Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BAKTERIOFAG STAFILOKOKKOVЫY JIDKIY «MediPhag»
BACTERIOPHAGE STAPHYLOCOCCAL LIQUIOL “MediPhag”
Preparatning savdo nomi: Bakteriofag stafilokokkovыy jidkiy «MediPhag»
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): stafilokokk bakteriofagi
Dori shakli: preparat turli jadallikdagi sariq rangli, tiniq eritmadir. 10 ml dan 5 flakon, 20 ml dan 4 flakon va 100 ml dan 1 flakon yoki dozator-purkagichli qopqoqli 20 ml dan 1 flakon (sprey) karton qutida.
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: Staphylococcus aureus bakteriyalari fagolizatlarining steril tozalangan filtrati, kamida 1x106 KOE/ml.
yordamchi moddalar: konservant, xinozol 0,00001 g/ml yoki suyuq fag xajmining 0,0001%. Tozalangan suv.
Ta‘rifi: turli jadallikdagi sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: stafilokokk bakteriofagi – immunobiologik preparat. Staphylococcus ni tanlab lizisga uchratadigan spesifik virus.
Farmakologik xususiyatlari
Stafilokokk bakteriofagi – yiringli va yallig‘lanish kasalliklarining etiologiyasida eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan stafilokokklarning shtammlariga nisbatan spesifik bakterisid ta‘sirga ega bo‘lgan dori preparatidir. Bakteriofag Staphylococcus bakteriyalarini spesifik lizisga uchratadi. Fag zarrachalari sezgir bakteriyalarning membranasiga yopishadi, xujayra ichiga kiradi va uning resurslari hisobiga ko‘payadi. Buning oqibatida xujayra nobud bo‘ladi va boshqa sezgir bakterial xujayralarni zararlash qobiliyatiga ega yetilgan virulent fag qismlarini ajralib chiqishi kuzatiladi. Stafilokokk bakteriofagi boshqa xujayralarga ta‘sir ko‘rsatmaydi, xususan tabiiy mikroflorani buzmaydi.
Qo‘llanilishi
Preparat barcha yoshdagi va yuqori xavf guruhdagilarda Staphylococcus aureus tomonidan chaqirilgan bakterial yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.
Quyidgilarni davolash:
Profilaktika:
Qo‘llash usuli va dozalari
Samarali fagoterapiyaning muhim sharti bo‘lib, dastlab kasallik qo‘zg‘atuvchisining fagosezuvchanligini aniqlash (bemordan ajratib olingan shtammlarning stafilokokk bakteriofagiga sezuvchanligini aniqlash) hisoblanadi. Stafilokokk bakteriofagini qo‘llash kasallikning ilk bosqichida, shuningdek uni infeksiya o‘chog‘iga yuborish eng samarali hisoblanadi. Infeksiya o‘chog‘ini joylashishiga qarab, Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy:
mahalliy – chayish, yuvish, tomizish, applikasiyalar, tamponlar, turundalar ko‘rinishida. Karillyar drenaj, kateter orqali bo‘shliqlar (qorin, plevra, bo‘g‘im, qovuq) ichiga yuborish yo‘li orqali; ichga qabul qilish (per os) yo‘li orqali; klizma yordamida to‘g‘ri ichakka (per rectum) yuborish mumkin.
Mahalliy shikastlanish bilan kechuvchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ham mahalliy, ham ichga qabul qilish (per os) uchun buyuriladi. Preparat bilan davolash kursi davomiyligi 5 kundan 10 kungacha. Preparatning dozasi infeksiya o‘chog‘ining xarakteri bilan belgilanadi va quyidagilarni tashkil etadi; 200 ml gacha (shikastlangan o‘choqning o‘lchamini hisobga olib) – chayish, namlash, tamponlar; 100 ml gacha – bo‘shliqlar (plevral, bo‘g‘im va boshqa chegaralangan bo‘shliqlar) ichiga yuborish uchun kapillyar drenaj orqali yuboriladi. So‘ngra bo‘shliq to‘liq tikiladi yoki kapillyar drenaj qoldiriladi, u orqali bir necha kun davomida bakteriofag takroran yuboriladi.
10-20 ml – osteomielitda yaralarga yuborish uchun (tegishli jarroxlik ishlovidan keyin) qo‘llaniladi.
2-10 ml – quloq, tomoq, burunning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida chayish, yuvish, tomizish, turundalarni namlash uchun qo‘llaniladi. Muolaja kuniga 1-3 marta o‘tkaziladi (turunda 1 soatga qoldiriladi). 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bodomsimon bezlarga shpris (yoki grusha) yordamida ishlov berish va halqumning orqa sohasiga ishlov berish uchun preparatni burunga tomizgan afzal; katta yoshdagi bolalar tomoqni chayishlari va preparatning oz miqdorini (2 ml) burunga tomizishlari mumkin.
Preparatning tavsiya etilgan dozalari:
Yosh | Ichga (per os) | Klizma (per rectum) | |
1 | 6 oylikkagacha | 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 1 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi | 10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi |
2 | 6 oylikdan 12 oylikkagacha | 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi | 10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi |
3 | 1 yoshdan 3 yoshgacha | 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi | 20 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi |
4 | 3 yoshdan 8 yoshgacha | 10 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi | 30 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi |
5 | 8 yoshdan oshganlar | 20 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi | 40-50 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi |
Stafilokokk bakteriofagi sprey ko‘rinishida kuyishlar, yirinli-yallig‘lanish kasalliklari, infeksiyalangan yaralar, anginada stafilokokk bilan infeksiyalangan teri qoplamalari va shilliq qavatlarni chayish ko‘rinishida davolash va profilaktika maqsadida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat zaharli emas. Biron-bir nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan.
Sezuvchan pasientlarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni har qanday guruhdagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin chayqatish kerak. Xira preparatni ishlatish mumkin emas. Agar bakriofagni qo‘llashdan oldin yaraga ishlov berish uchun kimyoviy antiseptiklar ishlatilgan bo‘lsa, yarani 0,9% li natriy xloridining sterial eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak. Chunki preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin bo‘lgan ozuqa muhitini saqlaydi, flakon ochilganda, tanlab olganda va saqlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak;
Homiladorlik va laktasiya davri
Bakteriofagni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Preparat dozator-purkagich bo‘lgan qalpoqcha (sprey) 10 ml dan 5 flakonda, 20 ml dan 4 flakonda va 100 ml dan 1 flakonda yoki 20 ml dan 1 flakonda, davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, qorong‘i joyda, +2°S dan +15°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.