×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Сульбактам, Цефоперазон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
ATX kodi:
- J01D62
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIPROZOL NV tabletkalari 500mg/600mg N10 Glopharm Laboratories Pvt. Ltd. Hindiston
ERITROMISIN maz 10g 10000YeD Татхимфармпрепараты, АО Rossiya
5 000 s`om dan
LEVOGLOB infuziya uchun eritma 100ml 0,5% Reka-Med Farm, СП ООО O'zbekiston
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SITOBAK

SITOBAC

 

Preparatning savdo nomi: Sitobak

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Sefoperazon+sulbaktam

Dori shakli: In‘eksion eritma tayerlash uchun kukun.

Tarkibi:

Sefoperazon natriyli tuzi sefoperazonga qayta hisoblanganda – 0,5 g.

Sulbaktam natriyli tuzi sulbaktamga qayta hisoblanganda – 0,5 g.

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli kristall kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DD62

Farmakologik xususiyatlari

III avlod sefalosporini β-laktamazalar ingibitori bilan majmuada.

Sefoperazon parenteral qo‘llash uchun mo‘ljallangan, keng ta‘sir doirasiga ega, yarimsintetik sefalosporin antibiotiki. Sezgir mikroorganizmlarning faol ko‘payish vaqtida, hujayra devori mukopeptidining biosintezini susaytirish yo‘li bilan bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Sulbaktam – bakteriyalarining β-laktamazalarining qaytmas ingibitori bo‘lganligi tufayli, preparat bu fermentlarni ishlab chiqaruvchi shtammlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat grammusbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus faecalis, Streptococcus faecium; grammanfiy aerob mikroorganizmlar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Enterobacter spp., Citrobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Providencia stuartii, Providencia rettgeri, Neisseria gonorrhoeae, Pseudomonas spp.(shu jumladan, Pseudomonas aeruginosa), Serratia marcescens, Acinetobacter calcoaceticus ning ayrim shtammlari; grammusbat anaeroblar: Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.; grammanfiy anaeroblar: Clostridium spp., Bacteroides spp.larga nisbatan yuqori faol.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

1 g sefoperazon vena ichiga (v/i) yuborilganidan so‘ng, maksimal konsentrasiyaga (Smax) ga 30 minutdan keyin erishiladi va u 114 mkg/ml ni tashkil qiladi. 500 mg yoki 1 g sulbaktam v/i yuborilganidan so‘ng Smax  ga 15 minutdan keyin erishiladi va u muvofiq 21-40 mkg/ml va 48-88 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Sefoperazonning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 82-93%, sulbaktamning – 38% tashkil etadi. Sefoperazon va sulbaktam organizmning turli to‘qima va suyuqliklarida yaxshi taqsimlanadi, o‘t-safro, o‘tsafro qopi teri, assitik suyuqlik, appendiks, fallopiy naychalari, tuxumdonlar, bachadonni ham qo‘shib.

Chiqarilishi

Preparatni v/i yoki mushak ichiga (m/i) yuborilganida 20-30% sefoperazon va 75-85% sulbaktam buyraklar orqali chiqariladi. Sefoperazonning qolgan qismi asosan o‘t-safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

– yuqori va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (shu jumladan, bakterial sinusit);

– siydik chiqarish yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining infeksiyalari;

– qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (shu jumladan, xolesistit, xolangit);

– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;

– suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;

– kichik chanoq infeksiyalari (shu jumladan, endometrit);

– gonoreya;

– septisemiya;

– meningit.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning kattalar uchun sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil etadi, u teng qismlarga bo‘linadi va har 12 soatda v/i yoki m/i yuboriladi.

Og‘ir infeksiyalarda doza 8 g gacha oshirilishi mumkin.

Bolalar uchun sutkalik doza teng qismlarga bo‘lingan va har 6-12 soatda yuborishga mo‘ljallangan 40-80 mg/kg tana vazniga tashkil etadi. Og‘ir kechuvchi yoki davolashga chidamli bo‘lgan infeksiyalarda doza 160 mg/kg/sut gacha oshirilishi mumkin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga hayotining birinchi haftasida preparatni har 12 soatda yuborish kerak. Maksimal sutkalik doza 80 mg/kg dan oshmasligi kerak. Buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda kreatinin klirensi (KK) 15-30 ml/min da maksimal sutkalik doza 2 g, KK 15 ml/min dan kam bo‘lganida – 1 g ni tashkil qiladi.

Parenteral yuborish uchun eritmalarni tayyorlash usuli

V/i infuziya uchun flakon ichidagisini 10 ml 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi yoki 0,9% natriy xloridining eritmasida va/yoki  in‘eksiya uchun steril suvda eritish, so‘ngra esa shu eritma bilan hajmini 20 ml gacha yetkazish kerak. Infuziya 15-60 min davomida o‘tkaziladi.

M/i yuborish uchun 250 mg/ml yoki undan ko‘proq sefoperazon saqlovchi eritma, 2 bosqichda tayyorlanadi: birlamchi eritish uchun in‘eksiya uchun steril suvni ishlatish kerak, so‘ngra esa lidokainning 2% li eritmasini ishlatish mumkin.

Eritma eritilganidan keyin, preparatning v/i yoki m/i yuborish uchun eratmasini 8 dan 250S gacha haroratda 24 soat davomida, 2 dan 80S gacha bo‘lgan haroratda – 7 kun saqlash mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i (0,04%).

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatining buzilishlari.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, soxta membranoz kolit, bilirubin, IF darajasini tranzitor oshishi.

Yurak-tomir tizimi va qon tomonidan (qon xosil bo‘lishi, gemostaz): gipoprotrombinemiya, o‘tkinchi eozinofiliya, gemoglobin va gematokrit darajasini pasayishi, trombositopeniya, uzoq muddatli davolashda qaytuvchi neytropeniya, leykopeniya, gipotenziya, vaskulit.

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, makulopapulyoz toshma, anafilaktoid reaksiyalar, vaskulit.

Mahaliy reaksiyalar: ba‘zida yuborish joyida o‘tkinchi og‘riq, kateter yordamida vena ichiga  infuziyalar qilish joyida flebit.

Boshqalar: isitma, etni uvishishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefalosporinlar va boshka β-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida (ko‘krak bilan emizish) faqat ona uchun bo‘lgan foyda, homila yoki bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan holda qo‘llash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat quyidagi infuzion eritmalar:bilan mutanosib  in‘eksiya uchun suv, 5% yoki 10% dekstroza (glyukoza) eritmalari, 0,9% natriy xloridi eritmasi.

Kukunning dastlabki eritish uchun Ringer eritmasini va 2% lidokain eritmasini qo‘llash kerak emas.

Preparatning eritmalari va aminoglikozid guruhi antibiotiklari o‘zaro fizik nomutanosib, shuning uchun bu preparatlarni eritmalarini aralashtirish mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyatining buzilishi va yo‘ldosh buyraklar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurishda, bunday pasientlarda maksimal sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerakligini hisobga olish lozim.

Preparatni qo‘llash davrida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi (teturamsimon reaksiya bo‘lishi mumkin)

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarishda. Ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nevrologik buzilishlar, tirishishlarni ham qo‘shib.

Davolash: gemodializ yoki peritoneal dializ. Maxsus antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 1,0 g dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, xona haroratida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1 dori vositasi Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 1,0 g/1,0 g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFTRIZ poroshok 2g N1
SEFTRIZ poroshok 1g N1
SEBANEKS poroshok 2g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Orchid Healthcare (A division of Orchid Chemicals & Pharmaceuticals Ltd)
NOVOBAKTAM poroshok 1,0g N5
FITOBAKT poroshok 1000mg 1000 mg+1000 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TAZOSIL poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
BAKTOSEF poroshok 1000mg+1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 1000 mg+1000 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 500 mg+500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFOSON poroshok 250 mg+250 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
ZETRON poroshok 2000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
ZETRON 1000 poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
PEROBAKT poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
PROSEFAN poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО для Profi Pharm Servis, ООО
BAKTOSEF poroshok 500mg+500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Topico Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 0,5 g/0,5 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
TAZOSIL poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TAZOSIL poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
SITOBAK 1000 SITOBAK 2000 poroshok 0,5 g/0,5 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
TAZOSIL poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Цефоперазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Citco Chemicals Ltd, Англия произведено: Reyoung Pharmaceutical Co. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9