×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

POLMATIN tabletkalari 10mg N28

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Мемантин
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATX kodi:
- N06DX01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 94 ta dorixonasida topildi

ico 145 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 186 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 157 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 Гриндекс, АО Latviya
160 000 s`om dan
AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N50 Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co. Eron
13 500 s`om dan
MEKSIPRIM tabletkalari 125mg N30 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5 GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Грузия произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S. Turkiya
100 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
POLMATIN tabletkalari 10mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

POLMATIN

POLMATINE

 

Preparatning savdo nomi: Polmatin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): memantin gidroxloridi (memantine hidrochloride)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

10 mg li tabletka uchun:

faol modda: 10 mg memantin gidroxloridi (8,31 mg memantinga ekvivalent);

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;

tabletkaning qobig‘i: gipromelloza 6sR, makrogol 400, titan dioksidi (Ye171);

20 mg li tabletka uchun:

faol modda: 20 mg memantin gidroxloridi (16,62 mg memantinga ekvivalent);

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati;

tabletkaning qobig‘i: gipromelloza 6sR, makrogol 400, titan dioksidi (Ye171), temir II oksidi bo‘yovchisi (Ye172).

Ta‘rifi:

10 mg li tabletka uchun: uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar, bo‘linganda tabletkaning yadrosi oq yoki deyarli oq rangda. Tabletkani teng ikki qismga bo‘lish mumkin.

20 mg li tabletka uchun: uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, pushti rangli, har tomonida toraygan va bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar, bo‘linganda tabletka yadrosi oq deyarli oq rangda. Tabletkani teng ikki qismga bo‘lish mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: demensiyani davolash uchun boshqa preparatlar.

ATX kodi: N06DX01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Polmatin demensiyani davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalari guruhiga kiradi. Alsgeymer kasalligidagi xotirani yo‘qolishi bosh miyada signallar uzatilishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bosh miya ta‘lim olish va xotira jarayonida muhim rol o‘ynaydigan N-metil-D-aspartat (NMDA) deb nomlanuvchi reseptorlarni saqlaydi, ular nerv signallarini uzatilishida ishtirok etadi. Polmatin NMDA reseptorlarining antagonistlari deb nomlanuvchi dori vositalari guruhiga kiradi. Polmatin mazkur NMDA reseptorlariga ta‘sir qilib, shu yo‘l bilan nerv signallarini uzatilishini va xotirani yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Memantinning mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Memantinni so‘rilishiga ovqatning ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Taqsimlanishi

Preparatni 20 mg sutkalik dozada qo‘llash plazmada memantinning muvozanatli konsentrasiyasini shaxslar o‘rtasida 70 dan 150 ng/ml (0,5-1 mkmol) gacha bo‘lgan katta o‘zgarishlariga olib keladi. 5 dan 30 mg gacha bo‘lgan sutkalik dozalar qo‘llanganda orqa miya suyuqligi (OMS)/zardob nisbatining o‘rtacha koeffisienti 0,52 ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi taxminan 10 l/kg ni tashkil qiladi. Memantinning taxminan 45% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.

Biotransformasiya

Inson organizmida qonda aylanib yuruvchi memantin bilan bog‘langan moddaning 80% dastlabki birikma hisoblanadi. Insondagi asosiy metaboliti 4-va 6-gidroksimemantin va 1-nitrozo-3,5-dimetil-adamantan izomerlarining aralashmasi bo‘lgan N-3,5-dimetilgludantan hisoblanadi. Memantin in vitro sharoitida sitoxrom R450 ishtirokida metabolizmga uchramaydi.

14S-memantinni peroral qabul qilish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotda, dozaning o‘rtacha 84% 20 kun davomida chiqarilgan, ayni paytda dozaning 99% siydik bilan chiqarilgan.

Chiqarilishi

Memantin monoeksponensial tip bo‘yicha terminal ko‘rsatkichi t1/2 60 dan 100 soatgacha vaqt davomida chiqariladi. Buyrak funksiyasi normada bo‘lgan ko‘ngillilarda umumiy klirens (SItot) minutiga 170 ml/1,73 m2 ni tashkil qiladi, bunda umumiy buyrak klirensining bir qismi kanalchalar sekresiyasi orqali oshadi.

Shuningdek, buyrak metabolizmida oqsillarni kationlar yordamida o‘tkazilishi bilan mumkin bo‘lgan kanalchalar orqali qayta so‘rilishi rol o‘ynaydi. Memantinni buyrak orqali chiqarilishi siydik ishqoriy muhitga ega bo‘lganida 7-9 marta pasayishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qaralsin). Siydikni ishqorlanishi parhezning keskin o‘zgarishlarida, masalan, go‘sht iste‘mol qilinadigan parhezdan vegetarianlar parheziga o‘tishda yoki me‘da muhitini ishqoriy tomonga o‘zgartiruvchi preparatlarning yuqori dozalarini qabul qilinganda kuzatiladi.

To‘g‘ri proporsionallik

Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar 10 dan 40 mg gacha bo‘lgan diapazondagi dozani qabul qilinganda bir tekis farmakokinetikani namoyish etadi.

Qo‘llanilishi

Alsgeymer kasalligining yengil va og‘ir shakllari bo‘lgan pasientlarni davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Polmatin dori vositasini doimo shifokor tavsiyalariga muvofiq qo‘llash lozim. Shubha tug‘ilgan holatlarda shifokor yoki farmasevt bilan yana bir bor maslahatlashish lozim.

Davolashni, Alsgeymer tipidagi demensiyani diagnostika qilish va davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar boshlashi va nazorat qilishi lozim.

Davolashni faqat pasient tomonidan preparatni qabul qilinishini muntazam nazorat qilib turadigan vosiy bor bo‘lgandagina boshlash lozim. Diagnostikani zamonaviy qo‘llanmalarga muvofiq o‘tkazish lozim. Davolash boshlaganidan keyin asosan uch oy davomida memantinning dozasini va o‘zlashtira olinishini muntazam baholashni o‘tkazib turish lozim. Keyinchalik memantin bilan davolashning klinik samarasi va preparatni pasient tomonidan o‘zlashtira olinishini amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq muntazam baholab turish lozim. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni terapevtik samara kuzatilgunigacha va pasient memantin bilan davolashni o‘zlashtiraolguniga qadar davom ettirish mumkin. Terapevtik samarasi belgilari kuzatilmagan hollarda, shuningdek agar pasient davolashni o‘zlashtira olmasa, memantin bilan davolashni to‘xtatishni qo‘rib chiqish lozim.

Dozalar

Katta pasientlar

Dozani titrlanishi

Maksimal sutkalik doza 20 mg ni tashkil qiladi. Noxush samaralar xavfini kamaytirish maqsadida samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga birinchi 3 hafta davomida dozani

5 mg ga quyidagi tarzda asta-sekin oshirish yo‘li bilan erishiladi:

1-hafta (1-7 kunlar):

Pasient sutkada 5 mg memantinni 7 kun davomida qabul qilishi lozim.

2-hafta (8-14 kunlar):

Pasient sutkada 10 mg memantinni 7 kun davomida qabul qilishi lozim.

3-hafta (15-21 kunlar):

Pasient sutkada 15 mg memantinni 7 kun davomida qabul qilishi lozim.

4-haftada va keyinchalik:

Pasient sutkada 20 mg memantinni qabul qilishi lozim.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza

Tavsiya etilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 20 mg ni tashkil qiladi.

Keksa yoshdagi pasientlar:

Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga asoslanib, 65 yoshdan katta pasientlar uchun tavsiya etilgan doza yuqorida ta‘riflangan sxema bo‘yicha sutkada 20 mg ni tashkil qiladi.

Bolalarda qo‘llanilishi:

Polmatin preparatining xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Buyrak funksiyasini buzilishi:

Buyrak funksiyasini yengil darajadagi buzilishi (kreatinin klirensi minutiga
50-80 ml) bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak funksiyasini o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml) bo‘lgan pasientlarda sutkalik doza 10 mg ni tashkil qilishi lozim. Preparat yahshi o‘zlashtirilgan hollarda, kamida 7 kun davolashdan keyin, doza titrlashning standart sxemasiga muvofiq ravishda sutkada 20 mg gacha oshirilishi mumkin. Buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 5-29 ml) bo‘lgan pasientlarda sutkalik doza 10 mg ni tashkil qilishi lozim.

Jigar funksiyasini buzilishi:

Jigar funksiyasini yengil yoki o‘rta darajadagi buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha A va V sinfi) bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli

Polmatin preparatini sutkada bir marta, har kuni bir vaqtda qo‘llash lozim. Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkani ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq shubhalar tug‘ilganida, shifokorga yoki farmaseftga murojaat qilish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Har qanday dori preparati kabi, Polmatin har bir pasientda uchramaydigan nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin.

Quyida, memantinning klinik tadqiqotlari jarayonida, shuningdek uni sotuvga chiqarilganidan so‘ng kuzatilgan nohush reaksiyalar keltirilgan. Har bir tez-tezlik guruhida noxush samaralar jiddiylik darajasini kamayishi tartibida ko‘rsatilgan.

Noxush reaksiyalar a‘zolar sinfi va tizimiga muvofiq uchrash tezlik quyidagi gradasiyasi bo‘yicha sanab o‘tilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (> 1/10000 dan < 1/1000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10000); tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha tez-tezligini baholash mumkin emas).

 

Infeksion va parazitar kasalliklar

Tez-tez emas:                        zamburug‘li infeksiyalar

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Ruhiy buzilishlar

Tez-tez:                                 uyquchanlik

Tez-tez emas:                        ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar1.

Tez-tezligi noma‘lum:        psixotik reuksiyalar2.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 bosh aylanishi, muvozanatni buzilishi

Tez-tez emas:                        qadam tashlashni buzilishi

Juda kam hollarda:             tirishishlar

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:                        yurak yetishmovchiligi

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 gipertenziya

Tez-tez emas:                        venoz tromboz/tromboemboliya

Nafas tizimi tomonidan, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 hansirash

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 qabziyat

Tez-tez emas:                        qusish

Tez-tezligi noma‘lum:        pankreatit2

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                                 jigarning funksional sinamalari ko‘rsatkichlarini oshishi

Tez-tezligi noma‘lum:        gepatit

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar

Tez-tez:                                 bosh og‘rig‘i

Tez-tez emas:                        toliqish

1 Gallyusinasiyalar, asosan, Alsgeymer kasalligining og‘ir shakllari bo‘lgan pasientlarda aniqlangan.

2 Alohida holatlari postregistrasion davr vaqtida aniqlangan.

Alsgeymer kasalligida depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z joniga qasd qilish hollari kuzatilishi mumkin.

Postregistrasion davri vaqtida ushbu holatlar memantin qabul qilgan pasientlarda aniqlangan.

Nojo‘ya ta‘sirlardan birontasi kuchayganda yoki ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan boshqa nohush nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganda, shifokorni xabardor qilish lozim.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pasient so‘nggi vaqtlarda qabul qilgan barcha dori preparatlari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlari haqida shifokorga xabar berish lozim.

Memantinning farmakologik samarasi va ta‘sir mexanizmi tufayli, quyidagi o‘zaro ta‘sirlar kuzatilishi mumkin:

  • L-dopa, dofaminergik agonistlar va antixolinergik preparatlarning samarasi memantin kabi NMDA antagonistlari bilan yondosh davolashda, ta‘sir mexanizmi tufayli, ularning samarasi kuchayishi mumkin. Barbituratlar va neyroleptiklarning samarasi kamayishi mumkin. Memantin va spazmolitik vositalar, dantrolen yoki baklofenni bir vaqtda qo‘llanishi, ularning samarasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bu dozaga tuzatishni kiritishni talab etadi.
  • Memantin va amantadinni bir vaqtda qo‘llanishiga preparatlarning toksik ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan psixozni xavfi tufayli, yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ikkala birikma kimyoviy strukturasi bo‘yicha NMDA antagonistlariga o‘xshashdir. Bu shuningdek, ketamin va dekstrometorfinga ham taalluqlidir (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qaralsin). Shuningdek, memantin va fenotoinni bir vaqtda qo‘llanganda xavf yuz berishi mumkinligi to‘g‘risida bitta xabar chop etilgan.
  • Amantadin kabi, buyrakdagi kationli transport tizimi orqali transport qilinadigan Simetidin, ranitidin, prokainamid, xinidin, xinin va nikotin kabi boshqa ta‘sir etuvchi moddalar memantin bilan o‘zaro ta‘sirlanishi mumkin, bu plazmada ushbu preparatlarning darajasini oshishining potensial xavfiga olib kelishi mumkin.
  • Memantinni gidroxlortiazid yoki GXTZ ni o‘z ichiga oluvchi har qanday preparatlar majmuasi bilan bir vaqtda qabul qilinganda GXTZ ning zardobdagi darajasi kamayishi mumkin.
  • Postregistrasion davrda varfarinni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda xalqaro me‘yoriy nisbatni (XMN) oshishning yakka holatlari kuzatilgan. Garchi sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsada, peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda protrombin vaqti yoki XMN ni sinchkov nazorat qilish tavsiya etiladi.
  • Yosh, sog‘lom sub‘ektlar tomonidan bir martalik dozani qabul qilinganda farmakokinetikani o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar (FK) memantinni gliburid/metformin yoki mdonepezil bilan o‘zaro ta‘sirini aniqlamagan.
  • Yosh sog‘lom sub‘ektlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda galantaminning farmakokinetikasiga memantinning ahamiyatli samarasi kuzatilmagan.
  • Memantin in vitro sharoitlarda flavin monooksigenaza, epoksidgidrolaza yoki sulfatlanishni o‘z ichiga olgan CYP 1A2, 2A6, 2C9, 2D6, 2E1, 3A ni ingibisiya qilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida tutqanog‘i, tirishishlari bo‘lgan pasientlarda yoki tutqanoqqa moyilliga bo‘lgan omillari mavjud bo‘lgan pasientlarda Polmitin preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Amantadin, ketamin yoki dekstrometorfan kabi N-metil-D-aspartat (NMDA) antagonistlarini bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim. Ushbu moddalar xuddi o‘sha reseptorlar tizimiga memantin kabi ta‘sir qiladi, shuning uchun nohush reaksiyalar (asosan, markaziy nerv tizimi tomonidan) tez-tez yoki yanada yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qaralsin).

Siydikning rN ko‘rsatkichini oshishiga olib keluvchi omillar mavjud bo‘lganda (“Farmakologik xususiyatlari” bo‘limiga qaralsin), pasientning holatini sinchkov kuzatish talab etilishi mumkin. Ushbu omillar parhezni keskin o‘zgarishi, masalan go‘shtni iste‘mol qiladigan parhezdan vegetarian parhezga o‘tishda, yoki me‘da muhitini ishqorlashtiruvchi preparatlarning yuqori dozalarini qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, siydikning rN ko‘rsatkichi buyrakning tubulyar asidozida (BTA) yoki siydik chiqarish yo‘llarining Proteus bacteria tomonidan chaqirilgan og‘ir infeksiyalarida oshishi mumkin.

Yaqinda miokard infarkti o‘tkazgan, kompensasiyalanmagan yurak yetishmovchiligi (NYHA III-IV) yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar ko‘pchilik klinik tadqiqotlarda chiqarilganlar. Natijada cheklangan miqdordagi ma‘lumotlar bor xolos, shu boisdan, ushbu holatlari bo‘lgan pasientlarni sinchkov kuzatuvini o‘tkazish lozim.

Tabletkalar laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktozani (Lapp turi) o‘zlashtiraolmaslik yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim

Homiladorlik

Memantinni homilador ayollarda qo‘llash to‘g‘risida klinik ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilani qorin ichida rivojlanishini odamda kuzatiladigan ekspozisiyaga teng yoki bir qancha yuqori ekspozisiya darajalarida kechikishi mumkinligini ko‘rsatadi. Memantinni homiladorlik vaqtida, faqat buning uchun yaqqol zarurat bo‘lgan olatda bundan istisno qo‘llash mumkin emas.

Emizish

Memantin insonning ko‘krak sutiga chiqariladimi, yoki yo‘qmi noma‘lum, biroq moddaning lipofilligini e‘tiborga olib, bunday ehtimol mavjud. Memantinni qabul qilayotgan ayollar bola emizishdan saqlanishlari lozim.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Alsgeymer kasalligining o‘rtacha va og‘ir shakllarida avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, memantin transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga qisman yoki kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi, shuning uchun ambulator pasientlarga maxsus ehtiyotkorlikka rioya qilishlari tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Polmatinni buyurilganidan ortiq dozada qabul qilingan hollarida, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Klinik tadqiqotlarda va postregistrasion qo‘llash tajribadan, memantinning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faqat cheklangan ma‘lumotlar mavjud.

Simptomlari: Dozani nisbatan katta oshirib yuborilganda (sutkada 200 mg va sutkada 150 mg dan muvofiq 3 kun davomida) faqat charchoq, holsizlik va/yoki diareya kuzatilgan yoki bo‘lmasa, simptomlar bo‘lmagan. 140 mg dan kam dozada yoki noaniq dozada dozani oshirib yuborilganda pasientlarda markaziy nerv tizimi tomonidan simptomlar (ongni chalkashish, uyquchanlik, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, agressiya, gallyusinasiyalar va odimlashni buzilishi) va/yoki me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (qusish va diareya) kuzatilgan.

Dozani oshirib yuborilishining eng og‘ir holatida, memantinning umumiy 2000 mg bo‘lgan miqdorini qabul qilgandan so‘ng pasient tirik qolgan, bunda markaziy nerv tizimi tomonidan samaralar (10 kun davomida koma va keyinchalik diplopiya va qo‘zg‘aluvchanlik) kuzatilgan. Pasient simptomatik davolashni qabul qilgan, plazmaferez o‘tkazilgan. Pasient sog‘lig‘i uchun turg‘un asoratlarsiz tuzalib ketgan.

Memantinni yuqori dozasini (400 mg peroral) qabul qilgandagi dozani oshirib yuborilishining boshqa holatida ham pasient tirik qolgan va tuzalib ketgan. Pasientda havotirlik, psixoz, tirishishlar, ko‘rish gallyusinasiyalari, uyquchanlik, stupor va hotirani yo‘qolishi kabi markaziy nerv tizimi tomonidan simptomlar kuzatilgan.

Davolash: Dozani oshirib yuborilishida simptomatik davolashni qo‘llash lozim.

Intoksikasiyada va dozani oshirib yuborilishida qo‘llash uchun spesifik antidot yo‘q. Organizmdan ta‘sir etuvchi moddani chiqarish maqsadida muvofiq standart klinik muolajalarni, ya‘ni me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (ichak-jigar resirkulyasiyasini buzilishi), siydikni kislotali muhitga o‘tkazish, jadallashgan diurezni o‘tkazish lozim.

Markaziy nerv tizimining qo‘zg‘alishi belgilari va simptomlari mavjud bo‘lsa, sinchkov nazorat qilinadigan klinik simptomatik davolashni o‘tkazish lozim.

Chiqarilish shakli

Alyuminiy/PVX/PVDX folgali blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

28 yoki 56 ta tabletka, 14 tabletkadan blisterda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning so‘nggi kuni.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

POLMATIN tabletkalari 10mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
POLMATIN tabletkalari 10mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
POLMATIN tabletkalari 10mg N28 dori vositasi Pharmaceutical Works Polpharma S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
POLMATIN tabletkalari 10mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
POLMATIN tabletkalari 10mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TINGREKS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
MEMANTIN Best tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alliance Czehcfarm S.R.O., Чешская Республика произведено: Whan In Pharm. Co., Ltd
  • Vakil: Pharmline Plus MChJ
Narh: 224 700 so'mdan Batafsil
REKOL tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 46 400 so'mdan Batafsil
MARUKSA tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
MARUKSA tabletkalari 10mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
KARRIER tabletkalari 10mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
KARRIER tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
Narh: 418 558 so'mdan Batafsil
ALCHEBA tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
POLMATIN tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
NERMONT tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Laboratories LESVI S.L.
MARUKSA tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
MEMANTAL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
Narh: 124 600 so'mdan Batafsil
KARRIER tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratorios Casasco S.A.I.C.
ALCHEBA tabletkalari 10mg N30
Narh: 198 000 so'mdan Batafsil
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
MEMANTIN KANON tabletkalari 10 mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Sumamigren tabletkalari 100mg N6
Narh: 162 800 so'mdan Batafsil
POLMATIN tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мемантин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
TROMBOPOL tabletkalari 75mg N60
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
OSTEMAKS 70 KOMFORT tabletkalari 70mg N4
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50
METOKARD SR tabletkalari 23,75mg N28
GEVIRAN tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 400mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
GEVIRAN tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
ATORVASTEROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9