,5 yoshdan oshgan bolalarga) 50-180 mg/kg dan 4-6 yuborishlarda. Infektsiyaning og'ir kechishida, shu jumladan meningitda, sutkalik doza bolalarda 100-200 mg/kg gacha oshiriladi, m/i yoki v/i 4-6 qabullarda, maksimal sutkalik doza – 12 g.
In'ektsion eritmalarni tayyorlash: v/i in'ektsiya uchun erituvchi sifatida in'ektsiya uchun suv ishlatiladi (1,0 g – 4 ml erituvchida, 2,0 g – 10 ml da eritiladi); v/i infuziya (tomchilab) uchun erituvchi sifatida 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li dekstroza eritmasi ishlatiladi (1,0 g - 2,0 g – 50-100 ml da erituvchida eritiladi). Infuziyaning davomiyligi 50-60 minut. M/i yuborish uchun in'ektsiya uchun suv yoki 1% li lidokain eritmasi ishlatiladi (preparatning 0,5 g dozasi uchun – 2 ml, 1,0 g dozasi uchun – 4 ml).
Simptomlari: tirishishlar, entsefalopatiya (yuqori dozalar yuborilganida, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda), tremor, nerv-mushak qo'zg'aluvchanligi.
Davolash: simptomatik, maxsus antidoti yo'q.
Zarurati bo'lganida preparatni homiladorlik davrida faqat ona uchun taxmin qilayotgan foyda, homila uchun bo'lgan potentsial xavfdan ustun hollardagina qo'llash mumkin. Sefotaksim ko'krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun preparat laktatsiya davrida buyurilganida emizishni to'xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAKSIM poroshok 500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAKSIM poroshok 500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAKSIM poroshok 500mg N1 dori vositasi Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAKSIM poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAKSIM poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFOSIN poroshok 1g
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез», Россия.
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
DOMETAKSIM poroshok 1000mg N10
SEFOTAKSIM poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
BAKSIM poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
SEFANTRAL poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Concept Pharmaceutical Limited, Индия произведено: Lupin Ltd
Narh: 34 700 so'mdan Batafsil
ORITAKSIM poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
NEKAKSIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
ATAKSIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ABiPharm LLC
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SEFFAST poroshok 0,5g N1
ULFARAN poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
KLAFORAN poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Aventis Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. А.S.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BAKSIM poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефотаксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9