×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Keng ta’sir doirasiga ega penitsillinlar
Faol modda:
Амоксициллин тригидрат
Ishlab chiqaruvchi:
- Innothera Chouzy
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- J01CA04
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: BAKTOKS 125 mg/5 ml: 5 ml tayyorlagan suspenziyada (1 o’lchov qoshig’i) saqlanadi: 125 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

                       BAKTOKS 250 mg/5 ml: 5 ml tayyorlagan suspenziyada (1 o’lchov qoshig’i) saqlanadi: 250 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, suvsiz trinatriy tsitrati, natriy benzoati, talk, guar kamedi, xushbo’ylar: limonli, apelsinli va shaftoli- o’rikli, aspartam*, kremniy dioksidi.

*Ushbu preparat aspartam va natriy (o’lchov qoshig’ida 6,26 mg) saqlaydi.

Chiqarilish shakli

BAKTOX oqdan ochiq sariq ranggacha bo’lgan kukun ko’rinishida taqdim etiladi.

O’ram ichidagisi 5,1 g kukun o’lchov qoshig’i bilan  (125 mg / 5 ml) jigarrang rangli shisha flakonda.

6,6 g kukun o’lchov qoshig’i bilan (250 mg/ 5 ml) jigarrang rangli shisha flakonda

Peroral qo’llash uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
Farmakologik ta’sir — bakteritsid, keng spektrli antibacterial ta’sir.

Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo’linish va o’sish jarayonida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi va mikroorganizmlarning lizisini keltirib chiqaradi.

Mikroblarga qarshi  keng spektr doirasiga ega. Aerob gram musbat mikroorganizmlarga — Staphylococcus spp. (penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlardan tashqari), Streptococcus spp., shu jumladan. Streptococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, aerob gram manfiy mikroorganizmlar — Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, ba’zi Salmonella, Shigella, Klebsiella va shuningdek Helicella qarshi faollikka ega.

125 mg / 5 ml va 250 mg / 5 ml dozalarda suspenziya shaklida og’iz orqali qabul qilinganda, 1-2 soatda  tez va yaxshi (75-90%) so’rilib, Cmax (1,5-3,0 mkg / ml va 3,5-5, 0 mkg) hosil qiladi. 1-2 ml dan keyin 250 ml va 500 mg dozalarda kapsula shaklida og’iz orqali qabul qilinganda ham Cmax (3,5-5,0 mkg / ml va 5,5-7,5 mkg / ml)ga  1-2 soatdan keyin erishiladi. Kislota muhitida barqaror, absorbsiyasi (so’rilishi)ga ovqat qabul qilingani ta’sir qilmaydi.

Parenteral usulda yuborilganda tezda so’riladi va to’qimalarda va tana suyuqligida tarqaladi; Qonda Cmax m/I ga yuborilgandan 1 soat o’tgach aniqlanadi va 6-8 soat davomida parenteral yuborilgandan keyin terapevtik darajada qoladi.

Barcha dorilar singari, ushbu preharat  ham nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo har bir bemor ularni his qilmaydi.

Agar quyida sanab o’tilgan jiddiy nojo’ya samaralar ma’lumotidan biron-biri sizda bo’lsa BAKTOKS ni qabul qilishni to’xtating va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab qilinishi mumkin.

Juda kam nojo’ya samaralar (10 000 odamdan 1 tasida bo’lishi mumkin):

  • allergik reaksiyalar: qichishish yoki terida toshma, yuz, til, tana shishi yoki nafasni qiyinlashishi. Ushbu reaktsiyalar jiddiy bo’lishi  mumkin  va ba’zan o’lim hollari haqida xabar berilgan;
  • tirnash xususiyati yoki teri ostidagi  kichik qizil dog’lar yoki  teri ko’karishlari; to’g’nag’ichsimon qizil dog’lar, qon talashlar. Ular allergik reaksiyalar tufayli qon tomir devorlari yallig’lanishi tomomnidan chaqirilgan. Ular  bo’g’imlarda og’riq(artrit)  va buyrak muammolari bilan bog’liq bo’lishi mumkin;
  • kechiktirilgan allergik reaktsiyalar odatda BAKTOKS preparatini qabul qilingandan keyin 7-12 kun o’tgach paydo bo’ladi, shu bilan birga  ba’zi  simptomlar bo’lishi mumkin: teri tirnash xususiyati, isitma, bo’g’imlarda og’riq va ayniqsa, qo’ltiq ostidagi limfa tugunlarining shishishi;
  • qo’l va oyoq  kaftlarini terisida  qizil yoki binafsha dog’lar, shishgan teri joylari — eshakemi , og’iz, ko’z va jinsiy a’zolarning yuqori sezuvchanligi bo’lgan joylar (multiformali  ekssudativ eritema). Siz o’zingizni juda charchagan his qilasiz,  isitma  bo’lishi mumkin.
  • boshqa jiddiy teri reaksiyalar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: teri rangini o’zgarishi, teri ostida qumoq, qavarchiq, xusn buzar, terini kepiklanishi, qizarish, og’riq, qichishish, sho’ralashi. Ushbu nojo’ya ta’sir  isitma, bosh og’rig’i va mushak og’rig’i bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
  • grippga o’xshash simptomlari teri toshmasi, isitma, kengaytirilgan bezlar va qon taxlili natijalari normaga mos kelmaydigan bilan [shu jumladan oq qon tanachalarini (eozinofiliya) va jigar fermentlari oshishi] [Eozinofiliya bilan dori reaktsiyasi va tizimli simptomlar (DRESS)].
  • Isitma, etni uvishishi, tomoqda og’riq yoki infektsiyaning boshqa belgilari, tez-tez ko’karishlar. Ushbu nojo’ya samaralar qon hujayralari bilan bog’liq muammolarning belgisi bo’lishi mumkin..
  • YArisha-Gerksgeymer reaksiyasi Laym kasalligini BAKTOKS preparati bilan davolash vaqtida   paydo bo’lishi mumkin,  isitma, etni uvishishi, bosh og’rig’i, mushaklarda og’riq va teri toshmasi bo’lishi mumkin
  • Kounis sindromi tavsifi ko’krakdagi mahalliylashtirilgan og’rig’i  chap yelka  va jag’ga  yo’naltirilishi mumkin   va allergiyani  kelib chiqishi bor
  • Aseptik meningit deb nomlangan va kuchli bosh og’rig’iga sabab bo’lgan miya va orqa miya atrofidagi himoya membranalarning vaqtinchalik o’tkir va qayta tiklanadigan yuqumli emas yallig’lanishi.
  • Diareya (ba’zida qon ketishi bilan kuzatiladigan), og’riq va isitma bilan kuzatiladigan yo’g’on ichakni yallig’lanishi

Jigar uchun jiddiy nojo’ya  ta’sirlar  paydo bo’lishi mumkin. Ular asosan uzoq davolangan erkaklar va keksa patsientlarda kuzatiladi.

Keyingi xolatlarda siz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz kerak:

    o      qon bilan kuzatiladigan  kuchli diareya;

    o      teri ustida qavarchiq, qizarish yoki ko’karishlar paydo bo’lishi;

    o      to’q rangli siydik yoki rangsiz ahlat;

   o       terini yoki ko’zlarni sarg’ayishi (sariqlik). Shuningdek sariqlikka olib kelishi mumkin bo’lgan anemiya haqida ma’lumotga qarang.

Ushbu reaktsiyalar dori qabul qilgan vaqtida yoki to’xtatilgandan bir necha xaftadan keyin paydo bo’lishi mumkin.

Agar sizda yuqorida ko’rsatilgan reaksiyalardan biri paydo bo’lsa, preparatni qabul qilishni to’xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.

Teri reaksiyalari ba’zida kamroq ifodalangan bo’lishi mumkin: 

  • oyoqlarda, qo’l kaftlarida va oyoq tovonlarida  o’rtacha qichishish va relefli kontsentrik shikastlanishlari bilan  terida toshma (dumaloq pushti rangli yoki qizil dog’lar). Ushbu xolatlar kam paydo bo’ladi, (100 odamdan 1 tasida uchraydi). 

Agar bu simptomlardan biri paydo bo’lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki siz BAKTOKS preparatini qabul qilishini to’xtatish kerak.

Boshqa mumkin bo`lgan  nojo’ya samaralar o’z ichiga oladir:

Tez-tez (10 odamdan 1 tasida kuzatiladi)

  • Teri toshmasi
  • Ko’ngil aynishi
  • Diareya

Tez-tez emas (100 odamdan 1 tasida kuzatiladi)

  • Qusish

Juda kam xollarda (10 000 odamdan 1 tasida kuzatiladi)

  • Mikoz (qinda, og’iz bo’shlig’ida yoki teri qatlamlarida rivojlanishi mumkin bo’lgan zamburug’li infektsiyalanishi). Zamburug’larga qarshi terapiya qilish uchun siz shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Buyrak muammolari
  • Titroq xurujlari, ayniqsa yuqori dozalar qabul qiluvchi yoki buyrak muammolari bo’lgan patsientlarda
  • Bosh aylanishi
  • Giperaktivlik
  • Buzilishlar, noqulaylik yoki siyish qiyinchiliklariga olib keladigan siydikdagi tuz kristallari. Bu xavflarni kamaytirish uchun ko’p suyuqlik ichish kerak.
  • Til sariq, jigarrang yoki qora rangga ega bo’lishi mumkin va sochlar bilan qoplangan bo’lishi mumkin
  • Anemiya turini chaqiruvchi qizil qon tanachalarning haddan tashqari nobud bo’lishi. Simptomlarga quyidagilarni o’z ichiga oladi: charchoq, bosh og’rig’i, xansirash, bosh aylanishi, oqarish, teri va ko’z oqsillarining sarg’ayishi
  • Oq qon tanachalarini kam miqdori
  • Qon ivishida ishtirok etadigan kam sonli hujayralar
  • Qon ivishi sekinlashishi mumkin. Ushbu ta’sirni burun qonashlari yoki kesishlari bilan kuzatishingiz mumkin.

Nojo’ya ta’sirlari haqida xabar berish

Agar sizda biron-bir nojo’ya ta`sirlar paydo bo’lsa o’zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Ular ilovada ko’rsatilmagan xar qanday kutiladigan nojo’ya samaralarni o’z ichiga oladi. 

Nojo’ya ta`sirlari haqida xabar berib siz ushbu preparatni xavfsizligi haqida qo’shimcha ma’lumot berishga yordam berasiz.

Retsept bo’yicha.
5 ml  suspenziya  (bir o’lchov qoshiq) 6,26 mg natriyni saqlaydi. Agar siz kam tuz saqlovchi qat’iy parxezda bo’lsangiz, buni e’tiborga olishingiz  kerak.

Ushbu mahsulot  5 ml suspenziya ichida 8,5 mg aspartamni  (E 951) o’z ichiga oladi. Bu fenilalaninning manbai. Fenilketonuriya  bilan bo’lgan patsientlar uchun zararli bo’lishi mumkin

Ushbu preparatni qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Maltodekstrin glyukoza ko’rinishida yutinadi. Agar shifokoringiz sizda uglevodlarning ayrim turlari o’zlashtiraolmasligini borligini aytgan bo’lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Natriy benzoat (E211) mavjudligi tufayli ushbu dori yangi tug’ilgan chaqaloqlarda teri, ko’z va shilliq qavatlarni tirnash xususiyati keltirib chiqarishi va sariqlik xavfni oshirishi mumkin (terini va ko’zlarni sarg’ayishi).

Avtomobilni  va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

BAKTOKS nojo’ya samaralar chaqirishi mumkin va simptomlar (allergik reaksiyalar, bosh aylanishi va tirishishlar) mashina xaydash qobiliyatingizni yomonlashtirishi mumkin.

Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, rulga o’tirmang va har qanday uskunadan foydalanmang.

BAKTOKS tananing turli qismlarda bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo’llaniladi.

BAKTOKS shuningdek me’da yarasini davolash uchun boshqa preparatlar bilan birga qo’llash mumkin.

BAKTOKS  qabul qilmang, agar sizda:

  • Amoksitsillinga, penitsillinga yoki ushbu preparatda mavjud bo’lgan boshqa komponentlarga allergiya (6 bo’limga qarang).
  • Avval boshqa antibiotiklarga allergik reaktsiya bo’lgan bo`lsa. Bu teri toshmasini yoki yuzni yoki tomqni shishi o’z ichiga oladi.
  • Aspartam mavjudligi tufayli Fenilketonuriya (tug’ilganda aniqlanadigan nasliy kasalliklar).

                                                                                                    

Agar sizda yuqorida sanab o’tilgan xolatlaridan biron-biri bo’lsa BAKTOKS ni qabul qilmang. . BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing, agar sizda:

  • infeksion mononukleoz kasalligi bo’lsa (isitma, tomoqda og’riqlimfa tugunlar yallig’langan bo’lsa va qattiq charchoqlik);
  • buyraklar bilan muammalar bo’lsa;
  • tartibsizlik siyish bo`lsaBiron-bir shubxa xollarida BAKTOKS ni qabul qilishdan avval maslaxat uchun o’zingizning shifokor yoki farmatsevtga murojjat qiling.

BAKTOKS qabul qilishdan oldin har qanday shubxa bo’lgan hollarda shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing

Siydik va qon taxlillari

Agar sizga quyidagilar talab qilinsa:

  • siydik taxlili (qonda glyukozani) yoki sizning jigar funksiyangizni tekshirish uchun qon taxlili,
  • estriolga taxlil (bola normal rivojlanishini tekshirish uchun homiladorlik vaqtida qo’llanadi).

Siz BAKTOKS qabul qilishingiz xaqida shifokor yoki farmatsevtga xabar bering. Aslida, BAKTOKS bu taxlillar natijasiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Agar siz hozirda boshqa dorilar qabul qilayotgan bo’lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo’lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo’lgan hollarda shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering. 

Agar ushbu dorilardan birini qabul qilsangiz, shifokorga xabar bering:

  • Agar siz allopurinol (podagrani davolash uchun) qabul qilsangiz,  teri toshmasini rivojlanish yuqori xavfi paydo bo’ladi
  • Agar siz probenetsid qabul qilsangiz (podagrani davolash uchun qo’llanadi), sizning shifokoringiz  BAKTOKS dozasini o’zgartirishi mumkin.
  • • Agar  siz qonni suyultirish uchun dorilar qabul qilsangiz (masalan varfarin), sizga qo’shimcha qon tahlili kerak bo’lishi mumkin
  • Agar siz boshqa antibiotiklar qabul qilsangiz (masalan tetratsiklinlar) BAKTOKS preparatni samaradorligi kamroq bo’lishi mumkin.
  • Agar siz metotreksat qabul qilsangiz (rak va og’ir psoriazni davolash uchun qo’llanadi), BAKTOKS nojo’ya samaralar oshishiga olib kelishi mumkin.
25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin

Suspenziyani tayyorlangandan so’ng + 2°C dan +8°C gacha bo’lgan haroratda sovutgichda 14 kundan ortiq bo’lmagan joyda  saqlanishi kerak

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Ushbu preparatni «Muddatgacha yaroqli» yozuvidan keyin o’ramda ko’rsatilgan yaroqlilik muddati  tugagandan so’ng ishlatmang.

Yaroqlilik muddatining tugash sanasi ko’rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositasini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlab yuborish mumkin emas. Agar siz uni ishlatishni to’xtatgan bo`lsangiz, dori vositasini qanday qilib yo’q qilishni farmatsevtdan so’rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Ichga qabul qilish uchun

Ushbu preparatni har doim davolovchi shifokor yoki farmatsevtning ko’rsatmasiga qat’iy amal qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizda shubha tug’ilsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

  • Xar bir qabuldan oldin suspenziya silkitilishi kerak.
  • Qutining ichidagi o’lchov qoshiqchasidan foydalaning.
  • Kun davomida preparatning talab qiluvchi dozalarni muntazam qabul qiling; qabul qilish intervali 4 soatdan kam bo’lmasligi kerak.

Kundalik doza:

Tana vazni 40 kg gacha bo’lgan bolalar

Dozalash tartibi bolaning tana vaznini (kg) hisobga olgan holda alohida aniqlanadi

  • CHaqaloqka yoki bolaga BAKTOKS preparatini qaysi dozada berishini davolovchi shifokor belgilaydi.
  • Kundalik doza kuniga tana vazni kilogrammda 40 mg dan 90 mg gachani tashkil qiladi, 2 yoki 3 qabulda buyuriladi.

Maksimal tavsiya qilingan doza kuniga tana vazni kilogrammda 100 mg ni tashkil qiladi.

Kattalar, keksa patsientlar va 40 kg va undan ko’p tana vazni bolalar

Ushbu suspenziya odatda 40 kg dan ko’p kattalar va bolalarga buyurilmaydi. Shifokor va farmatsevt bilan maslaxatlashing.

 Davolash davomiyligi.

Agar siz o’zingizni yaxshi his qilsangiz ham, shifokor tomonidan belgilangan muddat davomida BACTOX preparatini qabul qilishni davom ettirishingiz kerak. Har bir doza infektsiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Agar ba’zi bakteriyalar tirik qolsa, ular infektsiyaning qaytalanishiga olib kelishi mumkin

Agar davolash yakunlangandan keyin simptomlariz saqlanib qolsa davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

BAKTOKS preparatini uzoq vaqt davomida qo’llanilsa  mikozlar rivojlanishi mumkin  (tananing nam sohalarida paydo bo’ladigan zamburug infeksiyalari og’riq, qichishish va oq ajramalar chaqirishi mumkin). Agar shunday bo’lsa davolovchi shifokorga xabar bering.

Agar siz BAKTOKS preparatini uzoq muddat davomida qabul qilsangiz, shifokoringiz buyraklar, jigar va qon funktsiyasini tekshirish uchun qo’shimcha taxlillar o’tkazishi mumkin.

Agar Sizda qo’shimcha savollar bo’lsa, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Agar siz BAKTOKS qabul qilishni unutgan bo’lsangiz

  • Agar siz preparatni qabul qilishni unutgan bo’lsangiz, eslagandan keyin uni qabul qiling.
  • Keyingi dozani juda erta qabul qilmang; keyingi dozani qabul qilishdan oldin kamida 4 soat o’tishi kerak
  • O’tkazib yuborilgan dozani o’rnini qoplash uchun preparatning ikki barobar dozasini qabul qilmang.
BAKTOKS preparatining haddan tashqari dozasi oshgan holatda qorin og’rig’i (ko’ngil aynishi, qusish yoki diareya) yoki siydikda tuz kristallari paydo bo’lishi mumkin, bu esa siyish paytida buzuqlik yoki og’riqqa olib keladi.

Agar shunday bo’lsa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashing.

Dorini shifokorga ko’rsatish uchun olib keling.

Agar siz homilador bo’lsangiz yoki emizsangiz, homilador bo’lgan  deb xisoblasangiz yoki bola ko’rishni rejalashtirgan bo’lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

BAKTOKS 125 mg/5 ml, 250 mg/5 ml, 500 mg/5 ml

PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun

 

·      Bu preparatni ishlatish/qabul qilishni boshlashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

·      Yo‘riqnomani saqlang, u yana kerak bo‘lishi mumkin.

·      Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojat qiling.

·      Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki ularga xatto kasallikning belgilar Sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin.

·      Agar davolash davrida kasallikning simptomlari kuchaysa va ahvolingiz yomonlashsa yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

·      Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralari og‘irlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Tarkibi

Baktoks 125 mg/5 ml:

5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:

125 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

Baktoks 250 mg/5 ml:

5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:

250 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

Baktoks 500 mg/5 ml:

5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi:

500 mg amoksisillin (trigidrat shaklida).

Yordamchi moddalar:

suvsiz limon kislotasi, suvsiz trinatriy sitrati, natriy* benzoati, talk, guar kamedi, limonli, apelsinli va shaftoli-o‘rikli aromatizatorlar, aspartam*, kremniy dioksidi.

* Ushbu preparat aspartam va natriy (bir o‘lchov qoshig‘ida 6,26 mg) saqlaydi.

Farmakoterapevtik guruhi

Aminopenisillin guruhi beta-laktamlar oilasiga mansub antibiotik.

ATX kodi: J01CA04

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarda qo‘llanadi;

  • nafas a‘zolarining infeksiyalari;
  • siydik jinsiy tizimi a‘zolarining infeksiyalari;
  • me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining infeksiyalari;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
  • Layma kasalligi (borrelioz);
  • boshqa antimikrob preparatlari bilan majmuada Helicobacter pylori eradikasiyasi;
  • endokardit (oldini olish).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, boshqa penisillinlar, sefalosporinlarga).
  • Infeksion mononukleozda qo‘llash mumkin emas (teri xarakteriga ega nojo‘ya ko‘rinishlarning rivojlanishini xavfi).

Ehtiyotkorlik bilan: Allergik reaksiyalar (shu jumladan anamnezdagi), infeksion mononukleoz, anamnezdagi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq kolit), buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktasiya davri, fenilketonuriya (tug‘ilganda aniqlangan nasliy kasallik) aspartam borligi sababli.

Homiladorlik va laktasiya davri

Zarurati bo‘lganida homiladorlikda qo‘llash mumkin.

Laktasiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda davolash vaqtida diareya, teri toshmasi, kandidoz yoki boshqa simptomlar rivojlanganida emizishni to‘xtatish lozim.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Ushbu preparatni och qoringa, ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida va ovqatdan keyin qabul qilish mumkin.

Dozalash tartibi kasallikning og‘irligi, pasientning yoshini hisobga olib shaxsiy ravishda belgilanadi.

Kattalar va 10 yoshdan oshgan (tana vazni 40 kg dan ortiq) bolalarga 500 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Infeksiya og‘ir kechganida – 750 mg-1 g dan sutkada 3 marta.

Bolalarga:

  • 5 yoshdan 10 yoshgacha 250 mg dan (5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
  • 2 yoshdan 5 yoshgacha – 125 mg dan (2,5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
  • 2 yoshgacha – 1 kg tana vazniga 20 mg xisobida, xisoblangan sutkalik doza 3 qabulga bo‘linadi.

Chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda doza kamaytiriladi va/yoki qabul qilish orasida interval oshiriladi.

Davolash kursi 5-12 kun.

Suspenziyani tayyorlash:

Flakon belgigacha suv bilan to‘ldiriladi va bir xil suyuqlik hosil bo‘lgunicha chayqatiladi. Har qabul qilishdan oldin suspenziyani chayqatish kerak.

Flakondagi kukunning miqdori 60 ml suspenziya tayyorlash uchun yetarli (12 doza).

Me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir infeksiyalarida (paratif, qorin tifi) va o‘t chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida, ginekologik infeksiyalarda kattalarga – 1,5-2,0 g sutkada 3 marta yoki 1,0-1,5 g sutkada 4 marta.

Kattalarda Helicobacter pylori chaqirgan me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolashda buyuriladi:

  • 1 g amoksisillin boshqa antimikrob preparatlar bilan majmuada ertalab va kechqurun.

Ayollarda siydik yo‘llarining asoratlanmagan o‘tkir infeksiyalarida 3 g preparat katta miqdordagi suv bilan, dozani 12 soatdan keyin takrorlash bilan buyuriladi.

O‘tkir asoratlanmagan gonoreyani davolash uchun 3,0 g preparat 1,0 g probenesid bilan majmuada bir marta buyuriladi.

Og‘ir infeksiyalarda (meningit, septisemiya) sutkada 6,0 g gacha 3-4 qabulda buyuriladi.

Kichik jarrohlik muolajalarida, endokarditni oldini olish uchun muolaja o‘tkazilishidan 1 soat oldin 3-4 g. Zarurati bo‘lganida 8-9 soatdan keyin takroriy doza buyuriladi. Bolalarga doza ikki marta kamaytiriladi.

Buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan pasientlarga (kreatinin klirensi minutiga 10 mg dan kam) preparatning dozasi 15-50% gi kamaytiriladi yoki qabullar orasidagi interval 24 soatgacha oshiriladi.

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar: eshakemi, terini qizarishi, eritematoz toshmalar, angionevrotik shish, rinit, kon‘yunktivit bo‘lishi mumkin; kam hollarda – isitma, artralgiya, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi); zardob kasalligi bilan o‘xshash reaksiyalar; yakka hollarda – anafilaktik shok.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: disbakterioz, ta‘mning o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, «jigar» transaminazalari faolligini o‘rtacha oshishi, kam hollarda – soxtamembronoz kolit.

Nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik, ataksiya, ongni chalkashishi, xulqni o‘zgarishi, depressiya, periferik nevropatiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, epileptik tirishishlar.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, neyropeniya, trombositopenik purpura, anemiya.

Boshqalar: nafasni qiyinlashish, taxikardiya, interstiseal nefrit, qin kandidozi, superinfeksiya (ayniqsa surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki organizmning chidamliligi pasaygan bemorlarda).

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozitlar bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib (o‘zaro faolsizlantirishdan saqlanish uchun aralashtirish mumkin emas).

Antasidlar, glyukozamin, surgi dori vositalari, ovqat, aminoglikozidlar so‘rilishni pasaytiradi va sekinlashtiradi; askorbin kislotasi  so‘rilishni oshiradi.

Bakterisid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, vankomisin, rifampisin) sinergik ta‘sir ko‘rsatadi; bakteriostatik dori vositalari (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, terasiklinlar, sulfanilamidlar) – antogonistik ta‘sir ko‘rsatadi.

Bevosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlarning samaradorligini kamaytiradi; metabolizmi jarayonida paraaminobenzoy kislotasi, hosil qiluvchi dori vositalari, etiniletradiol – «shiddatli» qon ketishining rivojlanishini xavfi.

Amoksisillin klirensini pasaytiradi va metetreksatning toksikligini oshiradi; digoksinning so‘rilishini kuchaytiradi.

Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va naychalar sekresiyasini bloklovchi boshqa dori vositalari, qonda amoksisillinning konsentrasiyasini oshiradi.

Allopurinol teri toshmalarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (qusish va diareya oqibati).

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit muvozanatini tutib turish uchun dori vositalari; gemodializ.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Kursli davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyrak funksiyasining holatini nazorat qilish kerak.

Unga sezgir bo‘lmagan mikrofloraning o‘sishi hisobiga superinfeksiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni tegishli ravishda o‘zgatirishni talab qiladi.

Sepsisi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida bakterioliz reaksiyasi (Yarish–Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin (kam) hollarda.

Penisillinlarga yuqori sezgir pasientlarda boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan kesishgan allergik reasiyalar bo‘lishi mumkin.

Yengil diareyani davolashda, davolash kursi fonida ichaklar peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi dori vositalaridan saqlanish kerak; koalin yoki attapulgit saqlovchi diareyaga qarshi dori vositalarini ishlatish mumkin. Og‘ir diareyada shifokorga murojaat qilish kerak.

Kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan so‘ng davolashni yana 48-72 soat davom ettirish shart.

Estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlar va amoksisillin bir vaqtda qo‘llanganida imkon boricha kontrasepsiyaning boshqa yoki qo‘shimcha usullarini ishlatish kerak.

Chiqarilish shakli

5,1 g (125 mg/5ml), 6,6 g (250 mg/5 ml), 12 g (500 mg/5 ml) kukun jigarrang rangli shisha flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Suspenziya tayyorlangandan so‘ng muzlatgichda +2°S dan +8°S gacha haroratda 14 kundan ortiq saqlanmasin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

ANTIBIOTIKLAR HAQIDA NIMANI BILISH KERAK.

Antibiotiklar bakteriyalar chaqirgan infeksiyalar bilan kurashda samarali. Antibiotiklar viruslar chaqirigan infeksiyalarda yordam bermaydi.

Faqat shifokor aniq kasallikda qanday antibiotik kerakligini aniqlashi mumkin.

Antibiotikning dozasi yoki davolash kursining davomiyligini noto‘g‘ri tanlash, kasallikni surunkali kechishiga, bakteriyalarni aniq antibiotikka chidamliligini (sezgir emasligi, chidamliligi) shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Agar Siz:

  • dozasiga
  • qabul qilish tartibiga
  • davolash kursining davomiyligiga

rioya qilmasangiz, chidamli bakteriyalar paydo bo‘lishiga, sog‘ayishni kechikishiga yoki xatto bu preparatning samaradorligini pasayishiga olib kelgan bo‘lasiz.

Demak, preparatning samaradorligini ta‘minlash uchun:

  • antibiotiklarni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish,
  • shifokorning ko‘rsatmasiga qat‘iy rioya qilish,
  • shifokorning ko‘rsatmasisiz antibiotikni takroran ishlatish mumkin emas, xatto belgilar sizga tanish bo‘lsa xam.
  • antibiotikning boshqa shaxslarga berish qat‘iyan taqiqlanadi: ularning kasalliklariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Davolash kursini tamomlab, qolgan preparatni to‘g‘ri va muvofiq yo‘qotish uchun barcha boshlangan qutilarni farmasevtga olib keling.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml dori vositasi Innothera Chouzy tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BAKTOKS poroshok 6,6g 250mg/5ml
BAKTOKS poroshok 125mg
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IDEOS tabletkalari N30
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
Narh: 38 800 so'mdan Batafsil
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 200 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Narh: 319 300 so'mdan Batafsil
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
Narh: 116 300 so'mdan Batafsil
INOKLIM kapsulalar 382mg N30
BAKTOKS poroshok 6,6g 250mg/5ml
Другие формы препарата
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9