×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAKTOKS kapsulalar 500mg N12

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Амоксициллин
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- Innothera Chouzy
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- J01CA04
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: bitta kapsula uchun amoksitsillin — 500,00 mg amoksitsillin trigidrati ko’rinishida.

yordamchi moddalar: magniy stearati.

Kapsulaning qobig’ini tarkibi: eritrozin, indigotin, titan oksid  (E 171), jelatin, temir qora oksidi, jelatin, temir sariq oksidi, temir qizil oksidi.

tanasi: titan oksidi (E 171), temir oksidi (II,III), temir oksidi (II), temir oksidi (II).

Chiqarilish shakli

Ushbu preparat kapsula ko’rinishida ishlab chiqariladi. Qutida 12 yoki 100 kapsuladan.

Barcha qutining hajmi bepul sotuvga chiqarilmasligi mumkin

Peroral qo’llash uchun kapsulalar
Farmakologik ta’sir — bakteritsid, keng spektrli antibacterial ta’sir.

Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo’linish va o’sish jarayonida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi va mikroorganizmlarning lizisini keltirib chiqaradi.

Mikroblarga qarshi  keng spektr doirasiga ega. Aerob gram musbat mikroorganizmlarga — Staphylococcus spp. (penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlardan tashqari), Streptococcus spp., shu jumladan. Streptococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, aerob gram manfiy mikroorganizmlar — Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, ba’zi Salmonella, Shigella, Klebsiella va shuningdek Helicella qarshi faollikka ega.

125 mg / 5 ml va 250 mg / 5 ml dozalarda suspenziya shaklida og’iz orqali qabul qilinganda, 1-2 soatda  tez va yaxshi (75-90%) so’rilib, Cmax (1,5-3,0 mkg / ml va 3,5-5, 0 mkg) hosil qiladi. 1-2 ml dan keyin 250 ml va 500 mg dozalarda kapsula shaklida og’iz orqali qabul qilinganda ham Cmax (3,5-5,0 mkg / ml va 5,5-7,5 mkg / ml)ga  1-2 soatdan keyin erishiladi. Kislota muhitida barqaror, absorbsiyasi (so’rilishi)ga ovqat qabul qilingani ta’sir qilmaydi.

Parenteral usulda yuborilganda tezda so’riladi va to’qimalarda va tana suyuqligida tarqaladi; Qonda Cmax m/I ga yuborilgandan 1 soat o’tgach aniqlanadi va 6-8 soat davomida parenteral yuborilgandan keyin terapevtik darajada qoladi.

Barcha dorilar singari, ushbu preparat  ham nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo har bir bemor ularni his qilmaydi.

Agar quyida sanab o’tilgan jiddiy nojo’ya samaralaridan  biron-biri sizda bo’lsa BAKTOKS ni qabul qilishni to’xtating va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Sizga shoshilinch tibbiy yordam kerak bo’lish mumkin.

Juda kam nojo’ya samaralar (10 000 odamdan 1 tasida bo’lishi mumkin):

  • Allergik reaksiyalar: Simptomlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:qichishish yoki terida toshma, yuz, til, tana shishi yoki nafasni qiyinlashishi. Ushbu reaktsiyalar jiddiy bo’lishi va ba’zan o’limga olib kelishi mumkin
  • Teri ostidagi toshma yoki qizil dog’lar, ko’karishlar. Ushbu nojo`ya ta’siri  allergik reaktsiya tufayli qon tomirlari devorlarining yallig’lanishidan kelib chiqadi.. Ushbu simptomlar bo’g’imlarda og’riq(artrit)  va buyrak muammolari bilan kuzatilishi mumkin.
  • Kechiktirilgan allergik reaktsiyalar odatda BAKTOKS preparatini qabul qilingandan keyin 7-12 kun o’tgach paydo bo’ladi. Simptomlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: terida toshma, isitma, bo’g’imlarda og’riq va ayniqsa, qo’ltiq ostidagi limfa tugunlarining shishishi.
  • Polimorf eritem kabi ma’lum teri reaksiyasi, quyidagi simptomlar bilan namoyon bo’ladi: qizg’ish yoki purpur qichishish bilan teridagi dog’lar, ayniqsa qo’l kafti va oyoq kaftlarida, teridagi yuqori konsentrik shikastlanishlar, og’izdagi, ko’z va jinsiy a’zolar shilliq qavatidagi sezuvchanlik. Ushbu reaksiya isitma va kuchli charchoqqa olib kelishi mumkin.
  • Boshqa jiddiy teri reaksiyalar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: teri rangini o’zgarishi, teri ostida qumoq, qavarchiq, xusn buzar, terini kepiklanishi, qizarish, og’riq, qichishish, sho’ralashi. Ushbu nojo’ya ta’sir  isitma, bosh og’rig’i va mushak og’rig’i bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
  • Gripp simptomlari teri toshmasi, isitma, kengaytirilgan bezlar va qon taxlili natijalari normaga mos kelmaydigan bilan [shu jumladan oq qon tanachalarini (eozinofiliya) va jigar fermentlari oshishi] [Eozinofiliya bilan dori reaktsiyasi va tizimli simptomlar (DRESS)].
  • Isitma, etni uvishishi, tomoqda og’riq yoki infektsiyaning boshqa belgilari, tez-tez ko’karishlar. Ushbu nojo’ya samaralar qon hujayralari bilan bog’liq muammolarning belgisi bo’lishi mumkin..
  • YArisha-Gerksgeymer reaksiyasi Laym kasalligini BAKTOKS preparati bilan davolash vaqtida   paydo bo’lishi mumkin,  isitma, etni uvishishi, bosh og’rig’i, mushaklarda og’riq va teri toshmasi bo’lishi mumkin.
  • Kounis sindromi tavsifi ko’krakdagi mahalliylashtirilgan og’rig’i  chap yelka  va jag’ga  yo’naltirilishi mumkin   va allergiyani  kelib chiqishi bor.
  • Aseptik meningit deb nomlangan va kuchli bosh og’rig’iga sabab bo’lgan miya va orqa miya atrofidagi himoya membranalarning vaqtinchalik o’tkir va qayta tiklanadigan yuqumli emas yallig’lanishi.
  • Diareya (ba’zida qon ketishi bilan kuzatiladigan), og’riq va isitma bilan kuzatiladigan yo’g’on ichakni yallig’lanishi.
  • Jigar uchun jiddiy nojo’ya ta’sirlar  paydo bo’lishi mumkin. Ular asosan uzoq davolangan erkaklar va keksa patsientlarda kuzatiladi.

Keyingi xolatlarda siz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz kerak:

o          qon bilan kuzatiladigan  kuchli diareya;

o          teri ustida qavarchiq, qizarish yoki ko’karishlar paydo bo’lishi;

o          to’q rangli siydik yoki rangsiz ahlat;

o          terini yoki ko’zlarni sarg’ayishi (sariqlik). Shuningdek sariqlikka olib kelishi mumkin bo’lgan anemiya haqida ma’lumotga qarang.

Ushbu reaktsiyalar dori qabul qilgan vaqtida yoki to’xtatilgandan bir necha xaftadan keyin paydo bo’lishi mumkin..

Agar sizda yuqorida ko’rsatilgan reaksiyalardan biri paydo bo’lsa, preparatni qabul qilishni to’xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.

Teri reaksiyalari ba’zida kamroq ifodalangan bo’lishi mumkin:

  • Oyoqlarda, qo’l kaftlarida va oyoq tovonlarida o’rtacha qichishish va relefli kontsentrik shikastlanishlari bilan  terida toshma (dumaloq pushti rangli yoki qizil dog’lar). Ushbu xolatlar kam paydo bo’ladi, (100 odamdan 1 tasida uchraydi).

Agar bu simptomlardan biri paydo bo’lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki siz BAKTOKS preparatini qabul qilishini to’xtatish kerak.

Boshqa kutiladigan nojo’ya samaralar:

Tez-tez (10 odamdan 1 tasida kuzatiladi)

  • Teri toshmasi
  • Ko’ngil aynishi
  • Diareya

Tez-tez emas (100 odamdan 1 tasida kuzatiladi)

  • Qusish

Juda kam xollarda (10 000 odamdan 1 tasida kuzatiladi)

  • Mikoz (qinda, og’iz bo’shlig’ida yoki teri qatlamlarida rivojlanishi mumkin bo’lgan zamburug’li infektsiyalanishi). Zamburug’larga qarshi terapiya qilish uchun siz shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Buyrak muammolari
  • Titroq xurujlari, ayniqsa yuqori dozalar qabul qiluvchi yoki buyrak muammolari bo’lgan patsientlarda
  • Bosh aylanishi
  • Giperaktivlik
  • Buzilishlar, noqulaylik yoki siyish qiyinchiliklariga olib keladigan siydikdagi tuz kristallari. Bu xavflarni kamaytirish uchun ko’p suyuqlik ichish kerak.
  • Til sariq, jigarrang yoki qora rangga ega bo’lishi mumkin va sochlar bilan qoplangan bo’lishi mumkin
  • Anemiya turini chaqiruvchi qizil qon tanachalarning haddan tashqari nobud bo’lishi. Simptomlarga quyidagilarni o’z ichiga oladi: charchoq, bosh og’rig’i, xansirash, bosh aylanishi, oqarish, teri va ko’z oqsillarining sarg’ayishi
  • Oq qon tanachalarini kam miqdori
  • Qon ivishida ishtirok etadigan kam sonli hujayralar
  • Qon ivishi sekinlashishi mumkin. Ushbu ta’sirni burun qonashlari yoki kesishlari bilan kuzatishingiz mumkin.

Nojo’ya ta’sirlari haqida xabar berish

Agar sizda biron-bir nojo’ya samaralar paydo bo’lsa o’zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Ular ilovada ko’rsatilmagan xar qanday kutiladigan nojo’ya samaralarni o’z ichiga oladi. 

Nojo’ya samaralar xaqida xabar berib siz ushbu preparatni xavfsizligi xaqida qo’shimcha ma’lumot berishga yordam berasiz.

Retsept bo’yicha.
BAKTOKS 500 mg kapsulalar  qabul qilishdan oldin o’zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan gaplashib ko’ring, agar sizda:

  •     infeksion mononukleoz kasalligi bo’lsa (isitma, tomoqda og’riqlimfa tugunlar yallig’langan bo’lsa va qattiq charchoqlik);
  • buyraklar bilan muammalar bo’lsa;
  • tartibsizlik siyish bo`lsa

BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Siydik va qon tahlillari

Agar topshirishingiz kerak bo’lsa:

  • siydik taxlili (qon glyukozasi) yoki jigar funksiyasini tekshirish uchun qon kerak bo’lsa;
  • estriolga tahlil ((bola normal rivojlanishini tekshirish uchun homiladorlik vaqtida qo’llanadi) kerak bo’lsa

Siz BAKTOKS qabul qilishingiz xaqida shifokor yoki farmatsevtga xabar bering. Aslida BAKTOKS bu tahlillar natijalariga ta’sir qilishi mumkin.  

Avtomobilni  va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

BAKTOKS nojo’ya samaralar chaqirishi mumkin (allergik reaksiyalar, bosh aylanishi va tirishishlar kabi), ular mashinani xaydash qobiliyatini yomonlashishi mumkin.

Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, rulga o’tirmang va har qanday uskunadan foydalanmang.

BAKTOKS tananing turli qismlarda bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo’llaniladi.

Shuningdek BAKTOKS me’da yarasini davolash uchun boshqa preparatlari bilan birga qo’llanishi mumkin.

BAKTOKS 500 mg kapsulasini quyidagi xollarda qo’llash mumkin emas:

  • Agar sizda amoksitsillinga, penitsillinga yoki sefalosporinlarga) yoki ushbu preparat komponentlarini birortasiga allergiya bo’lgan hollarda (6 bo’limda sanab o’tilgan).

  • Agar siz antibiotiklarga allergik reaksiyaga ega bo’lsangiz yoki qachonlarda allergik reaksiya kuzatilganda. Bu teri toshmasini yoki yuzni yoki tomqni shishi o’z ichiga olishi mumkin.

Agar sizda yuqorida sanab o’tilgan xolatlaridan biron-biri bo’lsa BAKTOKS ni qabul qilmang.

BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashin

Agar siz hozirda boshqa dorilar qabul qilayotgan bo’lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo’lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo’lgan hollarda shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering. 
  • Agar siz allopurinol (podagrani davolash uchun qo’llanadigan) BAKTOKS bilan birga qabul qilsangiz allergik teri toshmasini rivojlanish yuqori xavfi paydo bo’ladi.
  • Agar siz probenetsid qabul qilsangiz (podagrani davolash uchun qo’llanadigan), sizning shifokoringiz BAKTOKS preparatining dozasini o’zgartirishni qaror qabul qilishi mumkin.
  • Agar siz qonni suyultirish uchun dorilar qabul qilsangiz (masalan varfarin), sizga qo’shimcha qon tahlili kerak bo’lishi mumkin.
  • Agar siz boshqa antibiotiklar qabul qilsangiz (masalan tetratsiklinlar) BAKTOKS preparatni samaradorligi kamroq bo’lishi mumkin.
  • Agar siz metotreksat qabul qilsangiz (rak va og’ir psoriazni davolash uchun qo’llanadi), BAKTOKS nojo’ya samaralar oshishiga olib kelishi mumkin.
25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin

Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Ushbu preparatni o’ramda ko’rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo’llanilmasin. Yaroqlilik muddatining tugash sanasi ko’rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Har qanday preparatlarni kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlab yuborish mumkin emas. Keraksiz dorilarni qaerga tashlab yuborish to’g’risida farmatsevtdan so’rang.

Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Ichga qabul qilish uchun

Ushbu preparatni har doim davolovchi shifokor yoki farmatsevtning ko’rsatmasiga qat’iy amal qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizda shubha tug’ilsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Kapsulani butunlay yutib va suv bilan qabul qiling.

Kun davomida preparatning talab qiluvchi dozalarni muntazam qabul qiling; qabul qilish intervali 4 soatdan kam bo’lmasligi kerak.

Standart dozalash

Tana vazni 40 kg gacha bo’lgan bolalar

Hamma dozalar bola tana vazni kilogrammga muvofiq aniqlanadi.

  • CHaqaloqka yoki bolaga BAKTOKS preparatini qaysi dozada berishini davolovchi shifokor belgilaydi.
  • Standart doza kuniga tana vazni kilogrammda 40 mg dan 90 mg gachani tashkil qiladi, 2 yoki 3 qabulda buyuriladi.
  • Maksimal tavsiya qilingan doza kuniga tana vazni kilogrammda 100 mg ni tashkil qiladi.

Kattalar, keksa yoshdagi patsientlar va tana vazni 40 kg ko’p bo’lgan bolalar

BAKTOKS preparatini standart dozasi kuniga 3 marta 250 mg dan 500 mg gacha yoki infeksiyalanishni og’irligiga va turiga qarab har 12 soatda 750 mg dan 1 g gachani tashkil qiladi.

  • Jiddiy infeksiyalanishida: kuniga 3 marta 750 mg dan 1 g gacha buyuriladi.
  • Siydik yo’li infektsiyalarida : 1 kun davomida kuniga 2 marta 3 g buyuriladi.
  • Laym kasalligi (kana-deb nomlanagan parazitlar orqali o’tadigan infeksiya): ajralgan migratsiya qiluvchi eritema (erta bosqichi – qizil yoki pushtu rangli aylanma shaklli teri toshmasi): kuniga 4 g, tizimli simptomlari (kech bosqichi – jiddiy simptomlari bilan yoki kasallik butun tana bo’yicha tarqalgan): kuniga 6 g gacha.
  • Me’da yarasi: kuniga 2 marta 750 mg yoki 1 g 7 kun davomida me’da yarasini davolash uchun boshqa antibiotiklari va dorilar bilan buyuriladi.
  • Yurak infektsiyasini oldini olish uchun
  • Operatsiya vaqtida yurak infektsiyasini oldini olish uchun: dozа operatsiya turiga qarab o’zgaradi. Boshqa dorilar ham bir vaqtning o’zida berilishi mumkin. Davolovchi shifokor, farmatsevt yoki hamshira sizga batafsil ma’lumot  berishi mumkin.
  • Maksimal tavsiya qilingan doza kuniga 6 g ni tashkil qiladi.

Buyraklar tomonidan muammolar

Agar sizda buyraklar bilan muammolar bo’lsa, dozani standart dozaga nisbatan kamaytirish mumkin.

BAKTOKS preparatini qancha uzoq qabul qilish mumkin

  • Agar siz o’zingizni yaxshi his qilsangiz ham, shifokor tomonidan belgilangan muddat davomida BACTOX preparatini qabul qilishni davom ettirishingiz kerak. Har bir doza infektsiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Agar ba’zi bakteriyalar tirik qolsa, ular infektsiyaning qaytalanishiga olib kelishi mumkin
  • Agar davolash yakunlangandan keyin simptomlariz saqlanib qolsa davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

BAKTOKS preparatini uzoq vaqt davomida qo’llanilsa  mikozlar rivojlanishi mumkin  (tananing nam sohalarida paydo bo’ladigan zamburug infeksiyalari og’riq, qichishish va oq ajramalar chaqirishi mumkin). Agar  shunday bo’lsa davolovchi shifokorga xabar bering.

Agar siz BAKTOKS preparatini uzoq muddat davomida qabul qilsangiz, shifokoringiz buyraklar, jigar va qon funktsiyasini tekshirish uchun  qo’shimcha taxlillar o’tkazishi mumkin.

Agar siz BAKTOKS 500 mg kapsulalarni qabul qilishni unutgan bo’lsangiz

  • Agar siz preparatni qabul qilishni unutgan bo’lsangiz, eslagandan keyin uni qabul qiling.
  • Keyingi dozani juda erta qabul qilmang; keyingi dozani qabul qilishdan oldin kamida 4 soat o’tishi kerak
  • O’tkazib yuborilgan dozani o’rnini qoplash uchun preparatning ikki barobar dozasini qabul qilmang.
BAKTOKS preparatining haddan tashqari dozasi oshgan holatda qorin og’rig’i (ko’ngil aynishi, qusish yoki diareya) yoki siydikda tuz kristallari paydo bo’lishi mumkin, bu esa siyish paytida buzuqlik yoki og’riqqa olib keladi.

Agar shunday bo’lsa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashing

Agar Sizda ushbu preparatni qo’llash haqida qo’shimcha savollar bo’lsa, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Agar siz homilador bo’lsangiz yoki emizsangiz, homilador bo’lgan  deb xisoblasangiz yoki bola ko’rishni rejalashtirgan bo’lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

BAKTOKS 125 mg/5 ml, 250 mg/5 ml, 500 mg/5 ml

PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun

 

·      Bu preparatni ishlatish/qabul qilishni boshlashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

·      Yo‘riqnomani saqlang, u yana kerak bo‘lishi mumkin.

·      Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojat qiling.

·      Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki ularga xatto kasallikning belgilar Sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin.

·      Agar davolash davrida kasallikning simptomlari kuchaysa va ahvolingiz yomonlashsa yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

·      Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralari og‘irlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Tarkibi

Baktoks 125 mg/5 ml:

5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:

125 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

Baktoks 250 mg/5 ml:

5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:

250 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

Baktoks 500 mg/5 ml:

5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:

500 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

Yordamchi moddalar:

suvsiz limon kislotasi, suvsiz trinatriy sitrati, natriy* benzoati, talk, guar kamedi, limonli, apelsinli va shaftoli-o‘rikli aromatizatorlar, aspartam*, kremniy dioksidi.

* Ushbu preparat aspartam va natriy (bir o‘lchov qoshig‘ida 6,26 mg) saqlaydi.

Farmakoterapevtik guruhi

Aminopenisillin guruhi beta-laktamlar oilasiga mansub antibiotik.

ATX kodi: J01CA04

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarda qo‘llanadi;

  • nafas a‘zolarining infeksiyalari;
  • siydik jinsiy tizimi a‘zolarining infeksiyalari;
  • me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining infeksiyalari;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
  • Layma kasalligi (borrelioz);
  • boshqa antimikrob preparatlari bilan majmuada Helicobacter pylori eradikasiyasi;
  • endokardit (oldini olish).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, boshqa penisillinlar, sefalosporinlarga).
  • Infeksion mononukleozda qo‘llash mumkin emas (teri xarakteriga ega nojo‘ya ko‘rinishlarning rivojlanishini xavfi).

Ehtiyotkorlik bilan: Allergik reaksiyalar (shu jumladan anamnezdagi), infeksion mononukleoz, anamnezdagi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq kolit), buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktasiya davri, fenilketonuriya (tug‘ilganda aniqlangan nasliy kasallik) aspartam borligi sababli.

Homiladorlik va laktasiya davri

Zarurati bo‘lganida homiladorlikda qo‘llash mumkin.

Laktasiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda davolash vaqtida diareya, teri toshmasi, kandidoz yoki boshqa simptomlar rivojlanganida emizishni to‘xtatish lozim.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Ushbu preparatni och qoringa, ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida va ovqatdan keyin qabul qilish mumkin.

Dozalash tartibi kasallikning og‘irligi, pasientning yoshini hisobga olib shaxsiy ravishda belgilanadi.

Kattalar va 10 yoshdan oshgan (tana vazni 40 kg dan ortiq) bolalarga 500 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Infeksiya og‘ir kechganida – 750 mg-1 g dan sutkada 3 marta.

Bolalarga:

  • 5 yoshdan 10 yoshgacha 250 mg dan (5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
  • 2 yoshdan 5 yoshgacha – 125 mg dan (2,5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
  • 2 yoshgacha – 1 kg tana vazniga 20 mg xisobida, xisoblangan sutkalik doza 3 qabulga bo‘linadi.

Chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda doza kamaytiriladi va/yoki qabul qilish orasida interval oshiriladi.

Davolash kursi 5-12 kun.

Suspenziyani tayyorlash:

Flakon belgigacha suv bilan to‘ldiriladi va bir xil suyuqlik hosil bo‘lgunicha chayqatiladi. Har qabul qilishdan oldin suspenziyani chayqatish kerak.

Flakondagi kukunning miqdori 60 ml suspenziya tayyorlash uchun yetarli (12 doza).

Me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir infeksiyalarida (paratif, qorin tifi) va o‘t chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida, ginekologik infeksiyalarda kattalarga – 1,5-2,0 g sutkada 3 marta yoki 1,0-1,5 g sutkada 4 marta.

Kattalarda Helicobacter pylori chaqirgan me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolashda buyuriladi:

  • 1 g amoksisillin boshqa antimikrob preparatlar bilan majmuada ertalab va kechqurun.

Ayollarda siydik yo‘llarining asoratlanmagan o‘tkir infeksiyalarida 3 g preparat katta miqdordagi suv bilan, dozani 12 soatdan keyin takrorlash bilan buyuriladi.

O‘tkir asoratlanmagan gonoreyani davolash uchun 3,0 g preparat 1,0 g probenesid bilan majmuada bir marta buyuriladi.

Og‘ir infeksiyalarda (meningit, septisemiya) sutkada 6,0 g gacha 3-4 qabulda buyuriladi.

Kichik jarrohlik muolajalarida, endokarditni oldini olish uchun muolaja o‘tkazilishidan 1 soat oldin 3-4 g. Zarurati bo‘lganida 8-9 soatdan keyin takroriy doza buyuriladi. Bolalarga doza ikki marta kamaytiriladi.

Buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan pasientlarga (kreatinin klirensi minutiga 10 mg dan kam) preparatning dozasi 15-50% gi kamaytiriladi yoki qabullar orasidagi interval 24 soatgacha oshiriladi.

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar: eshakemi, terini qizarishi, eritematoz toshmalar, angionevrotik shish, rinit, kon‘yunktivit bo‘lishi mumkin; kam hollarda – isitma, artralgiya, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi); zardob kasalligi bilan o‘xshash reaksiyalar; yakka hollarda – anafilaktik shok.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: disbakterioz, ta‘mning o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, «jigar» transaminazalari faolligini o‘rtacha oshishi, kam hollarda – soxtamembronoz kolit.

Nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik, ataksiya, ongni chalkashishi, xulqni o‘zgarishi, depressiya, periferik nevropatiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, epileptik tirishishlar.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, neyropeniya, trombositopenik purpura, anemiya.

Boshqalar: nafasni qiyinlashish, taxikardiya, interstiseal nefrit, qin kandidozi, superinfeksiya (ayniqsa surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki organizmning chidamliligi pasaygan bemorlarda).

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozitlar bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib (o‘zaro faolsizlantirishdan saqlanish uchun aralashtirish mumkin emas).

Antasidlar, glyukozamin, surgi dori vositalari, ovqat, aminoglikozidlar so‘rilishni pasaytiradi va sekinlashtiradi; askorbin kislotasi  so‘rilishni oshiradi.

Bakterisid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, vankomisin, rifampisin) sinergik ta‘sir ko‘rsatadi; bakteriostatik dori vositalari (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, terasiklinlar, sulfanilamidlar) – antogonistik ta‘sir ko‘rsatadi.

Bevosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlarning samaradorligini kamaytiradi; metabolizmi jarayonida paraaminobenzoy kislotasi, hosil qiluvchi dori vositalari, etiniletradiol – «shiddatli» qon ketishining rivojlanishini xavfi.

Amoksisillin klirensini pasaytiradi va metetreksatning toksikligini oshiradi; digoksinning so‘rilishini kuchaytiradi.

Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va naychalar sekresiyasini bloklovchi boshqa dori vositalari, qonda amoksisillinning konsentrasiyasini oshiradi.

Allopurinol teri toshmalarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (qusish va diareya oqibati).

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit muvozanatini tutib turish uchun dori vositalari; gemodializ.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Kursli davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyrak funksiyasining holatini nazorat qilish kerak.

Unga sezgir bo‘lmagan mikrofloraning o‘sishi hisobiga superinfeksiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni tegishli ravishda o‘zgatirishni talab qiladi.

Sepsisi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida bakterioliz reaksiyasi (Yarish–Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin (kam) hollarda.

Penisillinlarga yuqori sezgir pasientlarda boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan kesishgan allergik reasiyalar bo‘lishi mumkin.

Yengil diareyani davolashda, davolash kursi fonida ichaklar peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi dori vositalaridan saqlanish kerak; koalin yoki attapulgit saqlovchi diareyaga qarshi dori vositalarini ishlatish mumkin. Og‘ir diareyada shifokorga murojaat qilish kerak.

Kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan so‘ng davolashni yana 48-72 soat davom ettirish shart.

Estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlar va amoksisillin bir vaqtda qo‘llanganida imkon boricha kontrasepsiyaning boshqa yoki qo‘shimcha usullarini ishlatish kerak.

Chiqarilish shakli

5,1 g (125 mg/5ml), 6,6 g (250 mg/5 ml), 12 g (500 mg/5 ml) kukun jigarrang rangli shisha flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Suspenziya tayyorlangandan so‘ng muzlatgichda +2°S dan +8°S gacha haroratda 14 kundan ortiq saqlanmasin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

ANTIBIOTIKLAR HAQIDA NIMANI BILISH KERAK.

Antibiotiklar bakteriyalar chaqirgan infeksiyalar bilan kurashda samarali. Antibiotiklar viruslar chaqirigan infeksiyalarda yordam bermaydi.

Faqat shifokor aniq kasallikda qanday antibiotik kerakligini aniqlashi mumkin.

Antibiotikning dozasi yoki davolash kursining davomiyligini noto‘g‘ri tanlash, kasallikni surunkali kechishiga, bakteriyalarni aniq antibiotikka chidamliligini (sezgir emasligi, chidamliligi) shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Agar Siz:

  • dozasiga
  • qabul qilish tartibiga
  • davolash kursining davomiyligiga

rioya qilmasangiz, chidamli bakteriyalar paydo bo‘lishiga, sog‘ayishni kechikishiga yoki xatto bu preparatning samaradorligini pasayishiga olib kelgan bo‘lasiz.

Demak, preparatning samaradorligini ta‘minlash uchun:

  • antibiotiklarni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish,
  • shifokorning ko‘rsatmasiga qat‘iy rioya qilish,
  • shifokorning ko‘rsatmasisiz antibiotikni takroran ishlatish mumkin emas, xatto belgilar sizga tanish bo‘lsa xam.
  • antibiotikning boshqa shaxslarga berish qat‘iyan taqiqlanadi: ularning kasalliklariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Davolash kursini tamomlab, qolgan preparatni to‘g‘ri va muvofiq yo‘qotish uchun barcha boshlangan qutilarni farmasevtga olib keling.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 dori vositasi Innothera Chouzy tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПРОМОМЕД РУС,ООО произведено Биохимик, АО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS 500 kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 127 600 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Farmaceuticals d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
XIKONSIL kapsulalar 500mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
XIKONSIL kapsulalar 250mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 99 000 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 125mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IRAMOKS poroshok 100ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cosar Pharmaceutical Co.
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
REAMOKS NEO kapsulalar 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
REAMOKS poroshok 25g 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group,СП,ООО,Узбекско-Британское
XIKONSIL KOMBI poroshok 5ml 400mg/57mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Farmaceuticals d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
Narh: 34 200 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IDEOS tabletkalari N30
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
Narh: 38 800 so'mdan Batafsil
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 200 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Narh: 319 300 so'mdan Batafsil
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
Narh: 116 300 so'mdan Batafsil
INOKLIM kapsulalar 382mg N30
BAKTOKS poroshok 6,6g 250mg/5ml
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml
Другие формы препарата
BAKTOKS poroshok 125mg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9