×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAKTERIOFAG STAFILAKOKKOVIY JIDKIY MEDIPHAG suyuqlik 10ml N5

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Бактериофаг стафилококковый
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Aziya Imunnopreparat, ООО
ATX kodi:
- J01XХ
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
9 000 s`om dan
SIAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
46 200 s`om dan
METRALIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% СП ООО «Jurabek Laboratories» O'zbekiston
5 000 s`om dan
MERO PLYUS poroshok 1000mg N1 Cian Health Care Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BAKTERIOFAG STAFILAKOKKOVIY JIDKIY MEDIPHAG suyuqlik 10ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BAKTERIOFAG STAFILOKOKKOVЫY JIDKIY «MediPhag»

BACTERIOPHAGE STAPHYLOCOCCAL LIQUIOL “MediPhag”

 

Preparatning savdo nomi: Bakteriofag stafilokokkovыy jidkiy «MediPhag»

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): stafilokokk bakteriofagi

Dori shakli: preparat turli jadallikdagi sariq rangli, tiniq eritmadir. 10 ml dan 5 flakon, 20 ml dan 4 flakon va 100 ml dan 1 flakon yoki dozator-purkagichli qopqoqli 20 ml dan 1 flakon (sprey) karton qutida.

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Staphylococcus aureus bakteriyalari fagolizatlarining steril tozalangan filtrati, kamida 1x106 KOE/ml.

yordamchi moddalar: konservant, xinozol 0,00001 g/ml yoki suyuq fag xajmining 0,0001%. Tozalangan suv.

Ta‘rifi: turli jadallikdagi sariq rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: stafilokokk bakteriofagi – immunobiologik preparat. Staphylococcus ni tanlab lizisga uchratadigan spesifik virus.

 

Farmakologik xususiyatlari

Stafilokokk bakteriofagi – yiringli va yallig‘lanish kasalliklarining etiologiyasida eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan stafilokokklarning shtammlariga nisbatan spesifik bakterisid ta‘sirga ega bo‘lgan dori preparatidir. Bakteriofag Staphylococcus bakteriyalarini spesifik lizisga uchratadi. Fag zarrachalari sezgir bakteriyalarning membranasiga yopishadi, xujayra ichiga kiradi va uning resurslari hisobiga ko‘payadi. Buning oqibatida xujayra nobud bo‘ladi va boshqa sezgir bakterial xujayralarni zararlash qobiliyatiga ega yetilgan virulent fag qismlarini ajralib chiqishi kuzatiladi. Stafilokokk bakteriofagi boshqa xujayralarga ta‘sir ko‘rsatmaydi, xususan tabiiy mikroflorani buzmaydi.

Qo‘llanilishi

Preparat barcha yoshdagi va yuqori xavf guruhdagilarda Staphylococcus aureus tomonidan chaqirilgan bakterial yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Quyidgilarni davolash:

  • jarroxlik infeksiyalari: yiringli yara, kuyish, abssess, flegmona, furunkul, karbonkul, gidradenit, panarisiy, paraproktit, mastit, bursit, osteomielit.
  • urogenital infeksiyalar: uretrit, sistit, pielonefrit, kolpit, endometrit va salpingoofarit.
  • gastroenterologik kasalliklar: enterokolit, xolesistit, ta‘sirlangan ichak sindromi (TIS), disbakterioz.
  • yuqori nafas yo‘llarining bakterial infeksiyalari: burun bo‘shliqlari va o‘rta quloqni yallig‘lanishi, angina, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya va plevritni davolash uchun qo‘llaniladi.

Profilaktika:

  • yangi jarohatlarga ishlov berish.
  • jarroxlik muolajalari va operasiyalardagi yiringli asoratlar.
  • o‘tkir respirator-virusli kasalliklarda bakterial asoratlar.
  • ona qornida infeksiyalangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sepsis va enterokolit.
  • davolash muassasalarida bakterial ifloslanish va kasalxona ichki infeksiyalarini profilaktikasida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Samarali fagoterapiyaning muhim sharti bo‘lib, dastlab kasallik qo‘zg‘atuvchisining fagosezuvchanligini aniqlash (bemordan ajratib olingan shtammlarning stafilokokk bakteriofagiga sezuvchanligini aniqlash) hisoblanadi. Stafilokokk bakteriofagini qo‘llash kasallikning ilk bosqichida, shuningdek uni infeksiya o‘chog‘iga yuborish eng samarali hisoblanadi. Infeksiya o‘chog‘ini joylashishiga qarab, Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy:

mahalliy – chayish, yuvish, tomizish, applikasiyalar, tamponlar, turundalar ko‘rinishida. Karillyar drenaj, kateter orqali bo‘shliqlar (qorin, plevra, bo‘g‘im, qovuq) ichiga yuborish yo‘li orqali; ichga qabul qilish (per os) yo‘li orqali; klizma yordamida to‘g‘ri ichakka (per rectum) yuborish mumkin.

Mahalliy shikastlanish bilan kechuvchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ham mahalliy, ham ichga qabul qilish (per os) uchun buyuriladi. Preparat bilan davolash kursi davomiyligi 5 kundan 10 kungacha. Preparatning dozasi infeksiya o‘chog‘ining xarakteri bilan belgilanadi va quyidagilarni tashkil etadi; 200 ml gacha (shikastlangan o‘choqning o‘lchamini hisobga olib) – chayish, namlash, tamponlar; 100 ml gacha – bo‘shliqlar (plevral, bo‘g‘im va boshqa chegaralangan bo‘shliqlar) ichiga yuborish uchun kapillyar drenaj orqali yuboriladi. So‘ngra bo‘shliq to‘liq tikiladi yoki kapillyar drenaj qoldiriladi, u orqali bir necha kun davomida bakteriofag takroran yuboriladi.

  1. Abssesslarda punksiya yordamida yiring olib tashlangandan keyin preparat o‘choq bo‘shlig‘iga yuboriladi. Yuborilayotgan preparatning miqdori olib tashlangan yiringning xajmidan biroz kam bo‘lishi kerak. Yiring abssessni ochish yo‘li bilan olib tashlanishi mumkin, keyinchalik bakteriofag bilan namlangan tampon bo‘shliqqa yuboriladi.

10-20 ml – osteomielitda yaralarga yuborish uchun (tegishli jarroxlik ishlovidan keyin) qo‘llaniladi.

2-10 ml – quloq, tomoq, burunning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida chayish, yuvish, tomizish, turundalarni namlash uchun qo‘llaniladi. Muolaja kuniga 1-3 marta o‘tkaziladi (turunda 1 soatga qoldiriladi). 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bodomsimon bezlarga shpris (yoki grusha) yordamida ishlov berish va halqumning orqa sohasiga ishlov berish uchun preparatni burunga tomizgan afzal; katta yoshdagi bolalar tomoqni chayishlari va preparatning oz miqdorini (2 ml) burunga tomizishlari mumkin.

  1. Sistit, pielonefrit, uretritlarda preparat ichga qabul qilinadi. Agar qovuq yoki buyrak jomi drenajlangan bo‘lsa, bakteriofag kateter yoki zond orqali 20-30 ml dan qovuqqa va 10 ml dan buyrak jomiga kuniga 2 mata yuboriladi.
  2. Staphylococcus aureus mikroorganizm tomonidan chaqirilgan enteral patologiyada, TIS (disbakterioz) da Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ichga va klizma ko‘rinishida qo‘llanadi. Preparat ovqatdan 1-1,5 soat oldin och qoringa qabul qilinadi. Klizma ko‘rinishida kuniga 1 marta, kechqurun, uyqudan oldin, ichak bo‘shaganidan keyin buyuriladi.

Preparatning tavsiya etilgan dozalari:

  Yosh Ichga (per os) Klizma (per rectum)
1 6 oylikkagacha 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 1 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
2 6 oylikdan 12 oylikkagacha 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
3 1 yoshdan 3 yoshgacha 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 20 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
4 3 yoshdan 8 yoshgacha 10 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 30 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
5 8 yoshdan oshganlar 20 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 40-50 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

Stafilokokk bakteriofagi sprey ko‘rinishida kuyishlar, yirinli-yallig‘lanish kasalliklari, infeksiyalangan yaralar, anginada stafilokokk bilan infeksiyalangan teri qoplamalari va shilliq qavatlarni chayish ko‘rinishida davolash va profilaktika maqsadida qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat zaharli emas. Biron-bir nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan.

Sezuvchan pasientlarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni har qanday guruhdagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin chayqatish kerak. Xira preparatni ishlatish mumkin emas. Agar bakriofagni qo‘llashdan oldin yaraga ishlov berish uchun kimyoviy antiseptiklar ishlatilgan bo‘lsa, yarani 0,9% li natriy xloridining sterial eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak. Chunki preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin bo‘lgan ozuqa muhitini saqlaydi, flakon ochilganda, tanlab olganda va saqlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak;

  • Qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak
  • Flakon qalpoqchasini ochishdan oldin uni spirt eritmasi bilan ishlov berish kerak;
  • Qalpoqchani tiqinni olmasdan ochish kerak;
  • Ochilgan flakondagi preparatni steril shpris yordamida (tiqinni teshish orqali) olish kerak;
  • Agar flakonni ochishda qalpoqcha bilan birga tiqin ham chiqqan bo‘lsa, flakonni ochiq qoldirish mumkin emas;
  • Ochilgan flakonni sovutgichda saqlash kerak. Tegishli sharoitlarda saqlaganda flakon ochilgandan keyin 24 soat davomida preparatni ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.
  • Spreydan foydalanilganda flakonni qalpoqchasi bilan yuqoriga qaratilgan vertikal holatda va purkagich ishlov berilayotgan yuzaga qaratilgan holatda ushlash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Bakteriofagni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Preparat dozator-purkagich bo‘lgan qalpoqcha (sprey) 10 ml dan 5 flakonda, 20 ml dan 4 flakonda va 100 ml dan 1 flakonda yoki 20 ml dan 1 flakonda, davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, qorong‘i joyda, +2°S dan +15°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAKTERIOFAG STAFILAKOKKOVIY JIDKIY MEDIPHAG suyuqlik 10ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAKTERIOFAG STAFILAKOKKOVIY JIDKIY MEDIPHAG suyuqlik 10ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAKTERIOFAG STAFILAKOKKOVIY JIDKIY MEDIPHAG suyuqlik 10ml N5 dori vositasi Aziya Imunnopreparat, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAKTERIOFAG STAFILAKOKKOVIY JIDKIY MEDIPHAG suyuqlik 10ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAKTERIOFAG STAFILAKOKKOVIY JIDKIY MEDIPHAG suyuqlik 10ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BAKTERIOFAG STAFILOKOKKOVIY eritma dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бактериофаг стафилококковый ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Микроген,НПО,АО произв.Микроген,НПО,АО филиал г.Нижный Новгород
Narh: 186 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Другие формы препарата
BAKTERIOFAG STAFILOKOKKOVIY eritma dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бактериофаг стафилококковый ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Микроген,НПО,АО произв.Микроген,НПО,АО филиал г.Нижный Новгород
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9