Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
“Chernika s lyuteinom” dori vositasining farmakologik faolligi komponentlari: chernikaning quruq ekstrakti, lyutein va zeaksantinning majmuaviy ta'siriga bog'liq.
Chernika ekstrakti yallig'lanishga qarshi va antioksidant ta'sirga ega bo'lgan antotsianidinlar saqlaydi. Ular qonning reologik xususiyatlarini yaxshilashga, tromblar hosil bo'lishini kamayishiga, qon tomir devorlarini mustahkamlashga yordam beradi (samara antotsianidinlarning kollagen biosintezini tartibga solishga ta'sir qilish hususiyatiga bog'liq), shuningdek rodopsinni tiklanishini tezlashtiradi.
Spetsifik karotinoidlar lyutein va zeaksantin fotoretseptorli hujayralarning yorug'lik bilan induktsiyalangan kislorodli radikallardan himoyasini ta'minlaydi. Lyutein va zeaksantin antioksidant, himoya qiluvchi, singdiruvchi ta'sirga ega.
“Chernika s lyuteinom” preparatining ta'siri uning komponentlarining yig'indi ta'siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o'tkazishning imkoni yo'q; barcha komponentlarni birga markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatib bo'lmaydi.
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Preparatni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir ko'rsatmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Quyidagilarni majmuaviy davolash tarkibida qo'llanadi:
- miopiya;
- diabetik retinopatiya;
- gipertonik retinopatiya;
- ham tungi, ham kechqurungi ko'rishda qorong'uda ko'rishning moslashish mexanizmlarini buzilishlari;
- ko'zning to'r pardasini distrofik kasalliklari;
- ko'zning to'r pardasini yoshga bog'liq makulyar degeneratsiyasi;
- katarakta;
- ko'zning to'r pardasi qon tomirlari okklyuziyasi;
- ko'rish astenopiyasini;
- jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatlar (FRK, ko'zning to'r pardasini ko'chishi va boshq.).
Ko'rish qobiliyatiga tushadigan katta yuklamalarda ko'rish qobiliyati yomonlashishini oldini olish, ko'zni toliqish belgilarini kamaytirish uchun, yorqin yorug'lik ta'siri (payvandlash ishlari, sofitlar) bilan bog'liq ishlarda qo'llanadi.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik qo'llash mumkin bo'lmagan holat hisoblanadi.
Homiladorlik va laktatsiya. “Ogohlantirish” bo'limiga qarang.
Ichga qabul qilinadi. Kattalarga bir oy davomida sutkada 2-3 marta ovqatdan keyin 1 kapsuladan, keyinchalik ikki oy davomida kuniga 1 marta 1 kapsuladan buyuriladi. Qabul qilishning tavsiya etiladigan kursi yiliga 2-3 marta.