×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
дротаверина гидрохлорид, Ибупрофен
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- M01AE51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 133 ta dorixonasida topildi

ico 30 335 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 38 100 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 31 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

NIMESAN tabletkalari 100mg N20 Шрея Лайф Саенсиз Пвт Лтд Hindiston
15 060 s`om dan
ETODIN FORTE tabletkalari 400mg N7 Nobel-Pharmsanoat, ИП O'zbekiston
29 100 s`om dan
DRASTOP inyeksiya uchun eritma 2ml 200mg/2ml N10 World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
143 000 s`om dan
XONDROKSID maz 30g 5% Нижфарм, АО Rossiya
63 000 s`om dan
Saqlash shartlari Хранить при температуре не выше 250С. Хранить в недоступном для детей месте!
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
200 mg ibuprofen, 40 mg drotaverin gidroxloridi saqlovchi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar:
10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
400 mg ibuprofen, 80 mg drotaverin gidroxloridi saqlovchi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar:
10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida

200 mg + 40 mg plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: ibuprofen 200 mg, drotaverin gidroxloridi 40 mg;
yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal, mikrokristall sellyuloza (Avicel PH101), kolloid kremniy dioksidi, krospovidon, natriy laurilsulьfati, laktoza monogidrati, povidon (PVP K-30), askorbin kislotasi, limon kislotasi monogidrati, mikrokristall sellyuloza (Grade 102), stearin kislotasi.
plyonka qobig‘i: Opadray II pushti 32K540017 [laktoza monogidrati, gipromelloza 15sR, titan dioksidi (E171), triatsetin, maftunkor qizil bo‘yovchisi (E129), sariq quyosh shafag‘i bo‘yovchisi (E110), indigokarmin (E132)].
400 mg + 80 mg plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: ibuprofen 400 mg, drotaverin gidroxloridi 80 mg;
yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal, mikrokristall sellyuloza (Avicel PH101), kolloid kremniy dioksidi, krospovidon, natriy laurilsulьfati, laktoza monogidrati, povidon (PVP K-30), askorbin kislotasi, limon kislotasi monogidrati, mikrokristall sellyuloza (Grade 102), stearin kislotasi.
plyonka qobig‘i: Opadray II pushti 32K540017 [laktoza monogidrati, gipromelloza 15sR, titan dioksidi (E171), triatsetin, maftunkor qizil bo‘yovchisi (E129), sariq quyosh shafag‘i bo‘yovchisi (E110), indigokarmin (E132)].

Ibuprofen
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) guruhiga mansub propion kislotasining hosilasi ibuprofenning ta'sir mexanizmi og‘riq, yallig‘lanish va gipertermik reaktsiyalar mediatorlari prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq. Siklooksigenaza 1 (TSOG-1) va siklooksigenaza 2 (TSOG-2) ni tanlamasdan bloklaydi, buning oqibatida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi. Og‘riqqa qarshi (og‘riq qoldiruvchi), isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi yo‘naltirilgan tez ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari ibuprofen trombotsitlar agregatsiyasini qaytuvchan ingibitsiya qiladi. Preparatning og‘riq qoldiruvchi ta'siri 8 soatgacha davom etadi.
Drotaverin
Drotaverin – IV tip fosfodiesteraza (FDE-IV) fermentini ingibitsiyasi hisobiga silliq mushaklarga kuchli spazmolitik ta'sirga ega izoxinolin hosilasidir. FDE-IV fermentini ingibitsiya qilinishi sAFM kontsentratsiyasini oshishiga, miozinning yengil zanjirining kinazasini faolsizlanishiga olib keladi, bu keyinchalik silliq mushaklarni bo‘shashishini chaqiradi. Sa2+ ionlariga drotaverinning antagonistik samarasi, uning Sa2+ ionlari kontsentratsiyasini pasayishiga olib keluvchi sAFM orqali ta'siri bilan tushuntiriladi.
In vitro sharoitda drotaverin FDE-III va FDE-V fermentlarini ingibitsiya qilmasdan FDE-IV fermentini ingibitsiya qiladi (silliq mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini bostirish uchun yaqqolroq). Shuning uchun drotaverinning samaradorligi turli to‘qimalarda FDE-IV kontsentratsiyasiga bog‘liq.
Miokard va qon-tomirlarning silliq mushaklarida sAFM gidrolizi asosan FDE-III izofermenti yordamida amalga oshadi, bu drotaverinning yuqori spazmolitik faolligida yurak va qon-tomirlar tomonidan jiddiy nojo‘ya samaralar va yurak-qon tomir tizimi tomonidan yaqqol samaralar yo‘qligini tushuntiradi.
Drotaverin ham neyrogen, ham mushakka bog‘liq silliq mushaklarning spazmlarida samarali. Vegetativ innervatsiyadan qat'iy nazar drotaverin me'da-ichak yo‘llari (MIY), o‘t chiqarish yo‘llari, siydik-tanosil tizimi, qon-tomirlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi.
O‘zining qon-tomirlarni kengaytiruvchi ta'siri oqibatida drotaverin to‘qimalarni qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Drotaverinning yuqorida ta'riflangan mexanizmlari silliq mushaklar spazmlarini bartaraf etadi, bu og‘riqni kamayishiga olib keladi.

Ibuprofen
So‘rilishi. MIY dan so‘rilishi yuqori, tez va deyarli to‘liq. Och qoringa qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi ibuprofenning maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 45 minutdan keyin erishiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqtini (TSmax) 1-2 soatgacha oshirishi mumkin.
Taqsimlanishi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Orqa miya suyuqligida qon plazmasidagiga nisbatan ibuprofenning pastroq kontsentratsiyalari aniqlanadi.
Metabolizmi. So‘rilgandan keyin ibuprofenning farmakologik nofaol R-shaklining taxminan 60% faol S-shakliga sekin aylanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 2 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali (1% gacha o‘zgarmagan ko‘rinishda) va kamroq darajada safro bilan chiqariladi.
Cheklangan tadqiqotlarda ibuprofen juda past kontsentratsiyalarda ko‘krak sutida aniqlangan.
Drotaverin
So‘rilishi. Ichga qabul qilingandan keyin drotaverin MIY dan tez va to‘liq so‘riladi. Tizim oldi metabolizmdan keyin drotaverinning qabul qilingan dozasining 65% tizimli qon oqimiga tushadi. Qon plazmasidagi Smax ga 45-60 minutdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi. In vitro sharoitda drotaverin plazmadagi oqsillar, ayniqsa alьbumin, β-va γ-globulinlar bilan yuqori bog‘lanishga (95-98%) ega.
Drotaverin to‘qimalarda bir tekis taqsimlanadi, silliq mushak xujayralariga kiradi. Gematoentsefalik to‘siq (GET) orqali o‘tmaydi. Drotaverin va/yoki uning metabolitlari yo‘ldosh to‘sig‘i orqali ahamiyatsiz darajada o‘tishi mumkin.
Metabolizmi. Odamda drotaverin jigarda O dezetilizatsiya yo‘li bilan deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi. T1/2 8-10 soatni tashkil qiladi. 72 soat davomida drotaverin organizmdan deyarli to‘liq chiqariladi, preparatning 50% dan ko‘prog‘i buyraklar orqali (asosan metabolitlari ko‘rinishida) va taxminan 30% MIY orqali (safroga ekskretsiyasi) chiqariladi. O‘zgarmagan drotaverin siydikda aniqlanmaydi.

Agar preparatni qisqa kurslar bilan, simptomlarni bartaraf etish uchun zarur minimal samarali dozada qabul qilinsa, nojo‘ya samaralar yuzaga kelishi xavfini minimumga yetkazish mumkin.
Keksa yoshdagi odamlarda NYaQP qo‘llash fonida nojo‘ya reaktsiyalar, ayniqsa me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforatsiya tez-tezligini oshishi kuzatiladi.
Nojo‘ya samaralar dozaga bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Xususan, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi dozalar diapazoniga va davolash davomiyligiga bog‘liq.
Ibuprofenni va drotaverin qo‘llash tajribasiga asoslangan kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nojo‘ya samaralarning tasnifiga muvofiq keltirilgan. Ularning tez-tezligi quyidagicha belgilanadi: juda tez-tez (>1/10 buyurishlar) tez-tez (1/10 – 1/100 buyurishlar); tez-tez emas (1/100 – 1/1000 buyurishlar); kam xollarda (1/1 000 – 1/10 000 buyurishlar); juda kam xollarda (<1/10 000 buyurishlar); tez-tezligi noma'lum – mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash imkoniyati yo‘q. 
Ibuprofen
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar ibuprofenni sutkada 1200 mg dan oshmaydigan dozalarda qisqa muddatli qabul qilganda kuzatilgan.
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda – qon yaratishni buzilishi (anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz). 
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: nospetsifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik reaktsiyalar, nafas yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (bronxial astma, shu jumladan uni zo‘rayishi, bronxospazm, hansirash, dispnoe), teri reaktsiyalari (qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi, eksfoliativ va bullyoz dermatozlar, shu jumladan toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stiven-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema), allergik rinit, eozinofiliya; juda kam xollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari, shu jumladan yuzni shishi, til va hiqildoqni shishi, hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, Kvinke shishi yoki og‘ir darajadagi anafilaktik shok).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas – qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, dispepsiya (shu jumladan jig‘ildon qaynashi, qorinni dam bo‘lishi); kam xollarda – diareya, meteorizm, qabziyat, qusish; juda kam xollarda – peptik yara, perforatsiya yoki me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, melena, qon aralash qusish, ayrim holatlarda o‘limga olib keluvchi, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda, yarali stomatit, gastrit; tez-tezligi noma'lum – kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda – jigar funktsiyasini buzilishi, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatit va sariqlik.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (kompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan) ayniqsa uzoq vaqt qo‘llaganda, qon plazmasida mochevina kontsentratsiyasini oshishi va shishlarni paydo bo‘lishi, gematuriya va proteinuriya bilan bilan kechuvchi, nefritik sindrom, nefrotik sindrom, papillyar nekroz, interstitsial nefrit, sistit.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas – bosh og‘rig‘i; juda kam xollarda – aseptik meningit.
Yurak va qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum – yurak yetishmovchiligi, periferik shish, uzoq vaqt qo‘llaganda trombotik asoratlar (masalan miokard infarkti) xavfi kuzatilishi mumkin, arterial bosimni oshishi.
Nafas tizimi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum – bronxial astma, bronxospazm, hansirash.
Laborator ko‘rsatkichlar
Gematokrit yoki gemoglobin (pasayishi mumkin), qon ketishi vaqti (oshishi mumkin), qon plazmasida glyukoza kontsentratsiyasi (pasayishi mumkin), kreatinin klirensi (pasayishi mumkin), kreatininning plazmadagi kontsentratsiyasi (oshishi mumkin), “jigar” transaminazalari faolligi (oshishi mumkin).
Drotaverin
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam xollarda – allergik reaktsiyalar (angionevrotik shish, eshakemi, toshma, qichishish).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda – ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kam xollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik.
Yurak va qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Kam xollarda –yurak urishini his qilish, arterial bosimni pasayishi.
Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar kuzatilsa yoki ular chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samalarni sezsangiz, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak

Preparatni iloji boricha qisqa kurslar bilan va simptomlarni bartaraf etish uchun zarur minimal samarali dozada qabul qilish tavsiya etiladi.
Bronxial astmasi yoki zo‘rayish bosqichidagi allergik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek anamnezida bronxial astma/allergik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparat bronxospazm chiqarishi mumkin. Tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash aseptik meningit rivojlanishi xavfini oshishi bilan bog‘liq.
Uzoq vaqt davolash vaqtida periferik qon manzarasi va jigar va buyrakning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Gastropatiya simptomlari paydo bo‘lganda ezofagogastroduodenoskopiyani o‘tkazish, umumiy qon tahlili (gemoglobinni aniqlash), ahlatni yashirin qonga tekshirishni o‘z ichiga oluvchi sinchkov nazorat ko‘rsatilgan.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashdan oldin qo‘shimcha maslahat zarur, chunki buyrakning funktsional holatini yomonlashishi xavfi mavjud.
Gipertenziyasi, shu jumladan anamnezida va/yoki surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ham qo‘shimcha maslahat zarur, chunki preparat suyuqlikni tutilishini, arterial bosimni oshishi va shishlarni chaqirishi mumkin.
Nazoratlanmaydigan arterial gipertenziya, NYHA bo‘yicha II-III sinf dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalar kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ibuprofenni faqat foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyin buyurish kerak, bunda ibuprofenning yuqori dozalarini (sutkada ≥2400 mg) qo‘llashdan saqlanish kerak.
Suvchechak va Varicella infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda NYaQP ni qo‘llash teri va teri osti yog‘ kletchasining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarining og‘ir darajadagi yiringli asoratlari (masalan nekrozlanuvchi fastsiit) rivojlanishi xavfini oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Varicella infektsiyasi bilan kechuvchi suvchechakda preparatni qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi.
Homiladorlikni rejalashtirgan ayollar uchun ma'lumot: preparat SOG va prostaglandinlar sintezini bostiradi, ovulyatsiyani izdan chiqarib, unga ta'sir ko‘rsatadi (davolash bekor qilingandan keyin qaytuvchan).
Arterial gipotenziyada preparatni qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi

Birlamchi dismenoreya (alьgodismenoreya) da og‘riq sindromini davolashda qo‘llanadi
Ibuprofenga, drotaveringa yoki preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Bronxial astma, qaytalanuvchi burun yoki burun yondosh bo‘shliqlarining polipazi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP larni (shu jumladan anamnezida) o‘zlashtiraolmaslikni to‘liq yoki qisman birga kuzatilishi.
MIY a'zolarining eroziv-yarali kasalliklari (shu jumladan me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, Kron kasalligi, yarali kolit) yoki faol fazadagi yoki anamnezdagi yaradan qon ketishi (yara kasalligi yoki yaradan qon ketishining ikki yoki undan ko‘proq tasdiqlangan epizodlari, shu jumladan NYaQP qo‘llash chaqirgan).
NYHA (kardiologlarning Nьyu-York Assotsiatsiyasi tasnifi) bo‘yicha IV sinf og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi.
Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi yoki faol fazadagi jigar kasalliklari.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), tasdiqlangan giperkaliyemiya.
Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi.
Aortokoronar shuntlash o‘tkazilgandan keyingi davr.
Davomli qusish, diareya yoki suyuqlik yetarli darajada tushmasligi chaqirgan og‘ir darajadagi degidratatsiya.
Xavfli gipertenziya, antikoagulyantlarni qo‘llash, anamnezida nafas yo‘llarining surunkali infektsiyalari, Parkinson kasalligi, tutqanoq.
Tizimli qizil yugurik (TQYu).
Serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishi.
Gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlari (shu jumladan gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar.
Laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malьabsorbtsiya.
Homiladorlik davri.
Emizish davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ibuprofen + drotaverin majmuasini qo‘llashning samaradorligi va samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q).
Ehtiyotkorlik bilan
Arterial gipotenziya, levodopa, boshqa NYaQP lar bilan bir vaqtda qabul qilish.
Anamnezida me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining yoki MIY yarasidan qon ketishining bir martalik epizodi, gastrit, enterit, kolit, Helicobacter pylori infektsiyasini mavjudligi, yarali kolit.
Bronxial astma yoki zo‘rayish bosqichidagi yoki anamnezidagi alllergik kasalliklar – bronxospazm rivojlanishi mumkin.
Tizimli qizil yugurik (TQYu) yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari (Sharp sindromi) – aseptik meningit xavfi oshadi; suvchechak, buyrak yetishmovchiligi, shu jumladan suvsizlanishda (kreatinin klirensi ko‘rsatkichi minutiga 30-60 ml dan kam), nefrotik sindrom, jigar yetishmovchiligi, portal gipertenziya bilan kechuvchi jigar sirrozi, giperbilirubinemiya, arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalliklar, noma'lum etiologiyali qon kasalliklari (leykopeniya va anemiya), og‘ir darajadagi somatik kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, alkogolni tez-tez iste'mol qilish, fenilketonuriya yoki fenilalaninni o‘zlashtiraolmaslik, yara yoki qon ketishi yuzaga kelishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarini, xususan peroral glyukokortikosteroidlar (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (shu jumladan sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) yoki antiagregantlar (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel) bir vaqtda qo‘llash, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi

Ibuprofen va drotaverin majmuasini boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Ibuprofen
Ibuprofenni quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Atsetilsalitsil kislotasi (ASK): sutkada 75 mg gacha bo‘lgan past dozalardan tashqari. Bir vaqtda qo‘llanilganda ibuprofen ASK ning yallig‘lanishga qarshi va antiagregant ta'sirini pasaytiradi. Ushbu o‘zaro ta'sirning klinik ahamiyati belgilangan yakuniy nuqtalari bo‘lgan klinik tadqiqotlarda baholanmagan. Sutkada 400 mg dan yuqori dozalarda ibuprofenni uzoq vaqt qo‘llashning ASK ning antitrombotsitar samarasiga potentsial samarasi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Ibuprofenni va AKS ning past dozalarini qo‘llash ASK ning kardioprotektiv samarasini saqlab qolish uchun muhim.
Boshqa NYaQP, xususan SOG-2 ning selektiv ingibitorlari: nojo‘ya samaralar yuzaga kelishi xavfini oshishi mumkinligi tufayli NYaQP guruhiga mansub ikki va undan ko‘proq preparatlarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Quyidagi dori vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin.
Antikoagulyantlar va trombolitik preparatlar: NYaQP antikoagulyantlar (masalan varfarin) va trombolitik preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Antigipertenziv vositalar (angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari) va diuretiklar: NYaQP ushbu guruh preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan ayrim patsiyentlarda (masalan suvsizlanish bo‘lgan patsiyentlarda yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II agonistlari va siklooksigenazani ingibitsiya qiluvchi vositalarni bir vaqtda qo‘llash buyrak funktsiyasini yomonlashishi, o‘u jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (odatda qaytuvchan) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Koksiblarni AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II agonistlari bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda ushbu o‘zaro ta'sirni e'tiborga olish kerak. Shuning uchun yuqorida sanab o‘tilgan vositalarni birga qo‘llaganda, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday patsiyentlarda suvsizlanishni oldini olish, shuningdek bunday majmuaviy davolash boshlangandan keyin va keyinchalik – muntazam buyrak funktsiyasi monitoringi imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
Diuretiklar va AAF ingibitorlari NYaQP ning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.
Glyukokortikoidlar: me'da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Antiagregantlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: MIY dan qon ketishi yuzaga kelishi xavfi oshadi.
Yurak glikozidlari: NYaQP va yurak glikozidlarini bir vaqtda qo‘llash yurak yetishmovchiligini chuqurlashishiga, kalavalar filьtratsiyasi tezligini pasayishiga va qon plazmasida yurak glikozidlarining kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Litiy preparatlari: NYaQP ni qo‘llash fonida qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini oshishi ehtimoli haqida ma'lumotlar mavjud.
Metotreksat: NYaQP ni qo‘llash fonida qon plazmasida metotraksatning kontsentratsiyasini oshishi ehtimoli haqida ma'lumotlar mavjud.
Siklosporin: NYaQP va siklosporinni bir vaqtda qo‘llaganda nefrotoksiklik xavfi oshadi.
Mifepriston: NYaQP ni qabul qilishni mifepriston qabul qilgandan keyin kamida 8-12 kun o‘tgach boshlash kerak, chunki NYaQP mifepristonning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Takrolimus: NYaQP va takrolimusni bir vaqtda qo‘llaganda nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.
Zidovudin: NYaQP va zidovudinni bir vaqtda qo‘llash gematotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin.
Xinolon qatoriga mansub antibiotiklar: NYaQP va xinolon qatoriga mansub antibiotiklarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda tirishishlar yuzaga kelishi xavfi oshadi.
Miyelotoksik preparatlar: gematotoksiklik oshadi.
Sefamandol, sefoperazon, sefotetan, valьproat kislotasi, plikamitsin: gipoprotrombinemiya rivojlanishi tez-tezligi oshadi.
Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari: ibuprofenni chiqarilishi pasayadi va plazmada kontsentratsiyasi oshadi.
Induktorы mikrosomalьnogo okisleniya (fenitoin, etanol, barbituratы, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklicheskiye antidepressantы): uvelicheniye produktsii gidroksilirovannыx aktivnыx metabolitov, uvelicheniye riska razvitiya tyajeloy intoksikatsii.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari: gepatotoksik ta'sir xavfi pasayadi.
Peroral gipoglikemik dori vositalari va insulin, sulьfonilmochevina hosilalari: preparatlarning ta'siri kuchayadi.
Antatsidlar va kolestiramin: so‘rilishi pasayadi.
Urikozurik preparatlar: preparatlarning samaradorligi pasayadi.
Kofein: og‘riq qoldiruvchi samarasi kuchayadi.
Drotaverin
Levodopa. Papaveringa o‘xshash FDE ingibitorlari levodopaning antiparkinsonik ta'sirini pasaytiradi. Drotaverinni levodopa bilan bir vaqtda buyurilganda rigidlik va tremor kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Boshqa spazmolitik vositalar, shu jumladan m-xolinoblokatorlar. Spazmolitik ta'sirni o‘zaro kuchayishi kuzatiladi

Preparatni qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

Preparat ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Tabletkalarni suv bilan qabul qilish kerak.

400 mg ibuprofen, 80 mg drotaverin saqlovchi 1 tabletkadan yoki 200 mg ibuprofen, 40 mg drotaverin saqlovchi 2 tabletkadan (bir martalik doza) sutkada 3 martagacha buyuriladi (maksimal sutkalik doza drotaverin bo‘yicha 240 mg va ibuprofen bo‘yicha 1200 mg ni tashkil qiladi).

Preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soat.

Ko‘rsatilgan maksimal sutkalik dozani oshirmang va preparatni qabul qilish orasidagi vaqt interlini buzmang!

Umumiy tavsiyalar

Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas (18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ibuprofen va drotaverin majmuasining samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q).

Qisqa kurslar bo‘yicha, minimal samarali dozada qabul qilish tavsiya etiladi.

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan noxush samaralar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqatdan keyin qo‘llash tavsiya etiladi.

Shifokor maslahatisiz preparatni 3 kundan ortiq qo‘llanilmasin.

Agar 2-3 kun davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar chuqurlashsa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparatni faqat ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar, qo‘llash usuli va dozalariga muvofiq qabul qiling.

Patsiyentlarning alohida guruhlari

Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi va/yoki og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas


Homiladorlik va emizish davrida ibuprofen va drotaverin majmuasini qo‘llash mumkin emas
Simptomы 
Drotaverin: peredozirovka assotsiirovalasь s narusheniyami serdechnogo ritma i provodimosti, vklyuchaya polnuyu blokadu nojek puchka Gisa i ostanovku serdtsa, kotoraya mojet bыtь fatalьnoy.
Ibuprofen: toshnota, rvota, bolь v epigastralьnoy oblasti ili, reje, diareya, shum v ushax, golovnaya bolь i jeludochno-kishechnoye krovotecheniye. V boleye tyajelыx sluchayax nablyudayutsya proyavleniya so storonы SNS: sonlivostь, redko – vozbujdeniye, sudorogi, dezoriyentatsiya, koma. V sluchayax tyajelogo otravleniya mojet razvivatьsya metabolicheskiy atsidoz i uvelicheniye protrombinovogo vremeni, pochechnaya nedostatochnostь, povrejdeniye tkani pecheni, snijeniye arterialьnogo davleniya, ugneteniye dыxaniya i sianoz. U patsiyentov s bronxialьnoy astmoy vozmojno obostreniye etogo zabolevaniya.
Period poluvыvedeniya preparata pri peredozirovke sostavlyaet 1,5-3 ch.
Lecheniye
Simptomaticheskoye, s obyazatelьnыm obespecheniyem proxodimosti dыxatelьnыx putey, monitoringom elektrokardiogrammы i osnovnыx pokazateley jiznedeyatelьnosti vplotь do normalizatsii sostoyaniya patsiyenta. Rekomenduyetsya peroralьnoye primeneniye aktivirovannogo uglya ili promыvaniye jeludka v techeniye 1 ch posle priyema potentsialьno toksicheskoy dozы ibuprofena. Mojet bыtь naznacheno щelochnoye pitьe s selьyu vыvedeniya kislogo proizvodnogo ibuprofena pochkami, forsirovannыy diurez. Chastыye ili prodoljitelьnыye sudorogi sleduyet kupirovatь vnutrivennыm vvedeniyem diazepama ili lorazepama. Pri uxudshenii bronxialьnoy astmы rekomenduyetsya primeneniye bronxodilatatorov

IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IBUKLIN®  

IBUKLIN

Preparatning savdo nomi: Ibuklin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ibuprofen, parasetamol

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 400 mg ibuprofen, 325 mg parasetamol;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, talk, natriy kraxmal klikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, makrogol, sariq apelsin laki FCF, titan dioksidi, sorbin kislotasi, polisorbat 80, relikton.

Ta‘rifi: zarg‘aldoq yoki och-zarg‘aldoq rangli, dog‘li yoki marmarsimon bo‘yalgan bo‘lishi mumkin, bir tomoni silliq, ikkinchi tomonida bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi:  nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.

ATX kodi:  M01AE51

 

Farmakologik xususiyatlari

Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, fenilpropion kislotasining hosilasi, yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning patogenizida asosiy rol o‘ynaydigan, prostaglandinlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan araxidon kislotasining metabolizimiga javob beruvchi asosiy ferment – SOG ning faolligini susaytirishi hisobiga, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Analgetik (og‘riq qoldiruvchi) ta‘siri ham periferik (prostaglandinlar sintezini pasayishi orqali), ham markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibirlanishi) mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Trombositlar agregasiyasini bostiradi.

Parasetamol – nonarkotik og‘riqni qoldiruvchi vosita, SOG ning faolligini susaytirishi va prostaglandinlar ishlab chiqarilishini pasaytirishi hisobiga og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ibuprofen ichga qabul qilinganidan so‘ng MIY tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikda maksimal konsentrasiyaga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen jigarda metabolizmga uchraydi (90%). Buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 80%) ham o‘zgarmagan holda (10%), ham metabolitlari holida (70%) chiqariladi. Ichak orqali metabolitlari xolida (20%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soat.

Parasetamol MIY dan, asosan ingichka ichakdan tez so‘riladi, bir marta qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyaga 10-60 minutdan keyin erishiladi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. Parasetamol yog‘ to‘qimasi va orqa miya suyuqligidan tashqari to‘qima suyuqliklarga keng taqsimlanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil qiladi. Asosan jigarda glyukuronid, sulfat bilan bog‘lanish va jigar oksidazalari va sitoxrom R450 ishtirokida oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Kattalarda parasetamolning katta qismi glyukuron kislotasi bilan, bolalarda – sulfat kislotasi bilan bog‘lanadi. Bu kon‘yugasiyalangan metabolitlari metabolik faolikka ega emas, plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydilar. Shuningdek preparatning dozasi oshirib yuborilganida toksik ta‘sir qiluvchi gidroksilangan metaboliti – N-asetil-r-benzoxinolinni to‘planishi yuz berishi mumkin, u jigar va buyraklarda aralash oksidazalarning ta‘sirida hosil bo‘ladi va odatdagi sharoitlarda glutation bilan bog‘lanib detoksikasiyalanadi.

Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil qiladi va jigar sirrozida oshishi mumkin. Parasetamolning buyrak klirensi 5% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan holda (taxminan 5%) va glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari holida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan revmatoid va revmatik artrit, osteoartroz, ankilozlanuvchi spondiloartroz), podagra zo‘rayganidagi bo‘g‘im sindromi, psoriatik artrit, tendinitlar, bursit.
  • Radikulit, nevralgiyalar, mialgiyalar.
  • Bosh va tish og‘rig‘i, jaroxatlar, kuyishlar, LOR-a‘zolari, kichik chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklaridagi (adneksit, algodismenoreya) og‘riq sindromi.
  • Infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma.

Preparatni qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan, kasalikning rivojlanishiga ta‘sir qilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ibuklin® kattalarga odatda ½-1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Shifokor nazoratisiz preparatni og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqatdan keyin, minimal samarasi dozada va mumkin bo‘lgan minimal kursda qabul qilish tavsiya qilinadi.

12 yoshdan yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 40 kg dan yuqori) – sutkada 1 tabletkadan 2 marotaba beriladi.

Davolash muddati isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida – 3 kungacha, ogriq koldiruvchi dori vositasi sifatida – 5 kungacha. Shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘nggina davolashni davom ettirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish a‘zolari: ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, MIY ni eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin, uzoq muddat qo‘llanganida jigar faoliyatini buzilishi, gepatit bo‘lishi mumkin.

MNT: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘rishni buzilishi (rang ajratishni buzilishi, skotoma, ambliopiya).

Qon yaratish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida: anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz.

Siydik chiqarish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida buyraklar faoliyatini buzilishi, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, Kvinke shishi, kam hollarda – aseptik meningit, bronxospastik sindrom.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi
  • me‘da-ichakdan qon ketishi
  • jigar yoki buyrak kasalliklari
  • aspiringa bog‘liq bronxial astma
  • ko‘ruv nervini shikastlanishi
  • glyukoza-6-fosfatdegidrogenezaning genetik bo‘lmasligi
  • qon tiziming kasalliklari

·      homiladorlik davri (III uchoyligi)

  • 12 yoshgacha (bolalarga mo‘ljallangan shakli “Ibuklin® Yunior”) bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ibuklinni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar, rifampisin, qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar, gormonal kontraseptivlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi, ibuprofen, gipotenziv vositalarning ta‘sirini susaytirishi, xloramfenikol (levomisetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi, bevosita (geparin) va bilvosita (kumarin va indandion hosilalari) antikoagulyantlar, trombolitiklar (altepaza, antistreplaza, streptokinaza, urikinaza), antiagregantlar, kolxisining ta‘siri kuchaytirishi va gemorragik asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Preparat insulin va qand miqdorini kamaytiruvchi peroral preparatlarning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qo‘llash giperkalemiya chiqarish mumkin. Birga qo‘llanganida qonda digoksin, fenitoin, metotreksat va litiyning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Metotreksat bilan birga qo‘llanganida qonda parasetamolning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Alkogol bilan birga qabul qilganda har ikki komponentning gepatotoksik ta‘siri kuchayishi mumkin. Parasetamol siklosporin va oltin preparatlari bilan birga qo‘llash nefrotoksik samarasini oshiradi. Kortikosteroidlar, kortikotropin, etanol bilan birga qo‘llash MIY eroziv yarali shikastlanishi xavfini oshiradi. Sefamandol, sefoperazon, valproat kislotasi, plikamisin gipoprotrombinemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antasidlar va xolestiramin preparatning faol ingredientlarini so‘rilishini pasaytiradi. Mielotoksik preparatlar nojo‘ya gemotoksik samaralarni rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Keksa pasientlar: bu guruhdagi pasientlarda ayniqsa MIY tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarni (qon ketishi, perforasiya) rivojlanish xavfi yuqori, shu sababli preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Nafas a‘zolarining kasalliklari: NYAQV lar bronxial astma yoki allergik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda bronxospazmni chaqirishi mumkin.

Yurak-tomir tizimi: NYAQV lar organizmda tutilib qolishi va shishlarni chiqarishi mumkin, shuning uchun arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning holati yomonlashishi mumkin. Ba‘zi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ibuprofenni, ayniqsa katta dozalarda (kuniga 2400 mg) uzoq muddat qo‘llash, arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. Ibuprofenni kichik dozalarda (kuniga 120 mg dan kam) qo‘llash, extimol, bunday samara ko‘rsatmaydi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ibuprofenni, faqat potensial xavfi sinchiklab baholangandan keyin qo‘llash mumkin. Yurak-tomir kasalliklarini rivojlanishini xavf omillari (giperlipidemiya, qandli diabet, chekish va boshqa.) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Me‘da-ichak yo‘llari: NYAQV MIY laridan, shu jumladan anamnezida ilgari MIY kasalliklariga ko‘rsatmalar bo‘lmagan pasientlarda qon ketishi, yaralar va perforasiyani chiqarishi mumkin. Anamnezida og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, NYAQV larni katta dozalarini qo‘llash, keksa yoshli pasientlarda ushbu asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori, shuning uchun bu guruhda davolashni minimal tavsiya qilingan dozalar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shuningdek bu guruh pasientlarida hamda MIY tomonidan nojo‘ya samaralar xavfini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, serotininni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va boshqa) yoki salisil kislotasining kichik dozalarini yo‘ldosh qo‘llashga muxtoj bo‘lgan shaxslarda, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari kabi preparatlarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida me‘da-ichakdan qon ketish epizodlari bo‘lgan pasientlar ularda MIY tomonidan ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida odatdagi bo‘lmagan har qanday simptomlar paydo bo‘lganligi haqida davolovchi shifokorga ma‘lumot berish kerakligi haqida ogohlantirishlari kerak. Gastro-intestinal yara simptomlari yoki qon ketishi rivojlanganida preparat qabul qilishni darxol to‘xtatish kerak. Anamnezida MIY larini kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarda umumiy holatni yomonlashish xavfi borligi tufayli, NYAQV larni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tizimli kasalliklar: tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlarda NYAQV lar aseptik meningitni rivojlanish xavfini oshirish mumkin.

Dermatologik buzilishlar: juda kam hollarda NYAQV lar qo‘llanganida teri qoplamalari tomonidan og‘ir reaksiyalar, shu jumladan o‘lim bilan tugaydigan og‘ir reaksiyalar (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) kuzatilgan. Ushbu reaksiyalarni rivojlanish xavfi NYAQV larni qabul qilishning birinchi oyi davomida yuqori. Shuning uchun teri va shilliq qavatlarda har qanday toshmalar, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilarida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Shuningdek preparatni jigar yoki buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarga, bevosita jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganidan so‘ng, anamnezida NYAQV larni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganda, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining poliplari bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat uzoq muddat (5 kundan ko‘p) qo‘llanganida periferik qonni va jigar va buyraklarning funksional holatini nazorat qilish kerak. Buyraklar (belda og‘riq, sutkalik siydik hajmini kamayishi, shishlar) yoki jigar (o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, sariqlik, siydikning rangini o‘zgarishi) funksional holatini buzilishini belgilari paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerkak.

Preparatning gepatoksik ta‘siridan saqlanish uchun davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning I va II chi uchoyligida preparatni ona va xomila uchun kutiladigan foydasi, ona va homila uchun bo‘lgan potensial havfdan yuqori bo‘lgan hollarda, shifokor tavsiyasi bilan ko‘llanilishi mumkin. Homiladorlikning III chi uchoyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Laktasiya (emizish) davrida preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Eksperimental tadqiqotlarda Ibuklin® preparatining embriotoksik, teratogen va mutogen ta‘sir etuvchi komponentlari aniklanmagan.

Preparat ayollarning fertilligiga ta‘sir ko‘rsatish mumkin, shu sababli homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan pasientkalarga uni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador bo‘lishda muammolari bo‘lgan ayollarda preparatni bekor qilish kerak.

Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. preparatni qabul qilish vaqtida pasientga diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda pasient o‘zini yaxshi xis qilsa ham, dozani oshirib yuborilishining simptomlarini kechikib rivojlanishini xavfi borligi sababli, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining xavfi jigarning alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yuqori.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral soxada og‘riq, anoreksiya, protrombin vaqtini oshishi, 12-48 soatdan keyin qon ketishi, tormozlanish, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, ongni buzilishi, yurak ritmini buzilishi, gipotoniya, tirishishlar, og‘ir hollarda gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi rivojlanadi.

Davolash: zaharlangandan so‘ng birinchi 4 soat davomida me‘dani yuvish, ishqoriy ichimliklar ichish, jadallashtirilgan diurez, adsorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni (birinchi 8-9 soatda metionin, birinchi 12 soatda N-asetilsistein vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) yuborish, gemodializ, simptomatik davolash. Keyingi davolash choralarini o‘tkazishning zarurati qondagi parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek doza oshirib yuborilganidan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 20 tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10 dori vositasi Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OMEZ kapsulalar 10mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30
Narh: 133 600 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9