37 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashYaroqlilik muddati (oy) | 2 yil |
faol modda: 100 mg ibuprofen;
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (E 218), propilparagidrosibenzoat (E 216), limon kislotasi monogidrati, gliserin, sorbit eritmasi kristallanmaydigan (E 420), saxaroza, natriy benzoati (E 211), to'q-sariq (E 110), apelsin ta'mli aromatizator (D 717 BBA), polisorbat 80, agar, tozalangan suv.
Eksperimental ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, ibuprofen bir vaqtda buyurilganida atsetilsalisil kislota/aspirin kichik dozalarining trombositlar agregasiyasiga ta'sirini raqobatli susaytirishi mumkin. Ayrim farmakodinamik tadqiqotlarda preparat (81 mg dozada) tez bo'shatiladigan shaklda atsetilsalisil kislota/aspirin qabul qilingungacha yoki qabul qilingandan so'ng 30 minutdan keyin ibuprofen 8 soat davomida 400 mg dozada bir marta qabul qilinganda atsetilsalisil kislota/aspirinning tromboksan paydo bo'lishiga yoki trombositlar agregasiyasiga ta'siri pasaygan. Garchi klinik vaziyatga eksperimental ma'lumotlarning ekstrapolyasiyasiga nisbatan noaniqlik mavjud bo'lsada, ibuprofenning muntazam uzoq vaqt qabul qilinishi past dozada atsetilsalisil kislota/aspirinning kardioprotektiv ta'sirini kamaytirishi mumkinligi ehtimolini istisno qilib bo'lmaydi. Ibuprofen muntazam ravishda qo'llanilmaganda klinik ahamiyatli samaralar ehtimoli kam ("Dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Ibuprofen me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, bunda Biokiraolishligi 80-90% ni tashkil etadi. Qon zardobida eng cho'qqi kontsentrasiyalariga qabul qilgandan so'ng 1-2 soat davomida erishiladi. Standart taomdan foydalanib o'tkazilgan tadqiqotlar ovqatlanish umumiy biokiraolishlikka sezilarli darajada ta'sir etmasligini ko'rsatadi.
Ibuprofen sezilarli darajada qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi (99%). Ibuprofenning taqsimlanish hajmi ko'p emas – katta yoshdagi odamlar uchun 0,12-0,2 l/kg.
Ibuprofen P450 tsitoxromi fermentlari, ko'proq CYP2C9 yordamida ikkita asosiy nofaol metabolit – 2-gidroksiibuprofen va 3-karboksiibuprofen paydo qilgan holda jigarda tez metabolizmga uchraydi. Ibuprofenning qabul qilingan dozasidan 90 foizidan ancha kamrog'i siydikda oksidlash metabolitlari va ularning glyukuron kon'yugatlari shaklida aniqlanishi mumkin. Ibuprofenning kam miqdori siydik bilan o'zgarmagan shaklda chiqariladi.
Siydik bilan chiqarilishi tez va to'liq hisoblanadi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 2 soat. Ibuprofen oxirgi doza qabul qilingandan so'ng 24 soatdan keyin organizmdan deyarli butunlay chiqariladi.
Keksa yoshdagi pasientlar
Buyrak etishmovchiligi bo'lmagan holatda, yosh pasientlar va keksa yoshdagi pasientlar o'rtasida farmakokinetik profilda va siydik bilan chiqarilishida faqat biroz, klinik ahamiyatsiz farqlar kuzatilgan.
Bolalar
Ibuprofenning 1 yosh va undan katta yoshdagi bolalarga tana vazniga muvofiq (tana vazni 5 mg/kg dan 10 mg/kg gacha) terapevtik dozalarda qo'llanilgandagi tizimli ekspozisiyasi katta yoshdagi pasientlardagi tegishli ko'rsatkichlar bilan bir xildir. 3 oylikdan 2,5 yoshgacha bo'lgan bolalarda ibuprofenning taqsimlanish hajmi (l/kg) va klirensi (l/kg/soat) 2,5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalardagi tegishli ko'rsatkichlardan yuqoridir.
Buyrak etishmovchiligi
O'rtacha darajali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, nazorat guruhidagi sog'lom ko'ngillilar bilan solishtirilganda, qon plazmasida (S)-ibuprofenning yuqori darajasi, (S)-ibuprofenning AUC hajmi yuqori miqdori va AUC (S/R) enantiomer nisbatining yuqori miqdorlari kuzatilgan. Dializda terminal bosqichdagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ibuprofenning o'rtacha erkin fraktsiyasi, taxminan, 1% sog'lom ko'ngillilar bilan solishtirilganda taxminan 3% tashkil etgan. Jiddiy darajali buyrak funktsiyalari buzilishlari ibuprofen metabolitlari to'planib qolishiga olib kelishi mumkin. Ushbu ta'sirning ahamiyati ma'lum emas. Metabolitlar gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin ("Qo'llash usuli va dozalari", "qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).
Jigar etishmovchiligi
Engil yoki o'rtacha darajali jigar etishmovchiligida jigarning alkogol bilan bog'liq kasalliklari mavjudligi farmakokinetik ko'rsatkichlar o'zgarishiga sezilarli ta'sir etmagan.
Ratsemik ibuprofen bilan davolangan jigar tsirrozi va o'rtacha darajali jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 6-10 ball) bo'lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri o'rtacha 2 baravar oshganligi, AUC (S/R) enantiomer nisbatining miqdori esa nazorat guruhidagi sog'lom ko'ngillilar bilan solishtirilganda sezilarli darajada pastroq bo'lgan, bu (R)-ibuprofenning faol (S)-enantiomerga metabolik transformasiyasi buzilishidan dalolat beradi ("Qo'llash usuli va dozalari", "qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).
Eng ko'p tarqalgan nojo'ya ta'sirlar me'da-ichak yo'llari bilan bog'liq bo'lgan. Ko'ngil aynishi, qayt qilish, diareya, meteorizm, ich qotishi, dispepsiya, qorindagi og'riq, melena, gematemezis, yarali stomatit, me'da-ichakdan qon ketishlar hamda kolit zo'rayishi va Kron kasalligi ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang) ibuprofen qabul qilingandan so'ng qayd etilgan. Gastrit, o'n ikki barmoq ichak yarasi, oshqozon yarali kasalligi va me'da-ichak perforasiyalari kamroq kuzatilgan.
Preparat qabul qilinganida og'iz yoki tomoqda vaqtincha lovullatib achitish hissi paydo bo'lishi mumkin.
Immun tizim tomonidan buzilishlar
Ibuprofen qabul qilinganida o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlangan holatlar to'g'risida ma'lum qilingan. Ular quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: (a) nospesifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik shok; (b) nafas yo'llari reaktsiyalari, shu jumladan astma, astma zo'rayishi, bronxospazm yoki nafas siqilishi, shuningdek (s) turli teri reaktsiyalari, shu jumladan har xil turdagi toshmalar, qichishish, eshakemi, purpura, angionevrotik shishish va juda kam hollarda multiform eritema va bullez dermatitlar (shu jumladan Stiven-Djonson sindromi va toksikli epidermal nekrolizlar).
Yuqumli kasalliklar va invaziyalar
NYAQP qo'llanilganida yuqumli kasalliklar tufayli qo'zg'atilgan teri yallig'lanishlari zo'rayishi (masalan, nekrotizasiyalovchi fassiit rivojlanishi) holatlari qayd etilgan. Agar ibuprofen qo'llanish jarayonida pasientda yuqumli kasalliklar belgilari paydo bo'lsa yoki yomonlashsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Teri va teriosti biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar
Ayrim holatlarda suvchechak jarayonida yumshoq to'qimalar tomonidan jiddiy teri yuqumli kasalliklari va asoratlari paydo bo'lishi mumkin (shuningdek, "yuqumli kasalliklar va invaziyalar" bo'limiga qarang).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
Klinik tadqiqotlar natijalari shundan dalolat beradiki, ibuprofenning qo'llanilishi, ayniqsa, yuqori dozada (kuniga 2400 mg), arterial trombotik asoratlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) xavfi biroz oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Quyidagi nojo'ya reaktsiyalar ibuprofen bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ular paydo bo'lish tezligi bo'yicha MedDRA ga muvofiq taqsimlangan: juda tez-tez ≥1/10, tez-tez ≥1/100 dan 1/10 gacha, tez-tez emas ≥1/1000 dan 1/100 gacha, kam hollarda ≥1/10000 dan 1/1000 gacha, juda kam hollarda 1/10000, takrorlanish tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha takrorlanish tezligini baholash mumkin emas).
Tez-tez
- bosh og'rishi, bosh aylanishi;
- dispepsiya, diareya, ko'ngil aynishi, qayt qilish, qorindagi og'riq, meteorizm, ich qotishi, melena, gematemezis, me'da-ichakdan qon ketishlar;
- toshma;
- toliquvchanlik.
Tez-tez emas
- rinit;
- o'ta yuqori sezuvchanlik;
- uyqusizlik, bezovtalik;
- paresteziya, seruyqulik;
- ko'rish qobiliyati yomonlashishi;
- eshitish qobiliyati yomonlashishi, quloqda shovqin yoki quloq shang'illashi, vertigo;
- astma, bronxospazm, nafas siqilishi;
- gastrit, o'n ikki barmoq ichak yarasi va oshqozon yarali kasalligi, yarali stomatit, me'da-ichak yarali perforasiyasi;
- gepatit, sariq kasali, jigar funktsiyalari buzilishi;
- eshakemi, qichishish, purpura, angionevrotik shishish, fotosezgirlik;
- turli shakllardagi toksikli nefropatiya, shu jumladan tubulointerstisial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak etishmovchiligi.
Kam hollarda
- aseptik meningit;
- leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, agranulositoz, aplastik anemiya va gemolitik anemiya;
- anafilaktik reaktsiya;
- depressiya va fikrlashda chalg'ishlar;
- ko'rish nervi nevriti;
- ko'rish nervi toksikli nevropatiyasi;
- shishish.
Juda kam hollarda
- pankreatit;
- jigar etishmovchiligi;
- og'ir darajali teri reaktsiyalari, masalan, multiform eritema, bullez reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksikli epidermal nekroliz;
- yurak etishmovchiligi, miokard infarkti ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);
- gipertenziya.
Takrorlanish tezligi noma'lum
- kolit va Kron kasalligi;
- eozinofiliya va tizimli belgilar bilan dori reaktsiyalari (DRESS sindromi).
Simptomlar ustidan nazorat qilish uchun kerakli minimal vaqt davri davomida samarali eng kam dozadan foydalanilgan holda noxush ta'sirlarni minimallashtirish mumkin ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Boshqa NYAQP qo'llanilgan holatdagi kabi ibuprofenni qabul qilish yuqumli kasalliklar simptomlarini niqoblashi mumkin.
Har qanday og'riqsizlantiruvchi preparatlar uzoq vaqt qo'llanilganida bosh og'rig'i paydo bo'lishi mumkin, uni preparat dozasini oshirish orqali davolash mumkin emas.
Alkogol bir vaqtda qo'llanilganida faol modda bilan bog'liq noxush ta'sirlar, ayniqsa, me'da-ichak yo'llari yoki Markaziy nerv tizimiga tegishli ta'sirlar NYAQP qo'llanilganida kuchayishi mumkin.
Brufen® tarkibida saxaroza mavjud. Buni qandli diabet bo'lgan pasientlar e'tiborga olishlari kerak. Fruktozaga chidamsizlik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi yoki saxaroza-izomaltaza etishmovchiligi kabi kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan pasientlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Har bir brufen® qog'oz paketchasida natriy saqlanadi. Natriy tarkibi nazorat qilinadigan parhezdagi pasientlar buni e'tiborga olishlari kerak.
Keksa yoshdagi pasientlar
Keksa yoshdagi pasientlarda NYAQP qo'llanilganida nojo'ya reaktsiyalar, ayniqsa, me'da-ichakdan qon ketish va perforasiya rivojlanish tezligi yuqori bo'lib, ular o'lim bilan yakunlanishi mumkin.
Me'da-ichakdan qon ketish, yazvalar paydo bo'lishi va perforasiya
Ibuprofen peptik yazva va anamnezda boshqa me'da-ichak yo'llari kasalliklari bo'lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki ushbu holatlar zo'rayishi mumkin ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang) Davolash davomida istalgan vaqt davrida barcha NYAQP qo'llanilganida me'da-ichakdan qon ketish, yazva yoki perforasiya rivojlanishi to'g'risida ma'lum qilingan. Ushbu nojo'ya reaktsiyalar anamnezda me'da-ichak yo'llarining jiddiy kasalliklari mavjudligidan qat'iy nazar oldindan darak beruvchi simptomlarsiz yoki simptomlar bilan rivojlanishi va o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Yazvali, ayniqsa, anamnezda qon ketish yoki perforasiya asorati bo'lgan pasientlarda va keksa yoshdagi pasientlarda ibuprofen dozalari oshirilganda me'da-ichakdan qon ketish, yazva yoki perforasiya rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi. Bunday pasientlar davolanishni eng past joiz dozadan boshlashlari kerak. Bunday pasientlarga hamda atsetilsalisil kislotasi/aspirinni yoki me'da-ichak yo'llari shikastlanish xavfini oshiradigan boshqa preparatlarni past dozada bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarga himoya preparatlarini (masalan, mizoprostol yoki proton pompa ingibitorlarini) bir vaqtda buyurish ehtimolini ko'rib chiqish kerak ("Dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). Yazvalar yoki qon ketishlar yuqori xavfi tufayli ibuprofen va boshqa NYAQP, shu jumladan tsiklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari (sog-2) bir vaqtda buyurilishidan saqlanish kerak ("Dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Ayniqsa, anamnezda me'da-ichak yo'llari kasalliklari bo'lgan keksa yoshdagi pasientlar davolanishning dastlabki bosqichlarida har qanday g'ayrioddiy abdominal simptomlar (ayniqsa, me'da-ichakdan qon ketishlar) to'g'risida ma'lum qilishlari kerak. Yazva yoki me'da-ichakdan qon ketishlar rivojlanish xavfini oshirishi mumkin bo'lgan peroral kortikosteroidlar, varfarin, serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar kabi antikoagulyantlar yoki antitrombositar preparatlar, masalan, atsetilsalisil kislotasi/aspirin kabi preparatlar bilan birga davolanayotgan pasientlarga ibuprofen ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak ("Dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). Ibuprofen qabul qilayotgan pasientda me'da-ichakdan qon ketishlar yoki yazva rivojlangan holatda preparat qo'llanilishini bekor qilish kerak.
Respirator buzilishlari
Bronxial astma, surunkali rinit yoki allergik kasalliklari bo'lgan pasientlarga, shuningdek anamnezida ushbu kasalliklar bo'lgan pasientlarga ibuprofen ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki ibuprofen bunday pasientlarda bronxospazm, eshakemi, angionevratik shishishni paydo qilishi mumkinligi to'g'risida ma'lum qilingan.
Yurak, buyraklar va jigar funktsiyalari buzilishi
Yurak, buyraklar va jigar funktsiyalari buzilishi bo'lgan pasientlarga ibuprofen ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki NYAQP qo'llanilishi buyraklar funktsiyalari yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shunga o'xshash analgetiklarning muntazam ravishda bir vaqtda qabul qilinishi buyraklar funktsiyalari yomonlashishi xavfini qo'shimcha ravishda oshiradi. Yurak, buyraklar va jigar funktsiyalari buzilishi bo'lgan pasientlarga qisqa vaqt davomida preparatning minimal samarali dozasi qo'llanilishi va ayniqsa, uzoq vaqt davolanayotgan pasientlarda buyraklar funktsiyasi nazorat qilinishi kerak ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).
Yurak-qon tomir va tserebral-vaskulyar ta'sirlar
Ibuprofen yurak etishmovchiligi yoki anamnezida arterial gipertenziya bo'lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki ibuprofen qo'llanilganda shishishlar rivojlanishi to'g'risidagi ma'lum qilingan. Klinik tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, ibuprofen, ayniqsa, yuqori dozada (sutkada 2400 mg) buyurilishi arterial trombotik asoratlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) xavfi biroz oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Umuman, epidemiologik tadqiqotlar ibuprofen past dozada (sutkada ≤ 1200 mg) qabul qilinishi va arterial trombotik asoratlar xavfi oshishi o'rtasida bog'liqlik mavjudligini taxmin qilish imkonini bermaydi.
Nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, turg'un yurak etishmovchiligi (NYHA mezonlari bo'yicha II-III funktsional darajali), tashxislangan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalar kasalliklari va/yoki tserebrovaskulyar kasalliklar bo'lgan pasientlarga ibuprofenni vaziyat puxta tahlil qilingandan so'ng buyurish, shuningdek ibuprofenning yuqori dozalari (sutkada 2400 mg) qo'llanilishidan saqlanish kerak.
Vaziyatning puxta tahlili arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish kabi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavf omillariga ega pasientlarni ibuprofen bilan uzoq vaqt terapiyani boshlashdan oldin, ayniqsa, ibuprofenning yuqori dozalarini (sutkada 2400 mg) qabul qilish zarur bo'lgan holatda talab qilinadi.
Dermatologik ta'sirlar
NYAQP qo'llanilganida juda kam hollarda jiddiy teri reaktsiyalari rivojlanishi to'g'risida ma'lum qilingan bo'lib, ulardan ayrimlari, shu jumladan, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksikli epidermal nekroliz o'lim holati bilan yakunlanishi mumkin. Taxminan, davolash boshlanishida ushbu reaktsiyalarning biroz rivojlanish xavfi mavjud. Aksariyat holatlarda reaktsiyalar boshlanishi terapiyaning birinchi oyi davomida yuz beradi. Terida birinchi toshma, shilliq qavat shikastlanishi yoki o'ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilari paydo bo'lganda ibuprofen qabul qilinishini to'xtatish kerak.
Ayrim holatlarda, suvchechak teri va yumshoq to'qimalar tomonidan jiddiy yuqumli kasalliklar asoratlariga sabab bo'lishi mumkin. Bugungi kunda ushbu yuqumli kasalliklar yomonlashishida NYAQP rolini istisno qilib bo'lmaydi. Shunday qilib, suvchechak holatida ibuprofen qo'llanilishidan saqlanish kerak.
Buyraklar tomonidan ta'sirlar
Sezilarli degidratasiya bo'lgan pasientlarga ibuprofen bilan davolash ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Ayniqsa, degidratasiya bo'lgan bolalar va o'smirlarda hamda keksa yoshdagi pasientlarda buyrak etishmovchiligi rivojlanish xavfi mavjud.
Boshqa NYAQP buyurilganidagi kabi ibuprofenni uzoq vaqt qabul qilish buyraklar papillyar nekroziga va buyraklarda boshqa patologik o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Buyrak prostaglandinlari buyraklar perfuziyasini ta'minlashda kompensator rolini o'ynagan pasientlarda buyraklarga toksikli ta'sir ham kuzatilgan. Bunday pasientlarga NYAQP buyurilishi prostaglandinlar paydo bo'lishining dozaga bog'liq kamayishini va ikkilamchi buyrak qon oqimi kamayishini paydo qilishi, bu esa buyrak etishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bunday reaktsiya rivojlanishi yuqori xavf guruhi buyraklar funktsiyalari buzilishi, yurak etishmovchiligi, jigar disfunktsiyasi bo'lgan pasientlarni, diuretiklar va angiotenzin-o'zgaruvchi ferment ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarni, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarni o'z ichiga oladi. NYAQP qabul qilishni to'xtatish, odatda, davolashdan oldingi holat tiklanishi bilan birga kechadi.
Gematologik ta'sirlar
Boshqa NYAQP kabi ibuprofen sog'lom odamlarda trombositlar agregasiyasini susaytirishi va qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin.
Aseptik meningit
Kam hollarda, ibuprofen qabul qilgan pasientlarda aseptik meningit rivojlangan. Garchi bu tizimli qizil teri sili va biriktiruvchi to'qimalar boshqa kasalliklari bo'lgan pasientlarda ko'proq yuz berishi mumkin bo'lsada, birga kechadigan surunkali kasalliklari bo'lmagan pasientlarda ham ushbu asorat rivojlanishi to'g'risida ma'lum qilingan.
- Engildan o'rta darajagacha og'riq, masalan, bosh og'rig'i, shu jumladan migren / bosh og'rig'i, migren, nevralgiya, tish og'rig'i, mushak va bo'g'imlardagi og'riq bilan bog'liq bo'lgan og'riq, hayz ko'rgandagi og'riq, shamollagandagi og'riq;
- yuqori haroratda qo'llaniladi.
- atsetilsalisil kislotasi/aspirin yoki boshqa NYAQP qabul qilgandan so'ng astma, eshakemi yoki allergik turdagi reaktsiyalar holatlari bo'lgan pasientlarga ibuprofen buyurilmasligi kerak;
- og'ir darajali yurak etishmovchiligi (NYHA IV);
- og'ir darajali jigar etishmovchiligi;
- og'ir darajali buyrak etishmovchiligi (tugunsimon filtrasiya tezligi 30 ml/daqiqadan kamroq);
- qon ketishlar rivojlanishi yoki faol qon ketish yuqori xavfi bilan birga kechadigan holatlar;
- me'da-ichakdan qon ketish yoki anamnezda NYAQP qabul qilish bilan bog'liq perforasiyalar;
- o'tkir yoki oldin boshdan kechirilgan yarali kolit, Kron kasalligi, qaytalanuvchi peptik yazva yoki me'da-ichakdan qon ketish (anamnezda yarali shikastlanish yoki qon ketishning bir-biridan mustaqil ikkita shikastlangan holati mavjudligi);
- homiladorlikning uchinchi uch oyligi.
Boshqa NYAQP, shu jumladan sog-2 selektiv ingibitorlari
Additiv ta'sirlar rivojlanish xavfi tufayli boshqa NYAQP, shu jumladan sog-2 selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilishidan saqlanish kerak ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Yurak glikozidlari
NYAQP yurak etishmovchiligi zo'rayishini, glomerulyar filtrasiya tezligi pasayishini va qon plazmasida yurak glikozidlari darajasi oshishini paydo qilishi mumkin.
Kortikosteroidlar
NYAQP bilan birga buyurilganida me'da-ichak yaralari yoki qon ketishlar xavfi kuchayadi.
Antikoagulyantlar
NYAQP varfarin kabi antikoagulyantlar ta'sirlarini kuchaytirishi mumkin.
Antitrombositar preparatlar va serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar
NYAQP me'da-ichakdan qon ketish xavfini kuchaytiradi.
Atsetilsalisil kislotasi/aspirin
Tarkibida NYAQP saqlaydigan boshqa preparatlar buyurilgan holatdagi kabi ibuprofen va atsetilsalisil kislotasi/aspirinning bir vaqtda qabul qilinishi, odatda, nojo'ya reaktsiyalar oshishi xavfi tufayli tavsiya etilmaydi. Eksperimental ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, ibuprofen bir vaqtda buyurilgan holatda atsetilsalisil kislotasi/aspirin kichik dozalarining trombositlar agregasiyasiga ta'sirini raqobatli susaytirishi mumkin. Biroq, ushbu ma'lumotlarning klinik vaziyatga ekstrapolyasiyasi ehtimoli yuzasidan noaniqlikka qaramay, ibuprofenning muntazam ravishda uzoq vaqt qo'llanilishi atsetilsalisil kislotasi kichik dozalarining kardioprotektor ta'sirini pasaytirishi mumkinligi ehtimolini istisno qilib bo'lmaydi. Ibuprofen nomuntazam qabul qilingan holatda klinik ahamiyatli samaralar ehtimoli kam ("farmakodinamikasi" bo'limiga qarang).
Litiy
NYAQP litiy chiqarilishini pasaytirishi mumkin.
Antigipertenziv preparatlar, β-blokatorlar va diuretiklar
NYAQP angiotenzin-o'zgaruvchi ferment ingibitorlari, II angiotenzin reseptorlari antogonistlari, β-blokatorlar va diuretiklar kabi antigipertenziv preparatlar samarasini kamaytirishi mumkin. Diuretiklar NYAQP nefrotoksikligi xavfini ham oshirishi mumkin.
Metotreksat
NYAQP metotreksat kanalchalar sekresiyasini susaytirishi va metotreksat klirensini pasaytirishi mumkin.
Tsiklosporin
NYAQP nefrotoksiklik xavfini oshiradi.
Takrolimus
Takrolimus qabul qilayotgan pasientlarga NYAQP buyurilganida nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.
Zidovudin
NYAQP gematologik toksiklik xavfini oshiradi. Gemofiliya bo'lgan OIV-ijobiy pasientlarda zidovudin qabul qilish sharoitida ibuprofen buyurilganida gemartrozlar va gematomalar rivojlanish xavfi oshishi isbotlari mavjud.
Xinolon antibiotiklar
Hayvonlarda olingan ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, NYAQP xinolonlar qabul qilish bilan bog'liq tomir tortishishlari paydo bo'lish xavfini oshirishi mumkin. Bir vaqtning o'zida NYAQP va xinolonlar qabul qilayotgan pasientlarda tomir tortishishlari rivojlanishining yuqori xavfi bo'lishi mumkin.
CYP2C9 ingibitorlari
Ibuprofenning CYP2C9 ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilishi ibuprofen ekspozisiyasini (CYP2C9 substratini) oshirishi mumkin. Bir tadqiqot jarayonida vorikonazol va flukonazol (CYP2C9 ingibitorlari) S(+)-ibuprofen ekspozisiyasini taxminan 80-100% ga oshirishi isbotlangan. Ibuprofen CYP2C9 ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa, vorikonazol yoki flukonazol qabul qilayotgan pasientlarga brufen® yuqori dozalari buyurilganida ibuprofen dozalarini pasaytirish nazarda tutilishi kerak.
Sulfonilmochevina
NYAQP sulfonilmochevina preparatlari ta'sirlarini potentsiyalashi mumkin. Brufen® buyurilganida sulfonilmochevina qabul qilgan pasientlarda gipoglikemiya rivojlanishi to'g'risida kam hollarda ma'lum qilingan.
Xolestiramin
Ibuprofen va xolestiraminning bir vaqtda buyurilishi me'da-ichak yo'llarida ibuprofen absorbtsiyasini pasaytirishi mumkin. Biroq buning klinik ahamiyati ma'lum emas.
Aminoglikozidlar
NYAQP aminoglikozidlar chiqarilishini kamaytirishi mumkin.
O'tlar ekstraktlari
Ginkgo biloba NYAQP bilan bog'liq qon ketishlar xavfini potentsiyalashi mumkin.
Simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan eng qisqa muddat ichida eng kam samarali dozani qo'llash yo'li bilan nojo'ya ta'sirlarni minimallashtirish mumkin ("qo'llash xususiyatlari" bo'limiga qarang).
Ibuprofen dozasi bemorning yoshi va vazniga bog'liq. O'smirlar uchun bir martalik maksimal doza 400 mg ibuprofendan oshmasligi kerak.
400 mg dan oshgan bir martalik doza yaxshiroq og'riqsizlantiruvchi ta'sirni ta'minlamaydi. Qabul qilishlar o'rtasida oraliq kamida 4 soat bo'lishi kerak.
O'smirlar uchun umumiy doza 24 soat ichida 1200 mg ibuprofendan oshmasligi kerak.
O'smilar (12 yoshdan)
200-400 mg (10-20 ml) bir marta yoki bir sutkada 3-4 marta.
Bolalar uchun sutkalik dozasi bir sutkada 20 mg/kg tashkil qiladi, uni jadvalda ta'riflanganidek, 3-4 qabul qilishlarga bo'lish lozim (jadvaldagi ma'lumotlar tana vazni 7 kg dan 30 kg gacha bo'lgan bolalar uchun misol sifatida keltirilgan, lekin ular bilan cheklanmaydi).
Preparatning sutkalik dozasini to'g'ri hisoblab chiqish uchun bolaning 1 kg tana vazniga 1 ml sirop to'g'ri keladi deb hisoblanadi, bu 20 mg ibuprofenga teng (masalan, tana vazni 9 kg bo'lgan bola uchun bir sutkada 9 ml sirop qo'llaniladi, bu 180 mg ibuprofenga teng). Bir martalik dozani hisoblash uchun sutkalik dozani 3-4 qabul qilishlarga bo'lish lozim.
Brufen®, sirop 20 mg/ml, tana vazni 7 kg dan kam bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Siropni o'ramda preparat bilan birga joylashgan o'lchov shprisidan foydalanib qo'llash mumkin.
Tana vazni, kg |
Qo'llash soni |
Bir martalik doza |
Maksimal sutkalik |
~ 5-7 kg (3-6 oy) |
2-3 |
2,5 ml (50 mg) |
150 mg |
~ 7-10 kg (6-12 oy) |
Kuniga 3 marta |
2,5 ml (50 mg) |
150 mg |
~10-14,5 kg (1-2 yosh) |
Kuniga 3-4 marta |
2,5 ml (50 mg) |
200 mg |
~ 14,5-25 kg (3-7 yosh) |
Kuniga 3-4 marta |
5 ml (100 mg) |
400 mg |
8-12 yosh (~ 25-40 kg) |
Kuniga 3-4 marta |
10 ml (200 mg) |
800 mg |
Uch oygacha bolalarga yoki tana vazni 5 kg dan kam bo'lgan bolalarga berilmasin.
Agar preparat iste'mol qilinganidan so'ng 24 soat ichida 3 oydan 5 oygacha bolalarda simptomlar saqlanib tursa yoki kuchaysa, yoxud agar preparatni qabul qilish fonida 6 oydan katta bolada simptomlar 3 kundan ko'p saqlanib tursa – shifokorga murojaat etish zarur.
Qo'llanilishidan oldin chayqatilsin.
Simptomlari
Aksariyat pasientlarda dozaning oshirib yuborilishi simptomlari ko'p miqdorli ibuprofen qabul qilinganidan so'ng 4-6 soat davomida rivojlanadi. Dozani oshirib yuborishning eng ko'p uchraydigan simptomlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: ko'ngil aynishi, qayt qilish, qorindagi og'riq, loqaydlik va seruyqulik.
Markaziy nerv tizimi tomonidan belgilar: bosh og'rishi, quloqda shovqinlar, bosh aylanishi, tomir tortishishlari va hushidan ketish. Kam hollarda nistagma, metabolik asidoz, gipotermiya, buyrak tomonidan simptomlar, me'da-ichakdan qon ketishlar, og'ir bexushlik, apnoe hamda Markaziy nerv tizimi va nafas olish tizimi susayishi to'g'risida ma'lum qilingan. Yurak-qon tomir toksikligi, shu jumladan arterial gipotenziya, bradikardiya va taxikardiya rivojlanishi to'g'risida ma'lum qilingan. Doza ancha oshirib yuborilgan holatlarda buyrak etishmovchiligi va jigar shikastlanishi rivojlanishi mumkin. Dozaning ancha oshirib yuborilishi, agar boshqa preparatlar qabul qilinmagan bo'lsa, odatda, pasientlar tomonidan yaxshi chidamlilikka ega bo'ladi. Jiddiy zaharlanish holatida metabolik asidoz paydo bo'lishi mumkin.
Davolash
Ibuprofen dozasi oshirib yuborilgan holatda spesifik antidot mavjud emas. 400 mg/kg dan yuqori doza qabul qilingan holatda, oshqozonni yuvib tashlash va preparat qabul qilingan paytdan e'tiboran bir soat davomida quvvatlovchi davolash choralarini ko'rish kerak. Eng muhim ma'lumotlarni olish uchun mahalliy toksikologik markazga murojaat qilish kerak.
Prostaglandinlar sintezining susayishi homiladorlik kechishiga va/yoki embrion/homilaning rivojlanishiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlar ma'lumotlari homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandin sintezi ingibitorlari qo'llanilganidan so'ng homiladorlikni ko'tarolmaslik va yurak nuqsonlari hamda gastroshizis rivojlanish xavfi oshishini taxmin qilish imkonini beradi. Doza va terapiya davomiyligi oshirilishi bilan xavf kuchayishi taxmin qilinadi. Juda zarur bo'lgan holatlardan tashqari, homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida ibuprofen buyurilmasligi kerak. Homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligida bo'lgan ayollarga ibuprofen buyurilgan holatda imkon darajada kamroq vaqt davomida imkoni boricha kamroq doza qo'llanilishi kerak. Homiladorlikning uchinchi uch oyligida har qanday prostaglandin ingibitorlari qo'llanilishi homilaga yurak-o'pka toksikligi rivojlanishini qo'zg'atgan holda ta'sir etishi mumkin (arterial oqim vaqtidan ilgari bekilishi va o'pka gipertenziyasi bilan); o'pka disfunktsiyasi, u oligogidramnion bilan buyrak etishmovchiligigacha rivojlanishi mumkin. Homiladorlik oxirida prostaglandin sintezi ingibitorlari ona va yangi tug'ilgan bola sog'lig'iga ta'sir etishi, qon ketish vaqti uzayishi, bachadon qisqaruvchanligi susayishi, bu tug'ish kechikishi yoki tug'ish vaqti uzayishi bilan birga kechishi mumkin. Shunday qilib, homiladorlikning uchinchi uch oyligida ibuprofen qo'llanilishi mumkin emas.
Ayollarga tug'ish davrida ibuprofenni buyurish tavsiya etilmaydi. Bu tug'ish boshlanishi kechikishiga, tug'ish vaqti uzayishiga hamda ona va bolada qon ketishga moyillik oshishiga olib kelishi mumkin.
Laktasiya davrida qo'llanilishi
Cheklangan sonli tadqiqotlar jarayonida ibuprofen ona sutida juda past kontsentrasiyalarda aniqlangan. Ko'krakdan emizayotgan ayollarga ibuprofen buyurilishi tavsiya etilmaydi.
Fertillik
Ibuprofen ayollar fertilligiga ta'sir etishi mumkin, shu tufayli homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga ibuprofen qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Homilador bo'lolmayotgan yoki bepushtlik yuzasidan tekshiruvdan o'tkazilayotgan ayollarga ibuprofen qo'llanilishini bekor qilish imkoniyati ko'rib chiqilishi kerak.