×
×
  • KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения, произведено: Salutas Pharma GmbH
ATX kodi:
- A12AA04
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGVIT kapsulalar N30 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
27 000 s`om dan
116 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

O‘RAM VARAQASI

KALSIY SANDOZ®

CALCIUM SANDOZ

O‘ram varaqasini diqqat bilan o‘qib chiqing. Unda ushbu preparatni qabul qilishda kerak bo‘lgan muhim ma‘lumot saqlanadi. Savollar tug‘ilganida davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Preparatning sado nomi: Kalsiy Sandoz®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kalsiy karbonati

Dori shakli: vishillovchi tabletkalar

Tarkibi:

Bir vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1250 mg kalsiy karbonati, bu iste‘mol qilishga tayyor eritmada erigan kalsiy sitrati shaklidagi 500 mg kalsiyga to‘g‘ri keladi;

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, olma kislotasi, suvsiz natriy karbonati, natriy siklamati, natriy gidrokarbonati, natriy saxarinati, limon aromatizatori.

Ta‘rifi: oq, dumaloq, ikki yuzasi silliq, limon ta‘mli va hidli tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: mineral preparat.

ATX kodi: A12AA04

 

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy ionlari biologik tizimlarni faollashtirish uchun juda muhim. Qo‘zg‘aluvchan membranalarning rag‘batlantirish bo‘sag‘asi xujayradan tashqaridagi Sa++ konsentrasiyasiga bog‘liq. Kalsiy ionlari shuningdek xujayra membranalarining o‘tkazuvchanligini boshqarishda ko‘maklashadi. Plazmada Sa++ tanqisligi neyro-mushak qo‘zg‘aluvchanlikni oshiradi, ayni vaqtida uni oshib ketishi esa, qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytiradi.

Kalsiy tanqisligida kalsiy preparatlarini peroral qabul qilish skeletni mineralizasiyasiga yordam beradi.

Kalsiyni so‘rilishi gormonlar tomonidan boshqariladi. Doza oshirilganida va yosh o‘tgan sari so‘rilish tezligi pasayadi va gipokalsiemik holatlarda so‘rilishi oshadi.
500 mg kalsiy sitrati iste‘mol qilinganda so‘rilishi taxminan 30-40% ni tashkil qiladi. Yuqoriroq dozalarni buyurish so‘riladigan preparatning miqdorini faqatgina biroz oshiradi. Ovqat bilan iste‘mol qilinadigan kalsiyning sutkalik normasi taxminan 1000 mg ni tashkil qiladi.

Kalsiyni buyrak orqali chiqarilishi uning zardobdagi konsentrasiyasiga bog‘liq. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda filtrlangan kalsiyning 98% buyrak naychalarida qayta so‘riladi.

 

Qo‘llanilishi

Kalsiyga ehtiyoj yuqori bo‘lganda (masalan, o‘smirlarda (o‘sish davrida), homiladorlarda, emizish davrida) kalsiy tanqisligini oldini olishda qo‘llanadi.

Osteoporozni davolashda qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Tabletkani bir stakan suvda eritish va darhol ichish kerak. Eritmani xiralashishi preparatning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi. Preparatni ovqatlanish vaqtida ham, ovqatlanishlar orasida ham qabul qilish mumkin.

Tavsiya etiladigan doza: sutkada 500 dan 1000 mg gacha, bu – bir Kalsiy Sandoz 500 tabletkasini kuniga bir yoki ikki marta qabul qilishga teng.

Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar tizimlar-a‘zolar sinfi va uchrash tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan. Uchrash tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya reaksiyalar quyidagi guruhlarga ajratilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           toshma, qichishish, eshakemi ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Juda kam hollarda: tizimli allergik reaksiyalarning (anafilaktik reaksiya, yuzni shishi, angionevrotik shish) ayrim hollari haqida xabar berilgan.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:            giperkalsiemiya, giperkalsiuriya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           meteorizm, qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq.

Agar biron-bir nojo‘ya samaralar kuchaysa yoki ushbu ilovada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqda shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi yoki yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Giperkalsiemiya va/yoki giperkalsiuriya bilan kechuvchi kasalliklar va/yoki holatlar.
  • Nefrokalsinoz, nefrolitiazda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tiazid diuretiklar kalsiyni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi. Tiazid diuretiklar bir vaqtda qo‘llanganida giperkalsiemiyaning yuqori xavfi sababli, zardobda kalsiyning miqdorini doimo nazorat qilish kerak.

Tizimli kortikosteroidlar kalsiyni so‘rilishini kamaytiradi. Ular bir vaqtda qo‘llanganida kalsiy preparatining dozasini oshirish talab etilishi mumkin.

Kalsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida tetrasiklin preparatlarining so‘rilishi pasayishi mumkin, shuning uchun tetrasiklin preparatlarini kalsiy preparatlarini qabul qilishdan kamida ikki soat oldin yoki kamida olti soatdan keyin qabul qilish kerak.

Kalsiy preparatlari bilan davolashda kuzatiladigan giperkalsiemiya yurak glikozidlarining toksikligini oshirishi mumkin. Bunday pasientlarda elektrokardiogrammani (EKG), shuningdek zardobda kalsiy miqdorini nazorat qilish kerak.

Kalsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda peroral bifosfonatlar yoki natriy ftoridini me‘da-ichak yo‘llarida so‘rilishi pasayishi mumkin, shuning uchun peroral bifosfonatlarni, kalsiy preparatlarini qabul qilishdan kamida uch soat oldin qabul qilish kerak.

Oksalat kislotasi (masalan, ismaloq va rovochda saqlanadi) va fitin kislotasi (masalan, boshoqli o‘simliklarda saqlanadi) kalsiy ionlari bilan erimaydigan birikmalarni hosil qilib, kalsiyni so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Kalsiy Sandozni oksalat yoki fitin kislotalariga boy ovqat iste‘mol qilgandan keyin ikki soat davomida qabul qilish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Yengil darajali giperkalsiuriya (sutkada 300 mg yoki sutkada 7,5 mmol dan yuqori) yoki anamnezida siydik chiqarish yo‘llarida toshlar mavjud bo‘lsa, siydik bilan kalsiyni chiqarilishi darajasini nazorat qilish talab etiladi. Zururati bo‘lganida kalsiyning dozasini pasaytirish yoki ushbu preparat bilan davolashni bekor qilish kerak. Siydik chiqarish yo‘llarida tosh paydo bo‘lishiga moyil bo‘lgan pasientlarga ko‘p miqdorda suv iste‘mol qilish tavsiya etiladi.

Agar buyrak faoliyatini buzilishida, kalsiy tuzlari bilan davolashni zardobda kalsiy va fosfatlar miqdorini nazorat qilib, tibbiy kuzatuv ostida amalga oshiriladi.

Agar preparatning yuqori dozalari qo‘llansa, ayniqsa D vitamini bilan yondosh davolashda, keyinchalik buyrak faoliyatini buzilishi bilan kechuvchi giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi mavjud. Bunday holatlarda zardobda kalsiyning miqdori, shuningdek buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Sitrat tuzlari alyuminiyni so‘rilishini kuchaytirishi mumkinligi haqida xabarlar bor. Alyuminiy asosidagi preparatlarni qabul qilayotgan buyrak foliyatini og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan pasientlarni davolashda Kalsiy Sandoz vishillovchi tabletkalarini (limon kislotasi mavjudligi sababli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Yordamchi moddalar haqida ma‘lumot:

Har bir vishillovchi tabletka 56,46 mg natriy saqlaydi. Buni natriyni cheklovchi parhezda (natriyni miqdori kamaytirilgan/tuzni miqdori kamaytirilgan) bo‘lgan pasientlar e‘tiborga olishlari kerak.

Homiladorlik va emizish:

Normal kechayotgan homiladorlikda va emizish vaqtida yetarli darajadagi sutkalik qabul qilish miqdori (shu jumladan ovqat va ovqatga qo‘shimchalar) 1000-1300 mg kalsiyni tashkil etadi. Homiladorlik vaqtida kalsiyning sutkalik dozasi 1500 mg dan oshmasligi kerak.

Emizish davrida ko‘krak sutiga kalsiyning juda ko‘p miqdori ajralib chiqadi, biroq yangi tug‘ilgan chaqaloqqa noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida kalsiy tanqisligi mavjudligida kalsiyni qabul qilish mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:

Ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi giperkalsiuriya va giperkalsiemiyaga olib keladi. Giperkalsiemiya simptomlari bo‘lib ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, polidipsiya, poliuriya, degidratasiya va qabziyat hisoblanadi. Giperkalsiemiya bilan kechuvchi surunkali dozani oshirib yuborilishi qon-tomirlar va a‘zolarning kalsifikasiyasini chaqirishi mumkin.

Sutkada 2000 mg dan yuqori doza va bir necha oy davomida qabul qilinadigan doza kalsiy bilan zaharlanish rivojlanishining chegara ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Dozani oshirib yuborilishini davolash

Zaharlanish rivojlanganda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va organizmda suyuqlik tanqisligini to‘g‘rilash kerak.

Davolashni talab etadigan dozani oshirib yuborilishida gidratasiyani, zarurati bo‘lganida fiziologik eritmani vena ichiga yuborish yo‘li bilan amalga oshirish kerak. Organizmdan kalsiyni chiqarilishini kuchaytirish, shuningdek suyuqlik xajmi bilan yuklamani oshib ketishini oldini olish uchun xalqali diuretiklarni (masalan, furosemid) qo‘llash mumkin, bunda tiazid diuretiklarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gidratasiya samarasiz hisoblanadi, ularda dializ o‘tkazish zarur. Barqaror giperkalsiemiya holatlarida boshqa moyil omillar, masalan A va D gipervitaminozi, birlamchi giperparatireoz, xavfli kasalliklar, buyrak yetishmovchiligi yoki immobilizasiyani inkor etish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Namyutgich bilan ta‘minlangan polietilen tiqinli polipropilen tubalar. 10, 20 va 40 tabletkadan o‘ramda. Bir vishillovchi tabletkada 500 mg kalsiy saqlanadi.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tuba zich yopilgan holatda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

O‘ram ochilganidan keyin yaroqlilik muddati: 3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения, произведено: Salutas Pharma GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения, произведено: Salutas Pharma GmbH
KALSIY SANDOZ 500 tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения, произведено: Salutas Pharma GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9