BOYARЫSHNIKA PLODЫ
FRUCTUS CRATAEGI
Savdo nomi: Boyarыshnika plodы
Ra‘noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub, yovvoyi o‘suvchi va madaniylashtirilgan butalar yoki uncha katta bo‘lmagan daraxtlar – turli xil do‘lanalarning (Crataegus): to‘qqizil do‘lana (Crataegus sanguinea Pall.), tekislangan do‘lana (S.laevigata (Poir. DC), tikanli do‘lana (S.oxyacantha sensu Pojark), Korolkov do‘lanasi (S.Korolkovii., Henry), oltoy do‘lanasi (S. Altaica (Lond.) Lange)), sariq do‘lana (S. Chlorocarca Lenne et C. Koch), dauriya do‘lanasi (S. Dahurica Koehne ex Schneid.), yolg‘iz urug‘chali do‘lana (S. Monogina Jacq.), olmoniya do‘lanasi (S.almanniensis Cin.), besh urug‘chali do‘lana (S.pentagyna Waldst.et Kit.), sharqiy baltika do‘lanasi (S.orientobaltica Cin.), qayrilgan kosachabargli do‘lana (S. Curvisepala Lindm), kurzem do‘lanasi (S.x curonica Cin.), daugava do‘lanasi (S.x dunensis Cin.) ning to‘liq pishib yetilgan davrida yig‘ilgan va quritilgan mevalari.
Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.
Tarkibida: flavonoidlar, triterpen kislotasi, xolin, asetilxolin, fitosterinlarni saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: Kardiotoniklar
Farmakologik xususiyatlari
Do‘lana mevalari yurak mushaklarining kisqarishini kuchaytiradi va uning ko‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, yurak va miya tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, miokardni yurak glikozidlarining ta‘siriga sezuvchanligini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Yurak faoliyatining funksional buzilishlarini, angionevrozlarni, lipillovchi aritmiya va paroksizmal taxikardiyani (engil shakllarida, antiaritmik preparatlar bilan davolashga qo‘shimcha) davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozasi
Ichga, damlama ko‘rinishida qo‘llaniladi. Uni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq mevani yoki mevasi bo‘lgan 5 ta filtr-paketni sirlangan idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) qaynoq suv quyiladi, qopqog‘i yopiladi va 15 minut davomida suv hammomida qizdiriladi, so‘ng 45 minut davomida sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi va qolgan hom-ashyo siqiladi (filtr-paketlar olinadi va dokasiz siqiladi). Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutka davomida saqlash mumkin. Ovqatdan 30 minut oldin, 1 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
Qutilar va paketlar; qutilarga joylashtirilgan paketlarda 50 g, 100 g, 130 g, 150 g va 200 g dan va qutilarda №25 yoki 50 ta 2 g li filtr-paketlar.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.