×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Сульбактам, Цефоперазон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J01DD62
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
2 700 s`om dan
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
38 949 s`om dan
IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BAKTOSEF

BACTOCEF

 

Preparatning savdo nomi: Baktosef

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): sefoperazon va sulbaktam.

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Har bir Baktosef 1000 flakoni quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sefoperozon natriy 517,02 mg, 500 mg sefoperazonga ekvivalent; sulbaktam natriy 547,11 mg, 500 mg sulbaktamga ekvivalent.

Har bir Baktosef 2000 flakoni quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sefoperozon natriy 1034,04 mg, 1000 mg sefoperazonga ekvivalent; sulbaktam natriy 1094,22 mg, 1000 mg sulbaktamga ekvivalent.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli kristall kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DD62.

 

Farmakologik xususiyatlari

Baktosefning antibakterial komponenti – bakteriya devorining sintezini susaytirish yo‘li bilan bakterisid ta‘sir etuvchi, uchinchi avlod sefalosporini – sefoperazondir. Sulbaktam Neisseriaceae va Acinetobacter ga qarshi ta‘siridan tashqari, real antibakterial faollikka ega emas, biroq u beta-laktam antibiotiklarga rezistent bo‘lgan mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan ferment – beta-laktamazalarning ingibitoridir.

Sulbaktam rezistent mikroorganizmlar tomonidan penisillinlar va sefalosporinlarning destruksiyasini oldini oladi va penisillinlar va sefalosporinlar bilan yaqqol sinergizm namoyish qiladi. Sulbaktam shuningdek ayrim penisillinni bog‘lovchi oqsillar bilan bog‘lanishi tufayli, mikroorganizmlar, sefoperazonning bir o‘zining ta‘siriga qaraganda, sulbaktam/sefoperazonning ta‘siriga ko‘proq sezuvchan bo‘lib qoladilar.

Sulbaktam va sefoperazonning majmuasi quyidagi mikroorganizmlarga qarshi faoldir: Haemophylus influenzae, Bacteroides ning turlari, Acinetabacter calcoaceticus, Enterobacter aerodens, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Citrobacter diversus.

Sulbaktam/sefoperazon in vitro sharoitida klinik ahamiyatli mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi faollikni namoyon qiladi.

Grammusbat mikroorganizmlar:

Staphylococcus aureus (shu jumladan penisillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumonia (asosan Diplococcus pneumoniae), Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokk), Streptococcus agalactiae (V guruhi beta-gemolitik streptokokk), beta-gemolitik streptokokklarning ko‘pchilik boshqa turlari, Streptococcus faecalis ning ko‘pchilik turlari.

Grammanfiy mikroorganizmlar:

Escherichia coli, Klebsiella turlari, Enterobacter turlari, Citrobacter turlari, Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii (asosan Proteus morganii), Providencia rettgeri (asosan Proteus rettgeri), Providencia turlari, Serratia turlari (shu jumladan S. marcescens), Salmonella va Shigella turlari, Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas ning ayrim turlari, Acinetobacter calcoaceticus, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Bordetella pertussis, Yersinia enterocolitica.

Anaerob mikroorganizmlar:

Grammanfiy basillalar (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides ning boshqa turlari va Fusobacterium ning turlari); grammusbat va grammanfiy kokklar (shu jumladan Rertococcus, Peptostreptococcus va Veillonella turlari); grammusbat basillalar (shu jumladan Clostridium, Eubacterium va Lactobacillus turlari).

Farmakokinetikasi

Baktosef preparati yuborilganida, sulbaktamning dozasini taxminan 84% va sefoperazonning dozasini taxminan 25% buyraklar orqali chiqariladi. Sefoperazonning dozasini katta qismi safro bilan chiqariladi. Sulbaktam/sefoperazon yuborilganidan keyin sulbaktamning o‘rtacha T1/2 muddati 1 soatni, sefoperazonniki esa – 1,7 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi yuborilgan dozaga proporsionaldir.

2 g sulbaktam/sefoperazon vena ichiga 5 minut davomida yuborilganidan keyin sulbaktam va sefoperazonning maksimal konsentrasiyalarini o‘rtacha qiymati muvofiq ravishda 130,2 va 236,8 mkg/ml ni tashkil qiladi. Bu sefoperazonni taqsimlanishi (Vα=10,2-11,3 l) ga nisbatan, sulbaktamning kattaroq hajmda (Vα=18,2-27,6 l) taqsimlanishidan dalolat beradi.

Sulbaktam ham, sefoperazon ham organizmning to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan safro, o‘t qopi, teri, appendiks, falopiy naylari, tuxumdonlar, bachadonda va boshqalarda jadal taqsimlanishga uchraydi.

Bolalarda sulbaktamning o‘rtacha T1/2 muddati 0,91 dan 1,42 soatgacha, sefoperazonniki esa – 1,44 dan 1,88 soatgacha bo‘lgan vaqt chegarasida bo‘ladi.

Sulbaktam va sefoperazon orasida, ular majmuaviy preparat shaklida birga qo‘llanganida farmakokinetik o‘zaro ta‘siriga taalluqli bo‘lgan biron-bir ma‘lumotlar yo‘q.

Ko‘p marta yuborilganidan keyin sulbaktam/sefoperazonning farmakokinetikasida biron-bir jiddiy o‘zgarishlar va har 8-12 soatda qo‘llanganida ularning to‘planishi aniqlanmagan.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganimzlar chaqirgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun monoterapiya ko‘rinishida qo‘llanadi:

  • nafas yo‘llarining infeksiyalari (yuqori va quyi qismlari);
  • intraabdominal infeksiyalar (peritonit, xolesistit, xolangit va boshqalar);
  • siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (yuqori va quyi qismlari);
  • septisemiya;
  • meningit;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
  • suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;
  • kichik chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklari, endometritlar;
  • gonoreya va jinsiy a‘zolarning boshqa infeksiyalari.

Ayrim kasalliklarda Baktosef boshqa antibiotiklar bilan birga majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Baktosef vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Davolashni boshlash oldidan, teri sinamasini bajarib, pasientda yuqori sezuvchanlikning borligini istisno qilish kerak.

Kattalarda qo‘llanishi.

Preparatning tavsiya qilingan sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil qiladi. Preparatni har 12 soatda bir xil taqsimlangan dozalarda yuborish kerak. Og‘ir yoki refrakter infeksiyalarda Baktosefning sutkalik doza 8 g gacha oshirilishi mumkin.

Baktosefni qabul qilayotgan pasientlarda sefoperazon preparatlarini qo‘shimcha yuborishning zarurati tug‘ilishi mumkin (har 12 soatda bir tekis taqsimlangan dozada yuborish kerak). Sulbaktamning maksimal sutkalik dozasi 4 g ga teng.

Jigar faoliyatini buzilishida qo‘llanishi.

Og‘ir darajadagi obstruksion sariqlikda va og‘ir darajadagi jigar kasalliklarida yoki bu ikkala patologiya buyrak faoliyatini buzilishi bilan kechgan hollarda dozaga tuzatish kiritish zarur bo‘lishi mumkin. Jigar faoliyatini buzilishlari va buyrak faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lgan pasientlarda plazmada sefoperazonning konsentrasiyasini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida dozaga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak. Preparatning plazmadagi konsentrasiyasini sinchkov nazorati o‘tkazilmagan hollarda, sefoperazonning dozasi sutkada 2 g dan oshmasligi kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanishi.

Baktosef kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida, sulbaktamning klirensini pasayishini kompensasiya qilish maqsadida, preparatning dozaga tuzatish kiritish kerak. Kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml/min bo‘lganida sulbaktamning maksimal bir martalik dozasi har 12 soatda 1 g ni; kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam bo‘lganida – har 12 soatda 500 mg ni tashkil qiladi. Shuning uchun og‘ir infeksiyalarda sefoperazon preparatlarini qo‘shimcha buyurish zarurati tug‘ilishi mumkin.

Dializ qo‘llanganida Baktosef preparatining dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Bolalarda qo‘llanishi.

Baktosefning tavsiya qilingan sutkalik dozasi tana vazniga 40-80 mg/kg ni tashkil qiladi. Preparatni har 6-12 soatda bir xil taqsimlangan dozalarda yuborish kerak.

Og‘ir yoki refrakter infeksiyalarda Baktosefning sutkalik dozasi 160 mg/kg gacha oshirilishi va teng 2-4 dozalarga bo‘linishi mumkin.

Chaqaloqlarga hayotining 1-chi haftasida har 12 soatda yuborish kerak. Chaqaloqlar uchun maksimal sutkalik doza 80 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Vena ichiga yuborish.

Tomchilab infuziya uchun 1 flakonning ichidagisini (2,0 g) 6-7 ml 5% li glyukoza eritmasida, 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki in‘eksiya uchun steril suvda eritish, so‘ngra esa xuddi shu erituvchilarni qo‘llash bilan 20 ml gacha suyultirish kerak. Preparat infuziya ravishda 15-30 minut davomida yuboriladi.

Baktosef in‘eksiya uchun suv, 0,225% li natriy xloridi eritmasidagi 5% li glyukoza eritmasi, 0,9% li natriy xloridi eritmasidagi 5% li glyukoza eritmasi bilan sefoperazonning 10 mg/ml dan va sulbaktamning 10 mg/ml dan sefoperazonning            250 mg/ml, sulbaktamning 250 mg/ml gacha konsentrasiyalarida mutanosib.

Ringer laktat eritmasi birlamchi suyultirish uchun emas, balki vena ichiga infuziya qilishda suyultirish uchun to‘g‘ri keladi.

Vena ichiga in‘eksiya uchun flakonning ichidagisini yuqorida ta‘riflanganidek eritish va kamida 3 minut davomida yuborish kerak.

Mushak ichiga qo‘llanishi.

Lidokain eritmasi birlamchi eritish uchun emas, balki mushak ichiga qo‘llanganida suyultirish uchun to‘g‘ri keladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, soxtamembranoz kolit.

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, mushaklarni tortishi.

Allergik reaksiyalar: makulopapulyoz toshma, eshakemi, qichishish, isitma, Stivens-Djonson sindromi, anafilaktik shok.

Qon yaratish tizimi tomonidan: qaytuvchan neytropeniya, leykopeniya, gemoglobin va gematokrit darajasini pasayishi, eozinofiliya, trombositopeniya va gipoprotrombinemiya hollari.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, vaskulit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya.

Laboratoriya ko‘rchatkichlari: jigarning funksional testlari AsAT, AlAT ko‘rsatkichlarini, ishqoriy fosfotaza va bilirubinning darajasini oshishi.

Mahalliy reaksiyalar: in‘eksiya joyida og‘riq, infuziya joyida og‘riq (vena ichki kateteri orqali yuborilganida).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentlariga va/yoki penisillinlar, sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Baktosefni va spirt saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash yoki davolash tugaganidan keyin 5 kun davomida yoki davolash vaqtida alkogolni bir vaqtda qo‘llash, disulfiramning (teturam) ta‘siriga o‘xshash samaralar: qorinda spazm, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishi, hansirash, yuzni qizarishiga olib kelishi mumkin. Bu samaralar alkogol iste‘mol qilinganidan keyin 15-30 minut davomida qayd etiladi va bir necha soatdan keyin mustaqil o‘tib ketadi. Bu sefoperazon molekulasining strukturasida, asetaldegidrogenaza fermentining faolligini susaytiruvchi N-metiltiotetrazolli yon zanjirini borligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu qonda ta‘riflangan nojo‘ya samaralarni chaqiruvchi asetaldegidni to‘planishiga olib keladi.

Antikoagulyantlar bilan (kumarin yoki indandion hosilalari bilan), geparin bilan yoki biron-bir trombolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llash qon ketishlari xavfini oshiradi.

Baktosef qo‘llanganida siydikda glyukozaning miqdorini nofermentativ usullar bilan aniqlashda va Kumbs reaksiyasini qo‘yishda soxtamusbat natijalar bo‘lishi mumkin.

Baktosefni aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolash tarkibida qo‘llash holida, butun davolash kursi davomida buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak (“Nomutanosiblik” ga qarang).

Maxsus ko‘rsatmalar

Ayrim bemorlarda Baktosef preparati bilan davolash, boshqa sefalosporinlar bilan bo‘lgani kabi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan fatal anafilaktik reaksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday reaksiyalarni paydo bo‘lish ehtimoli anamnezida ko‘pchilik allergenlarga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda juda yuqori. Allergik reaksiyalar rivojlanganida preparatni darhol bekor qilish va tegishli davolashni buyurish kerak. Og‘ir anafilaktik reaksiyalar shoshilinch davolashni, xususan adrenalinni yuborishni talab qiladi. Ko‘rsatmalar bo‘yicha oksigenoterapiyani, kortikosteroidlarni vena ichiga yuborishni, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta‘minlash, shu jumladan intubasiyani darhol o‘tkazishni talab qiladi.

Ayrim bemorlarda sefoperazon bilan davolash, boshqa antibiotiklar bilan bo‘lgani kabi, organizmda K vitaminining tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu ehtimol bu vitaminning sintez qiluvchi ichak mikroflorasini susayishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Bunday xavfga holsizlangan pasientlar, ovqatlanishi cheklangan pasientlar, mukovissidozi bo‘lgan bemorlar, shuningdek uzoq vaqt parenteral oziqlanishda bo‘lgan pasientlar beriluvchandir. Bunday hollarda protrombin darajasini nazorat qilish va zarurati bo‘lganida K vitaminining preparatlarini buyurish kerak. Xuddi shunday nazoratni antikoagulyantlar bilan davolanayotgan pasientlarda ham amalga oshirish kerak.

Baktosefni davomli qo‘llash chidamli mikroorganizmlarning o‘sishini kuchayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bemorning holatini sinchiklab nazorat qilish kerak. Buyrak, jigar va qon yaratish tizimining faoliyatini buzilishlarini vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘lishiga tayyor bo‘lishi kerak. Bu ayniqsa, yangi tug‘ilgan, xususan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga, shuningdek boshqa chaqaloqlarga nisbatan muhimdir.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanishi.

Buyrak faoliyatini turli darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Baktosef qo‘llanganida sulbaktamning umumiy klirensi aniqlangan kreatinin klirensi bilan mos keladi. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda sulbaktamning T1/2 ahamiyatli oshishi aniqlanadi. Gemodializ sulbaktamning T1/2 davri, umumiy klirensi va taqsimlanish hajmiga jiddiy ta‘sir qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda sefoperazonning farmakokinetikasida biron-bir o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Jigar faoliyatini buzilishida qo‘llanishi.

Sefoperazon ahamiyatli darajada safro bilan chiqariladi. Jigar kasalliklari va/yoki o‘t chiqarish yo‘llarining obstruksiyasi bo‘lgan pasientlarda sefoperazonning plazmada T1/2 uzayadi, siydik bilan chiqarilishi esa oshadi. Hatto jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida ham safroda sefoperazonning terapevtik konsentrasiyalari aniqlanadi, plazmadagi T1/2 esa 2-4 marta oshadi.

O‘t chiqarish yo‘llarining og‘ir obstruksiyasi, jigarning og‘ir kasalliklarida yoki buyrak faoliyatini yondosh buzilishlarida dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Keksa va qari bemorlarda qo‘llanishi.

Sulbaktam ham, sefoperazon ham qo‘llanganida T1/2 uzayishi, umumiy klirensni kamayishi va taqsimlanish hajmini oshishi kuzatiladi. Sulbaktamning farmakokinetikasi buyrak faoliyatining darajasi bilan bevosita mos keladi, sefoperazonning farmakokinetikasi esa jigar faoliyatini buzilishlari bilan mos keladi.

Bolalarni davolash uchun qo‘llanishi.

Baktosef preparatining komponentlarini pediatriya populyasiyasida farmakokinetikasi kattalar bilan qiyoslanganida katta farqlarga ega emas.

Baktosef chaqaloqlarda samarali qo‘llanadi. Biroq sefoperazon/sulbaktam majmuasini chala tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash bo‘yicha har tomonlama tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun chala tug‘ilgan chaqaloqlar yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashni boshlashdan oldin, potensial foyda va davolashdan bo‘ladigan xavfni sinchiklab baholash kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Sulbaktam va sefoperazon yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Shuning uchun homiladorlik vaqtida Baktosefni faqat ayol uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lganidagina qo‘llash mumkin.

Sulbaktam va sefoperazon juda oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun Baktosef laktasiya davrida qo‘llanganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Baktosefni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘siri

Hozirgi vaqtda xabarlar yo‘q.

Nomutanosiblik

Baktosef va aminoglikozidlarning eritmalarini bevosita aralashtirish mumkin emas, chunki ular orasida fizik nomutanosiblik mavjud. Agar Baktosef va aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolashning zarurati bo‘lsa, ularni alohida ikkilamchi vena ichiga nayli tizimni qo‘llash bilan ketma-ket, bo‘lingan tomchilab infuziya ko‘rinishida qo‘llash kerak; bunda birlamchi vena ichiga qo‘yiladigan nayli tizimni, ko‘rsatilgan preparatlarning infuziyalari orasidagi tanaffusda tegishli eritma bilan yaxshilab yuvish kerak. Shuningdek Baktosef va aminoglikozidlarni yuborishlar orasidagi sutka davomidagi intervallar iloji boricha uzoqroq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Ringer laktat eritmasi bilan birlamchi suyultirish tavsiya qilinmaydi, chunki bu aralashma nomutanosib. Biroq ikki bosqichli suyultirish jarayonini qo‘llash nomutanosiblikdan saqlanishga imkon beradi: avval in‘eksiya uchun steril suv ishlatiladi, so‘ngra olingan eritma sulbaktamning 5 mg/ml konsentrasiyasigacha Ringer laktat eritmasi bilan suyultiriladi (2 ml birlamchi eritma 50 ml Ringer laktat eritmasida yoki 4 ml birlamchi eritma 100 ml Ringer laktat eritmasida suyultiriladi).

2% li lidokain eritmasi bilan birlamchi suyultirish tavsiya qilinmaydi, chunki bu aralashma nomutanosib. Biroq ikki bosqichli suyultirish jarayonini qo‘llash nomutanosiblikdan saqlanishga imkon beradi: avval in‘eksiya uchun steril suv ishlatiladi, so‘ngra olingan eritma 2% li lidokain eritmasida (taxminan 0,5% li lidokain gidroxloridi eritmasida 250 mg/ml sefoperazon va 250 mg/ml sulbaktam saqlovchi eritma olish uchun) suyultiriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida Baktosefning nojo‘ya reaksiyalarini ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Preparatning orqa miya suyuqligidagi yuqori konsentrasiyalari nevrologik reaksiyalarni, xususan tirishishlarni chaqirishi mumkin, bu beta-laktam antibiotiklar uchun xosdir. Sefoperazon va sulbaktam gemodializ yo‘li bilan chiqariladi, shuning uchun ushbu muolaja preparatni organizmdan chiqarilishini kuchaytirishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Tiniq shisha flakon.

Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tayyor eritma tayyorlangandan so‘ng zudlik bilan ishlatiladi.

Yaroqlilik muddati.

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi.

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1 dori vositasi Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFTRIZ poroshok 2g N1
SEFTRIZ poroshok 1g N1
SEBANEKS poroshok 2g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Orchid Healthcare (A division of Orchid Chemicals & Pharmaceuticals Ltd)
NOVOBAKTAM poroshok 1,0g N5
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
FITOBAKT poroshok 1000mg 1000 mg+1000 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TAZOSIL poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
BAKTOSEF poroshok 1000mg+1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 1000 mg+1000 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
Narh: 55 700 so'mdan Batafsil
SEFOSON poroshok 500 mg+500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 250 mg+250 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
ZETRON poroshok 2000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
ZETRON 1000 poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
PEROBAKT poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
PROSEFAN poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО для Profi Pharm Servis, ООО
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 0,5 g/0,5 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
TAZOSIL poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BAKTOSEF poroshok 1000mg+1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AMOKSITOP FORTE poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
AMOKSITOP FORTE poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Другие формы препарата
Baktosef
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9